Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 5-tur

23 sentyabr, soat 23:00. Bosh hakam: Karlos Klos Gomes

REAL MADRID

Beyl (20)
Krishtianu Ronaldu (28-penalti, 32, 80-penalti, 90+2)

5 : 1

ELCHE

Edu Albakar (15-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
13.Keylor Navas
12.Marselo
4.Serxio Ramos
2.Rafayel Varan
15.Daniel Karvaxal
23.Isko
24.Ilyaramendi
10.Xames Rodriges
11.Garet Beyl
8.Toni Kroos
7.Krishtianu Ronaldu
  1.Manu Errera
5.Domingo Sisma
21.Edu Albakar
4.David Lomban
18.Serxio Pelegrin
11.Garri Rodriges
6.Pedro Moskera
8.Adrian Gonsales
10.Koro
17.Viktor Rodriges
22.Jonatas
ZAHIRA
1.Iker Kasilyas
5.Fabiu Kuentrau
17.Alvaro Arbeloa
18.Nacho Fernandes
19.Luka Modrich
9.Karim Benzema
14.Xavyer Ernandes
  25.Pshemislav Titon
2.Damian Suares
3.Enso Roko
14.Xose Alonso
20.Faykal Fayr
24.Mario Pashalich
9.Kristian Errera
SARIQ KARTOCHKA
Isko (4)
Marselo (17)
 
Albakar (57)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Elche" - 5:1. Ronaldudan poker. U o‘z gollarini 9taga yetkazib oldi
90+2'
Beyl chap qanotdan to‘pni yetkazdi va Krishtianu birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.
90+2'
GOOOOOOL! Ronaldu! Poker! 5:1
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
87'
Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p futbolchilarga tegib qaytdi
84'
Vuuuuuh, Kroos jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi
82'
"Real"da o‘zgarish: Ramos o‘rnini Nacho egalladi
80'
GOOOOOL, Krishtianu Ronaldu! Kuchli zarba bilan darvozaning burchagiga joyladi!
80'
Penalti! Ronaldu ishladi! O‘zi bajarsa kerak!
72'
"Real" ishonch bilan o‘yinni boshqarmoqda
66'
"Real"da o‘zgarish: Karvaxal o‘rniga Arbeloa tushdi
66'
"Real" jarima maydonchasining chap qanotidan jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi. Kroos to‘pni biroz orqaroqqa yetkazdi va Ronaldu yaqin burchak tomon kuchli zarba berdi. Errera to‘pni oyog‘i bilan qaytardi!
62'
Vuuuuuh! "Elche" jarima zarbasi ishladi. Jarima zarbasi madridliklardan biriga tegib, darvoza to‘riga borib tushishiga sal qoldi.
58'
Jarimadan yetkazilgan to‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
57'
Albakar ogohlantirish oldi. U jarima maydonchasining chap qanotida Ronalduni chalib yiqitdi
51'
Endi esa Isko chap qanotdan yetkazib bergan to‘pni Ronaldu 7-8 metrdan darvoza tomon tepdi. Uning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
51'
Koro jarima maydonchasi ichida, burchagidan darvoza tomon zarba yo‘lladi. To‘p Navas qo‘riqlayotgan darvozaning ustidan o‘tib ketdi
50'
Ronalduning olis masofadan yo‘llagan zarbasi rekoshet holatda maydonni tark etdi
48'
Karvaxal o‘ng qanotdan to‘pni Ronalduni ko‘zlagan holda uzatgandi. Ammo oldinroqda turgan Beyl bosh bilan zarba berdi. Zarba noaniq chiqdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Real" - "Elche" - 3:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
"Real" orada tempni biroz tushirdi. Hozir esa burchak to‘pi ishladi. Xames yetkazgan to‘pni Ramos bosh bilan darvozaga yo‘lladi. To‘p darvozabonga bordi va uni posbon egallab oldi
38'
"Real" bir hujum paytida ketma-ket 2ta zarba berdi. Dastlab Ronaldu tomonidan chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Isko kuchli zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Keyin esa to‘p o‘ng qanotdagi Xames orqali Kroosga yetkazildi. Uning 15 metrdan yo‘llagan kuchli zarbasini Errera ajoyib seyv bilan qaytardi
36'
"Elche" futbolchisi raqib o‘yinchisiga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 25 metr. Ronaldu xavfli zarba yo‘lladi. Errera to‘pni mushtlari bilan urib yubordi. Uni ushlab ololmasdi
34'
Krishtianuning La ligadagi gollari soni 7taga yetdi
32'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Ronaldu 11 metrli nuqta yonida baland sakradi va bosh bilan to‘pni darvoza burchagiga joyladi!
32'
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu! 3:1!
28'
Ronaldu kuchli zarba bilan o‘zidan o‘ng tomonga — darvozaning yuqori burchagiga to‘pni joyladi. Posbon esa qarama-qarshi tomonga tashlandi
28'
GOOOOOL, Krishtianu Ronaldu, 2:1!
27'
O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasining bir metr ichkarisida turgan Marseloga yetkazildi. To‘pga Marselo va Moskero oyoq uzatishdi. "Real" himoyachisi yiqildi, hakam esa 11 metrli jarima belgiladi.
27'
Endi "Elche" darvozasiga penalti!
25'
"Elche" darvozaboni Manu Errera Ronaldu bilan to‘qnashib ketdi. Qo‘lidan lat yegan ko‘rinadi. Yo‘q, hammasi joyida, o‘yin davom etadi
20'
Xames Rodriges o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga havodan uzatib berdi. Beyl esa bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Bu vaziyatda darvozabonning aybi bor. U yaqin burchagidan to‘pni o‘tkazib yubordi. Boz ustiga, to‘p uning qo‘liga tegib o‘tib ketdi
20'
GOOOL! Beyl, 1:1!
18'
Jarima zarbasi olis ustun yongnasidan o‘tib ketdi
17'
Vuuuuhh!!! Mehmonlar yana bitta penalti ishlashlari mumkin edi! "Elche" tezkor qarshi hujumga o‘tdi va Marselo jarima maydonchasining o‘ng burchagida futbolchini yiqitdi.
15'
Qiziq holat yuzaga keldi! Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin to‘p yuqoriga ko‘tarildi va u Ronalduga kelib tushdi. Krishtianu to‘pni tizzasi bilan qayta ishladi va tepib yubormoqchi bo‘lganida "Elche" futbolchisi to‘pga oyoq cho‘zdi. Ronaldu esa futbolchining oyog‘iga tepib yubordi. Natijada penalti. "Elche" sardori Edu Albakar kuchli zarba bilan hisobni ochdi
15'
GOOOOOL! Edu Albakar, 0:1!
14'
Penalti! "Real" darvozasiga!
13'
Vuuuh, Marselo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubormaganida "Elche" futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketardi
13'
Ronalduni jamoadoshlari birga-bir vaziyatga chiqarishdi. Ammo Krish ofsaydda qolgan ekan
10'
"Real" hozircha katta bosim o‘tkazmayapti. Lekin o‘yin boshidagi "qizib olish" jarayoni ham yakunlandi. "Elche" ozgina bo‘shashsa, mezbonlar albatta jazolashadi
9'
Vuuuuuh! Ronaldu chap qanotdan 3-4 nafar futbolchidan o‘tib jarima maydonchasi yoniga keldi va to‘pni Kroosga uzatdi. Toni 22 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
'
"Madrid" o‘zining oq, "Elche" esa yashil rangli formada o‘ynamoqda
6'
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Madridliklar hujumda fol ishlatishdi
5'
"Elche" 24 metrdan jarima zarbasini bajardi. To‘p jonli devor orasidan o‘tib, Navas tomon sakragan holda bordi. Keylor ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
4'
Oho! "Elche" futbolchisi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida Isko futbolchini itarib yiqitdi va ogohlantirish oldi
3'
Hozircha maydonda xotirjamlik. To‘p hali jarima maydonchalari tomon yetib bormadi
1'
Birinchi bo‘lim boshlandi
'
O‘yinni "Real" boshlab beradigan bo‘ldi
'
Shuningdek, boshlang‘ich tarkibda darvozabon Karlos Navas tushadi.
'
Demak, bugun Ronaldu sof hujumchi rolida o‘ynasa kerak
'
Anchelotti bugun asosiy tarkibga Karim Benzemani tushirmadi
'
Jamoalar maydonga chiqish uchun tayyor bo‘lib turishibdi
'
Yana 20 daqiqadan so‘ng "Real" va "Elche" jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi.
'
Evropada ushbu haftada yevrokubok bahslari yo‘q. Shu bois hafta o‘rtasida ayrim mamlakatlarda kubok bahslari o‘tkazilayotgan bo‘lsa, Ispaniyada 5-tur o‘yinlari o‘tkaziladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.