Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer ligasi, 7-tur

5 oktyabr, soat 18:05. Bosh hakam: Atkinson

CHELSI

Eden Azar (27-pen.)
Diyego Kosta (78)

2 : 0

ARSENAL

JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua
26.Jon Terri
28.Sesar Aspilikueta
2.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
21.Nemanya Matich
14.Andre Shyurrle
10.Eden Azar
8.Oskar
4.Sesk Fabregas
19.Diyego Kosta
  1.Voysex Shchesni
6.Loran Koselni
21.Kalum Chambers
3.Kiran Gibbs
4.Per Mertezaker
11.Mesut O‘zil
10.Jek Uilshir
19.Santi Kasorla
20.Matye Flamini
23.Danni Uelbek
17.Aleksis Sanches
ZAHIRA
3.Filipe Luis
17.Muhammad Saloh
22.Villian
5.Kurt Zuma
12.Jon Obi Mikel
18.Loik Remi
  26.Damyen Martines
18.Nacho Monreal
20.Fransis Koklen
9.Lukas Podolski
7.Tomash Rosiski
15.Aleks
28.Xoel Kembell
SARIQ KARTOCHKA
Kexill (20)
Ivanovich (53)
Oskar (86)
Uelbek (90+1)
 
Chembers (22)
Kosyelni (27)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+5'
O‘yin tugadi. "Chelsi" g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 19taga yetkazib, jadvalni boshqarishda davom etadi
90+3'
Ehhhhh, Kosta 5 metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi. Boz ustiga Ivanovich o‘ng qanotdan to‘pni uzatayotganida u ofsaydda qolgan ekan. O‘zi ham kulib qo‘ydi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Uelbek ogohlantirish oldi
90'
Ehhh, bugun "Arsenal" juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmayapti. Hozir ham "kanonirlar" hujumchisi Chex bilan birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi
87'
"Chelsi"da o‘zgarish: Oskar o‘rniga Villian tushdi.
86'
Oskar ogohlantirish oldi
83'
"Arsenal"da o‘zgarish. Uilshir o‘rniga Rosiskiy tushdi
78'
Fabregas to‘pni raqib tomoniga tepdi va maydon markazida "navbatchilik" qilayotgan Diyego Kosta to‘pni egallab olib, Shchesni ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qildi!
78'
GOOOOOOOL! Diyego Kosta, 2:0!
76'
Vuuuuuuuh, Azaaaaar! Jarima maydonchasi ichida turgan Diyego Kosta to‘pni Azarga uzatdi. Eden bir himoyachidan o‘tdi va biroz o‘tkir burchak ostida 5-6 metrlardan zarba berdi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Belgiyalik futbolchi o‘yin taqdirni hal qilishi mumkin edi!
73'
Chembers jarima maydonchasining o‘ng burchagidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Zarba naniq chiqdi
70'
Shyurrle o‘rniga Jon Obi Mekel tushdi
69'
Ustunlik to‘laligicha mehmonlar tomonida. "Chelsi" yaxshi himoyalanmoqda
65'
Uilshir ham xuddi Azar singari "slalom" yurishini qilib, birin-ketin himoyachilardan o‘tdi va to‘pni Uelbek jarima maydonchasi ichida qabul qildi. So‘ngra jarima maydonchasi tashqarisida turgan Flaminiga uzatdi. Matyoning zarbasini Oskar o‘ziga qabul qildi
63'
Vuuuuuuhhh! Uilshir 18 metrdan zarba yo‘llaganidan so‘ng "Chelsi" himoyachisi (adashmasak - Torres) to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Ammo hakam penalti belgilamadi
62'
O‘yin tempi juda yuqori. To‘p maydonning markaziy qismida umuman to‘xtab qolmayapti. Qarama-qarshi hujumlar!
58'
Vuuuuh, Azar chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytarish chog‘ida uni o‘z darvoza tomon burib yubordi. To‘p esa avval darvozabonning qo‘liga, so‘ngra darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi!
53'
Ivanovich hujumga qo‘shildi va to‘pni yo‘qotdi. Raqibning qarshi hujumini texnik fol orqali to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Tabiiyki, sariq kartochka
50'
Vuuuh! Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Kasorla jarima maydonchasi ostonasida egalladi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
48'
"Kanonirlar" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga yorib kirishayotgandi, Uelbek to‘pni to‘xtata olmay qoldi. Chexga yetib bordi to‘p
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
'
"Chelsi" - "Arsenal" - 1:0. Tanaffus
45+4'
Birinchi bo‘lim tugadi
45+3'
Qo‘shib berilgan daqiqalarda "kanonirlar" katta bosim uyushtirmoqda. "Chelsi" yaxshi himoyalanmoqda
45'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Chembers jarima maydonchasining chap qanotida Shyurrlega nisbatan o‘yin qoidasini buzdij . JArima zarbasini mehmonlar qaytarishdi
43'
"Chelsi"ning pozision hujumi paytida "Arsenal" futbolchilari to‘pni egallab olishdi va tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Sanches to‘pni chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Kosyelniga uzatdi. Ammo Aspilikueta to‘pni egallab olib, mezbonlarning hujumiga asos soldi
41'
Diyego Kosta o‘ng qanotdan himoyachilardan qochib, oldinga o‘tdi, ammo jarima maydonchasi ichida to‘pni yo‘qotdi
38'
"Arsenal" jarima maydonchasi yaqinida Kosyelni va Oskar to‘p uchun sakrashda va bosh bilan to‘qnashib ketishdi
37'
O‘zil yetkazgan to‘pni Sanches darvoza tomon burishga ulgurmadi
36'
"Chelsi" futbolchisi fol ishlatdi. JArima to‘pi tepiladi. 30 metrlardan
33'
Mehmonlar tezkor hujum tashkil qilishdi. Kasorla jarima maydonchasi ostonasida so‘nggi uzatmani aniq amalga oshira olmadi
30'
Ehhhhh Uilshir! "Arsenal" hujumni markazdan chap qanotga ko‘chirdi va to‘p Uilshirga yetkazildi. To‘pni egallagan futbolchi yolg‘iz o‘zi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqayotgandi, ammo to‘ni qaytarishda biroz qattiqroq tepib yubordi va Chex to‘pni egallab oldi!
27'
Penalti belgilangan vaziyatda Kosyelni ogohlantirilgandi
27'
GOOOOL! Eden Azar, 1:0! Sekin zarba bilan darvoza burchagini nishonga oldi, darvozabon boshqa burchakka tashlandi
26'
PENALTI! "Arsenal" darvozasiga! Azar juda katta tezlikda ikki himoyachidan o‘tib ketdi va uchinchisidan o‘tib ketayotganida yiqitildi!
24'
Bundan biroz avval Chembers himoyaning chap qanotida qoida buzgani uchun ogohlantirish olgandi. Mazkur jarima to‘pi amalga oshirildi va "Arsenal" mezbonlarga imkoniyat qoldirmadi
24'
Sanches blan to‘qnashuvda qulog‘idan jarohat olgan Tibo Kurtua o‘yinni davom ettira olmadi. U maydonni tark etdi. Petr Chex esa o‘z shlemini kiydi va darvozani egalladi. Bundan keyin Kurtua ham shlem kiyishi kerak shekilli?!
21'
Kexillning qo‘polligidan keyin Arsen Venger "Chelsi" zaxira o‘rindig‘i yoniga kelib, uni qo‘llari bilan turtdi va ular aytishib olishdi. Vaziyatga bosh hakam aralashdi va ularni kelishtirib qo‘ydi
20'
Kexill raqib futbolchisi oyog‘iga qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirish oldi
20'
Aspilikueta tomonidan qanotdan yetkazilgan to‘p Kostagacha yetib kelmadi
18'
"Chelsi" hujumchisi Shyurrle burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Kanonirlar" xavfni bartaraf etishdi
17'
Sanches burchak to‘pi ishladim, deb o‘ylagandi, unday bo‘lib chiqmadi
16'
"Chelsi" jarima zarbasini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Matich bosh bilan zarba berdi, ammo u ofsaydda qolgan ekan
15'
JAmoalar faqat to‘p bilan muomalada bo‘lib, keskin hujumlar tashkil qila olishmayotgani muxlislarga yoqmayapti. To‘p muomalasi bo‘yicha ko‘rsatkich - 53-47% bo‘lib turibdi
11'
Tibo o‘rnidan turdi, o‘yin davom etadi
10'
Uilshirning chiroyli uzatmasidan keyin Sanches darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Ammo Aleksis to‘pni o‘zida qochirib yubordi va Kurtua to‘pni egallayotganida chililik futbolchi unga urilib ketdi.
9'
"Arsenal" to‘pni nazorat qilib turdi va o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Kurtua baland sakrab, to‘pni egalladi
7'
Qandaydir muammolar tufayli "Arsenal" muxlislari stadionga kirishda muammoga duch kelishgani bois, o‘yin 15 daqiqa kech boshlanibdi. Qoyil, mana muxlisning hurmati. Bizda esa iloji bo‘lsa muxlis kelmasayu, imi-jimida hamma narsani hal qilib qo‘ya qolishsa...
5'
Mehmonlar himoyalanishmoqda. Ular bugun Mourinyo shogirdlariga bo‘sh zona berish niyatida emaslar shekilli
3'
"Arsenal"ning ilk hujumi. Aleksis Sanches 25 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
2'
O‘yin boshidan mezbonlar bosim o‘tkazishga harakat qilishmoqda
1'
O‘yinni "Chelsi" futbolchilari boshlab berishdi. Boshladik!
'
O‘yin boshlanishiga 3 daqiqa qolmoqda. Jamoalar maydonda, o‘yinni boshlash uchun barcha narsa tayyor
'
Ma’lumotlarga qaragan o‘yin 15 daqiqa kech boshlanarkan. Mehmon muxlislar sektorida qandaydir tartibsizlik tufayli shunday qarorga kelingan.
'
Ana endi futbolchilar maydonda paydo bo‘lishdi
'
Translyasiyada "O‘yin tez orada boshlanadi" ma’nosida yozuv turibdi. Kutamiz
'
"Stemford Brij" muxlislar bilan to‘lib toshgan. Londonlik muxlislar turning markaziy o‘yinini tomosha qilish maqsadida o‘z joylarini egallashgan
'
Uzr so‘raymiz, jamoalar hali maydonga chiqishmapti. Stadion xodimlari maydon chimini tartibga keltirishmoqda
'
Futbolchilar allaqachon maydonga chiqib kelishgan, o‘yin boshlanish arafasida
'
"Chelsi" - Arsenal" uchrashuvi boshlanish arafasida
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.