Ispaniya La-ligasi, 5-tur
| 27 sentyabr, soat 19:00 | ||
VILYARREAL |
0 : 2 |
REAL MADRIDModrich (32)
Ronaldu (40) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. Serxio Asenxo 02. Mario Gaspar 05. Mateo Musachchio 15. Viktor Ruis 20. Gabriel Paulista 10. Kani 19. Moyes Gomes 21. Bruno Soriano 14. Manu Triguros 07. Lusiano Viyetto 08. Ikechukvu Uche |
01. Iker Kasilyas 12. Marselo 02. Rafayel Varan 04. Serxio Ramos 15. Daniel Karvaxal 19. Luka Modrich 10. Xames Rodriges 11. Garet Beyl 08. Toni Kroos 09. Karim Benzema 07. Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
25. Xuan Karlos 22. Antonio Rukavina 24. Xavyer Espinosa 06. Djonatan dos Santos 04. Tomas Pinya 09. Djovanni dos Santos 23. Jerar Moreno |
13. Keylor Navas 17. Alvaro Arbeloa 18. Nacho Fernandes 24. Asyer Ilyaramendi 23. Isko 14. Xavyer Ernandes |
|
Matn
| ' | ![]() |
Birovdan keyin "Barselona" - "Granada" bahsidan onlayn translyasiyani boshlaymiz. E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. |
| 90+3' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
O‘ng qanotdan yerlatib uzatilgan to‘pni Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustida darvozaga teskari turgan holda qabul qildi va o‘girilgan holda zarba berdi. To‘p avval himoyachining oyog‘iga tegdi va so‘ngra darvozabon egallab oldi |
| 83' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Isko tushdi |
| 82' | ![]() |
Beylning uzatmasidan keyin Benzema to‘pni jarima maydonchasining o‘ng qanotida qabul qildi va darvoza oldiga uzatmani amalga oshirayotganida himochyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 81' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Varan bosh bilan qaytardi. To‘p yana jarima maydonchasi ichiga qaytardi va Espinoza darvoza tomon zarba berdi. Noaniq |
| 80' | ![]() |
"Sariqlar" jarima zarbasiga ega bo‘lishdi. |
| 77' | ![]() |
Mezbon jamoa futbolchisi 23 metrdan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni egallab oldi |
| 74' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Ilyarramendi tushirildi |
| 74' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq mezbonlar muomalada bo‘lishmoqda. Ular hozir burchak to‘pi ishlashdi |
| 72' | ![]() |
Espinoza "Real" jarima maydonchasi ichida ikki nafar himoyachini chiroyli tarzda aldadi, ammo darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatmasi muvaffaqiyatli chiqmadi. Kasilyas to‘pni egallab oldi |
| 70' | ![]() |
Beyl chap qanotdan yetkazib bergan to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Ronaldugacha yetib kelmadi |
| 69' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda hujumda fol ishlatildi |
| 67' | ![]() |
Mezbonlarda yana o‘zgarish: Manu Triguros o‘rniga Xonatan dos Santos maydonga tushdi |
| 66' | ![]() |
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga Benzemaga nisbatan darvozabon tezroq harakat qildi va to‘ni egallab oldi |
| 64' | ![]() |
"Vilyarreal" safida o‘zgarish bo‘ldi. Ikechukvu Uche o‘rniga Jovanni dos Santos tushdi |
| 56' | O‘yin zerikarli tus olldi, "Real" hujum qilmayapti, mezbonlar esa katta kuch bilan oldinga o‘tishga cho‘chishmoqda... | |
| 54' | ![]() |
"Real" hujum qilmay qo‘ydi, qarshi hujum uchun payt poylamoqda.Beylning o‘ng qanotdan kutilmagan zarbasi juda ham noaniq. |
| 48' | ![]() |
Xames Rodriges o‘ng qanotdan Marseloga to‘p uzatdi, u himoyachini aldab o‘tib jarima maydonasi ichiga kirib borib zarba berdiYU to‘p rikoshet bilan Asenxoga kelib tushdi. |
| 48' | ![]() |
Xames Rodriges o‘ng qanotdan Marseloga to‘p uzatdi, u himoyachini aldab o‘tib jarima maydonasi ichiga kirib borib zarba berdiYU to‘p rikoshet bilan Asenxoga kelib tushdi. |
| 48' | ![]() |
Sheriklar Gabriyelni qulay vaziyatga chiqarishdi, ammo uning zarbasi juda ham noaniq chiqdi. |
| 46' | ![]() |
Mezbonlar ikkinchi bo‘limni faol boshladilar, ularning hujumi aut bilan yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘li boshlandi. O‘zgarishlar yo‘kdek. |
| 45' | ![]() |
Tanaffus! Undiano Malyenko birinchi bo‘limga hech qancha vaqt qo‘shib bermadi va jamoalarni tanaffusga olib chiqib ketmoqda! |
| 44' | ![]() |
Havli vaziyatlarni yaratish bobida Vilyareal futbolchilari Realni ancha ortda qoldirishmoqda. Ammo vaziyatlardan qanday foydalanish kerakligi borasida Real mezbonlarga dars bermoqda. |
| 42' | ![]() |
Mezbonlarning ajoyib hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo, Marselo akrobatlarga hos tarzda sakrab darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytardi! |
| 42' | ![]() |
Portugaliyalik futbolchi La Ligadagi 10-to‘pini kiritmoqda. Hali chempionatning endigina 5-turi o‘tayotgan bir paytda! |
| 41' | ![]() |
GOOL!! Ronalduuuu! "Real" futbolchilarining namunaviy hujumi. Rodriges qanotda Benzemani topdi, fransiyalik futbolchi esa Ronalduga to‘pni ajoyib tarzda yetkazdi va gol! |
| 40' | ![]() |
Serxio Ramos ogohlantirildi. |
| 36' | ![]() |
"Real" futbolchilari kiritilgan goldan so‘ng o‘zlarini suvdagi baliqdek his qilishmoqda. Madridlik futbolchilar hotirjam o‘ynashmoqda. Mezbonlar esa biroz asabiy ko‘rinishmoqda. |
| 34' | ![]() |
Mezbonlar kutilganidek darhol hujumga otlanishdi. Viyettoning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 32' | ![]() |
GOOL!! Modrich hisobni ochdi. Kroosning ajoyib pasidan so‘ng xorvatiyalik futbolchi mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi!! |
| 28' | ![]() |
O‘yindagi eng havfli vaziyat!! Viyetto mezbonlarni oldinga olib chiqishi mumkin edi. Vilyareal hujumchisi birga-bir vaziyatda to‘pni osmonga uchirdi!! |
| 22' | ![]() |
O‘yin tempi ancha yuqori. Mezbonlar ham, Madriddan kelgan mehmonlar ham ketma-ket hujum uyushtirishmoqda. |
| 18' | ![]() |
Ajoyib manzara - stadion uzra Ronalduni Manchesterga qaytishiga chorlovchi yozuvlar yozilgan samolet uchib o‘tmoqda....Qoyil!! |
| 14' | ![]() |
Mezbonlarning hujumlari ham havfli tus olmoqda. Viyettoning hozirgi zarbasi darvoza to‘sinining yonidan o‘tib ketdi.... |
| 16' | ![]() |
Xamesning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 13' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin "Real" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Darvozaga berilgan zarba aniq bo‘lmadi. "Vilyarreal" aslo himoyada yotayotgani yo‘q. Qiziq o‘yin bo‘lyapti |
| 12' | ![]() |
Maydon egalari qarshi hujumga o‘tdi. Uche o‘zi tomon yetkazilgan to‘pni o‘zidan qochirib yubordi. Varan esa to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 11' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar qaytarishdi |
| 9' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin jarima maydonchasiga tashqarisiga qaytarilgan to‘pni Kroos darvoza tomon yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi |
| 8' | ![]() |
Sariqlarning bu safargi hujumi o‘ng qanotdan tashkil etildi. Darvozabon maydonchasiga yerlatib yetkazilgan to‘pni Kasilyas oyog‘i bilan qaytarib yubordi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuh! Uche "Real" jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, biroz o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Kasilyas seyv namoyish qilib, zarbani qaytardi |
| 5' | ![]() |
Goool emas! BUrchakdan to‘p yetkazib berilganidan keyin Ramosning qo‘liga tegdi va shundan so‘ng Serxio to‘pni darvozaga yo‘lladi. Gol inobatga olinmadi, albatta |
| 5' | ![]() |
Ronalduning 23 metrlardan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. BUrchak to‘pi |
| 3' | ![]() |
Maydon markazida Ronalduga nisbatan fol ishlatildi |
| 1' | ![]() |
"Sariq suvosti kemasi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hisob ochilganicha yo‘q |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | O‘yin boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. O‘yinni biz bilan birga kuzatib boring | |
| ' | O‘yin boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. O‘yinni biz bilan birga kuzatib boring | |
| ' | "Vilyarreal" bugun o‘z maydonida "Real"ni qabul qiladi. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|