Ispaniya La-ligasi, 4-tur
| 21 sentyabr, soat 23:59. Bosh hakam: Gonsales | ||
LEVANTE |
0 : 5 |
BARSELONANeymar (34)
Rakitich (44) Sandro Ramires (57) Pedro (64) Messi (77) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Xesus Fernandes 3.Tonyo 19.Pedro Lopes 24.Simao Mate 5.Ektor Rodas 6.Lukas Vintra 26.Viktor Kamarasa 11.Xose Morales 23.Pape Diop 7.David Barral 18. Viktor Kasadesus |
13.Klaudio Bravo 24.Jeremi Matyo 22.Dani Alves 18.Xordi Alba 4.Ivan Rakitich 14.Xavyer Maskerano 8.Andres Inyesta 5.Serxio Buskets 11.Neymar 10.Lionel Messi 7.Pedro Rodriges |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Lukas Vintra (41)
|
||
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Levante" - "Barselona" - 0:5. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 83' | ![]() |
Masalan, hozir Matyo jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘zi gol urishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni Pedroga uzatishga qaror qildi. Ammo Pedro darvozani ishg‘ol qila olmadi |
| 82' | ![]() |
"Barsa" to‘pni nazorat qilishda va hujum qilishda davom etmoqda. "Real"ning kechagi 8:2siga javob qaytarishmoqchi shekilli |
| 77' | ![]() |
"Levante" darvozaboni sal g‘alati ish qildi. Avvaliga u Messi va Matyoning zarbalarini qaytardi. To‘pni egallab olganidan so‘ng esa, to‘pni kimgadir otib bermoqchi bo‘ldi shekilli, ammo to‘pni jarima maydoncha tashqarisida turgan Messiga topshirib qo‘ydi. Leo esa himoyachi va darvozabonni aldab, hisobni 0:5ga yetkazdi. Balki to‘pning xo‘lligi (yomg‘ir yog‘moqda) posbonga pand bergandir |
| 77' | ![]() |
GOOOOOOL, Messi, 0:5! |
| 71' | ![]() |
"Barselona"da so‘nggi o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Serxi Roberto tushirildi |
| 68' | ![]() |
"Levante" futbolchisining jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi |
| 64' | ![]() |
Sandro Ramires Alba bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza yoniga borib, to‘pni orqaga uzatdi. Pedro osonlik bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 64' | ![]() |
GOOOOOL! Pedro, 0:4! |
| 61' | ![]() |
Xavi maydonga tushdi. Serxio Buskets maydonni tark etdi |
| 57' | ![]() |
Buskets - Messi - Sandro kombinasiyasidan keyin yaqindagina maydonga tushgan futbolchi to‘pni darvozaga yo‘lladi |
| 57' | ![]() |
GOOOOOOOL! Sandro Ramires, 0:3! |
| 50' | ![]() |
Neymar jarohat oldi. Uning o‘rniga Sandro Ramires tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
"Levante" jarima maydonchasining o‘ng tomonidan uzatilgan to‘p qaytarildi. Diop bosh bilan to‘pni jarima maydonchasidan tashqariga chiqardi. Biroq to‘p Rakitichning oyog‘iga kelib tushdi. Ivan esa 22 metrdan to‘pni yerga tushirmasdan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 44' | ![]() |
GOOOOOOL! Rakitich, 0:2! |
| 42' | ![]() |
Ehhhhh, Messi penaltidan gol ura olmadi. U kuchli zarba bilan darvobonning chap yuqori burchagini nishonga olmoqchi bo‘ldi. Ammo to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 41' | ![]() |
Simao Matega to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka! |
| 40' | ![]() |
Penalti! "Levante" darvozasiga! |
| 39' | ![]() |
Ikki daqiqa avval Maskerano ham ogohlantirish olgandi |
| 39' | ![]() |
"Levante" futbolchisi Xose Morales ogohlantirish oldi |
| 34' | ![]() |
Neymar chap qanotdan start oldi va markaz tomon ko‘cha boshladi. Messi jarima maydonchasi aylanasi tomon pas berdi. Neymar esa to‘pni egallab, to‘pni darvozabonning yonidan o‘tkazdi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. |
| 34' | ![]() |
GOOOOOL! Neymar, 0:1! |
| 27' | ![]() |
To‘pga egalik qilish bo‘yicha foiz ko‘rsatkichi - 19-81% |
| 25' | ![]() |
Barral to‘pga tashlandi va bosh bilan zarba berdi! Zarba yo‘nalishiga biroz aniqlik yetishmadi!!! |
| 24' | ![]() |
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 24' | ![]() |
Barselona 25 metrlarda jarima zarbasini tepadi |
| 21' | ![]() |
Vuuuuuh, Messining uzatmasidan keyin Neymar darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va yerlatib zarba berishga qaror qildi. To‘pni darvozabon qaytardi! |
| 21' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 14' | ![]() |
!!! "Barsa" darvozasi oldida xavfli vaziyat! Morales o‘ng qanotda Matyodan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida Bravo bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. O‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda, to‘pni narigi ustun tomon uzatdi. Biroq Rakitich Barralga nisbatan faolroq o‘ynab, xavfni bartaraf qildi. |
| 8' | ![]() |
Ustunlik to‘laligicha mehmonlar tomonida. Enrike shogirdlari raqibni maydon markazidan o‘tkazishyapti deyarli |
| 3' | ![]() |
O‘yin boshidanoq kataloniyaliklarni hisobni ochishlari mumkin edi. Rakitich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Jeremi Matyo darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan rekoshet holatda darvozaga kirishiga sal qoldi. Darvozabon boshqa burchakka tashlangandi, to‘p narigi ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 3' | Mezbonlar ko‘k, "Barsa" esa o‘zining mehmoni formasi hisoblangan och qizil rangli futbolkada o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Endi e’tiborimizni Ispaniya chempionatiga qaratamiz. "Barselona" ayni daqiqalarda "Levante" mehmoni bo‘lmoqda. Ushbu bahsni biz bilan birga kuzatib boring | |
| ' | ![]() |
Yana bir marta assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|