Yoshlar (U22) o‘rtasida Osiyo chempionati, Ummon
| «D» guruhi. 1-tur. soat 18:00 | ||
O‘ZBEKISTONEgor Krimes (90+2)
Igor Sergeev (90+4) |
2 : 1 |
XITOYYang Chaosheng (35)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1. Akmal Tursunboyev 2. Yegor Krimes (S) 4. Dilshod Jo‘rayev 6.Abbosbek Maxstaliyev 7.Vladimir Kozak 8.Sardor Sobirxo‘jayev 10.Jamshid Iskanderov 14.Boburbek Yo‘ldoshev 17.Igor Sergeev 18.Maksimilian Fomin 23.Sardor Rashidov |
1.Fang Jingsi 4.Li Ang 5.Shi Ke (s) 6.Vang Tong 9.Li Yuanyi 10.Luo Senven 11.Yang Chaosheng 13.Guo Sheng 14.Guo Xao 17.Siye Pengfei 22.Vu Sinxan |
|
Matn
| ' | G‘ALABA muborak! 14 yanvar kuni soat 18:00da boshlanadigan navbatdagi o‘yingacha! Saytdan uzoqlashmang! | |
| ' | Bu har tomonlama o‘ta muhim g‘alaba bo‘ldi. G‘alaba uchun, oxirigacha kurishgani uchun, ishonchni yo‘qotishmagani uchun O‘zbekiston U22 terma jamoasi a’zolariga minnatdorchilik bildiramiz! | |
| ' | Vuh, turnir ancha ehtirosli boshlandi! | |
| ' | Qo‘shimcha daqiqalarda 2ta gol urdik! Yaqin orada o‘zbek futbolida bunaqasi kuzatilmagandi! "MYu"cha g‘alaba!!! Tabriklaymiz barchani! | |
| 90+5' | O‘YIN TUGADI! | |
| ' | Jamshidning 19 metrdan yo‘llagan zarbasi darvozo‘a to‘siniga tegib qaytdi va Igor Sergeev darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni yo‘lladi! | |
| 90+5' | Igor Sergeev! | |
| 90+4' | ![]() |
Golllll!!!! Birinchi golni yozib ulgurmasimizdan O‘zbekiston ikkinchi golni urdi!!! |
| 90+3' | O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berilibdi | |
| 90+2' | Gol muallifi Yegor Krimes! | |
| 90+2' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooool!!!! Nihoyat hisobni tenglashtirdik! |
| 90' | ![]() |
Qo‘shimcha vaqt boshlandi. Jarima zarbasini amalga oshiramiz |
| 90' | Rashidov jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysindira olmadi. Charchoq alomati | |
| 89' | Xitoy ham ikki marta qulay vaziyatdan foydalana olmadi! | |
| 88' | ![]() |
Endi-chi??? Endi Sergeevga nima xalal berdi? Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Igor darvozaga to‘g‘rilay olmadi!!! |
| 87' | ![]() |
Eh, eh, eh! Mana shunday vaziyatdan foydalanmasak, qachon gol uramiz?! Xitoylik darvozabon to‘pni 6 sekunddan ortiqroq ushlab turgani uchun koreyalik hakam Xitoy darvozasi tomon erkin zarba belgiladi! Sergeev to‘pni tezkorlik bilan o‘ynashga qaror qildi. Biroq bo‘sh darvoza tomon berilgan zarba kuchsizroq bo‘lib qoldi va himoyachi to‘pni qaytarib yubordi. |
| 86' | Iskandarovning uzatmasi xitoylik darvozabonga sovg‘a bo‘ldi | |
| 85' | ![]() |
Bosimni oshiryapmiz. Burchak to‘pi ishladik |
| 84' | Abbosning zarbasiga kuch yetishmayapti bugun. | |
| 84' | ![]() |
Li An ogohlantirildi. |
| 83' | Rashidov bu safar zarbani ijro etayotganida texnik xatoga yo‘l qo‘ydi | |
| 83' | Maqsudov nima uchun ikkinchi hujum haqida o‘ylamayotgani biroz g‘alati. Vaqt kam qolmoqda, tavakkal qilish kerak! | |
| 82' | Kozakning zarbasi juda noaniq bo‘ldi | |
| 81' | O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 10 daqiqadan kam vaqt qolmoqda | |
| 79' | Qarshi hujumdan foydalana olmadik. Xitoylik futbolchi esa deyarli maydon markazidan jarima maydonchamizga yaqinlashib kelib, xavfli zarba yo‘lladi. | |
| 78' | ![]() |
O‘yin vaqtini cho‘zgani uchun Shi Ke ogohlantirildi |
| 76' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Krimes bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 76' | ![]() |
Rashidovning jarimadan zarbasi xavfli bo‘ldi. Burchak to‘pi |
| 75' | XItoylik futbolchi qo‘li bilan o‘ynagani uchun jarima zarbasi ishladik | |
| 74' | ![]() |
Kozakka nisbatan xavfli o‘yin uchun gol muallifi ogohlantirildi |
| 72' | ![]() |
Sardor Mirzayev tirsagi bilan raqib yuziga zarba bergani uchun ogohlantirlid. |
| 71' | ![]() |
Xitoyda uchinchi o‘zgarish qilindi. |
| 70' | ![]() |
Jamoamizga omad yetishmayapti 2-bo‘limda! Sardor Rashidov 12-13 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! santimetrlar... |
| 69' | Vakillarimiz chiroyli o‘ynashga harakat qilishmoqda. Bizga hozir go‘zallik emas, aniqlik kerak | |
| 67' | Krimes jarima maydonchamiz yaqinida qoida buzdi | |
| 65' | Terma jamoamiz ikkinchi bo‘limda 20 daqiqadan beri bosim uyushtirmoqda. Hozircha besamar | |
| 63' | Xitoy to‘liq himoyada | |
| 62' | ![]() |
Eh, Sardor Mirzayev! Bunday holatdan gol urish kerak!!! Sergeev yetkazgan to‘pni 6-7 metrlardan Mirzayev to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 60' | ![]() |
Jamshid chiroyli pas bilan Maxstaliyevni oldinga boshladi. Abbosning zarbasini darvozabon egallab oldi. |
| 59' | ![]() |
Dilshod Jo‘rayev 22 metrlardan zarba yo‘lladi, biroz noaniq bo‘ldi |
| 58' | ![]() |
Xitoy terma jamoasida yana futbolchi almashdi. Guo Xao o‘rniga Su Sin maydonga tushdi |
| 56' | Ikkinchi bo‘limdagi hujumlarimiz nisbatan yaxshiroq tashkil etilmoqda. Biroq so‘nggi zarbani beradigan futbolchi topilmayapti. Balki ikkinchi hujumchi kerakdir bizga?! | |
| 55' | ![]() |
Sardor Sobirxo‘jayev o‘rniga boshqa Sardor — Mirzayev maydonga tushirildi. "Bunyodkor" yarim himoyachisi belini ushlagan holda maydonni tark etdi |
| 54' | ![]() |
Simulyasiya uchun Vu Sinxan ogohlantirildi. U penalti ishlashga urindi |
| 53' | ![]() |
O‘zbekiston ijrosidagi chiroyli hujum zarba bilan tugadi. Sergeev yaqin masofadan bosh bilan darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi. Xitoylik posbon xushyor |
| 52' | Jamshid mana endi jarima maydonchasi tomon ochilayotgan Sergeevni ko‘rdi va to‘pni unga yetkazdi. Raqib to‘pni qaytardi | |
| 51' | ![]() |
Sobirxo‘jayevga bugun juda ko‘p marta tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 50' | ![]() |
Abbos chap qanotdan to‘pni balandlatib to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Ammo to‘pga zarba beradigan futbolchimiz topilmadi |
| 49' | ![]() |
Sergeev jarima maydonchasiga kirar-kirmas darvoza tomon zarba berishga qaror qildi. Zarba o‘xshamadi |
| 48' | ![]() |
O‘zbekiston hisobni tenglashtirishi mumkin edi! Rashidov o‘ng qanotdan futbochlilarni ortda qoldirib, Sergeevni to‘p bilan ta’minladi. Igorning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan 2-raqamli himoyachi Rashidovning kiyimidan tortib to‘xtatgani uchun ogohlantirildi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI. O‘zbekistonliklar bo‘limni boshlab berishdi |
| 46' | ![]() |
Xitoyda bitta almashtirish amalga oshirildi |
| ' | Jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | Bugun Tohir Shamsiddinov, Davron Hoshimov va Temurxo‘ja Abduxoliqov diskvalifikasiya tufayli bizga yordam bera olmaydi | |
| ' | Masalan, Diyor Turopov, Sardor Mirzayev va Abdul Aziz Yusupov | |
| ' | Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchilar bor tarkibda. | |
| ' | Ikkinchi bo‘limda Shuhrat Maqsudov shogirdlariga oson bo‘lmaydi. Boz ustiga, terma jamoamizning 90 daqiqa yuqori saviyada o‘ynay olish/olmasligi hali noma’lum. | |
| ' | Boz ustiga, Jamshid Iskandarov hozircha "ko‘rinmayapti". Futbolchilar o‘z vaqtida ochilmasa, Jamshid ham nima qilib bera olsin? | |
| ' | Bizning jamoaviy o‘yinimiz yaxshi shakllanmagani uchun to‘p uzatishlarda ko‘plab xatolar ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa qarshi hujumda o‘ynayotgan tezkor Xitoy uchun ayni muddao | |
| ' | Futbol jamoaviy o‘yin ekani isbotlangandek, hozircha Xitoy hisobda oldinda bormoqda. | |
| ' | O‘zbekistonlik futbolchilar individual va texnik jihatdan xitoylik raqiblaridan ustunligi ko‘rinib turibdi. Xitoy esa jamoaviy o‘yinni shakllantirib ulgurgan. Tezlik ham binoyidek. | |
| ' | Birinchi bo‘lim yuzasidan qisqacha xulosalarni bayon qilish niyatimiz bor | |
| 45+2' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI. O‘zbekiston - Xitoy - 0:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | Sardor Sobirxo‘jayev O‘zbekiston terma jamoasining formasi ichidan "Bunyodkor"ning ko‘k formasini kiyib olibdi... UTG yozuvi ko‘zga tashlandi | |
| 43' | Maxstaliyevga nisbatan qoida buzildi. Jarima to‘pini amalga oshirdik. Jo‘rayev to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Ammo futbolchilar to‘qnashuvida Fomin aybdor deb topildi | |
| 42' | Bir nafar xitoylik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. U Jo‘rayev bilan to‘qnashuvda jarohat oldi | |
| 40' | ![]() |
Xitoyliklar burchak to‘pidan to‘pni yana darvozamizga yo‘llashgandi. Yaxshiyamki, hakam xitoylik futbolchi zarba berayotganida qoida buzilgan deb topdi |
| 38' | ![]() |
Vux, ox-ox, Xitoy ochiqchasiga bizni kechirdi. Aniqrog‘i 9-raqamli hujumchi 4-5 metrdan 7 metrli darvozani emas, darvoza ustunini nishonga oldi! |
| 36' | Xitoyning zarbalari oxir-oqibat darvozamiz to‘ridan joy oldi | |
| 35' | Himoyachilarimiz to‘pni 11-raqamli Yang Chaoshengga to‘pni taqdim etishdi va u 20 metrdan darvozaning burchagini aniq nishonga oldi | |
| 35' | ![]() |
Gol! Xitoy hisobni ochdi! |
| 34' | ![]() |
Fomin bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 32' | Xitoy hujumchisi Li Yuanyi Tursunboyev darvozasi tomon 20 metrlardan zarba berdi. Akmal uni maydon tashqarisiga burib yubordi | |
| 30' | Aslida markaziy himoyachi hisoblangan Bobur Yo‘ldoshev qanotda yaxshi o‘ynamoqda, hujumlarga qo‘shilmoqda. U o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p esa Rashidovning qo‘liga tekkani uchun hakam o‘yinni to‘xtatdi | |
| 28' | Bugungi o‘yinda Sardor Sobirxo‘jayevga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda | |
| 27' | Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘g‘u, ammo to‘p nazorati vakillarimizda | |
| 26' | Terma jamoamiznng to‘p uzatishlarida ayrim braklar ko‘zga tashlanmoqda. Jamoamiz o‘yindan o‘yinga bir-birini yaxshi tushunib, kuchayib borishi kerak | |
| 24' | Terma jamoamiz chap qanotdan xavfli hujum tashkil etdi. Maxstaliyev yetkazib bergan to‘pni xitoylik himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. | |
| 22' | O‘yin yana maydon markaziga ko‘chdi | |
| 20' | Sardor Rashidov 30 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Kuchli! Posbon egallab oldi | |
| 18' | Xitoyning mayda paslari yaxshi chiqmoqda. Shakllangan jamoa | |
| 17' | Siye Pengfei 20 metrlardan darvozamiz tomon zarba berdi. Tursunboyev to‘pni muammosiz egallab oldi | |
| 15' | Tashabbus O‘zbekiston terma jamoasi tomoniga o‘tib bormoqda | |
| 14' | Jamshid to‘pni yengil tarzda aylantirgandi. Noaniq | |
| 13' | Xitoy darvozasi tomon jarima zarbasi! 17 metr. Abbosga nisbatan qoida buzildi | |
| 12' | ![]() |
Sardor ijrosida xavfli zarba! Iskanderov maydon markazidan to‘pni jarima maydonchasidagi Rashidovga yetkazdi. "Bunyodkor" yarim himoyachisi to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, raqibini aldab, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Biroz noaniq! |
| 11' | Rashidov chap qanotda ikkinchi marta qanot himoyachisini chiroyli tarzda aldab o‘tdi. | |
| 10' | Xitoy darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Darvozabon to‘pni mushtlari bilan uzoqlashtirdi | |
| 9' | ![]() |
Bobur Yo‘ldoshev burchak to‘pi ishladi |
| 8' | O‘yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Ustunlikni hozircha hech kimga bera olmaymiz | |
| 5' | ![]() |
Terma jamoamiz ishtirokidagi ilk xavfli hujum. Chap qanotda Rashidov jarima maydonchasiga kirib bordi va Sergeevga to‘pni yetkazdi. Igor esa darhol zarba berish o‘rniga, to‘pni yo‘qotdi. |
| 5' | Dastlabki daqiqalarda jamoalar maydon markazida ortiqcha to‘xtalishmayapti | |
| 3' | Kozak maydon markazida qoida buzdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Akmal egallab oldi | |
| 1' | ![]() |
Burchak to‘pidan esa yaxshi chiqib ketdik! Bo‘ldi, hayajonni bosib olamiz! |
| 1' | ![]() |
Xitoy dastlabki hujumdayoq darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi!!! Baxtimizga Tursunboyev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 1' | ![]() |
DIQQAT, O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | O‘yinni Xitoy terma jamoasi boshlab beradi | |
| ' | Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oq, Xitoy esa qizil rangli formada o‘ynashadi | |
| ' | Hakamlar va jamoa sardorlari o‘rtasida mini-qur’a marosimi bo‘lib o‘tdi | |
| ' | Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi va davlat madhiyalari ijro etildi! | |
| ' | Hujum ortida - pleymeyker Jamshid Iskandarov. Hujumda esa yolg‘iz Igor Sergeev | |
| ' | Qanotlarda — o‘ngda Sardor Rashidov, chapda Abbos Maxstaliyev | |
| ' | Maqsudov ikki nafar tayanch yarim himoyachisi bilan o‘yinni boshlashga qaror qilgan. "Bunyodkor"chi - Sardor Sobirxo‘jayev va Dilshod Jo‘rayev raqib hujumini to‘xtatishda jonbozlik ko‘rsatishadi | |
| ' | Himoya markazida Vladimir Kozak va Yegor Krimes haarkat qilishadi. Chap qanotda Maksimilian Fomin o‘ynasa, o‘ng qanotda "Lokomotiv" himoyachisi Boburbek Yo‘ldoshev harakat qiladi. | |
| ' | Darvoza Akmal Tursunboyevga ishonib topshirildi. | |
| ' | Demak, yana yarim soatdan keyin boshlanadigan Xitoyga qarshi o‘yin uchun tarkib e’lon qilindi. | |
| ' | Futbol mavsumi boshlanayotgani bilan barchangizni qutlagan holda, Shuhrat Maqsudov jamoasiga ushbu musobaqada omadlar tilaymiz | |
| ' | 2014 yildagi o‘zbek futboli uchun ilk jiddiy musobaqadan matnli translyasiyamizni boshlaymiz | |
| ' | ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|