Ispaniya La-ligasi, 7-tur
| 4 oktyabr, 21:00 | ||
RAYO VALYEKANO |
0 : 2 |
BARSELONAMessi (35)
Neymar (36) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
15.Abdulaye Ba 20.Xorxe Morsilyo 14.Emiliano Insua 02.Tito 08.Raul Bayena 10.Roberto Trasorras 22.Lika 23.Alberto Bueno 12.Gael Kakuta 25.Tonyo 19.Leo Baptistao |
13.Klaudio Bravo 15.Mark Bartra 03.Jerar Pike 24.Jeremi MatYE 22.Dani Alves 08.Andres Inyesta 06.Xavi Ernandes 05.Serxio Buskets 31.Munir 10.Lionel Messi 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.David Kobenyo 17.Kini 06.Moxammed Fatau 22.Xosabed 16.Xavyer Akuino 09.Manushu 11.Jonatan Pereyra |
01.Mark-Andre ter Shtegen 18.Xordi Alba 21.Adriano 14.Xavyer Maskerano 04.Ivan Rakitich 29.Sandro Ramirez 07.Pedro Rodriges |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Abdulaye Ba (18)
Xorxe Morsilyo (36) Emiliano Insua (63) |
Xavi (9)
Pike (72) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Xorxe Morsilyo (60)
Xavyer Akuino (90+2) |
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | "Rayo Valyekano" - Barselona" - 0:2. Luin Enrike jamoasi yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. |
| 90+2' | ![]() |
Maydon egalari 9 kishi bo‘lib qolishdi. Xavyer Akuino ham ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh, bugun Messi 3 yoki 4-marta birga-bir vaziyatdan foydalana olmayapti! |
| 89' | ![]() |
Xavi yo‘llagan zarba to‘sin ustidan o‘tib, darvoza to‘riga ustiga tushdi |
| 89' | ![]() |
Jarima maydonchasi yarim doirasi chizig‘i ustida mehmonlar jarima zarbasini tepishadi |
| 88' | ![]() |
Mezbonlar kamchilikda o‘ynayotganiga qaramay, hujum tashkil qilmoqda. |
| 84' | ![]() |
Messi yana bir qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi. Juda yaqin masofadan, biroq o‘tkir burchak ostida Leo o‘ng oyoqda zarba berdi va to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 82' | ![]() |
"Barsa" ijrosida ajoyib qarshi hujum. Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Pedroga to‘pni yetkazdi va Rodriges jarima maydonchasi chizig‘idagi Xaviga uzatmani amalga oshirdi. Jamoa sardori to‘pni Messiga to‘xtatib berdi. Leoning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 80' | ![]() |
Neymar o‘rniga Sandro Ramires tushdi |
| 78' | ![]() |
Maydon egalari jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Kataloniyaliklar to‘pni qaytarishdi |
| 75' | ![]() |
O‘ng qanotdan Pedro yetkazgan to‘pga Neymardan ko‘ra himoyachi chaqqonlik qildi |
| 73' | ![]() |
Messi "devor" o‘ynash orqali darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqandi, posbon to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 72' | ![]() |
Pike ogohlantirish oldi. |
| 71' | ![]() |
Pedro o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. DAvrozabon xushyor o‘ynadi |
| 69' | ![]() |
Inyesta o‘rniga Ivan Rakitich tushdi |
| 68' | ![]() |
"Barsa" qisqa paslar bilan jarima maydonchasiga kirib keldi. Inyesta yumshoq tarzda to‘pni darvozabonning ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
Matyo yana bir marta chap qanotdan to‘pni aniq yetkaza olmadi. |
| 65' | ![]() |
Vuuuuh, Matyoga biroz ijrochilik mahorati yetishmadi. U chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni markazdan darvozaga yaqinlashayotgan Neymarga uzatdi. Ammo to‘p undan o‘tib ketdi va Messiga kelib tushdi. Messi qiyinchilik bilan to‘pni yo darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi, yoki Neymarga uzaqtmoqchi. Himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 63' | ![]() |
Emiliano Insua ogohlantirish oldi. Neymarni chalib yiqitgani uchun |
| 61' | ![]() |
Al-Haddodiy o‘rniga Pedro tushirildi |
| 61' | ![]() |
Messining jarima yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 60' | ![]() |
Xorxe Morsilyo jarima maydonchasi tashqarisida Messiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi |
| 58' | ![]() |
Vuuuuuh! Baptistao! Markazdan uyushtirilgan hujum natijasida Baptistao Bartraning ta’qibi ostida jarima maydonchasi kirdi va olis yuqori burchakni kuchli tarzda yo‘naltirdi. To‘p Bravoning qo‘llariga tegib, maydonni tark etdi |
| 57' | ![]() |
Munir jarima maydonchasining o‘ng burchagidan yerlatib zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 56' | ![]() |
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Pike bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 53' | ![]() |
Chap qanotda yetkazilgan to‘pga yana Bueno bosh bilan zarba berdi. Bu safar Bravo to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga mezbon futbolchisi Bueno bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqdi, ammo noaniq |
| 49' | ![]() |
Messining uzatmasini darvozabon egallab oldi. |
| 48' | ![]() |
Munir nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Messi to‘p yonida. Darvozagacha 25 metr |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 46' | ![]() |
"Rayo Valyekano"da birdaniga uchta o‘zgarish bo‘ladigan ko‘rinadi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Rayo Valyekano" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus |
| 42' | ![]() |
Ehhhh, Munir! Pikening uzatmasidan keyin u darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Neymar ham yordamga yetib keldi. Ammo Haddodiy to‘pni sherigiga uzatmasdan o‘zi darvozabonni aldab o‘tishga qaror qildi. Aldab o‘tdiyu yiqildi. Hakam esa qoida buzilmaganini ko‘rsatdi. Munir to‘pni Neymarga uzatganida hisob hozir 0:3ga yetardi |
| ' | Mezbonlar chuqur himoyada yotishmayapti. Buning uchun jazolanishdi. Gollargacha ham "Barsa" hujumchilari birga-bir vaziyatga chiqib ketishayotgan edi. Faqat ofsaydlar hujumlarni to‘xtatib turgandi | |
| 36' | ![]() |
Bu safar Haddodiyning uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOOL! Neymar, 0:2! |
| 35' | ![]() |
Bu safar ofsayd yo‘q. Pikening uzatmasidan keyin Messi bir himoyachining ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qildi |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOOL, Messi, 0:1! |
| 32' | ![]() |
Messi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi. Ammo qanot hakami bayrog‘ini ancha kech ko‘tardi |
| 29' | ![]() |
Inyesta uzatgan to‘pni Neymar va Munir yeta olishmadi |
| 27' | ![]() |
Rakitich maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va darhol Munirni oldinga boshladi. Haddodiydan ko‘ra himoyachi to‘pni birinchi bo‘lib egalladi va xavfni bartaraf etdi |
| 25' | ![]() |
Bugun chap qanot himoyasida o‘ynayotgan Matyo vaqti-vaqti bilan oldinga o‘tib turibdi. Hozir Inyestaning pasidan keyin Matyo to‘pni jarima maydonchasi o‘rtasiga uzatdi. Ammo Neymar to‘pga biroz yeta olmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 24' | ![]() |
Oqlar ham to‘pni nazorat qilishga intilishmoqda. |
| 19' | ![]() |
Jarima zarbasi himoyachining boshiga tegib qaytdi |
| 18' | ![]() |
Abdulaye Ba o‘zidan o‘tib ketayotgan Messini chalib yiqitdi va sariq! |
| 14' | ![]() |
"Barsa"ning burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi. Maydon egalari hujum tashkil qilib, burchak to‘pi ishlashdi |
| 14' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messssiii! Neymarning yuqoridan uzatgan to‘pini Messi jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo darvozabonga juda ham yaqin kelib qolgani uchun o‘zi istagandek zarba bera olmadi. DArvozabon to‘pni qaytardi |
| 13' | ![]() |
"Rayo Valyekano" himoyada yotayotgani yo‘q. Hozir o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar hujumchisi 13-14 metrdan bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Zarba kuchli bo‘lmadi, Bravo to‘pga ega chiqdi |
| 10' | ![]() |
Jarima zarbasi darvozaga aniq bormadi |
| 9' | ![]() |
Natijada Xavi ogohlantirish oldi |
| 9' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p jarima maydonchasi tashqarisiga chiqarildi. "Rayo" yarim himoyachisi to‘pni Xavining ustidan olib o‘tmoqchi bo‘lganida to‘pi "Barsa" sardorining qo‘liga tegdi. |
| 7' | ![]() |
Neymar to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib kelayotgan Matyoga uzatdi. Ammo to‘p hali yetib bormasidan Neymar to‘pga tegib qo‘ydi. Natijada juda qulay imkoniyat yo‘qqa chiqdi. Ofsayd |
| 5' | ![]() |
Mezbonlar hujum tashkil qilishdi. To‘pni o‘z himoya chizig‘idan egallab olgan kataloniyaliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Inyestaning pasidan keyin Neymar chap qanotdan oldinga o‘tayotgandi, ammo ofsaydda qolgandi |
| 3' | ![]() |
Neymar tavani bilan to‘pni Messiga qoldirayotgandi, zarba sekin chiqdi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi. Aks holda Messi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 2' | "Rayo Valyekano" oldida diagonal qizil chizig‘i bo‘lagn oq rangli formadi, "Barsa" esa o‘zining ko‘k-anorrang rangli futbolkasida o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishgan | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! "Rayo Valyekano" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|