Ispaniya La-ligasi, 7-tur
| 5 oktyabr, soat 23:59 | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (3, 55, 88)
Karim Benzema (41, 69) |
5 : 0 |
ATLETIK BILBAO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Iker Kasilyas 3.Pepe 4.Serxio Ramos 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 8.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 11.Garet Beyl 19.Luka Modrich 7.Krishtianu Ronaldu 9.Karim Benzema |
1.Xorka Iraisos 24.Mikel Balensiaga 4.Emerik Laport 7.Benyat Echebarriya 18.Karlos Gurpegi 14.Susayeta 8.Ander Iturraspe 10.Oskar de Markos 17.Mikel Riko 19.Muniain Iker 22.Gilyermo Fernandes |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas 2.Rafayel Varan 17.Alvaro Arbeloa 18.Nacho Fernandes 23.Isko 24.Asyer Ilyaramendi 14.Xavyer Ernandes |
13.Yago Errerin 6.Mikel San-Xose 15.Iraola 16.Xabyer Etkseyta 29.Unay Lopesh 11.Ibai Gomes 21.Borxa Viguera |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Pepe jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarba Ronalduga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Xet-trik! |
| 88' | ![]() |
GOOOOOL, Krishtianu Ronaldu, 5:0! |
| 79' | ![]() |
Benzema o‘rniga Isko tushdi |
| 78' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin bosh bilan berilgan xavfli zarbani Kasilyas egallab oldi |
| 73' | ![]() |
Vuuuuh! Ronalduning 10 metrlardan yo‘llagan zarbasini darvozabon egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Modrichning olis masofadan yo‘llagan zarbasini mehmonlar posboni qiyinchilik bilan qaytardi |
| 69' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni Benzemaga uzatdi. Karim bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi |
| 69' | ![]() |
GOOOOOL! Benzama, 4:0! |
| 67' | ![]() |
Marseloning uzatmasidan keyin Beyl to‘pni darvozaga yo‘lladi. Ammo u ofsaydda bo‘lgani uchun gol inobatga olinmaydi |
| 64' | ![]() |
Ronalduning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 63' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagida Benzemaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 62' | ![]() |
"Atletik"da o‘zgarish bo‘ldi |
| 58' | ![]() |
Vuuuuuh, "Real"ni Kasilyas goldan qutqardi! Qanotdan yetkazib berilgan to‘pga Ibai Gomes yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. Iker yaqin burchakka kirayotgan to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 56' | ![]() |
"Real" ijrosida yana bir chiroyli hujum! Benzemaning uzatmasidan keyin Xames tovoni bilan to‘pni Beylga qoldirdi. Garte esa 16 metrdan darvozagani aniq zarba bera olmadi |
| 55' | ![]() |
Benzemaning uzatmasidan keyin Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni Ronalduga uzatdi. Krishtianu 3 metrdan osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 55' | ![]() |
GOOOOOOL, Krishtianu Ronaldu, 3:0! |
| 54' | ![]() |
Beylning o‘ng qanotdan yetkazgan to‘piga Benzema biroz yeta olmadi |
| 52' | ![]() |
Zaxiradan tushgan Ibai Gomes yakkama-yakka vaziyatga chiqishi mumkin edi, ammo ofsayd |
| 52' | ![]() |
"Real" tezkor qarshi hujumga o‘tdi va burchak to‘pi ishladi |
| 50' | ![]() |
Ronalduning uzatmasidan keyin Beyl darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo zarba berishda o‘ta no‘noq harakat qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Hozircha "Real"- "Atletik" - 2:0. Tanaffus | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Jamoalar bir martadan imkoniyatlarni ko‘kka sovurishdi. |
| 41' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Benzema bosh bilan darvozaga joyladi |
| 41' | ![]() |
GOOOOL! Benzema, 2:0! |
| 40' | ![]() |
Vuuuuh, Ronalduuuu! Benzemaning tavan bilan bergan uzatmasidan keyin Krishtianu darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo posbonga yaqin kelib qolgani uchun to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. To‘p darvozabonga tegib, maydonni tark etdi |
| 37' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, zarba berdi. Zarba noaniq chiqdi |
| 35' | ![]() |
Jarima zarbasi o‘yinga kiritilayotganda madridiklarning 5-6 nafar futbolchilari ofsaydda qolishdi, jumladan, bosh bilan zarba bergan Krishtianu ham |
| 34' | ![]() |
O‘ng qanotdagi chiziq yonida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun Mikel Balensiaga ogohlantirish oldi |
| 33' | ![]() |
Ronaldu Marseloning pasidan keyin darvozabon bilan birga bir vaziyatga qochib ketdi. Ammo ofsayd! |
| 30' | ![]() |
Maydonda deyarli tengkurash kechmoqdi. Ozgina ustunlik va to‘pni nazorati Anchelotti shogirdari tomonida |
| 23' | ![]() |
"Real"darvozasi oldida ilk xavfli vaziyat! Benyat jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p himoyachilarga tegib jarima maydonchasi tashqarisiga chiqdi. Iker Muniain to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘lladi. Kasilyas qiyinchilik bilan to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi. |
| 18' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Krishtianu Ronaldu bitta uzatish bilan Garet Beylni qulay vaziyatga chiqardi! Uelslik futbolchi so‘nggi chiziqqacha bordi va to‘pni darvoza tomon tepdi. Ammo Karim Benzema 2 metrdan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi! |
| 15' | ![]() |
"Atletik"ning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi |
| 11' | ![]() |
Beyl chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasida ochilgan Benzema tomon uzatdi. Karim ofsaydda qoldi |
| 7' | ![]() |
Ronalduuuuu! Chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va bir futbolchini chalg‘itib, zarba berdi. Darvozabon bir amallab to‘pni qaytarib qoldi |
| 7' | ![]() |
Bilbaoliklar hujum tashkil qilmoqdalar, ammo hozircha bu madridliklarga xavf tug‘dirmayapti |
| 4' | ![]() |
Juda ham tezkor gol ko‘rdik. Bu Ronalduning La ligadagi 11-goli bo‘ldi |
| 3' | ![]() |
Jarima maydonchasining o‘ng burchagi yonida Beyl to‘pni olis ustun tomonga ko‘tardi. Ronaldu bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 3' | ![]() |
GOOOOOOOOL, Ronaldu, 1:0! |
| 2' | ![]() |
"Atletik" yarim himoyachisi Susayetaning zarbasi aniq va kuchli bo‘ldi. Kasilyas to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni darvozabon mushtlari bilan urib yubordi |
| 1' | ![]() |
O‘yinni Madrid boshlab berdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda, o‘yinni boshlash uchun barcha narsa tayyor |
| ' | ![]() |
Barchangizni "Real Madrid" va "Atletik Bilbao" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil qilinadigan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif qilamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|