Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi

«F» guruhi, 2-tur. 30 sentyabr, 23:45. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya)

PSJ

David Luiz (10)
Marko Verratti (26)
Blez Matyuydi (54)

3 : 2

BARSELONA

Messi (11)
Neymar (56)
JAMOALAR TARKIBI
30.Salvatore Sirigu
5.Markinyos
17.Maksvell
23.Gregori van der Vil
32.David Luis
7.Lukas
8.Tiago Motta
14.Blez Matyuydi
24.Marko Verratti
27.Xavyer Pastore
9.Edinson Kavani
  1.Mark-Andre ter Shtegen
22.Dani Alves
24.Jeremi MatYE
18.Xordi Alba
4.Ivan Rakitich
14.Xavyer Maskerano
5.Serxio Buskets
8.Andres Inyesta
7.Pedro Rodriges
10.Lionel Messi
11.Neymar
ZAHIRA
1.Nikolya Dyushe
19.Serj OrYE
21.Lukas Din
6.Zumana Kamara
4.Yoan Kabay
20.Kleman Shantom
15.Jan-Kristof Baebek
  13.Klaudio Bravo
3.Jerar Pike
21.Adriano
6.Xavi Ernandes
20.Serxi Roberto
29.Sandro Ramirez
31.Munir
SARIQ KARTOCHKA
Marko Verratti (28)
Blez Matyuydi (44)
van der Vil (66)
 
Alves (9)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"PSJ" o‘zi yaratgan deyarli barcha vaziyatlardan foydalandi va kuchli raqib ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
90+5'
O‘yin yakunlandi!
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
O‘ng qanotda Neymar ktazib bergan to‘pni egallagan Sandro Ramires jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi
90'
"PSJ" xavfli qarshi hujum uyushtirdi. Kavani Matyoni aldadi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
86'
"PSJ"da o‘zgarish: Pastore o‘rniga Kleman Shantom tushirildi
85'
Vuuuuuh, Munir tomonidan 18 metrdan yo‘llangan zarba darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi
85'
Mehmonlarning navbatdagi burchak to‘pi ham foyda bermadi
83'
Alves o‘rniga Sandro Ramires tushirildi. Luis Enrike tavakkalchilikka qo‘l urdi
82'
Vuuuuuh! "Barsa" juda yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi! BUrchak to‘pi
81'
"Barsa" parijliklar darvozasi tomon yo‘l qidirmoqda. Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda
77'
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi
74'
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. To‘pni egallab olgan Inyesta jarima maydonchasi chizig‘i ustida kuchli zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
73'
Messiga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi tepiladi
72'
Darvoqe, bugun zaxiradan maydonga tushgan Xavi YECHLda 143 o‘yinda qatnashmoqda va mutlaq rekord o‘rnatdi
71'
"PSJ"da ham o‘zgarish: Marko Verratti o‘rniga Yoan Kabay tushirildi
70'
Neymarga nisbatan "PSJ" darvozaboni chaqqonlik qildi va to‘pni egallab oldi
69'
"Barsa"da navbatdagi o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Xavi tushdi
68'
Mehmonlar to‘pni jarima maydonchasiga olib kirishdi. Biroq zarba berish uchun imkoniyat yo‘qligi bois, to‘pni orqaroqqa uzatishdi. Rakitich yo‘llagan zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi
66'
van der Vil ogohlantirildi
65'
"Barsa" yaxshi hujum tashkil qildi. Markazdan tashkil qilingan hujum chap qanotga ko‘chirildi. Alba 11 metrli nuqta atrofida turgan Messiga to‘pni yetkazdi. Himoya to‘pni qaytarib qoldi
62'
"Barsa"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Munir al-Haddodiy tushirildi
61'
O‘ng qanotda Alves yetkazgan to‘p hech kimga tegmay qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi
60'
Pastoreeee! JArima maydonchasiga kirib kelib zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
64'
"Barsa" hisobdagi farqni yana minimal ko‘rinishga olib keldi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Messi jarima maydonchasi ichida sakradi, ammo yeta olmadi. Uning ortida turgan Neymar to‘pni ko‘kragi bilan qayta ishladi va kuchli bo‘lmagan zarba bilan olis burchakka yo‘lladi. 3:2!
56'
GOOOOOOL, Neymar, 3:2!
54'
O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Blez Matyuydi darvozaga joyladi. Bu yerda himoyachilar va darvozabon bo‘sh o‘ynashdi
54'
GOOOOOOOL, Blez Matyuydi, 3:1!!!
51'
Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Markaziy himoyachilar to‘pni qaytarishdi
47'
PSJning o‘ng qanotdan uyushtirgan hujumini kataloniyaliklar qaytarishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha PSJ - "Barselona" - 2:1. Tanaffus.
45'
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
44'
Messiga nisbatan fol ishlatildi. DArvoza ro‘parasidan. Darvozagacha 25 metr bor. HImoyachilardan biri ogohlantirish oldi
41'
Messi bilan "devor" o‘ynagan Inyesta jarima maydonchasiga kirib bordi. David Luiz gavdasi bilan to‘p yo‘lini to‘sdi va xavfni bartaraf etdi
38'
To‘pni ko‘proq mezbonlar nazorat qila boshlashdi endi
34'
PSJ futbolchisi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yorib kirdi, himoyachi bilan kontakt natijasida yiqildi, hakam penalti uchun asos topmadi
29'
Inyesta 16 metrdan to‘pni yuqori burchakka aylantirmoqchi bo‘ldi. Bunday masofadan shunchaki aniq va kuchli zarba yo‘llash kerak, xolos
28'
Gol muallifi Marko Verratti ogohlantirish oldi. Inyestani chalgani uchun
26'
"PSJ" burchak to‘pi ishladi va undan yetkazib berilgan to‘pni Marko Verratti bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni qaytara olmadi
'
26'
GOOOOOL! Marko Verratti, 2:1!
25'
Vuuuuh! Messi jarima maydonchasi yaqiniga keldi va oyog‘ining uchi bilan yumshoq qilib to‘pni Neymar tomon uzatdi. Darvozabonga nisbatan braziliyalik futbolchi tezroq to‘pga yetib keldi va to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p darvozaga kirmadi. Noaniq bo‘ldi
23'
"Barsa" futbolchilari to‘pni egallab olib, qarshi hujumga o‘tishdi. Messining jarima maydonchasi ichiga - Neymar tomon tomon uzatmasi himoyachilardan o‘tmay qoldi
21'
"Barsa" ijrosidagi burchak to‘pi parijliklar uchun taxlikali bo‘ldi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
19'
Pedroning jarima maydonchasi tashqarisidan zarbasi noaniq chiqdi
17'
Parijliklar burchak to‘pini va undan keyingi hujumni ham qaytarishdi
16'
To‘p nazorati mehmonlarda. Ular burchak to‘pi ishlashdi
13'
Vuuuuuh! Edinson Kavani 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq
11'
Mehmonlar tezda hisobni tenglashtirishdi! Messi to‘pni Inyestaga uzatdi va 11 metrli nuqta atrofida to‘pni qayta qabul qildi. To‘pni to‘xtatmasdan kuchli bo‘lmagan zarba bilan darvozaning burchagini aniq nishonga oldi!
11'
GOOOOOOOL, Messi, 1:1!
10'
Lukas jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. David Luiz avval to‘pni qaytardi va aylanib, yaqin masofadan to‘pni darvozaga yo‘lladi!
10'
GOOOOOOOL! David Luiz, 1:0!
9'
Italiyalik hakam Rissoli Alvesga ogohlantirish ko‘rsatdi, to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun
7'
Mehmonlarning hujumi. Messining uzatmasiga jarima maydonchasi ichida Neymar yeta olmadi
6'
"PSJ" chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Yetkazilgan to‘pni himoyachilar bosh bilan qaytarishdi. Qaytgan to‘pga parijliklardan biri 15 metrlardan zarba berdi. To‘p yana himoyachilardan qaytdi
4'
Tiagu Motta 23 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
2'
Mehmonlar to‘pni o‘yinga kiritishganidan keyin 2 daqiqa davomida uni raqibga berishmadi, o‘zlarida ushlab turishdi
1'
"PSJ" o‘zining to‘q ko‘k-qizil rangli formasida, "Barsa" esa sariq rangli futbolkalarda o‘ynamoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
JAmoalar maydonga chiqib kelishgan
'
Tarkiblarga ahamiyat bergan bo‘lsangiz, Zlatan Ibrohimovich parijliklarga yordam bera olmaydi. U hali jarohatidan forig‘ bo‘lib ulgurmadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Barchangizni YECHL 2-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin - "PSJ" - "Barselona" bahsidan uyushtiriladigan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.