Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer ligasi, 7-tur

5 oktyabr, soat 16:00

MANCHESTER YUNAYTED

Anxel di Mariya (27)
Falkao (62)

2 : 1

EVERTON

Stiven Neysmit (55)
JAMOALAR TARKIBI
1.David de Xea
5.Markos Roxo
3.Lyuk Shou
2.Rafael
17.Deyli Blind
51.Patrik MakNeyr
8.Xuan Mata
25.Antonio Valensiya
7.Anxel Di Mariya
9.Radamel Falkao
20.Robin van Persi
  24.Tim Xovard
6.Fil Jagelka
3.Leyton Beyns
2.Toni Xibbert
17.Muxamed Beshich
26.Djon Stounz
14.Stiven Neysmit
7.Eyden MakGidi
18.Garet Berri
22.Stiven Pinar
10.Romelu Lukaku
ZAHIRA
13.Anders Lindegor
42.Tayler Blekett
11.Adnan Yanuzay
52.Tom Torp
31.Maruan Fellayni
24.Darren Fletcher
49.Jeyms Uilson
  1.Joel Robles
30.Antolin Alkaraz
27.Ties Brauning
4.Derron Gibson
8.Brayan Ovyedo
21.Leon Osman
5.Samyuel Eto'O
SARIQ KARTOCHKA
Van Persi (9)
Deyli Blind (31)
Valensiya (54)
Uilson (90+3)
 
Stiven Pinar (26)

Matn

'
Saytdan uzoqlashmang, "Chelsi" - "Arsenal" o‘yini bo‘ladigan sahifaga o‘tishingizni so‘raymiz!
'
"Manchester Yunayted" o‘ta qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mankunianliklar muxlislarni g‘alaba bilan tabriklaymiz
90+8'
O‘yin yakunlandi!
90+7'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Lukaku bosh bilan zarba berdi. Noaniq
90+5'
"EVerton" futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
90+4'
VUuuuuuuuuuuuuuuuuhhhhhh, yana bir marta De Xeeeeeeeeeeeeeeeeeyayayayayaya! Jarimadan uzatilgan to‘pga Berri yaqin masofadan zarba berdi. To‘p yo‘liga "MYu" futbolchisi g‘ov bo‘ldi. Qaytgan to‘pga Brayan Ovyedo zarba berdi. "To‘qqizlik"ka kirib ketayotgan to‘pni yana David de Xeya maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Deya Xeya ijrosida fantastik o‘yin!
90+3'
Uilson ogohlantirish oldi. U chap qanotda jarima maydonchasiga kirib borayotgan raqib futbolchisining orqasida itarib yubordi. Xavfli jarima zarbasi belgilandi
90+1'
Vuuuuuuuuuh, De Xeeeyayayaya! Jamoasini qutqarmoqda! "Everton" yaxshi hujum tashkil qilib, to‘pni Osmanga yetkazishdi. Leon esa deyarli birga-bir vaziyatda 14 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. De Xeya ajoyib seyv namoyish qilib, jamoasini muqarrar goldan qutqardi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Di Mariya o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni egallab, oldinga o‘tdi va ikki raqibdan o‘tib, to‘pni Van Parsi tomon uzatdi. Himoyachi ushba to‘pni egallab olayotgandek bo‘lgandi, ammo to‘p o‘tib ketdi. Van Persi esa jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi
87'
Burchak to‘pidan keyin Osman 16 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. De Xeya to‘pni egallab oldi
86'
"MYu" jarima maydonchasiga to‘p uzatilayotganida to‘p Rafaelning qo‘liga tegdi, ammo hakam penalti belgilamadi
84'
"Everton"ning xavfli hujumi. Jarima maydonchasi burchagida Ovyedo to‘pni darvozabon maydonchasiga tomon uzatdi. Lukaku to‘pga yeta olmadi
83'
O‘yinning so‘ngi qismida mezbonlar ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda. Ammo "Everton" ham hali taslim bo‘lganicha yo‘q
79'
Qanotdan belgilangan jarima to‘pini Di Mariya to‘g‘ri darvozaning yaqin burchagi tomon tepdi. Xovard to‘pni egallab oldi
79'
"MYu"da uchinchi o‘zgarish: Valensiya o‘rniga Felayni tushdi
78'
O‘ng qanotda van Persi himoyachidan qochib, qulay holatga chiqib borayotganida yiqitildi
77'
MakGidi o‘rniga Leon Osman va Xibbert o‘rniga Brauning tushdi. Ikkala o‘zgarish "Everton" safida bo‘ldi
74'
Di Mariya chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni orqaroqqa - Mata tomon uzatdi. Ammo to‘p Xuangacha yetib kelmadi - himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
73'
Falkao maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Jeyms Uilson tushdi. 18 yoshda bu futbolchi
71'
Jarohatlangan Lyuk Shou o‘rniga Blekett tushirildi
70'
Liverpulliklar yana bosimni oshirishmoqda. Ular qisqa paslar orqali mezbonlar mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilishmoqda
68'
Mezbonlar burchak to‘pni o‘yinga kiritishdi. "Everton" to‘pni egallab olib, hujumga o‘tdi
66'
"MYu" o‘z vaqtida gol urib oldi. Aks holda mehmonlar tashabbusni qo‘lga olishayotgandi
62'
Ushbu golda "Everton" darvozabonining aybi bor. U dastlabki hujum paytida himoyachi yon tomonga tepib yuborgan to‘pga yugurib bordi va hujumchining ta’qibi ostida to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish o‘rniga maydon markazi tomon tepishga qaror qildi. To‘p esa mezbon futbolchisiga kelib tushdi va narigi qanotda turgan Di Mariya yetkazildi. Anxel yerlatib zarba berdi va to‘p Falkaoga kelib tushdi. Radamel darvozabon bilan birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
62'
GOOOOOOOOL! Falkao, 2:1!
59'
"Everton" bosimni oshirmoqda. Hozir ular jarima maydonchasiga yorib kirishdi va to‘p markazga yetkazilayotganida "MYu" himoyasiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to‘pi undan ham xavfli bo‘ldi. Bosh bilan berilgan zarbani darvoza chizig‘ida turgan Falkao qaytardi
58'
Burchak to‘pini Tim Xovard egallab oldi
57'
Di Mariya chap qanotdan yetkazib bergan to‘pni markaziy himoyachi bosh bilan darvoza ustidan oshirib yubordi. Burchak to‘pi
55'
"Everton" chiroyli gol urdi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Stiven Neysmit yaqin masofadan bosh bilan darvozaga yo‘lladi. De Xeya hech narsa qila olmadi
55'
GOOOOOOL! Stiven Neysmit, 1:1!
54'
Valensiya sariq kartochka oldi
51'
Ehhhhh, Falkao! Shou chap qanotda bir futbolchidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, to‘pni Falkao tomon uzatdi. Radamel bir himoyachi ta’qibidan qochdi, ammo darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi
51'
To‘p nazorati, tashabbus va ustunli "Yunayted" tomonida.
47'
Di Mariya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va to‘p uning o‘ziga qaytib keldi. U orqaroqqa - jarima maydonchasi burchagiga borib, darvoza tomon zarba berdi. Bu olis ustun tomon uzatma bo‘lib chiqdi va Falkao to‘pga tashlandi, ammo biroz yeta olmadi
46'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Falkao bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachining yelkasiga tegib, maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+4'
Shu daqiqada birinchi bo‘lim yakunlandi. Hisob o‘zgarmay qoldi, "MYu" - "Everton" - 1:0. Tanaffus
45+4'
Vuuuuh, De Xeya! Leyton Beyns tomonidan yo‘llangan zarbani darvozabon qaytardi!
45+1'
O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujumdan so‘ng Lyuk Shou jarima maydonchasi ichida to‘pga ulgurmadi va Xibbertni chalib yiqitdi
45+1'
PENALTI! "MYu" darvozasiga!
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi!
42'
Burchak to‘pni Falkaoning oyog‘iga kelib tushdi, ammo zarba qovushmadi
41'
Yana bir burchak to‘pi. Burchakdan aylantirilgan to‘pni Xovard qo‘li bilan yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
41'
Valensiya maydonning jamoasiga tegishli qismidan to‘p bilan raqib darvozasiga yaqinigacha keldi va burchak to‘pi ishladi
39'
Vuuuuh, Lukakuuu! Uzoq masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni "Everton" hujumchisi ko‘kragi bilan qaytardi va chap oyoqda zarba berdi! Zarba aniq chiqmadi
38'
Van Persi jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va bir himoyachidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
37'
Mehmonlar chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi, jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
35'
Burchak to‘pi "MYu" jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyatni yuzaga keltirdi. Bosh bilan zarba berildi va to‘p darvoza oldida turgan futbolchi tomon borayotganida Rafael to‘pni qaytarib qolishga ulgurdi!
34'
"Everton" burchak to‘pi ishladi
30'
"MYu" jarima zarbasini amalga oshirdi. Anxel di Mariya 25 metrlarda yo‘llagan zarba jonli devorga rekoshet orqali yuqori burchakka yo‘l olayotgandi, Xovard to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi!
27'
Rafael o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytardi, ammo to‘p xavfli zonani tark etmadi, Mataga kelib tushdi. Xuan qulay vaziyatda turgan Di Mariya uzatma berdi va Anxel ikki himoyachining orasidan zarba berib, darvozaning burchagin ishg‘ol qildi!
27'
GOOOOOOL, Anxel di Mariya, 1:0!
24'
Di Mariya 23 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p yengil rekoshet oqibatida darvoza ustidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pi
22'
Jamoalar qarama-qarshi hujumlar asosida o‘yinni olib borishmoqda. Hozircha golga tortadigan vaziyatlar yuzaga kelmayapti
19'
"MYu" futbolchilari chap qanotda chiroyli kombinasiya tashkil qilishdi. Maydon Shou to‘pni Di Mariyaga uzatdi. Anxel esa to‘pni yerga tushirmasdan tavani bilan himoyachining ustidan oshirish, Falkoaga yetkazdi. Radamel jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Noaniq
18'
Rafael oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachiga tekkan to‘p maydonni tark etdi. BUrchak to‘pi
15'
"Iblislar" burchak to‘pini qaytarishdi
15'
Mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi
13'
Chap qanotdan yetkazib berilgan to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Mataga kelib tushdi. Xuan darhol zarba bermasdan, to‘pni to‘xtatishga qaror qildi, ammo himoyachi to‘pni tepib yubordi
12'
Di Mariya olis masofadan zarbe bermoqchi bo‘ldi. To‘p mehmon futbolchisi oyog‘iga tegib qaytdi
9'
Van Persi ogohlantirish oldi. To‘pni o‘yinga kiritadigan maydonning qoq markazida u raqib futbolchisiga xavfli tashlandi
7'
Di Mariya chap qanotdan yetkazgan to‘p biroz pastroq bordi. Van Persi oyoq bilan zarba berib, to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi
5'
Endi o‘ng qanotdan hujumga Rafael qo‘shildi. U yetkazib bergan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
4'
Vuh! "MYu"ning dastlabki hujumi ancha xavfli chiqdi. Lyuk Shou chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Falkao bosh bilan zarba berdi. Burchak borayotgan to‘pni Xovard egallab oldi!
3'
Dastlabki 2 daqiqa davomida to‘p bilan ko‘klar muomalada bo‘lishdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"MYu" qizil, "Everton" ko‘k-oq rangli formada harakat qiladi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
"Manchester Yunayted" - "Everton" bahsini onlayn kuzatib borishga taklif etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.