Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi

«V» guruhi, 1-tur. 16 sentyabr, soat 23:45. Bosh hakam: Skamina (Slovakiya)

REAL MADRID

Nacho (15)
Beyl (30)
Ronaldu (31)
Rodriges (36)
Benzema (79)

5 : 1

BAZEL

Gonsales (38)
JAMOALAR TARKIBI
1.Iker Kasilyas (C)
18.Nacho
3.Pepe
4.Serxio Ramos
12.Marselo
8.Toni Kroos
19.Luka Modrich
10.Xames Rodriges
11.Garet Beyl
7.Krishtianu Ronaldu
9.Karim Benzema
  1.Tomash Vaslik
16.Fabian Sher
6.Valter Samuel
17.Marek Suxi
19.Behrang Safariy
34.Taulant Jaka
20.Fabian Fray
33.Muhammad El-Nenni
7.Luka Dzuffi
25.Derlis Gonsales
9.Marko Shtreller (C)
ZAHIRA
13.Keylor Navas
2.Rafael Varan
5.Fabiu Koentrau
17.Alvaro Arbeloa
24.Asiyer Illyarramendi
23.Isko
14.Xavyer Ernandes
  18.Jermano Vaylati
27.Naser Aliyi
14.Yoitiro Kakitani
39.Davide Kalla
10.Matias Delgado
11.Shkelzen Gashi
36.Breel Embolo

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+2'
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Bazel" - 5:1. Amaldagi chempion mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.
90+1'
Jaka ogohlantirish oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
90'
"Real" burchak to‘pi ishladi. Qaytarilgan to‘pga Nacho zarba berdi. Noaniq
85'
Pepe ogohlantirish oldi. U Emboloning oyog‘idan ilib qoldi
83'
"Bazel"da ham o‘zgarish: Fray o‘rniga Delgado tushirildi
82'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Chicharito tushdi
79'
Bu golda katta ishni Ronaldu bajardi. U dastlab tavani bilan to‘pni Benzemaga yetkazdi va qayta qabul qildi. Krishtianuning o‘zi yana Karimga to‘ni uzatdi. Hujumchi 11 metrli nuqta atrofida kuli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, yerga tushib, keyin chiziqni kesib o‘tdi
79'
GOOOOOL, Karim Benzema, 5:1!
77'
Ronaldu ofsaydda qoldi
76'
Vuuuuh, bu safar "Real"ni goldan darvoza ustuni qaytardi. Markaziy himoyachi Fabian Sher maydon markazidan oldinga o‘tdi va ikki jamoadoshi bilan devor o‘ynab, 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi
75'
Jaka o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pga "Real" jarima maydonchasi ichida mehmonlardan hech kim yeta olmadi
74'
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Ilyarramendi tushdi
72'
Ehhhhh, Beyl qizg‘andi! Xamesning chiroyli uzatmasidan keyin Beyl, Ronaldu va Benzama darvozabon qarshisida yolg‘iz qolishdi. Garet sheriklariga pas bermasdan, o‘zi zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘pni darvozabon qaytardi!
71'
Gonsales 20 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas baxtiga to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
69'
"Bazel" 25 metrdan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
67'
Vuuuuuuh! Kasilyas jamoasini goldan qutqarmoqda! To‘p yuqoridan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatildi va Varaning boshiga tekkan to‘p darvoza tomon ketdi. Gonsales esa 7-8 metrlardan zarba yo‘lladi. Kasilyas zarbani qaytardi, to‘p darvoza ustuni yonidan maydonni tark etdi
66'
"Real"da o‘zgarish: Ramos maydonni tark etdi, Varan davom ettiradi
65'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni egallab olib, qarshi hujumga o‘tishdi. Kakitani zarba yo‘llashga qaror qildi, kuchsiz chiqdi
64'
"Bazel"da o‘zgarish: Valter Samuel o‘rniga yaponiyalik Yoitiro Kakitani tushirildi
61'
Ramoooooos! Zarba juda noaniq bo‘ldi
60'
Valter Samuel ogohlantirish oldi. U shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Marselon yiqitdi. Ronaldu uchun uchinchi imkoniyat
59'
Birinchi bo‘limdan keyin qayd etilayotgan yirik hisob ikkinchi bo‘limda o‘yinning borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘yin xotirjamroq kechmoqda
56'
Ronalduning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
55'
Muhammad El-Nenni ogohlantirish oldi. U Xamesning ortidan tepib yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi. Davrozagacha 23 metr
51'
Slovakiyalik hakam hozir "Real" darvozasiga penalti belgilashi mumkin edi, ammo bunga jazm qilmadi. Jarima maydonchasiga kirib borayotgan futbolchini, adashmasak, Pepe chalgandi. Shunga qaramay, "Bazel" hujumni davom ettirdi va zarba yo‘llandi. To‘pni Iker egallab oldi
47'
Ronaldu jarima zarbasini amalga oshirdi. Noaniq chiqdi bu zarba
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
'
"Real" birinchi bo‘limdayoq o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi - 4:1. Anchelotti ikkinchi bo‘limda yetakchi futbolchilariga bemalol dam berishi mumkin
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+1'
Vuuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Derlis Gosales yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘lladi. Zarba yo‘nalishi biroz noaniq bo‘ldi.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
"Bazel"ning bo‘ydor hujumchisi Shtreller maydon markazida to‘pni egallab, avval Pepeni, keyin esa Ramosni aldagandi, himoyaga yordamga kelgan Rodrigesni to‘pni egallab oldi
42'
"Real" burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga Pepe tomonidan bosh bilan berilgan zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi
38'
"Bazel" qarshi hujumga o‘tdi va Gonsales deyarli darvozabon bilan birga-bir vaziyatda jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi
38'
GOOOOOL, Derlis Gonsales, 4:1!
36'
Golli kombinasiya: Benzema to‘pni Ronalduga uzatdi. U o‘zi zarba bermasdan to‘pni Karimning o‘ziga qaytardi. Rekoshet holatida darvozaning burchagiga yo‘l olayotgan to‘pni darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan to‘pni Xames darvozaga joyladi!
36'
GOOOOOOL! Xames Rodriges, 4:0!
35'
Ronalduning YECHLdagi jami gollari soni 69taga yetdi. Agar u bugun yana 2ta gol ursa, Raulga yetib oladi
31'
Yana o‘sha uchlik - Modrich markazdan oldinga o‘tib, o‘ng qanotda ochilgan Beylga to‘pni uzatdi va Garet narigi qanotda paydo bo‘lgan Ronalduga to‘pni yetkazdi. "Real" yetakchisi bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi!
31'
GOOOOOL, Ronaldu, 3:0!
30'
Maydon markaziga yaqin joyda Ronaldudan to‘pni qabul qilgan Modrich o‘ng oyog‘ining tashqi tomoni bilan to‘pni aylantirgancha oldinga uzatdi. Beyl esa o‘z tezligi evaziga barchadan o‘tib ketdi, to‘pni darvozabonning ustidan olib o‘tdi va bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joyladi!
30'
GOOOOOOOL, Beyl, 2:0!
28'
Vuuuh, juda xavfli vaziyat! Burchakdan yetkazilgan to‘pga Pepe bosh bilan zarba berdi! Vaslik to‘pni qaytardi, ammo ushlab qola olmadi. Uning oldiga Benzema va Ronaldu yetib kelishdi. Darvozabon qo‘lining uchi bilan to‘pni sal nariroqqa turtdi va himoyachi uni yanada uzoqlashtirdi
27'
Jarima maydonchasiga uzatilgan to‘p Ronalduga o‘tdi, Krishtianuning Beyl tomon uzatmasini ortdan kelgan himoyachi qaytarib qoldi
26'
Vuuuuh! Modrich 25 metrdan zarba yo‘lladi. Kuchli, aniq va darvozabon uchun noqulay! Tomash Vaslik zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
23'
Beyl chap qanotdan to‘pni aynan Ronaldu turgan joyga uzatgandi, birok KriRo o‘z oldidagi himoyachini itarib yubordi va o‘yin to‘xtatildi
22'
Shveysariyaliklar to‘pni egallab turishdi va Gonsales olis masofadan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq
19'
"Bazel" maydon markazida to‘pni egallab olib, qarshi hujumga o‘tgandi. Shtreller Pepedan o‘tib keta olmadi
18'
Ronaldu ofsaydda qoldi
17'
Uhh, "Bazel" hujumga o‘tdi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Shtreller tavani bilan zarba berdi. Zarba biroz noaniq chiqdi. Kasilyas esa vaziyatni nazorat qilayotgandi
15'
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkzilgan to‘pni Nacho raqib darvozasining yaqin burchagiga joyladi. Nachoga rekoshet ham yordam berganini ta’kidlash lozim
15'
GOOOOLLLL, Nacho, 1:0!
13'
Beyl jarima maydonchasi ichida na zarba berdi, na Ronalduga aniq pas uzatdi....
12'
Madridliklar raqib himoyasini markazdan yorib o‘ta olishmayapti. Shuning uchun asosan qanotlardan hujum qilishmoqda
10'
Shveysariyaliklar bugun asosan qarshi hujumda harakat qilishlari kutilgandi, shunday bo‘lmoqda ham
9'
Xames chap qanotdagi burchak yonidan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Vaslik baland sakrab, to‘pni egallab oldi
8'
Pepe hujumga yordamga keldi va jarima maydonchasi ichidan zarbani noaniq berdi
6'
Oho! Marselo chap qanotdan yetkazgan to‘p narigi qanotga o‘tdi va Ronalduga kelib tushdi. Krishtianu jarima maydonchasining burchagiga o‘tdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p darvozaning ustidan yarim metrlar yuqoridan o‘tib ketdi
4'
Vuuuh! Modrich jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
2'
Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil etishdi. To‘p ikki marta qanotlardan yetkazib berildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
1'
"Real" oq, "Bazel" esa ko‘k-qizil rangli futbolkada maydonga tushgan
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Shu bois, bugun Anchelotti shogirdlarining mag‘lub bo‘lishga haqqi yo‘q. Boz ustiga raqib "Bazel" bo‘lsa. Ammo unutmaslik kerakki, "Bazel" UYEFA koeffisiyentlar jadvalida yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. Bu jamoa so‘nggi yillarda Yevropa ligasining eng so‘nggi bosqichigacha yetib bormoqda
'
ECHLning amaldagi chempioni hisoblangan madridliklar mavsumni yaxshi boshlashmadi. Ispaniya superkubogi qo‘ldan ketdi, La liganing 2ta o‘yinida mag‘lubiyat alami tortildi
'
"Real Madrid" bugun o‘z maydonida "Bazel"ni qabul qiladi!
'
Evropa chempionlar ligasining yangi mavsumi (guruh bosqichi) boshlanayotgani bilan barchangizni muborakbod etamiz!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.