Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Italiya A seriyasi

3-tur, 20 sentyabr, soat 23:45. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya)

MILAN

0 : 1

YUVENTUS

Karlos Teves (71)
JAMOALAR TARKIBI
32.Kristian Abbyati
20.Inyasio Abate
13.Odil Rami
17.Kristian Sapata
2.Mattia De Shilyo
7.Jeremi Menez
16.Andrea Poli
34.Naydjel de Yong
4.Salli Muntari
10.Keysuke Xonda
92.Stefan ash-Sha’raviy
  1.Janluijji Buffon
19.Leonardo Bonuchchi
3.Jorjo Kyellini
26.Shtefan Lixtshtayner
4.Martin Kaseres
22.Kvadvo Asamoa
37.Roberto Pereyra
08.Klaudio Markizio
6.Pol Pogba
14.Fernando Lyorente
10.Karlos Teves
ZAHIRA
1.Mikael Agassi
81.Kristian Dzakkardo
14.Mikelandjelo
27.Pablo Armero
5.Filipp Mekses
28.Marko van Ginkel
89.Djakomo Bonaventura
19.M Baye Nyang
11.Janpaolo Passini
9.Fernando Torres
  34.Rubinyo
30.Marko Storari
33.Patris Evra
2.Romulo
5.Andjelo Ogbonna
38.Federiko Matyello
23.Arturo Vidal
11.Kingsli Koman
7.Simone Pepe
20.Simone Padoin
9.Alvaro Morata
12.Sebastyan Jovinko

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Peshqadamlar bahsida "Yuventus" g‘alaba qozondi.
90+4'
O‘yin yakunlandi
90+3'
So‘nggi daqiqada "Milan" jiddiy boism o‘tkazdi. Ammo zarba berish mumkin bo‘lgan juda ko‘p vaziyatda ular zarba bera olishmadi.
90+1'
Fernando Torres va Asamoa ogohlantirish olishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
"Milan" o‘yin so‘ngiga kelib hujum tashkil qilish uchun o‘zida kuch topmoqda. Nazarimizda, Inzagi shogirdlari ancha kech harakatni boshlashdi
87'
Endi Jeremi Menez "Yuve" jarima maydonchasi ichida 3-4 nafar futbolchidan orasidan o‘tayotganida yiqildi. Rissolining fikricha, uning o‘zi yiqilgan...
86'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni egallab olgan Pogda jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o‘tayottganida yiqiildi. Penalti yo‘q, hammasi toza
84'
Salli Muntariy ogohlantirish oldi
83'
"Milan"da esa Xonda o‘rniga Passini o‘yinni davom ettiradi
82'
"Yuventus"da o‘zgarish: Lixtshtayner o‘rniga Romulo tushdi
81'
Odil Rami olis masofadan zarba yo‘lladi, ammo to‘pni egallab olgan mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Pogba uzatib bergan to‘pni Vidal darvoza tomon tepa olmadi
79'
Pogba chap qanotdan bir himoyachini aldab jarima maydonchasi kirib bordi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘pni Asamoa darvoza tomon tepdi. Abbyatti to‘pni egallab oldi
78'
Lixtshtayner o‘ng qanotdan to‘p bilan yaqinlashib keldi va to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatdi. Milanliklar to‘pni qaytarishdi
76'
"Milan"da esa maydonda Fernando Torres paydo bo‘ldi. U Andrea Poli o‘rniga tushirildi
76'
"Yuve"da o‘zgarish: Pereyra o‘rniga Arturo Vidal tushdi
74'
"Milan" endi tavakkal qilishga majbur. Menez jarima maydonchasining o‘ng tomonida turinliklar himoyachisini ikki marta aldadi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
71'
"Yuventus"ning so‘nggi o‘yinlardagi xaloskoriga aylangan Karlos Teves, raqib mudofaasini yorib o‘tishning yo‘lini topdi. U Pol Pogba bilan "devor" o‘ynadi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘lladi
71'
GOOOOOOL, Karlos Teves, 0:1!
70'
Birinchi bo‘limda mezbonlar vaqti-vaqti bilan to‘pni nazorat qilib, hujumga o‘tib turgandi. Ikkinchi bo‘limda esa Inzagi shogirdlari yo tavakkal qilishni istashmayapti, yoki "Yuventus" oldinga o‘tishga imkon bermayapti
66'
"Milan"da o‘zgarish: Stefan ash-Sha’raviy o‘rniga Jakomo Boneventura tushirildi
65'
Mezbonlar o‘z jarima maydonchalari atrofidan chiqishdi va oldinga o‘tishdi. Andrea Poli 18 metrdan noaniq zarba yo‘lladi
63'
"Yuve" himoyachisi Agbonna ogohlantirsh oldi
62'
"Milan" to‘liq himoyada...
60'
Burchak to‘pi yanada xavfliroq bo‘ldi. To‘p yerlatib jarima maydonchasiga yetkazildi. Markizio olis burchak tomon to‘pni tepdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
59'
Salli Muntariy o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni oldirib qo‘ydi va Pogba 16 metrdan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
56'
Chap qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Sha’raviy yerga tushirmasdan darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p Asamoaga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pini turinliklar qaytarishdi
54'
"Milan"ning qarshi hujumi oxiriga yetmay qoldi. Maydon markazida to‘p yo‘qotildi
51'
Tevez maydon markazida to‘pni egallab olib oldinga bordi va to‘pni Lyorentega berdi. Fernando "Milan" jarima maydonchasi ichida butun boshli mudofaa chizig‘ini aldab chiqdi, ammo Abate to‘pni tepib yubordi
47'
Turinliklar ikkinchi bo‘limning boshini ham raqib darvozasiga bosim uyushtirish bilan boshladi. Milanliklar himoyalanishmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "Milan" - "Yuventus" - 0:0. Tanaffus
45+3'
Pereyra jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgani "Milan" mudofaasi undan to‘pni olib qo‘ydi
45+1'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Bo‘lim so‘ngida tashabbusni "Milan" qo‘lga olindi. Sha’raviy 17 metrdan zarba yo‘lladi. BUffon to‘pni egallab oldi
42'
Klaudio Markizio ogohlantirish oldi. Hakamga e’tiroz uchun
40'
Jeremi Menez maydon markazida "Yuve" himoyachisidan to‘pni olib qo‘ydi va bir o‘zi oldinga intildi. Jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli zarba yo‘lladi. Buffon to‘pni qaytardi
38'
Vuuuuuhhhhh! "Milan"ga omad kulib boqdi! Markizioning 25 metrdan zarba yo‘llashiga hech kim xalal bermadi. To‘p esa darvoza ustuniga tegib qaytdi!
36'
"Yuventus"da yana bir golga tortadigan vaziyat! Markizio yumshoq tarzda to‘pni jarima maydonchasiga ko‘tardi, himoyachilardan ajralib chiqqan Bonuchchi darvozaga teskari sakragan holda bosh bilan zarba berdi. Zarba yo‘nalishi biroz noaniq bo‘ldi
35'
"Yuve"da o‘zgarish: Jarohatlangan Kaseres o‘rniga Anjelo Ogbenno tushirildi
34'
Vuuuh, mehmonlar ijrosida chiroyli kombinasiya! Birtepar, devor uslubidagi uzatmalardan keyin Pereyra 20 metrdan zarba berdi! Abbyatti to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
31'
Vuuuuuh! "Yuventus" raqibidan qolishmaydigan hujum bilan javob berdi. Lyorente o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Kristian Abbyatti ham o‘z mahoratini namoyish qildi!
30'
Lyorente "Milan" jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi
27'
Vuuuuuh! Xondaaaaa! Buffffoooon! Dastlabki xavfli vaziyatni "Milan" yuzaga keltirdi. Uzoqdan yetkazib berilgan to‘pgga Keysuke bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqdi. Buffon darvoza chizig‘i ustidan ajoyib seyv bilan to‘pni qaytardi!
27'
Vuuuh, mehmon himoyachilarining xatosidan foydalanib, Sha’raviy to‘pni egallab oldi, ammo so‘nggi himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
26'
Endi to‘p nazorati "Yuve" tomonga o‘tdi...
23'
"Qizil-qora"lar raqibning dastlabki 20 daqiqa davomidagi bosimini bartaraf etib, endi o‘zlari to‘pni nazorat qilishmoqda 4-5 daqiqadan beri. Andrea Poli 24 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi
21'
"Rossoneri" burchak to‘pi ishladi. Mezbonlar standart vaziyatlarga katta e’tibor qaratishmoqda
19'
"Milan" maydon markazini to‘laligicha "Yuve"ga topshirgan. Inzagi kuchli raqib bilan ochiq o‘yin qilib bo‘lmasligini his qilgan. U natija uchun o‘ynamoqda
17'
Burchak to‘pi maydon egalariga naf keltirmadi
17'
Sha’raviy burchak to‘pi ishladi
17'
Asamoa chap qanotdan yetkazib bergan to‘pini "Milan" posboni egallab oldi
13'
Pereyra o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Abbyatti to‘pni egallab oldi
13'
Ustunlik "Yuventus" tomonida. "Rossoneri" hozircha himoyalanishga majbur bo‘lmoqda
10'
"Yuve" jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
7'
Pereyra 18 metrlardan xavfli zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
5'
Xonda to‘pni diagonal uzatma bilan jarima maydonchasining o‘ng qanotida turgan futbolchiga uzatdi. U to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Bosh bilan berilgan zarba kuchsiz bo‘ldi, darvozabon to‘pni egallab oldi
4'
Endi "Yuve" futbolchisi Pereyra Jeremi Menezga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi. Davrozagacha ancha olis
3'
Burchak to‘pini mezbonlar bartaraf etishdi
2'
To‘p rekshet natijasida maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
2'
Karlos Tevesga nisbatan yapon Xonda fol ishlatdi. Darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Futbolda kam uchraydigan holat - har ikkala jamoa darvozabonlar - Abbyatti va Buffon sardor vazifasida
'
"San-Siro" muxlislar bilan to‘lib-toshgan. Stadionga yig‘ilgan kichkicha bayroqchalar yordamida ulkan bannerlarni hosil qilishgan. Italiya bayrog‘i va YECHL kubogining ulkan tasviri shakllantirilgan
'
Anchadan beri Italiya A seriyasi bahsidan matnli onlayn translyasiya uyushtirmagandik. Bugun esa "Milan" - "Yuventus" o‘yini munosabati bilan bajonudil A seriya bahsiga murojaat qilamiz. Umid qilamizki, ushbu bahs sizni befarq qoldirmaydi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.