Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer ligasi, 5-tur

21 sentyabr, soat 20:00. Bosh hakam: Mayk Din

MANCHESTER SITI

Frenk Lempard (85)

1 : 1

CHELSI

Andre Shyurrle (71)
JAMOALAR TARKIBI
1. Jo Xart
20. Elyakim Mangala
11. Aleksandr Kolarov
5. Pablo Sabaleta
4. Vensan Kompani
42. Yaya Ture
21. David Silva
7. Jeyms Milner
25. Fernandinyo
10. Edin Jeko
16. Serxio Aguero
  13. Tibo Kurtua
28. Sesar Aspilikueta
2. Branislav Ivanovich
24. Geri Kexill
26. Djon Terri
4. Sesk Fabregas
10. Eden Azar
21. Nemanya Matich
7. Ramires
22. Villian
19. Diyego Kosta
ZAHIRA
13. Vilfredo Kabalyero
3. Bakari Sanya
22. Gael Klishi
26. Martin Demichelis
18. Frenk Lempard
15. Xesus Navas
8. Samir Nasri
  1. Petr Chex
3. Filipe Luis
8. Oskar
12. Djon Obi Mikel
14. Andre Shyurrle
11. Didye Drogba
18. Loik Remi
SARIQ KARTOCHKA
Fernandinyo (13)
Sabaleta (32)
David Silva (40)
Yaya Ture (43)
 
Ramires (35)
Matich (39)
Diyego Kosta (67)
Branislav Ivanovich (77)
QIZIL KARTOCHKA
Sabaleta (67, ikkinchi ogohlantirish)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Bugun 00:00dan boshlab uyushtiriladigan "Levante" - "Barselona" uchrashuvidan onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang
'
Ajoyib o‘yin, chiroyli kombinasiyalar orqali kiritilgan gollar. Zaxiradan maydonga tushgan Shyurrle va Lempard gol urishdi. Bu ham murabbiylarning yutug‘i. Hakamning qo‘pol xatosi orqali "Siti" jabr chekmadi, o‘z xarakteri evaziga hisobni tenglashtirdi. O‘yinga mos natija.
90+4'
O‘yin yakunlandi.
90+3'
Lempard 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
90+2'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shi berildi
90+1'
Darvoqe, 86-daqiqada Diyego Kosta o‘rniga Didye Drogba tushirildi. Aynan u hozir jarima zarbasini ijro etdi. To‘p muxlislarga tortiq qilindi...
90+1'
Kompani raqibga nisbatan qoida buzdi. 25 metrlarda jarima zarbasi
89'
Vuuuuuuh! Lempard dublga erishishi mumkin edi! Yana Silva-Milner kombinasiyadan so‘ng Lempard darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi!
85'
David Silva chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelayotgan Milnerga to‘pni yuqoridan yetkazdi. Jeyms esa to‘pni darvoza ro‘parasida paydo bo‘lgan Lempardga berdi. Frenk to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi va darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi. U golni nishonlamadi! Hattoki qo‘lini ko‘tarib qo‘ymadi, yugurmadi. O‘zining jonajon sobiq jamoasiga hurmat bajo keltirdi
85'
GOOOOOOLLLL! Lempaaaaaaardd! 1:1!
84'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p uzatilgan 11 metrli nuqta atrofida "Siti"dan hech kim yo‘q edi
82'
Navas jarima maydonchasida turgan Silvaga to‘pni uzatdi. David yaqin burchakni ishg‘ol qilishga urindi, ammo zarba aniq chiqmadi
81'
Vuuuuhhhh!, Diyego Kostaning jarima maydonchasi chizig‘idan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!!!
79'
Maydon markazidan yetkazilgan to‘pni Aguero qabul qildi, ammo ofsayd
78'
Frenk Lempard "Chelsi"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi! Kolarov o‘rniga
77'
Ivanovich ogohlantirildi
76'
O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pga Diyego Kosta bosh bilan kuchli zarba berdi. Xart to‘pni egallab oldi
72'
"Siti"da yana bir o‘zgarish: Fernandinyo o‘rniga Xesus Navas tushirildi
71'
"Chelsi" qarshi hujumga o‘tdi. Diyego Kosta o‘ng qanotda yordamga kelgan Azarga to‘pni uzatdi. Eden to‘pni narigi qanotdagi Shyurrlega yetkazdi. Germaniyalik futbolchi darvozaning bo‘sh qolgan qismini osonlik bilan ishg‘ol qildi!
71'
GOOOOOL, Andre Shyurrle, 0:1!
70'
"Siti"da o‘zgarish: Jeko o‘rniga Bakari Sanya tushirildi. Taktik jihatdan majburiy yurish
69'
Tartib-intizom va hurmat borasida yaxshi o‘tayotgan o‘yinni Mayk Din uzish bilan shug‘ullandi. U o‘ta noto‘g‘ri taktika tanladi o‘yin boshidan. Mutlaqo APLga mos bo‘lmagan hakam
67'
Diyego Kosta ham "sariq"dan benasib qolmadi
66'
Mana Mayk Din tomonidan bo‘limda ko‘rsatilgan ko‘plab sariq kartochkalar o‘z ta’sirini ko‘rsatishni boshladi. Maydon markazida, oddiy vaziyatda Sabaleta Diyego Kostani yiqitgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi
65'
Milner o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va so‘nggi chiziq yonidan to‘pni orqaga uzatdi. Ammo to‘p uzatilgan joyla manchesterliklardan hech kim yo‘q edi
62'
"Chelsi"da birdaniga ikkita o‘zgarish amalga oshirildi. Maydonga Shyurrle va Obi Mikel tushirildi. Maydonni Ramires va Villian tark etdi
60'
Silva o‘ng qanotda ochilgan Milnerga to‘pni yetkazdi. Yarim himoyachining darvozabon maydonchasiga yetkazgan to‘pini Kurtua egallab oldi
58'
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
58'
Sabaleta Azarni yiqitdi. "Chelsi" jarima zarbasini amalga oshiradi
56'
Vuuuuuh, "Siti" hisobni ochishi mumkin edi! Silva 10 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Kurtua to‘pni qaytardi. Jeko qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llashi mumkin edi, ammo Ramires to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
55'
Burchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasidan tashqarga chiqdi. Fernandinyo kuchli zarba berdi. Zarbagi biroz aniqlik yetishmadi
50'
Yaya Ture chap qanotdan Ivanovichdan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirib borayotganida Branislavning oyog‘i Turening oyog‘iga orqa tomondan tegib ketdi va Yaya jarima maydonchasi ichida yiqildi. "Chelsi" himoyachisi bu vaziyatda ataylab qilmagan bo‘lsa-da, ammo Turening yiqilishiga sabab bo‘lgandi. Nazarimizda penalti bor edi. Hakam xushtagini chalmadi
49'
Jeko chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni Silvaga uzatdi. David jarima maydonchasining o‘ng tomonida ochiq turgan Agueroga uzatdi. Ammo uzatma biroz kuchli bo‘lgani uchun Serxio uni o‘tkazib yubordi
48'
Aguero jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Kuchli chiqmagan zarba Kurtua uchun qiyinchilik tug‘dirmadi.
47'
Milner o‘ng qanotdan to‘pni yetkazib berganidan keyin Jeko zarba bera olmadi, keyin esa burchak to‘pii ishladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar maydonga qaytishmoqda
'
Tanaffus
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+2'
Villian jarima maydonchasi ichida David Silva bilan to‘qnashuvda jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
45+1'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Vuuuh! "Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ivanovich bosh bilan to‘pga zarba berdi. Darvoza yonida turgan Diyego Kosta to‘pga tashladi, biroq uning oyog‘i to‘pga biroz yetmay qoldi
45'
Sabaleta o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Ivanovich to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
43'
Yaya Ture maydon markazida Villianni yiqitgani uchun ogohlantirildi
40'
Endi David Silva ogohlantirish oldi
39'
Matich ogohlantirish oldi. Mayk Din sariq kartochka tarqatishni oshirib yubormoqda. Oddiy vaziyatlarda ham ogohlantirish bermoqda
37'
Vuh, maydon markaziga yaqin joydan Ture chiroyli pas bilan Agueroga uzatdi. Ammo jarima maydonchasiga kirib borgan Serxio to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
36'
Jeko jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bu yerda ham penalti yo‘q
35'
Ramires chap qanotda Agueroni yiqitgani uchun ogohlantirish oldi
33'
To‘p jarimadan yetkazilganidan so‘ng, Yaya Turening qo‘liga tekkandek bo‘ldi. Mehmonlar qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishdi, hakam esa jim
32'
Sabaleta jarima maydonchasi burchagida Azarni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi
30'
Milner va Sabaleta o‘ng qanotda burchak to‘pi ishlashdi. Burchak to‘pidan keyin Silva to‘pni jarima maydonchasi uzatib berdi. Terri to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Aguero 7-8 metrdan darvoza tomon tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
29'
Mana hozir "Chelsi" futbolchilari Fernandinyoga jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berish imkoniyatini berib qo‘yishdi. Mehmonlar baxtiga zarba qovushmadi
27'
"Shaharliklar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. BUrchak to‘plari, qanotlardan uzatmalarni bartaraf etishda londonliklar muammoga duch kelishmayapti
26'
Taktik kurash kechmoqda. Bunday o‘yinda kamroq xato qilgan jamoa yutadi.
22'
"Chelsi" yaxshi himoyalanmoqda, ikkinchi raqam ostida o‘ynamoqda. Oldinga esa katta kuch bilan borayotgani yo‘q. Shu bois hanuz golga tortadigan vaziyat yuzaga kelganicha yo‘q
19'
Mezbonlarning bu safargi hujumi "Chelsi" uchun taxlikali bo‘ldi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
15'
Burchak to‘plarini "Chelsi" bartaraf etmoqda
15'
Navbatdagi burchak to‘pi
14'
"Siti" burchak to‘pi ishladi
11'
Maydon markazida Fernandinyo maydon markazida Villianga nisbatan qoida buzdi
9'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Yaya Ture bosh bilan darvoza tomon burdi. Kurtu to‘pni egallab oldi
9'
Milner o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni Silvaga uzatdi. Davidning zarbasi esa himoyachining oyog‘idan maydon tashqarisiga chiqib ketdi
7'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Jeko bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi
5'
"Siti" ijrosida jarima to‘pidan "uy vazifasi" amalga oshirildi. Londonliklar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
4'
Darvozagacha 30 metrlar masofadan jarima to‘pi tepadi "Siti"
4'
Villian o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Posbon to‘pga ega chiqdi
3'
O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pga Aguero bosh bilan zarba berishga urindi. Ancha noaniq
3'
Takroriy hujum paytida maydon egalari burchak to‘pi ishlashdi
2'
Mezbonlar chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi
1'
O‘yinni "Siti" boshlab berdi
'
Turning markaziy o‘yini: "Manchester Siti" - "Chelsi"!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.