Osiyo O‘yinlari, futbol
| «V» guruhi, 1-tur. 22 sentyabr, soat 13:00 | ||
AFG‘ONISTON |
0 : 5 |
O‘ZBEKISTONEgor Krimes (7)
Vohid Shodiyev (42, 90+1) Farrux Sayfiyev (49) Igor Sergeev (86) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
20.Muhammadiy Brahim 3.Xarun Faxriddin 4.Farzad G‘ulom Mhayudin 6.Ruhulloh Iqbolzoda 7.Mustafo Azadzoy 8.Kanishka Tohir 10.Faysal Shoyista 11.Muhammad Ahmadiy 12.Sayid Muhammad Hoshimiy 16.Jaloliddin Sharityor 19.Muhammad Anvar Amiruddin |
1.Eldorbek Suyunov 2.Egor Krimes 4.Boburbek Yo‘ldoshev 7.Fozil Musayev 8.Jamshid Iskandarov 10.Vladimir Kozak 15.Vohid Shodiyev 16.Sardor Rashidov 17.Igor Sergeev 18.Salim Mustafoyev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S) |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Mansur Faqiryor 2.Abassin Alixul 13.Umid Muhammad Naim 14.Asadulloh Hamidulloh |
3.Sherzod Fayziyev 5.Dilshod Jo‘rayev 6.Azamat Isroilov 9.Shahzodbek Nurmatov 11.Navruzbek Alimov 12.Nikita Ribkin 13.Davronbek Hoshimov 14.Akbarjon Ismatullayev 19.Farrux Sayfiyev |
|
Matn
| ' | Nimchorak final bahsini 26 sentyabr kuni o‘tkazamiz | |
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| ' | ![]() |
Afg‘oniston - O‘zbekiston - 0:5, Gonkong - Bangladesh - 2:1. |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. |
| 90+1' | ![]() |
Salim Mustafoyev chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi. Iskanderov to‘pga yeta olmadi, ammo Mustafoyev 11 metrli nuqta atrofidan darvozaning burchagiga to‘pni joyladi |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOL, Vohid Shodiyev, 0:5! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Terma jamoa futbolchilari juda ko‘p marta ofsaydlarda qolib ketishdi bugun |
| 86' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Igor Sergeev darvozaga joylab qo‘ydi. Bu Igorning turnirdagi ikkinchi goli bo‘ldi. Shodiyevning gollari esa 3taga yetgan |
| 86' | ![]() |
GOOOOOOL, Igor Sergeev, 0:4! |
| 83' | Hamma narsa hal bo‘lganini his qilgan futbolchilarimiz xotirjamlik bilan o‘ynashmoqda. | |
| 80' | O‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolmoqda. Nimchorak finalda "A" guruhida 2-o‘rinni olgan Saudiya Arabistoni bilan bahs olib borishimiz deyarli aniq bo‘lib qoldi. Gonkong esa Janubiy Koreyaga to‘qnash keladi | |
| 77' | ![]() |
Gonkong - Bangladesh o‘yinida 2:1 hisobi qayd etilmoqda. |
| 75' | ![]() |
Terma jamoamiz biroz tempni tushirgani bois endi qo‘shnilarimiz oldinga o‘tishmoqda. Hozircha ular bizga xavf sola olmayapti |
| 67' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Islom To‘xtaxo‘jayev o‘rniga Sherzod Fayziyev tushirildi |
| 66' | ![]() |
Vohid Shodiyev darvozani ishg‘ol qildi, ammo hakam buni inobatga olmadi. Hamyurtimiz ofsaydda qolgan ekan. Ammo unga to‘pni yetkazayotganida Iskanderovga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun vakillarimiz jarima tepishadi |
| 64' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Jamshid jarima zarbasini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachidan qaytgan to‘pni Sergeev darvoza tomon tepdi. Darvozabonning oyog‘iga tekkan to‘p, maydonni tark etdi. |
| 61' | ![]() |
Parallel kechayotgan o‘yinda Gonkong Bangladesh darvozasiga ilk golini urdi. Demak, bizning o‘yinda 3-0 hisobi saqlanib qolsa, Gonkong 1-o‘rinni olishni istasa, yana 4ta gol urishi lozim |
| 60' | O‘yin biroz sustlashdi | |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuuuh, gol urish kerak bunday vaziyatlardan! Jamshid uzatgan to‘pga Krimes bosh blan zarba berdi. Darvozabondan qaytgan to‘pni Shodiyev yaqin masofadan darvozaga joylay olmadi! |
| 54' | ![]() |
O‘zbekiston jarima zarbasini amalga oshiradi |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Sardor Rashidov o‘rniga tushgan Sayfiyev Shodiyev-Sergeev kombinasiyasini golga aylantirdi! |
| 49' | ![]() |
GOOOOOOL, Farrux Sayfiyev, 0:3! |
| 48' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish bo‘ldi. Fozil Musayev o‘rniga Akbar Ismatullayev tushirildi |
| 47' | ![]() |
Afg‘oniston terma jamoasi zaxirasida atigi 4 nafar futbolchi bor. Ulardan biri - darvozabon |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Gonkong-Bangladesh o‘yinida hamon hisob ochilmadi. | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Ehhhh, endi Fozil Musayev yakkama-yakka vaziyatda gol ura olmadi. Kozak unga chiroyli pas bergandi |
| 42' | ![]() |
Yana burchak to‘pidan gol urdik. Iskanderov yetkazib bergan to‘pni Vohid Shodiyev bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 42' | ![]() |
GOOOOOOOOLLL! Afg‘oniston-O‘zbekiston- 0:2! |
| 36' | ![]() |
Afg‘oniston futbolchisining zarbasi baxtimizga noaniq bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Gonkong-Bangladesh o‘yinida hali hisob ochilmadi |
| 33' | ![]() |
Ehhhhh, Shodiyeevvv! Vladimir Kozak maydon markazidan Vohidni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi, ammo hujumchi davrozabonni alda o‘ta olmadi! |
| 30' | ![]() |
Mustafoyev chap qanotda burchak to‘pi ishladi. Iskanderov jarima maydonchasiga to‘pni yetkazdi va To‘xtaxo‘jayev bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 28' | ![]() |
Afg‘oniston maydon markazidan jarima zarbasini tepdi, to‘pni egallagan vakillarimiz qarshi hujumga o‘tishlari mumkin edi, biroq biroz sust harakat qilishdi |
| 27' | ![]() |
Afg‘oniston faqat himoyada yotmayapti, hujumga o‘tishga harakat qilmoqda. Hozircha jarima maydonchamizgacha yetib kela olmayapti |
| 26' | ![]() |
Chap qanotdan jarima zarbasini Jamshid amalga oshirdi. Raqiblar to‘pni qaytarishdi |
| 23' | ![]() |
Uhhhhh, darvozamiz oldida xavfli vaziyat! Maydon markaziga yaqin joyda qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi raqibimiz. Jarima maydonchamiz ichida yuzaga kelgan palapartishlikdan afg‘on futbolchisi foydalana olmadi! Bosh bilan berilgan zarba noaniq bo‘ldi |
| 21' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan to‘pni Igor Sergeev darvozaga yo‘llay olmadi. Dastlab darvozabon qaytardi va keyin himoyachi to‘pni uzoqlashtirdi |
| 20' | ![]() |
Sardor Rashidov sariq kartochka oldi |
| 18' | ![]() |
Maydonda ochiq o‘yin bo‘lmoqda. Afg‘onlarning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q, bizga esa yirik hisobdagi g‘alaba kerak |
| 11' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pini Jamshid tepdi, Kozakning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Terma jamoamiz ijrosida yana bir hujum. Rashidovning zarbasini darvozabon egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Burchak to‘pini Jamshid Iskanderov Rashidov uzatib, qayta qabul qilib oldi va to‘pni havolatib jarima maydonchasiga uzatdi. Fozil Musayev bosh bilan bergan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. Shodiyev tepgan to‘pni darvozabon qaytardi. Uchinchi urinishda Krimes darvozani ishg‘ol qildi! |
| 7' | ![]() |
GOOOOOOL!!!! |
| 6' | ![]() |
Dastlabki burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz. |
| 5' | ![]() |
Terma jamoamizning darvoza tomon ilk zarbasini Sardor Rashidov yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi ustunlikn qo‘lga olishga harakat qilmoqda. Afg‘oniston hozircha to‘liq himoyada |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Osiyo O‘yinlari. Incheon. Futbol, "V" guruhi, 3-tur. Afg‘oniston - O‘zbekiston. O‘yin boshlanish arafasida | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|