Angliya Premyer ligasi, 5-tur
| 21 sentyabr, soat 17:30. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya) | ||
LESTERLeonardo Ulloa (18, 84-pen.)
Devid Nyujent (63-pen.) Esteban Kambyasso (64) Jeymi Vardi (79) |
5 : 3 |
MANCHESTER YUNAYTEDVan Persi (13)
Anxel Di Mariya (17) Ander Errera (57) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Kasper Shmeyxel 02.Richchi de Layet 03.Pol Koncheski 05.Ves Morgan 18.Liam Mur 04.Denni Drinkuoter 07.Din Xemmond 19.Esteban Kambyasso 35.Devid Nyudjent 23.Leonardo Ulloa 09.Jeymi Vardi |
01.David de Xea 02.Rafael 17.Deyli Blind 06.Jonni Evans 05.Markos Roxo 42.Tayler Blekett 07.Anxel Di Mariya 21.Ander Errera 20.Robin van Persi 09.Radamel Falkao 10.Ueyn Runi |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Ben Xamer 15.Jeff Shlupp 27.Marsin Vasilevski 08.Mettyu Djeyms 10.Endi King 26.Riyad Maxrez 39.Kris Vud |
13.Anders Lindegor 03.Lyuk Shou 12.Kris Smolling 08.Xuan Mata 11.Adnan Yanuzay 24.Darren Fletcher 25.Antonio Valensiya |
|
Matn
| ' | Lester muxlislari bayram qilishmoqda | |
| ' | Ueyn Runi hakamlardan norozi. U o‘z noroziligi bildirib, keyin kiyinish xonasiga yo‘l oldi | |
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Lester" - "Manchester Yunayted" - 5:3! |
| 90+6' | ![]() |
So‘nggi daqiqa boshlandi |
| 90+4' | ![]() |
Mezbon hujumchilari raqib jarima maydonchasi ichida bir-birlariga shunaqa paslar berishyaptiki, qisqa qilib aytganda, ular "MYu" himoyachilari ustidan kulishdi... |
| 90+3' | ![]() |
Jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash olib borgan Van Persi ofsaydda qolgan ekan |
| 90+2' | ![]() |
Errera 18 metrdan zarba yo‘lladi. Shmeyxel to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi. "MYu" uchun imkoniyat! |
| 89' | ![]() |
Yana bir keskin qarshi hujum! U qarshisida turgan bir himoyachini aldab o‘tsa darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishini tushungan holda bu ishga qo‘l urdi. Ammo maqsadiga yeta olmadi. |
| 88' | ![]() |
Vuuuuh, "Lester" hujum ketidan hujum tashkil qilmoqda. Shlupp 18 metrdan zarba berishning imkonini topdi. Zarba kuchli, ammo biroz noaniq |
| 87' | "Yunayted" uchun "qo‘rqinchli tush" yakunlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Ular bu vaqt davomida endi "uyg‘onishga" ulgurishmasa kerak | |
| 85' | ![]() |
"MYu" shokda! Futbolchilar va murabbiylar nima bo‘layotganini tushunishmayapti! |
| 84' | ![]() |
GOOOOOOLLL! Leonardo Ulloa, 5:3! |
| 83' | ![]() |
Yana qarshi hujum natijasida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan hujumchini ortidan chalgani bois Jonni Evansga darhol qizil kartochka berildi! |
| 83' | ![]() |
Penalti! "MYu" darvozasiga! |
| 79' | ![]() |
"MYu" futbolchisi maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi va tezkor qarshi oqibatida Jeymi Vardi darvozabon bian birga-bir vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan De Xeyani dog‘da qoldirdi! |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOOLLL! Jeymi Vardi, 4:3!!!! |
| 76' | ![]() |
Di Mariya maydonni tark etdi, uning o‘rniga Xuan Mata tushdi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuh! "Lester" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi! Hujumchining 12-13 metrlardan yo‘llagan zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 75' | ![]() |
"Lester"da yana bir o‘zgarish: Devid Nyujent o‘rniga Mettyu Jeyms tushdi |
| 74' | ![]() |
"MYu" endi hujumkorlikka e’tibor qaratmoqda |
| 72' | ![]() |
"Lester"da ham yangi futbolchi maydonda paydo bo‘ldi. Esteban Kambyasso o‘rniga Endi King tushdi |
| 71' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Falkao o‘rniga Yanuzay tushirildi |
| 69' | ![]() |
"Lester" hujumlar yomg‘irini yog‘dirmoqda! Qoyil qolish kerak. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Smolling bosh bilan qaytardi |
| 68' | ![]() |
E’tiborli tomoni, "Lester" aslo durangga rozi emas. Hozir mezbonlar maydon hududiy ustunlikka ega bo‘lib turishibdi |
| 64' | ![]() |
Goldan ruhlangan "Lester" yana oldinga o‘tdi. To‘p jarima maydonchasiga tashqarisidan 11 metrli nuqta atrofida turgan 2 nafar mezbon hujumchisi tomon uzatildi. Ulardan biri to‘pni to‘xtatib berdi va Esteban Kambyasso zarba berib, hisobni tenglashtirdi!!! |
| 64' | ![]() |
GOOOOOOL! Esteban Kambyasso, 3:3! Dahshat! |
| 63' | ![]() |
GOLLL! Devid Nyujent, 2:3! |
| 62' | ![]() |
Maydon markazidan yetkazilgan to‘p uchun kurashda o‘ng qanot himoyachisi Rafael Ulloaga yutqazdi (futbolchi yelkasi bilan Rafaelni turtib yiqitdi) va "Lester" futbolchisi to‘pni chiziq ustida to‘xtatib, jarima maydonchasiga kirib keldi. Ortdan yetib kelgan Rafael esa uni yiqitdi. |
| 62' | ![]() |
"MYu" darvozasiga penalti! |
| 57' | ![]() |
Rafael o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. "MYu" hujumchilari ushbu to‘pga intilishdi, biroq oziga yeta olishmadi. Darvozabon to‘pni yon tomon urib yubordi va uni egallab olgan Van Persi orqaroqqa uzatdi. Di Mariya 16 metrlardan zarba yo‘lladi. Errera esa to‘p yo‘nalishini tavani bilan o‘zgartirdi. Buni kutmagan Sheyxel to‘pni o‘tkazib yubordi |
| 57' | ![]() |
GOLLLLLL! Ander Errera ijrosida chiroyli gol! 1:3! |
| 56' | ![]() |
Rafael o‘ng qanotdan uzatgan to‘pni Shmeyxel egallab oldi |
| 53' | ![]() |
"Lester" futbolchisi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida ofsayd tufayli o‘yin to‘xtatildi |
| 50' | ![]() |
"MYu" jarima maydonchasining burchagidan jarima zarbasini amalga oshirdi. Runining uzatma/zarbasi hech kimga tegmasdan, maydonni tark etdi |
| 49' | ![]() |
Vuuuuuh, Falkaoning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Radamel jarima maydonchasining ichida — o‘ng tomonida to‘pni qabul qilib, "parashyutsifat" zarba bergandi! |
| 48' | ![]() |
Kutilganidek, "MYu" ikkinchi bo‘limni tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishdi. Bo‘limni boshlash uchun barcha narsa tayyor | |
| ' | ![]() |
Hozircha "Lester" - "Manchester Yunayted" - 1:2. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Mezbonlarning hujumi. O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 42' | ![]() |
Di Mariyaning zarbasi hech kim tegmagandi, shunga qaramay, hakam yana bir marta burchak to‘pi belgiladi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga Roxo 2-3 metrdan bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 41' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin to‘p Di Mariyaga kelib tushdi va uning 15 metrdan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 40' | ![]() |
Di Mariya tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni darvozabon o‘z darvozasiga burib yuborishiga sal qoldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
Roxo 28 metrdan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
Maydon chetida to‘p uchun kurashgan Di Mariyani "Lester" futbolchisi turtib yubordi va Anxel maydon chetida beton ustiga borib yiqildi. Tag‘inam unchalik xavfli yiqilmadi |
| 32' | ![]() |
Richchi De Layet sariq kartochka oldi. Hujum paytida to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirgan Rafaelning oyog‘iga tepib yuborgani uchun |
| 30' | ![]() |
"MYu"da majburiy o‘zgarish: Jonni Evans jarohat oldi, uning o‘rniga Kris Smolling o‘yinni davom ettiradi |
| 28' | ![]() |
Di Mariya uzatib bergan to‘p himoyachilarga tegib, biroz ortga qaytdi. Falkao 14 metrdan zarba berdi, to‘p yana himoyachilardan qaytdi. Deyli Blind yo‘llagan zarba kuchli va aniq bo‘ldi, ammo Kasper Shmeyxel zarbani qaytardi |
| 27' | ![]() |
"Yunayted" burchak to‘pi ishladi |
| 25' | ![]() |
"MYu" jarima to‘pini to‘g‘ridan to‘g‘ri darvozaga tepmasdan, kombinasiya tashkil qildi. Di Mariya uzatgan joyda mehmon futbolchilaridan hech kim yo‘q edi |
| 23' | ![]() |
"Qizillar" to‘pni nazorat qilib, navbatdagi hujumlar uchun variantlar qidirishmoqda |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh, 60 soniya o‘tmasdan "Lester" bitta javob to‘pini kiritdi! Vardi o‘ng qanotda himoyachidan o‘tib ketdi va so‘nggi chiziq ustidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishga ulgurdi! Ulloa esa 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berib, darvozaning to‘qqizligini nishonga oldi! "Lester" darhol intrigani tiklamoqda! |
| 18' | ![]() |
GOOOOOL, Leonardo Ulloa, 1:2! |
| 17' | ![]() |
Runi tomonidan uzatilgan to‘pni jarima maydonchasi ostonasida qabul qilgan Di Mariya darvozaga qaramasdan "parashyut" uslubida zarba berdi va to‘p darvozabonning ustidan o‘tib darvoza to‘riga borib tushdi! Anxel ijrosida anchayin chiroyli gol! "Di Mariya oddiy gol ura olmaydi" - bu rus sharhlovchisinng izohi! |
| 17' | ![]() |
GOOOOOOL, Anxel Di Mariya! 0:2! |
| 13' | ![]() |
Radamel Falkao chap qanotdan to‘p bilan bir himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni chiroyli tarzda darvozaning narigi ustuniga yaqin joyda turgan Van Persi tomon uzatdi. Robinning bosh bilan bergan zarbasi himoyachining boshiga tegib, o‘z yo‘nalishini sal o‘zgartirdi va darvozabonning yaqin burchagidan kirib ketdi |
| 13' | ![]() |
GOOOOOL! Van Persi, 0:1! |
| 11' | ![]() |
Burchak zarbasini "Lester" futbolchilari bartaraf etishdi |
| 11' | ![]() |
Vuhhh! Di Mariyaning uzatmasidan keyin Van Persi darvozabon qarshisida qoldi! Robinning zarbasini darvozabon qaytardi! |
| 5' | ![]() |
O‘yin boshidan ko‘k formadagi "Lester" jamoasi ko‘proq hujum tashkil qilmoqda, "MYu" himoyalanmoqda |
| 1' | ![]() |
"Lester" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi APLning 5-tur uchrashuvi boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|