Osiyo O‘yinlari, futbol
| «V» guruhi, 1-tur. 15 sentyabr, soat 16:00 | ||
O‘ZBEKISTONIgor Sergeev (75)
|
1 : 1 |
GONKONGChan Pak Lun (80)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Eldorbek Suyunov 2.Egor Krimes 6.Azamat Isroilov 7.Fozil Musayev 8.Jamshid Iskandarov 10.Vladimir Kozak 11.Navruzbek Alimov 13.Davronbek Hoshimov 16.Sardor Rashidov 17.Igor Sergeev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S) |
1.Yapp Xung Fay 4.Leung Nok Xang 5.Leung Kvun Chung 6.Tan Chun Lok 7.Chuk Yiu Kvok Tommi 9.Vong Vay 12.Chan Pak Lun 14.Fong Pak Lun 15.Annan Kristian Kvesi 16.Tam Lok Xin 20.Lo Kong Vay |
|
| ZAHIRA | ||
|
3.Sherzod Fayziyev 4.Boburbek Yo‘ldoshev 5.Dilshod Jo‘rayev 9.Shahzodbek Nurmatov 12.Nikita Ribkin 14.Akbarjon Ismatullayev 15.Vohid Shodiyev 18.Salim Mustafoyev 19.Farrux Sayfiyev |
2.Vong Tsz Xo 8.Li Ka Yiu 10.Chju Yingji 11.Lam Xok Xey 13.Li Ngay Xoy 17.Chan Pak Xang 18.Sang Man Fay 21.Leung Robson Avgusto |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. O‘zbekiston - Gonkong - 1:1. |
| 90+4' | ![]() |
Eng so‘nggi 60 soniya! |
| 90+3' | ![]() |
Rashidov chap qanotdan yetkazib bergan to‘pga hujumchilarimizdan hech biri yeta olmadi |
| 90+2' | ![]() |
Jamshid o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Shodiyevning bosh bilan bergan zarbasi darvozaga aniq bormadi |
| 90+1' | ![]() |
Kozak hujumga o‘tib, bir himoyachini aldab o‘tdiyu, ammo to‘p chiziqni kesib o‘tdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasi boshlandi |
| 89' | ![]() |
Gonkong hujumga o‘tdi va ancha taxlikali bo‘ldi bu hujum. Endi o‘zimiz hujumga o‘tamiz |
| 88' | ![]() |
Terma jamoamiz raqib jarima maydonchasi ichida bir necha marta zarba yo‘lladi. Barcha zarba yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi |
| 87' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Sergeev darvozagacha 14 metrlardan bosh bilan zarba yo‘lladi. Aancha noaniq |
| 86' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Fozil Musayev o‘rniga Dilshod Jo‘rayev tushirildi |
| 86' | ![]() |
Salim Mustafoyev 16 metrdan zarba yo‘lladi. Himoyachilarga tegib qaytdi to‘p |
| 84' | ![]() |
Yana o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Shodiyev bosh bilan zarba berdi. Zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 82' | ![]() |
Raqiblarimiz jarima zarbasini jarima maydonchasiga yetkazishdi. Bosh bilan berilgan zarba noaniq bo‘ldi |
| 80' | ![]() |
Yon qanotdan to‘p otib berilganidan keyin to‘pni egallab olgan Chan Pak Lun chap qanotdan 2-3 nafar futbolchimidan o‘tib, markaz tomon keldi va 16 metrdan zarba berdi. Eldor Suyunov zarbani qaytara olmadi |
| 80' | ![]() |
GOOOL! Gonkong gol urdi! |
| 79' | ![]() |
Jarima zarbasidan keyin to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilgan To‘xtaxo‘jayev 14 metrdan aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 78' | ![]() |
Vohid Shodiyev o‘ng qanotjan hujumga o‘tdi va u ikkinchi hujumchidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga yaqinashayotganida 4-raqamli futbolchi uni qo‘li bilan yiqatdi va ogohlantirish oldi |
| 75' | ![]() |
Nihoyat! Iskandarov chap qanotdan yetkazib bergan to‘pni Sergeev bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 75' | ![]() |
GOOOOOOLLL!, Igoooor Sergeeeeev! |
| 75' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Krimes to‘pni bosh bilan darvozabon maydonchasiga qaytardi. HImoyachilar qaytarishdi |
| 74' | ![]() |
Gonkong hujumchisi ofsaydda qoldi, aks holda Suyunov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgandi |
| 73' | ![]() |
Ehhhhhhh, yana bir marta ehhhhhh, terma jamoamiz devor uslubida raqib jarima maydonchasiga yorib kirishdi. Musayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to‘pni Rashidovga uzatdi. Sardor deyarli bo‘sh darvozaga zarba yo‘llayotganida himoyachi yetib keldi va deyarli chiziq ustida to‘pni qaytardi. To‘p darvoza ustuni yonida o‘tib ketdi!!! |
| 71' | ![]() |
Ehhhh, yana bir ajoyib imkoniyat! Fozil yaqin masofadan to‘pni davrozaga yo‘llay olmadi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 71' | ![]() |
Salimga nisbatan chap qanotdan qoida buzildi |
| 70' | ![]() |
Shodiyev biroz kuchliroq to‘pni uzatganida Mustafoyev jarima maydonchasiga kirib borardi |
| 69' | ![]() |
Gonkongda o‘zgarish: 7.Chuk Yiu Kvok Tommi o‘rniga 17.Chan Pak Xang tushirildi |
| 68' | ![]() |
Salim Mustafoyev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi to‘ni qaytardi |
| 65' | ![]() |
O‘zbekiston va Gonkongning bir nafardan futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatildi negadir. Adashmasak, vakillarimizdan Rashidov ogohlantirish oldi |
| 65' | ![]() |
Gonkonglik futbolchiga maydon markazida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 64' | ![]() |
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Azamat Isroilov o‘rniga Salim Mustafoyev tushirildi |
| 64' | ![]() |
Burchak to‘pi ishladik |
| 62' | ![]() |
Gonkongda o‘zgarish: Vong Vay o‘rniga Li Ka yiu tushirildi |
| 61' | ![]() |
Rashidovning uzoqdan yo‘llagan zarbasii baland bo‘lib ketdi |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuh, endi Rashidoooov! O‘ng qanotda to‘pni egallagan Sardor markaz bo‘ylab surilish davomida 2 himoyachidan o‘tdi va yerlatib zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuuh, Shodiyev! BUrchak yetkazilgan to‘pning yo‘nalishini Vohid burdi, ammo to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Sergeev to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurmay qoldi |
| 58' | ![]() |
Rashidov Jamshid bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasi kirib bordi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi, Iskanderovning o‘zi ikki himoyachidan o‘tib, zarba berishga chog‘lanayotganida himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 57' | ![]() |
Jamshid deyarli maydon markazidan to‘pni o‘ng qanotdan ochiq turgan Hoshimoga uzatdi. Davron to‘pga yeta olmadi |
| 56' | ![]() |
Jarima maydonchasi ichida Rashidovning zarbasini o‘ziga qabul qilgan himoyachining nozik joyiga tekkan ekan to‘p... |
| 55' | ![]() |
O‘zbekistonda ilk o‘zgarish: o‘yini qovushmagan Navruz Alimov o‘rniga Vohid Shodiyev tushdi. |
| 54' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Rashidov 15 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 54' | ![]() |
Jamshid chap qanotdan oldinga o‘tdi burchak to‘pi ishladi |
| 51' | ![]() |
Kristian o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib bizning jarima maydonchaga yetkazdi. To‘xtaxo‘jayev to‘pni qaytardi |
| 50' | ![]() |
Iskanderov to‘pni jarima maydonchasi yuqorilatib yetkazib berdi, ammo biznikilardan hech kim zarba bera olmadi. |
| 50' | ![]() |
Azamat Isroilov jarima maydonchasining chap burchagida chalib yiqitildi. Standart |
| 49' | ![]() |
Musayev Rashidov bilan "devor" o‘ynab, markazdan yorib kirmoqchi bo‘lgandi, markaziy himoyachilardan o‘tib keta olmadi |
| 48' | ![]() |
Rashidov olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq chiqdi |
| 47' | ![]() |
Sergeev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p hech kimga tegmay, nariiga tomonga o‘ti ketdi. Hoshimovning zarbasi esa juda kuchsiz chiqdi |
| 46' | ![]() |
Isroilov burchak to‘pi ishladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni Gonkong boshlab berdi. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga qaytishmoqda |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - Gonkong - 0:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Gonkong hujumchisi jarima maydonchamiz chizig‘i ustida 2-3 nafar futbolchimizni aldab, zarba berdi. Noaniq bo‘ldi zarba |
| 45' | ![]() |
Uzoqdan yetkazilgan to‘pni Sergeev jarima maydonchasi ichida qaytardi, yerga tushirmasdan zarba berishga harakat qildi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi |
| 44' | ![]() |
Qiynalishmoqda-qiynalishmoqda zich himoyani yorib o‘tishga. Isroilov uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Zarba sekin bo‘ldi, darvozabonga muammo tug‘dirmadi |
| 41' | ![]() |
Hoshimov o‘ng qanotdan yetkazgan to‘piga Alimov bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘p yo‘nalishini darvoza tomon bura olmadi |
| 40' | ![]() |
Ancha vaqtdan beri to‘p ilk marta Suyunovga keldi |
| 39' | ![]() |
Azamat Isroilov 20 metrlardan zarbani noaniq yo‘lladi |
| 38' | ![]() |
Hoshimov qanotdan yetkazib bergan uzatmani darvozabon egallab oldi |
| 37' | ![]() |
Futbolchilarimiz raqibni o‘z jarima maydonchasiga qamab tashlashdi. Hozircha gol yo‘q xolos |
| 36' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Alimov yaqin masofadan darvozaga zarba berdi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 35' | ![]() |
Ehhhhh, Kozaaaaak! Iskanderov jarima maydonchasida ochilgan Sergeevga to‘pni uzatdi. Igor chap tomondan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Vladimir Kozak 3-4 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Jamshid jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasining chap tomonidan kirib borib, to‘pni orqaroqqa uzatdi. Gonkongliklar to‘pni egallab olishdi |
| 34' | ![]() |
Gonkong burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Krimesga nisbatan qoida buzildi |
| 33' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Jamshid to‘pni jamoadoshiga uzatib, yana qayta qabul qildi va darvoza tomon to‘pni aylantirdi. Himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 31' | ![]() |
Jamshid chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Isroilovga to‘pni uzatdi. Azamat to‘pga yeta olmadi. Ushbu vaziyatdan keyin Qosimov Iskanderovga murojaat qildi: "Jama, shunaqa paslardan ko‘proq ber!" |
| 29' | ![]() |
Hoshimov o‘z qanotidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Alimov to‘pga yeta olmadi, boz ustiga himoyachiga urilib, uni yiqitdi |
| 28' | O‘zbekiston to‘pni uzoq vaqt nazorat qildi va Gonkong qarshi hujumga o‘tdi. Kozak himoyaga yetib kelib, xavfni bartaraf etdi | |
| 24' | ![]() |
Tan Chun Lok ogohlantirish oldi. U chap qanotda Rashidovni chalib yiqitdi |
| 23' | ![]() |
Gonkong safida ayrim mahalliylashtirilgan legionerlar bor. Shundaylardan biri, qoratanli Annan Kristian hozir chap qanotda Hoshimovdan o‘tib ketdi va burchak to‘pi ishladi. Burchak to‘pi bizga xavf tug‘dirmadi |
| 22' | ![]() |
Pozision hujumlar naf bermayapti. Kim pangon shogirdlari to‘laligacha himoyaga yotishgan. Shu bois olisdan zarba berish variantlarini o‘ylab ko‘rish kerak. |
| 20' | ![]() |
Gonkong hujum tashkil qildi va Suyunov to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Terma jamoamiz uzoq vaqt to‘pni nazorat qilishdi va jarima maydonchasi ichida ochilishga uringan Alimovga to‘pni yetkazishdi. Navruz ofsaydda deb topildi |
| 18' | ![]() |
Ustunlik to‘laligicha vakillarmiiz tomonida. Sharqliklar maydon markazidan o‘ta olishmayapti hattoki |
| 17' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! To‘p chap qanotdan yetkazilganidan keyin Sergeey himoyachilar bilan to‘p uchun kurashdi va ortdan yetib kelgan Alimov to‘pni egallab oldi va jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 15' | ![]() |
Jamshid chiroyli uzatma bilan Sergeevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Igor to‘pni to‘xtata olmadi. Uning oyog‘iga tegib o‘ttgan to‘p darvozabonga nasib etdi |
| 14' | ![]() |
Chap qanotdan to‘p darvozabon maydonchasiga uzatib berildi. Burchak to‘pi |
| 14' | ![]() |
Iskandarov jjarima to‘pini qap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan Rashidov tomon uzatdi. To‘p yana o‘tmay qoldi |
| 13' | ![]() |
MAydon markaziga yaqin joyda Alimovga nisbatan qoida buzildi. Navruzga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. |
| 12' | ![]() |
To‘xtaxo‘jayev olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi, noaniq |
| 9' | ![]() |
O‘ng qanotdan uyushtirgan hujumimiz 2 marta raqib himoyachilaridan o‘tmay qoldi |
| 7' | ![]() |
Burchak to‘pini qizillar bartaraf etishdi |
| 6' | ![]() |
Davron Hoshimov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berayotganida burchak to‘pi ishladi |
| 6' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni nazorat qilgan holda, raqib mudofaasidagi bo‘sh zonani qidirmoqda |
| 4' | ![]() |
O‘ng qanotda Rashidov tomon yetkazilgan to‘pga Sardor yetib bora olmadi |
| 2' | ![]() |
Dastlabki hujumimizda Alimovning hujumdagi foli evaziga to‘xtadi |
| 2' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi oq, Gonkong esa qizil rangli formada harakat qilyapti |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | O‘zbekiston va Gonkong terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinantashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani kuzatb borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|