Osiyo O‘yinlari, futbol
| Nimchorak final, 26.09.2014. soat 16:00. Bosh hakam: Chayya Mahapab (Tailand) | ||
O‘ZBEKISTONJamshid Iskanderov (45+1)
Vohid Shodiyev (71) |
2 : 3 |
SAUDIYa ARABISTONIRoid al-G‘amdiy (17-pen.)
Bobur Yo‘ldoshev (54-avtogol) Abdulaziz al-Bishiy (90+3) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Eldorbek Suyunov 2.Egor Krimes 4.Boburbek Yo‘ldoshev 7.Fozil Musayev 8.Jamshid Iskandarov 10.Vladimir Kozak 15.Vohid Shodiyev 16.Sardor Rashidov 17.Igor Sergeev 18.Salim Mustafoyev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev |
1.Abdulloh al-Arraf 2.Mazen Muhammad 3.Abdulloh Madu 4.Abdulloh al-Hafiz 6.Muhammad al-Fatil 8.Roid al-G‘amdiy 9.Ahmad ash-Shehriy 11.Abdulaziz al-Bishiy 12.Majid Kanabah 15.Abdulloh ash-Shamex, 17,Zakariyo as-Sudaniy |
|
| ZAHIRA | ||
|
3.Sherzod Fayziyev 5.Dilshod Jo‘rayev 6.Azamat Isroilov 9.Shahzodbek Nurmatov 11.Navruzbek Alimov 12.Nikita Ribkin 13.Davronbek Hoshimov 14.Akbarjon Ismatullayev 19.Farrux Sayfiyev |
5.Husayn al-Monassar 7.Muhammad al-Hartiy 10.Abdulkarim al-Qahtoniy 13.Abdulrahmon ar-Rio 14.Amaar ad-Dohaym 16.Abdulloh Otayf 18.Muhammad Avajiy 19.Solih ash-Shehriy 20.Abdulrahmon al-Tabit |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Bobur Yo‘ldoshev (20)
Davron Hoshimov (73) Fozil Musayev (78) |
Abdulloh ash-Shamex (50)
Abdulloh al-Hafiz (77) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! |
| 90+3' | ![]() |
GOOOL! Ming afsus, million afsuslar bo‘lsinkim, Eldor Suyunov jarima zarbasidan so‘ng jamoamizni qutqara olmadi! |
| 90+3' | ![]() |
Saudiya 23 metrdan jarima zarbasini tepadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Igor Sergeev o‘rniga Navruz Alimov tushirildi. |
| 88' | ![]() |
Sardor Rashidov 30 metrlardan jarima zarbasini yo‘lladi. Biroz noaniq bo‘ldi |
| 86' | ![]() |
Ehhhhhhhh, Shodiyeeeev! Kozak jarima maydonchasi tashqarisida bosh bilan to‘pni Rashidov tomon uzatdi. Sardor o‘ng qanotdan zarba berdi. Shodiyev esa chap qanotda to‘pga tashlandi. Ammo oyog‘i to‘pga biroz yetmay qoldi! |
| 85' | ![]() |
Raqib yarim himoyachisi o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va MUstafoyevdan osonlik bilan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi. Uning uzatmasini Krims qaytarishga ulgurdi! |
| 85' | ![]() |
Jamshid jarima maydonchasi ostonasida to‘pni ichkariga tashladi, ammo Shodiyev to‘p uchun yugurmagandi... |
| 83' | ![]() |
Arabistonliklarning hujumi so‘ng to‘pni Suyunov egallab oldi |
| 78' | ![]() |
Iskanderov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. To‘p Shodiyevga aniq bordi. Ammo to‘xtatmasdan zarba berishga qaror qilgan Vohid, darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 77' | ![]() |
Abdulloh al-Hafiz ogohlantirish oldi. U jarima maydonchasining chap qanotida o‘zida o‘tib ketayotgan Musayevni chalib yiqitdi |
| 76' | ![]() |
Uhhh, Saudiyaning kam sonli qarshi hujumi xavfli bo‘ldi. Krimes so‘nggi pallada to‘pni qaytarib yubordi |
| 73' | ![]() |
Davron Hoshimov qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirish oldi. |
| 72' | ![]() |
Ehhhhhh Sardooooor! Shodiyevning uzatmasidan keyin Rashidov darvozabonni ham aldab o‘tib, darvoza tomon zarba berdi. Biroq ortdan yetib kelgan himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 71' | ![]() |
Sergeev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Rekoshet orqali darvozabon maydonchasiga yaqin joyga kelgan to‘pni Shodiyev bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 71' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Vohid Shodiyeeev! 2:2! |
| 69' | ![]() |
Al-Fatil o‘rniga Abdulkarim al-Qahtoniy tushirildi |
| 67' | ![]() |
Vuuuuuh, Hoshimov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga to‘pni yetkazdi. To‘p darvoza to‘siniga yuqori tomondan tegib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketdi |
| 65' | ![]() |
Haqiqiy qanot himoyachisi hisoblangan Davron Hoshimov endi maydonga tushirildi. Yo‘ldoshev o‘rniga. Davronni o‘yin boshidan tushirishga nima xalal bergandi, o‘rtoq Qosimov??? |
| 64' | ![]() |
Kozak ijrosida regbicha zarba... |
| 63' | ![]() |
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatkich - 65/35%. Lekin bu kimga qiziq... |
| 62' | ![]() |
Burchak to‘pi paytida darvozabonga nisbatan fol ishlatildi |
| 62' | ![]() |
Shodiyevning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. BUrchak to‘pi |
| 60' | ![]() |
Endi hamma narsa futbolchilarimizning ruhiyatga bog‘liq. Ikki marta o‘z darvozalariga gol olib kelib, vaziyatdan chiqib keta olisharmikin. O‘yin tugashiga yarim soat vaqt bor |
| 58' | ![]() |
Ehhh, ikkinchi bo‘limda ham ustunlik bizda esa. Bitta gol ursak, g‘alaba bizniki edi. Ammo, lekin, birooooq |
| 54' | ![]() |
Hoy, nima bo‘lgan o‘zi bizning himoyachilarga??? Kim tushuntirib bera oladi? Yana oddiy vaziyat! To‘p o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatildi. Boburdan boshqa hech kim yo‘q edi. Bobur gol urmasdan chidab tura olmadi shekilli, o‘z darvozani ishg‘ol qildi!!! |
| 54' | ![]() |
GOOOOOL, Bobur Yo‘ldoshev, avtogol, 1:2! |
| 51' | ![]() |
Mustafoyev o‘z qanotida maydon markaziga yaqin joyda raqibga nisbatan qoida buzdi |
| 50' | ![]() |
Abdulloh ash-Shamex ogohlantirildi |
| 48' | ![]() |
To‘p nazorati futbolchilarimzda. Saudiya hamon to‘liq himoyada |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘limda ustunlik to‘laligacha terma jamoamiz tomonida bo‘ldi. Bir qancha imkoniyatlarni yuzaga keltirdik. Hujumlarimizda ham xilma-xillik bor. Faqat vaziyatlardan foydalanish kerak. Saudiya zich himoyalanmoqda. Bunday paytlarda imkon bo‘ldi deguncha olis masofadan zarba yo‘llash kerak, xuddi Jamshid singari. 17-daqiqadagi penaltiga ahamiyat berib o‘tirmaymiz. Hozircha hisob teng. G‘alabani o‘z tomonimizga og‘dirish uchun ixtiyorimizda 45 daqiqa bor |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berilgandi. U yakunlandi va hakam xushtagini chaldi. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuh, hisobni tenglashtirdik! Sergeev o‘ng qanotda to‘pni jarima maydonchasiga yaqinlashib kelgan Jamshidga uzatdi. Iskanderov 20 metrlardan zarba berdi. To‘p darvozabon yoniga borganida o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirdi va darvoza burchagiga borib tushdi! Juda zo‘r va kerakli gol! |
| 45+1' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL, Jamshid Iskanderov, 1:1!!! |
| 43' | ![]() |
Iskanderov to‘pni jarima maydonchasida ochilgan Musayevga to‘pni uzatdi va o‘zi ham jarima maydonchasiga kirib, to‘pni qabul qildi, ammo to‘pni o‘zidan biroz qochirib yuborishi oqibatida vaziyatni qo‘ldan chiqardi. |
| 41' | ![]() |
Vohid Shodiyev jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o‘tayotganida yiqildi. Tailandlik hakam penalti bermadi |
| 38' | ![]() |
Aksincha, to‘pni egallab olgan saudiyaliklar 4 nafar bo‘lib, ikki naar himoyachimizga qarshi chiqib borishdi. To‘p o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilayotganida Bobur Yo‘ldoshevga tegib, darvozabonimizga bordi. Xavf bartaraf etildi |
| 38' | ![]() |
Yo‘ldoshev burchak to‘pi ishladi. Ammo bu burchak to‘pi naf kiltirmadi |
| 35' | ![]() |
Vuuuhh, jarima maydonchasiga chap qanotdan yorib kirdik. Rashidov so‘nggi chiziq yonidan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Sergeev to‘pga bosh bilan zarba bermoqchi bo‘lganida darvozabon to‘pni mushtlari bilan urib yubordi. Jarohat olgan darvozabonga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 33' | ![]() |
O‘zbekiston hujumlarni yog‘dirmoqda. Ammo hozircha to‘p darvozaga borib tushmayapti... |
| 30' | ![]() |
Ehhhhhhh! Terma jamoamiz markazdan kirib borishdi va Jamshid Iskanderov jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni darvozabonning yonida o‘tkazayotganida posbon to‘pni yon tomonga urib yubordi. Sergeev to‘p tomon yugurdi, ammo himoyachi tepgan to‘p unga tegib, maydonni tark etdi! Bunday paytlarda sal qattiqroq zarba berish kerak, Jamshid! |
| 27' | ![]() |
Saudiyaliklar hozirdanoq yiqilishni boshlashdi. BUrchak to‘pi paytda himoyachi yiqilgani uchun o‘yin to‘xtatildi |
| 26' | ![]() |
Ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz. Ammo undan oldin jarima maydonchasi ichida joy uchun kurashda raqibini yiqitgan Sergeev ogohlantirish oldi. |
| 25' | ![]() |
Jamshidning zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 24' | ![]() |
Sergeev yiqitildi. Darvozagacha 19 metr. Chiroyli va aniq zarba kerak! |
| 24' | ![]() |
Ustunlik bizda. Faqat imkoniyatlardan foydalanish kerak! |
| 21' | ![]() |
Saudiyaliklar jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Jarima maydonchamiz tashqarisida futbolchimiz to‘pni bosh bilan qaytardi. Qaytgan to‘pga raqib futbolchisi noaniq zarba berdi |
| 20' | ![]() |
Saudiyalik hujumchi maydon markazida hujumga o‘tayotganida Yo‘ldoshev uni yiqitdi va ogohlantirish oldi. |
| 20' | ![]() |
Shu paytgacha saudiyaliklar hali darvozamiz tomon birorta ham tayinli hujum tashkil qila olishmagandi |
| ' | Eh, yo‘q joydan, hech qanaqa xavf yo‘q joyda to‘p yerga tegib, keyin To‘xtaxo‘jayevning qo‘liga tegdi. Qandaydir omadsizlik | |
| 17' | ![]() |
GOOOL! Al-G‘amdiy, 0:1. |
| 17' | ![]() |
Ehhhh, darvozamizga penalti belgilandi! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni qaytarishda to‘p To‘xtaxo‘jayevning qo‘liga tegib ketdi. |
| 16' | ![]() |
Fozil 18 metrdan noaniq zarba yo‘lladi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuuh! JArima to‘pidan keyin futbolchilarimiz jarima maydonchasi ichida darvoza tomon 3 marta zarba yo‘llashdi! Shodiyev, Kozak, Sergeev! Ammo to‘p darvozagacha yetib bormadi. Har safar himoyachilarga tegib qaytdi |
| 14' | ![]() |
Undan avval esa to‘pni uzatayotgan Iskanderovga nisbatan qoida buzilgan ekan |
| 14' | ![]() |
Rashidov ofsaydda qoldi |
| 12' | ![]() |
Burchak to‘pni yashillar qaytarishdi |
| 10' | ![]() |
O‘ng qanotdagi burchak yonida Yo‘ldoshev nisbatan qoida buzildi. Jamshid to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Krimes olis ustun yonida maydon chiqib ketayotgan to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. To‘pni esa saudiyalik futbolchi egallab, maydonn tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 8' | ![]() |
Maydon markazida Musayevga nisbatan fol ishlatildi. Jamshid to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p maydonni tark etdi |
| 6' | ![]() |
Saudiyaliklarning ilk hujumi. Zarba noaniq bo‘ldi |
| 4' | ![]() |
Rashidov chap qanotda to‘pni jarima maydonchasiga yerlatib uzatib berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘ni Musayev olis masofadan darvoza tomon yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi |
| 3' | ![]() |
Iskanderov maydon markazidan belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchasi yaqiniga yetkazib berdi. Saudiyaliklar to‘pni qaytarishdi |
| 2' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni nazorat qilmoqda. |
| 1' | ![]() |
O‘yinni O‘zbekiston boshlab berdi! |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston oq, Saudiya esa yashil rangli formada o‘yinni boshlamoqda. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar ijro etilmoqda |
| ' | Mirjalol Qosimov Afg‘oniston bilan o‘yindagi tarkibni bugun ham maydonga tushirmoqda. Demak, o‘sha o‘yinda Saudiyaga qarshi o‘yin uslubi sinovdan o‘tkazilgan ekan | |
| ' | Chorak finalchilarning oltitasi ma’lum bo‘ldi. Umid qilamiz, O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda Saudiyani mag‘lub etib, o‘z yurishini davom ettiradi. | |
| ' | Osiyo O‘yinlarining futbol musobaqasida guruh bosqichi yakuniga yetib, pley-off bahslari bo‘lib o‘tmoqda. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|