Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Osiyo O‘yinlari, futbol

«V» guruhi, 2-tur. 18 sentyabr, soat 16:00. Bosh hakam: Yu Ming Xsun (Xitoy Taypeyi)

O‘ZBEKISTON

Vohid Shodiyev (14, 21)
Sardor Rashidov (34)

3 : 0

BANGLADESh

JAMOALAR TARKIBI
1.Eldorbek Suyunov
2.Egor Krimes
7.Fozil Musayev
8.Jamshid Iskandarov
10.Vladimir Kozak
13.Davronbek Hoshimov
15.Vohid Shodiyev
16.Sardor Rashidov
17.Igor Sergeev
19.Farrux Sayfiyev
20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S)
  12.Mahmud Rasel
2.Hasan Rayhon
3.Kumar Bosh Kasto
4.Xon Yosin
6.Buyan Jamol
7.Rana Sohil
8.Islom Mamun Mamunul (S)
10.Bisvas Xemonta Vinsent
13.Barvan Topu
15.Munna Yamin Chovduri
19.Ahmed Muhammad Toklis
ZAHIRA
3.Sherzod Fayziyev
4.Boburbek Yo‘ldoshev
5.Dilshod Jo‘rayev
6.Azamat Isroilov
9.Shahzodbek Nurmatov
11.Navruzbek Alimov
12.Nikita Ribkin
14.Akbarjon Ismatullayev
18.Salim Mustafoyev
  1.Alam Sahidul
5.Hussayn Zohid
9.Sojib Aminur Rahmon
11.Ahmad Vohid
14.Badsha Tutul Husayn
16.Fahad Muhammad
17.Sifat Yusuf
18.Babu Umar Faruk
20.Rana Jevel

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Ushbu g‘alabadan keyin guruhda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldik. 22 sentyabr kuni Afg‘oniston bilan bahs olib boramiz
'
Terma jamoamiz ikkinchi bo‘limda gol ura olmadi. Yakuniy hisob - O‘zbekiston - Bangladesh - 3:0
90+4'
O‘yin yakunlandi.
90+3'
BUrchakdan yetazilgan to‘pni posbon egallab oldi
90+3'
Burchak to‘pi ishladik
90+2'
Nurmatov bir o‘zi butun boshli himoya chizig‘idan o‘tib ketishga urindi. MUvaffaqiyatsiz bo‘ldi urinish
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Sergeev jarima maydonchasi tashqarisida ikki himoyachi qurshovidan chiqdi va zarba yo‘lladi. Zarba noaniq bo‘ldi
89'
Kozak chap tomondan yana uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi qaytardi
86'
Ancha vaqtdan keyin to‘p Suyunovga yetib keldi
85'
Kozak chap qanotdan yetkazgan to‘pga Sergeev bosh bilan zarba berdi. DArvozabon to‘pni egalladi
82'
Bangladeshda o‘zgarish bo‘ldi. Ahmad Muhammad o‘rniga Husayn Zohid tushdi
81'
Fozil Musayev bir necha futbolchialrni aldagan holda maydon markazini kesib o‘tdi va o‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan Yo‘ldoshevga to‘pni uzatdi. Bobur tomonidan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni posbon egallab oldi
80'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Davron Hoshimov o‘rniga Bobur Yo‘ldoshev tushirildi
79'
Chap qanotda Sayfiyevga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Jarima to‘pidan keyin vakillarimiz jarima maydonchasi ichida bir necha marta zarba berishga harakat qilishdi. Ammo to‘p darvozaga borib tushmadi
78'
Yana bir yaxshi imkoniyat. Nurmatov darvozabon bilan birga-bir vaziyatda posbonga yaqin kelib qoldi va muvaffaqiyatli zarba berishga ulgurmadi. Qaytgan to‘pni Shodiyev egalladi va jarima maydonchasiga qaytardi. Bu paytda darvoza bo‘sh edi, ammo vakillarimiz darvozaga zarba yo‘llashga ulgurishmadi
76'
Kozak tomonidan yetkazilgan to‘pni darvozabon egallab oldi
75'
O‘ng qanotda Davronga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima to‘pi
75'
Nurmatov tomon yetkazilgan to‘pga darvozabon ega chiqdi
74'
Bangladeshliklar ozib-yozib hujumga o‘tishgandi, hujumchi ofsaydda qoldi
72'
Hoshimov o‘z qanotidan yetkazgan to‘pni darvozabon egallab oldi
71'
Shodiyev o‘ng qanotda bir futbolchidan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi, himoyachi qaytarib yubordi
69'
O‘zbekiston ijrosida yaxshi hujum. Vakillarimiz o‘ng qanotdan Fozil Musayevni jarima maydonchasiga boshlashdi. Fozil o‘zi darvozaga zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘p qulayroq vaziyatda turgan sheriklariga uzatishga qaror qildi. Ammo to‘pga hech kim yeta olmadi
68'
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish yuz berdi. Sardor Rashido o‘rniga Shahzodbek Nurmatov tushirildi
65'
Dilshod Jo‘rayev 17 metrdan zarba yo‘lladi. Zarba biroz noaniq bo‘ldi. Yarim himoyachi to‘pni Shodiyevga uzatishi mumkin edi
63'
Terma jamoamiz bu safar qarshi hujumga o‘tdi. Rashidov o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, Shodiyevni jarima maydonchasiga boshladi. Vohid u yerda yiqildi, ammo penalti yo‘q
60'
Fozil Musayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni ikkinchi urinishda egallab oldi
59'
Sayfiyev chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Igor qaysi uslubida zarba berishga harakat qildi. Zarba kuchsiz chiqdi
58'
Rashidov yana o‘ng qanotdan markaz tomon surilib keldi va to‘pni o‘ng qanotda ochiq turgan Sayfiyev tomon uzatdi. Farrux to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytargandi, Sergeevdan ko‘ra himoyachi chaqqonlik qildi
56'
Rashidov tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasi xavfli bo‘ldi, darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni Sayifev darvozadan yuqoriga tepib yubordi
53'
Rashidov endi o‘ng qanotda o‘ynamoqda. U hozir o‘sha qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas yerlatib zarba berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
49'
Hoshimov o‘z qanotidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi va himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘pni Dilshod Jo‘rayev 20 metrlardan darvoza tomon tepdi. Yo‘nalishga aniqlik yetishmadi
48'
Sayfiyev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Sergeev bosh bilan bergan darvozaga aniq bormadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Jamshid Iskandarov o‘rniga Dilshod Jo‘rayev tushirildi
'
JAmoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Hozircha hammasi joyida. O‘zbekiston - Bangladesh - 3:0.
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Bangladesh qarshi hujumga o‘tdi va o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Krimes qaytardi
42'
Iskanderov nozik pas bilan Shodiyevni jarima maydonchasiga boshladi. Vohid 15 metrlardan zarba yo‘lladi. Ammo to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
41'
Bangladeshlik futbolchi olis masofadan darvozamiz tomon kuchli zarba berdi. Suyunov to‘pni egallab oldi
41'
To‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi - 72-28%
36'
Shodiyev to‘pni Sergeev tomon uzatayotganida Igor ofsaydda qoldi deb topildi. Takroriy vaziyat ko‘rsatdiki, u himoyachilar bilan bir chiziqda turgan ekan
34'
Iskanderov to‘pni yerlatib, futbolchilar to‘planib turgan joydan orqaroqqa uzatdi. Sardor esa to‘dadan ajralib chiqdi va chap oyoqda to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi
34'
GOOOOOOOLLL! Sardor Rashidov, 3:0!
33'
Chap qanotda Farruxga nisbatan qoida buzildi
32'
Vuuuuuh! Iskanderov Rashidov tomonida uzatilgan to‘pni 22 metrlardan Odil Ahmedov uslubida darvozaning yaqin burchagiga joylamoqchi edi, ammo zarba biroz noaniq bo‘ldi
30'
Rashidov yana chap qanotda bir futbolchini osonlik bilan aldab o‘tib, to‘pni orqaroqqa uzatgandi, himoyachi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
29'
Iskandarov 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p Shodiyevga tegib qaytdi
26'
Terma jamoamiz yaxshi hujum tashkil qildi. To‘p markazdan o‘ng qanotga yetkazildi va Hoshimov yerlatib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni futbolchilarimiz darvozaga yo‘llay olishmadi
25'
Jamshid jarima maydonchasi yetkazgan to‘piga Sergeev va Shodiyev yeta olishmadi
23'
Vuhhhh, darvoza ustuniga tegdi to‘p! Rashidov chap qanotdan bir futbolchini aldab, jarima maydonchasi kirdi va to‘pni orqaroqqa uzatdi. Farrux Sayfiyevning zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi
21'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Shodiyev darvozaga joyladi. Dubl
21'
GOOOOOOLLL! Vohid Shodiyev, 2:0!
20'
Rashidov amalga oshirgan burchak to‘pini bangladeshliklar qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Iskanderov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga aylantirdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
16'
Rashidovning olis masofadan yo‘llagan zarbasini darvozabon egallab oldi
14'
Farrux Sayfiyev jarima maydonchasining chap burchagidan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Shodiyevga to‘pga oyoq uzatdi, ammo unga tegmadi. To‘p darvoza ustuniga tegib, yana Vohidning o‘ziga keldi. "Bunyodkor" hujumchisi shundoqqina darvoza chizig‘i oldida yotgan holda uchinchi urinishda to‘pni darvozaga yo‘lladi
14'
GOOOOOOL, Vohid Shodiyev, 1:0!
13'
Jarima to‘pini o‘yinga kiritdik. Jamshid to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
13'
Jarima to‘pini o‘yinga kiritdik. Jamshid to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
12'
Gonkongga qarshi o‘yinga taqqoslaganda hozircha hech qanday o‘zgarish yo‘q. Hozircha birorta ham golga tortadigan vaziyat yaratmadik
11'
Jarima maydonchasiga olib kirilayotgan to‘plarni raqib qaytarishga muvaffaq bo‘lmoqda
10'
Sergeevdan fol
7'
Jarima to‘pi jarima maydonchasiga emas, uning tashqarisiga uzatildi. Futbolchilarimiz zarba berishga ulgurishmadi. Keyingi vaziyatda Rashidov to‘ni yerga teshirmasdan darvoza tomon tepishga harakat qildi. Urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi
7'
Farrux Sayfiyevga nisbatan chap qanotdan fol ishlatildi. Jarima zarbasini tepamiz
5'
Hoshimov o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Shodiyev to‘pni darvoza tomona bura olmadi
4'
Bangladesh ilk marta hujumga o‘tdi. Hujumchi to‘pni maydonda saqlab qola olmadi
3'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Sergeev bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarildi, keyin esa himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi
3'
Maydon markaziga yaqin joyda Shodiyevga nisbatan fol ishlatildi
2'
Sergeev tomon yetkazilgan to‘pni darvozabon egallab oldi
2'
O‘zbekiston bugun ko‘k, Bangladesh esa qizil rangli futbolkada o‘ynamoqda.
1'
O‘yin boshlandi!
'
Endi esa navbat Bangladesh madhiyasiga
'
Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi! Dastlab O‘zbekiston madhiyasi yangrayapti
'
O‘zbekiston va Bangladash bayroqlari stadionga olib chiqib kelindi
'
O‘zbekiston va Bangladesh terma jamoalari "Ansan Va" stadionida chigalyozdi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi
'
Osiyo O‘yinlarining futbol musobaqasida 2-tur o‘yinlari davom etmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.