Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi

«G» guruhi, 1-tur. 17 sentyabr, soat 23:45

CHELSI

Fabregas (11)

1 : 1

SHALKE-04

Xuntelaar (62)
JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua
3.Filipe Luis
2.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
26.Djon Terri
10.Eden Azar
4.Sesk Fabregas
21.Nemanya Matich
7.Ramires
22.Villian
11.Didye Drogba
  1.Ralf Fermann
23.Kristian Fuks
15.Dennis Aogo
24.Kan Ayxan
18.Sidney Sem
33.Roman Noyshtedter
7.Maksimilian Meyer
10.Yulian Draksler
9.Kevin-Prins Boateng
12.Marko Xeger
25.Klaas-Yan Xuntelaar
ZAHIRA
1.Petr Chex
28.Sesar Aspilikueta
12.Djon Obi Mikel
8.Oskar
5.Kurt Zuma
18.Loik Remi
19.Diyego Kosta
  28.Kristian Vetklo
2.Marvin Fridrix
11.Kristian Klemens
27.Trankvillo Barnetta
20.Chinedu Obasi
13.Maksim Shupo-Moting
29.Donis Avdijay

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Shalke 04" - 1:1.
90+3'
Azar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p Diyego Kostagacha yetib kelmadi. Himoyachilar qaytarishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
"Chelsi" tomonidan amalga oshirilgan burchak to‘plarining ikkinchisi xavfli bo‘ldi
89'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Kosta zarba berdi. To‘p himoyachiga tegdi
87'
Marko Xeger vaqt cho‘zishga uringani uchun ogohlantirish oldi
86'
"Shalke"da o‘zgarish: Draksler o‘rniga Obasi tushirildi
84'
Vuuuuh! Fabregas himoyachilarning ustidan osha Azar tomon to‘pni yetkazdi. Eden to‘pga bir amallab yetib keldi, ammo zarba kuchli chiqmadi. To‘p darvozabonga tegib, maydonni tark etdi
83'
"Chelsi" bosimni oshirmoqda! Azar jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
81'
O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasi boshlanishi bilan uchrashuv tempi yanada oshdi
79'
Maydon egalari endi o‘ng qanotdan jarima to‘pini darvoza yaqiniga uzatishdi. Bosh bilan berilgan zarba darvozagacha yetib bormadi
78'
"Shalke"da o‘zgarish: Sidney Sem o‘rniga Barnetta tushdi
76'
VUuuuuuuuuh! "Chelsi" qap qanotda jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jarima maydonchasiga yetkazilganidan keyin himoyachi qaytargan to‘p Loik Remiga kelib tushdi. Uning kuchli zarbasini himoyachi darvoza chizig‘i ustida qaytarib qoldi.
74'
"Chelsi"da ikkita o‘zgarish: Drogba o‘rniga Diyego Kosta tushdi. Villin o‘rniga Loik Remi o‘ynaydi. "Shalke"da esa Meyer o‘rniga Shupo-Moting tushirildi
71'
Villian raqibga nisbatan xavfli podkat ishlagtgani uchun ogohlantirish oldi
70'
Nemislar ruhiy ustunlikka ega bo‘lishdi shekilli, endi ular maydonning raqib tomonida pressing qo‘llashmoqda. Ana shunday pressing natijasida to‘p egallandi va Draksler 20 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni qaytardi
69'
"Shalke" ham qarshi hujumda chakki emas. "Chelsi" himoyachilari jarima maydonchasi ostonasida to‘pni olib qo‘yishdi
67'
"Chelsi" yana tezkor hujumga o‘tdi. Villian Xuntelaar (62)ning o‘ng o‘ng qanotidan to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Drogba to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon yo‘llashga urindi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
64'
Fabregas va Drogba (2 marta) imkoniyatlardan foydalanishganida Mourinyo shogirdlari hozir o‘yinni xotirjam nazorat qilayotgan bo‘lishardi
62'
"Shalke" aynan qarshi hujumda hisobni tenglashtirdi! Xuntelaar jarima maydonchasiga kira solib zarba berdi va darvozaning burchagini aniq nishonga oldi
62'
GOOOOOOL!, Klaas-Yan Xuntelaar, 1:1
60'
Ehhhhhhhhhhhhhhhhhhhh, Drogbaaaaaaaa! Azar chiroyli pas bilan Didyeni birga-bir vaziyatga chiqardi. Drogba barchasini to‘g‘ri bajardi. U to‘pni darvozabonning ustidan yumshoq tarzda o‘tkazdi. Ammo to‘p ustun yonidan dumalab o‘tib ketdi...
59'
Jon Terri ogohlantirish oldi. U hushtakdan keyin zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi
58'
To‘p bilan ko‘proq gelzenkirxenliklar muomalada bo‘lishmoqda, biroq ular mezbonlar mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti
57'
Hakam Fabregasning bilagidagi metal trosga ko‘zi tushib qoldi shekilli, uni yechib qo‘yishni talab qiladi
56'
Boateng 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua o‘z o‘rnida, to‘p bilan
54'
Drogba va Azar 2 marta o‘zaro to‘pni bir-birlariga oshirish orqali tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Eden tomonidan 12-13 metrlardan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
52'
Ivanovich jarima maydonchasining o‘ng tomonidan kuchli zarba berdi. Fermann zarbani qaytardi
49'
Vuuuuuh! Londonliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Azar chap qanotdan to‘p bilan markazga ko‘chdi va o‘ng tomondan yordamga kelgan Villianga uzatma berdi. U esa o‘sha qanotdan bir futbolchini aldab, darvozabon maydonchasiga to‘pni kuchli tarzda yetkazdi. Drobga tavani bilan to‘pni darvozaga burib yubormoqchi bo‘ldi, o‘xshamay qoldi
48'
Mezbonlar ikkinchi bo‘limda ham ikkinchi raqam ostida o‘ynaydigan ko‘rinishadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Chelsi" - "Shalke" - 1:0.
45'
Vuuuuuuh, omad tufayli to‘p "Chelsi" darvozasiga kirmay qoldi! Draksler 3 nafar himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay jarima maydonchasiga kirishga va zarba berishga imkon topdi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
43'
Maydonda teng o‘yin kechmoqda. Golga tortadigan vaziyatlar yuzaga kelmayapti. Shu bilan birga to‘p maydon markazida ko‘p saqlanib turmayapti
39'
Vuuuh! Kurtua bejizga Mourinyo unga ishonch bildirmaganini isbotladi! Boateng tomonidan 23 metrlardan yo‘llangan aniq zarbani Tibo ajoyib seyv bilan maydondan tashqariga chiqarib yubordi
37'
Ehhhh, Fabregaaaaas! Ivanovichni jarima maydonchasining o‘ng qanotidan oldinga boshlashdi. Branislav to‘pni orqaroqqa qaytardi. Sesk esa hech kim xalal bermayotgan vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi!
32'
Vuh! Drogba 11 metrlardan boshbilan aniq zarba berdi. To‘p Fermannga aniq bordi
31'
Nemislar qarshi hujumga o‘tishdi. Jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qilgan Xuntelaar zarba berdi. To‘p Terriga tegib qaytdi
26'
Boateng avval 25 metrlardan darvoza tomon 2 marta zarba berdi. Har ikkala zarba himoyachilarga tegib qaytdi. So‘ngra u raqibning qarshi hujumini buzgani uchun ogohlantirish oldi
24'
To‘p bilan "Shalke", "Chelsi" himoyalanmoqda.
22'
Azar jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Drogba yo‘q joydan vaziyatga aralashib, ofsaydni yuzaga keltirdi
21'
Chap qanotdan tashkil etilgan hujumdan keyin Draksler jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
20'
Sidney Sem 20 metrdan aniq va kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egallab oldi
17'
Drogba tomon uzatilgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda hujumchi birga-bir vaziyatga chiqib ketardi
16'
Azar chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va olis burchakka to‘pni aylantirishni ko‘zlagandi, to‘p himoyachiga tegib qoldi
11'
Fabregas raqib jarima maydonchasi tashqarisida "Shalke" himoyachisi bilan to‘p uchun kurashdi. To‘pga himoyachi oyoq bilan tegindi, Sesk esa uning oyog‘iga tepib yubordi. Hakam esa qoida buzilishini qayd etmadi. To‘pni egallab olgan Azar kichik pauza qildi va Fabregasni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. 4-raqamli futbolchi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi va to‘pni darvozaga yo‘lladi
11'
GOOOOOLLL! Fabregas, 1:0!
9'
"Chelsi" yarim daqiqa ichida ikkita xavfli vaziyat sodir qildi. Dastlab o‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Ivanovichga uzatildi. Branislav to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi, biroq himoyachilar to‘pni qaytarishdi. To‘p o‘ng qanotdagi yarim himoyachi orqali yana jarima maydonchasiga qaytarildi. Ramires 11-12 metrlardan yo‘llagan zarbasi kuchsiz chiqqani bois Fermann egallab oldi
7'
Mehmonlar futbolchisi Sidney Semning zarbasini o‘ta noaniq bo‘ldi. Regbicha zarba
4'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Drogbadan ko‘ra darvozabon tezroq yetib keldi
3'
"Chelsi" tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilmoqda. Mehmonlar raqiblariga erkin o‘ynash uchun imkoniyat berishmayapti
1'
"Shalke" esa yashil-qora rangli formada o‘ynaydi
1'
O‘yinni "Chelsi" boshlab berdi. Ular ko‘k formada
'
Jamoalar maydonda saf tortishdi. UYEFA chempionlar ligasi madhiyasi. Yoqimli musiqa...
'
Stadionda esa "DROGBA LEGEND" - Drogba Afsona deb yozilgan bannerlar ko‘zga tashlandi
'
Bugun Mourinyo Diyego Kostani zaxirada qoldirib, Didye Drogbani boshlang‘ich tarkibda tushirdi.
'
"Stemford Brij" stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshgan, o‘yingoh "qaynamoqda".
'
ECHL o‘yinlari davom etadi. Bugun biz 1-turning markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lgan "Chelsi" va "Shalke" jamoalari o‘rtasidagi bahsni e’tiboringizga havola qilamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.