Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 5-tur

27 sentyabr, soat 21:00

BARSELONA

Neymar (26, 45, 66)
Ivan Rakitich (43)
Messi (62, 82)

6 : 0

GRANADA

JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo
24.Jeremi MatYE
21.Adriano
22.Dani Alves
4.Ivan Rakitich
14.Xavyer Maskerano
5.Serxio Buskets
6.Xavi Ernandes
10.Lionel Messi
11.Neymar
31.Munir
  13.Roberto
24.Jeyson Murillo
2.Allan Nyom
6.Jan-Silven Baben
22.Dimitri FulkYE
16.Manuel Iturra
4.Fran Riko
29.Sakes Isaak
7.Ektor Yuste
8.Xavi Markes
9.Yusuf al-Arabiy
ZAHIRA
1.Mark-Andre ter Shtegen
15.Mark Bartra
2.Martin Montoyya
8.Andres Inyesta
20.Serxi Roberto
7.Pedro Rodriges
29.Sandro Ramirez
  1.Oyer Olasabal
5.Diyego Mayns
12.Dani Nunkeu
3.Luish Martinsh
14.Eddi Silvestr
18.Jon Kordoba
10.Piti

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+2'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Granada" - 6:0
90+1'
Ikkinchi o‘yinga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Adriano olis masofadan zarba yo‘llab ko‘rdi. Bu zarba posbonga qiyinchilik tug‘dirmadi
84'
Bugungi gollardan keyin Neymar hisobidagi gollar soni 6taga, Messiniki esa 5taga yetdi. Ronaldu hisobidagi gollar soni 10ta ekanidan xabaringiz bor
82'
Messi markaziy himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.
82'
GOOOOL! Messi, 6:0!
79'
Alves ham darvozani ishg‘ol qilishga urinib ko‘rdi. Roberto o‘z o‘rnida
78'
Messi o‘z nuqtasidan chap oyoqda darvozaning olis burchagiga to‘pni yo‘lladi. Roberto to‘pni qaytardi. Xavining takroriy zarbasini posbon egallab oldi
77'
Ushbu turdan avval "Barsa" to‘plar nisbatiga ko‘ra "Valensiya"dan ortda qolayotgan edi. Ushbu turda ular valensiyaliklardan qaytirib olishsa kerak
75'
Mezbonlar o‘yinni xotirjamlik bilan nazorat qilishmoqda. Mehmonlar imkon berishsa, kataloniyaliklar yana gol urishga qarshi emaslar
71'
"Barsa"da o‘zgarish: Haddodiy o‘rniga Sandro Ramires tushirildi
66'
Xavi-Messi-Neymar kombinasiyasi amalga oshirildi. Leo yana assistent vazifasida!
66'
GOOOOOOL, Neymar, 5:0!
62'
Golning kombinasiyasi ancha chiroyli bo‘ldi! Xavi deyarli maydon markazidan o‘ng qanotdagi Alvesga uzatdi va u to‘pni yerga tushirmasdan darvozabon maydonchasiga uzatdi. Messi to‘pni yerga tushirmasdan bosh bilan darvozaga joyladi
62'
GOOOOOOL, Messi, 4:0!
59'
Yana Messinng uzatmasidan keyin chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Adriano darvoza tomon zarba berdi. Zarba ko‘zlangan manzilga aniq bormadi
58'
"Barsa" maydon markazida to‘pni egallab oldi va Messi to‘p bilan oldinga intildi. Munirga to‘pni yetkazdi. Haddodiy o‘tkir burchak ostida darvozabonning ustidan oshirib zarba berdi. To‘p darvoza ustunini silab o‘tib ketdi!
56'
Xavi to‘pni olis ustunga aylantirdi. Roberto to‘pni qaytarib yubordi va o‘zi darvoza ichiga kirib ketdi
55'
Messi yiqitildi, jarima maydonchasi ostonasida.
54'
Mehmonlarning kamsonli qarshi hujumlari paytida Matyo juda yaxshi o‘ynamoqda. "Granada" futbolchilari undan o‘tib keta olishmayapti
50'
Messi Xavidan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirib kelgan Alvesga uzatib, yana o‘zi qabul qilib oldi. Ammo 3 nafar futbolchi qurshovida qolib ketgani uchun to‘pni yo‘qotdi
48'
Mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Al-Arabiy jarima maydonchasi yaqinida to‘pni Seksess tomon uzatayotgandi, himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi
47'
Darvozaning yaqin burchagiga uzatilgan to‘pni Matyo bosh bilan uzoqlashtirdi
46'
Neymar chap qanot himoyasida raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Granada" safida birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘lmoqda. Jamoa murabbiyi kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganlarga imkoniyat bermoqchi shekilli
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus
45'
Yana Messi dispetcher rolida. Leo pas bilan Munirni birga-bir vaziyatga chiqardi. Haddodiyning oyog‘i ostidan to‘pni Roberto qaytardi. O‘sha joyga yetib kelgan Neymar bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
45'
GOOOOOL, Neymar, 3:0!
43'
Leo Messi o‘ng qanotdan ikki futbolchini aldab o‘tdi va o‘ng oyoqda to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Ivan Rakitich bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
43'
GOOOOOOL, Ivan Rakitich, 2:0!
42'
"Granada" hisobni tenglashtirishi mumkin edi! O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pga Seksess 6-7 metrdan bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq!
39'
Mezbonlar katta kuch bilan o‘ynamayapti. Ular qandaydir kuchlarini ayashmoqda. Keyingi hafta YECHL o‘yini bor...
36'
71% holatda "Barsa" to‘pga egalik qilmoqda. Bu odatiy statistika
34'
Fran Riko ogohlantirish oldi
33'
"Barsa" burchak to‘pini jarima maydonchasiga emas, o‘sha burchak yonidan o‘ynashdi. Messi esa jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilayotganida ofsaydda qoldi
30'
"Granada" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumchi bosh bilan zarba berdi. Bravo to‘pni egallab oldi
26'
"Granada" o‘ziga o‘zi gol olib keldi. Qanot himoyachisi to‘pni markaziy himoyachiga uzatgandi, Neymar to‘pni egallab oldi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, yuqoriga sakradi va yotib qolgan darvozabonning ustidan o‘tib, darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi
26'
GOOOOOOL, Neymar, 1:0!
25'
Neymar chap qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga yetkazdi. Rakitich to‘pning o‘ziga kelishini kutmagandi sheiklli, to‘pni qochirib yubordi
23'
Xavi 20 metrdan zarba berdi. To‘sin ostiga yo‘l olayotgan to‘pni darvozabon egallab oldi
23'
Oho! "Granada" futbolchisi maydon markazidan to‘pni darvozaga tepdi. Bravoning oldinga chiqib ketganini ko‘rib qoldi shekilli. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi
21'
Rakitich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarganidan keyin "Granada" qarshi hujumga o‘tgandi. Laysnmen mehmonlar hujumchisini ofsaydda to‘pni qabul qildi deb topdi
20'
Messi burchak to‘pini to‘g‘ri darrvozaga aylantirdi. Darvozabon mushti bilan urib yubordi
19'
Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va ikki futbolchi orasidan to‘pni Neymarga uzatdi. Neymarning uzatmasi esa himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
18'
Al-Arabiy jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
16'
"Barsa" raqib jarima maydonchasi ichida to‘p bilan raqib darvozasiga yo‘l topishga urindi. Munir tomonidan berilgan zarba himoyachilarga tegib qaytgan bo‘lsa, Messining uzatmasidan keyin to‘p maydonn tark etdi
12'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Messi darvozaga joyladi, ammo ofsayd tufayli bu gol hisoblanmaydi
11'
Ehhh, Muniiiir! Burchak darvozaning olis ustuni tomoniga yetkazildi. Matyo bosh bilan to‘pni darvozabonning yonidan o‘tkazib, darvoza chizig‘i yonida yolg‘iz turgan Munirga uzatdi. Ammo to‘pga biroz noqulay holatda zarba bergan Haddodiy to‘pni darvozaga emas, yana o‘sha Matyo tomon tepib yubordi. Darvozabon to‘pni egallab oldi!
10'
Yana Alves qanotidan burchak to‘pi.
7'
Vuuuuuh, mehmonlar hisobni ochishlariga bir bahya qoldi! "Granada" yarim himoyachisi chap qanotda Alvesni aldab o‘tib, to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Al-Arabiyning dastlabki zarbasi Matyoga tegib qaytdi va Yusuf yiqilayotib yana bir zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib maydonni tark etdi!
6'
Xavining uzatmasidan keyin Munir ofsaydda qoldi
4'
Alves yana burchak to‘pi ishladi
2'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
2'
Alves o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pni himoyachi bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Barselona" - "Granada" ba=si boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.