Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 7-tur

4 oktyabr, 19:00

VALENSIYa

Juan Miranda (6-avtogol)
Andre Gomes (7)
Nikolas Otamendi (13)

3 : 1

ATLETIKO MADRID

Mario Manjukich (29)
JAMOALAR TARKIBI
1.Diyego Alves
23.Nikolas Otamendi
5.Shkodran Mustafi
19.Antonio Barragan
31.Xose Gayya
21.Andre Gomes
11.Pablo Pyatti
18.Xavi Fuego
10.Daniel Parexo
17.Rodrigo
9.Pako Alkaser
  1.Migel Moyya
3.Gilyerme Sikeyra
2.Diyego Godin
18.Xesus Games
23.Juan Miranda
14.Gabi
10.Arda Turan
6.Koke
5.Tyagu
7.Antuan Grizmann
9.Mario Manjukich
ZAHIRA
13.Ioel
20.Rodrigo De Pol
3.Ruben Vezo
6.Lukas Orban
2.Joao Kanselo
4.Filipe
22.Karles Xil
8.Sofyan Feguli
13.Yan Oblak
  20.Xuanfran
24.Xose Ximenes
8.Raul Garsiya
22.Alessio Cherchi
17.Saul Niguyes
11.Raul Ximenes
SARIQ KARTOCHKA
Parexa (58)
Xavi Fuego (74)
 
Alessio Cherchi (69)
QIZIL KARTOCHKA
 
Alessio Cherchi (90+2)

Matn

90+5'
O‘yin tugadi! "Valensiya" muhim o‘yinda g‘alaba qozondi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
90+5'
Jarima zarbasidan keyin hujumchilar to‘pni darvozaga yo‘llay olishmadi.
90+4'
"Atletiko" o‘ng qanotda jarima zarbasi ishladi. Bu fol uchun mezbon futbolchilaridan biri ogohlantirish oldi
90+2'
Boz ustiga, hakam Cherchiga sarik qartochka ko‘rsatdi. Zaxiradan maydonga tushgan Alessio uchun bu ikkinchi ogohlantirish edi. U maydonni tark etdi
90+1'
Cherchi darvozani ishg‘ol qildi, ammo u jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ziga bo‘ysundirgani uchun gol inobatga olinmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Bugun burchak to‘plari "Atletiko" uchun hech qanday naf keltirmayapti
86'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga mehmonlar bosh bilan zarba berishdi. Zarba aniq bo‘lmadi
82'
Manjukich jarimaa maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
78'
Aksincha, mezbonlar qarshi hujumda gol urishlariga sal qoldi. O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. Feguliy to‘pga sakradi, ammo biroz yeta olmadi
77'
Valensiyaliklar mudofaa mustahkam o‘ynashmoqda. "Atletiko" hozircha hech narsa qila olmayapti
75'
"Valensiya"da Sufyon Feguli maydonga tushdi
74'
Xavi Fuego ogohlantirildi. U chap qanotdan oldinga o‘tayotgan yarim himoyachini qo‘li bilan to‘xtatib qoldi
73'
Tomonlar bir martadan olis masofadan darvoza tomon zarba berishdi. Darvozabonlar to‘pni egallab olishdi
69'
Hozirgina maydonag tushgan Alessio Cherchi sariq kartochka oldi
66'
Grizmann o‘rniga Alessio Cherchi tushirildi
65'
Grizmanning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
64'
"Atletiko" yana bir marta jarima zarbasidan foydalanishga urinib ko‘radi. DArvozagacha 25 metr
62'
Andre Gomes chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Al-Kaser to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi, ammo uni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ya olmadi
60'
Mezbonlar o‘sha zahoti qarshi hujumga o‘tishdi. O‘ng qanotdan hujum chizig‘iga yetkazilgan to‘pni darvozabon oldinga chiqqancha tepib yubordi
59'
Madridliklar jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirishmadi. To‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga emas, jonli devorning yonidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib borayotgann futbolchiga yetkazildi. Ammo to‘p uning orqasidan oyog‘iga tegib, to‘xtab qoldi
58'
Parexa ogohlantirish oldi. U o‘z jarima maydonchasi tashqarisida "Atletiko" futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. JArima to‘pi belgilandi
53'
Turon ofsaydda qoldi
52'
Manjukich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Diyego Alves to‘pni egallab oldi
50'
"Atletiko" ikkinchi bo‘limni hujumkorlik bilan boshladi. Ammo hozircha mezbonlar darvozasiga jiddiy xavf sola olmadi. Burchak to‘pidan keyin Gabining zarbasini noaniq bo‘ldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim tugadi. "Valensiya" - "Atletiko" - 3:1. Tanaffus
45+1'
Gool EMAS! Gilyerme Sikeyra juda sekin tarzda to‘pni darvoza burchagiga yo‘llamoqchi bo‘ldi. Diyego Alves ishonch bilan to‘pni egallab oldi!
44'
Maydon markazidan to‘p jarima maydonchasiga yetkazdi. Arda Turon himoyachi bilan to‘p uchun kurashayotganida to‘p yerga tegib sakradi va himoyachining qo‘liga tegdi. HAkam penalti belgiladi. vaziyat penaltiga tortmasdi....
44'
Penalti! "Valensiya" darvozasiga!
39'
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Alves egallab oldi
35'
Grizmann sherigi uzatgan ikki markaziy himoya orasidan oldinga tepib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin bo‘lgan vaziyatda himoyachi to‘pga tashlandi va uni darvozabonga yetkazdi. Antuan oxirigacha yugurdi va posbonni xato qilishga majbur etishi mumkin edi. Diyego Alves hujumchini aldab, so‘ngra uzoqqa tepib yubordi
34'
Burchakdan yetkazilganidan keyin to‘p himoyachining qo‘liga tegib, maydonni tark etdi. Mehmonlar penalti so‘rashdi, faqatgina burchak to‘pi
33'
Mehmonlar chap qanotdan jarima zarbasini ishlashdi. Jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi
32'
Simeone shogirdlari hali-beri taslim bo‘lishmaydi. O‘yin yanada qiziydigan bo‘ldi.
29'
Tiyagu jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Darvozabon Diyego Alves to‘pni yon tomonga emas, o‘z oldiga qaytardi. Vaziyatga yaqin turgan Mario Manjukich bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
29'
GOOOOOOOL, Manjukich, 3:1!
26'
"Valensiya"ning vazifasi ancha osonlashdi. Katta kuch bilan oldinga o‘tish shart emas. Payt poylab, tezkor qarshi hujum tashkil qilish mumkin
22'
Madridliklar o‘zlariga kelib, endi ketma-ket hujum tashkil qila boshlashdi
21'
Burchak to‘pi mezbonlar uchun xavfli bo‘ldi. Dastlab Godin va Manjukich ikkalasi baravar to‘pga sakrab, bir-birlariga xalal berishdi. Hujumning ikkinchi to‘lqini davomida bosh bilan berilgan zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
19'
"Atletiko" o‘ng qanotda jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. "Valensiya" himoyachisi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. BUrchak to‘pi
15'
Mabodo, futbolga endi qiziqishni boshlayotganlar bo‘lsa, eslatib o‘tamiz, "Atletiko" Ispaniyaning amaldagi chempioni, o‘tgan mavsumda Yevropa chempionlar ligasi finalida o‘ynab, "Real"ni mag‘lub etishiga ozgina sekundlar yetmay qoldi. Shu jamoa 13 daqiqa ichida o‘z darvozasidan 3ta gol olib chiqdi. Nazarimizda, "Yuventus" bilan o‘yin madridliklar katta jismoniy va emosional kuch yo‘qotgan shekilli
13'
Nikolas Otamendi himoyachilar orasidan chiqib keldi va burchakdan yetkazilgan to‘pga bosh bilan zarba berib, hisob 3:0ga yetkazdi!
13'
GOOOOOOOOL, Nikolas Otamendi, 3:0!
13'
Simeone shogirdlari hali o‘ziga kelishmadi. To‘p bilan mezbonlar ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda. BUrchak to‘pi
10'
"Valensiya"ning navbatdagi hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Migel Moyya egallab oldi
7'
Vuuuuuh, yo‘q joyda 1 daqiqa ichida "Atletiko" darvozasi 2 marta ishg‘ol qilindi. Andre Gomes jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, 3-4 nafar himoyachining orasidan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatda darvozaning yaqin burchagini ishg‘ol qildi!
7'
GOOOOL, Andre Gomes, 2:0!
'
Markazga yaqin joyda to‘p madridliklar jarima maydonchasiga yetkazib berildi. DAvrozabon to‘pga chiqib, to‘pni egallamoqchi bo‘lganida Miranda yugurib kelib to‘p yo‘nalishini burdi va o‘z darvozasini ishg‘ol qildi!
6'
GOOOOOOOL, Juan Miranda, avtogol, 1:0!
4'
Hozircha maydonda "jimjitlik". Bugun taktik kurash kechadigan ko‘rinadi
1'
Xabaringiz bor, har ikkala jamoa 14 ochko bilan "Barselona"dan keyin 2 va 3-o‘rinlarn egallab turishibdi. Bugun g‘alaba qozongan jamoa, vaqtinchalik bo‘lsa ham 1-o‘ringa ko‘tarilib oladi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Valensiya" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi Ispaniya chemponatining 7-tur o‘yininidan onlayn translyasiyani boshlab oldik. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Esdalik uchun suratga tushishmoqda.
'
Dam olish kunlari. Biz onlayn translyasiyamizni Ispaniya La-ligasidan boshlaymiz.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Avvalo, barchangizni Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Ulug‘ ayyom kunlarida qilgan niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin. Futbolimiz ham rivojlansin!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.