Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

6 oktyabr, soat 21:30

QATAR

Sebastyan Soriya Kuintana (18)
Hasan al-Haydos (44)
Mash’al Abdulloh (65)

3 : 0

O‘ZBEKISTON

JAMOALAR TARKIBI
  Ignatiy Nesterov
Shuhrat Muhammadiyev
Egor Krimes
Bobur Yo‘ldoshev
Salim Mustafoyev
Javlon Ibrohimov
Jamshid Iskandarov
Vladimir Kozak
Sardor Rashidov
Igor Sergeev
Vohid Shodiyev
SARIQ KARTOCHKA
Salim Mustafoyev (20)
Bobur Yo‘ldoshev (65)
 
Ibrohim Majid (68)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Qolgan fikrlarni maqola ko‘rinishida yoziladi. Yarim soat ichida saytda kuting
'
Qatar bizni top-toza yutdi. Hech qanday e’tirozu bahonalarga sabab yo‘q!
90+2'
O‘yin yakunlandi.
90'
Ikki daqiqa qo‘shib berildi
87'
Sergeev jarima maydonchasi ichida, uning chap qanotida to‘pni egallab na kuchli zarba berdi, na aniq pas berdi.
86'
O‘yin-po‘yinning o‘zi qolmadi bizda. Nima uchuye o‘ynayapmiz, nima qilish kerak. Hech kim hech narsa bilmaydi
84'
Qatarda ham ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi
83'
Egor Krimes o‘rniga Shavkat MUllajonov tushirildi
80'
Baxtimizga Hasan al-Haydos 17 metrdan noaniq zarba yo‘lladi
79'
Qanotlardan tashkil qilinayotgan hujumlar esa mutlaqo naf keltirayotgani yo‘q
78'
Burchak to‘pi, standartlar hech qanday naf keltirayotgani yo‘q
77'
Sergeev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga qochib ketishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘xtashga va himoyachilarni aldashga qaror qildi, keyin to‘pni o‘ng qanotan yordam kelgan futbolchiga uzatdi. Xullas, bor-yo‘g‘i burchak to‘pi
77'
Iskandarovning zarbasi kuchli va aniq bo‘ldi. Vaziyatni yaxshi his qilgan Burxon oldindan harakatni boshladi va to‘pni egallab oldi
76'
Bobur Yo‘ldoshev o‘rniga Islom To‘xtaxo‘jayev tushirildi
76'
Jarima zarbasi ishladik. Darvoza ro‘parasidan. 22 metrlar bor
74'
Nesterov to‘rtinchi goldan qutqardi! Olis burchakka yo‘llangan zarbani u qaytarib qoldi
71'
Jarima zarbasi besamar chiqdi. Aksincha qarshi hujumni o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi, agar ofsayd bo‘lmaganida
71'
O‘ng qanotda Sergeevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi.
70'
O‘zbekistonda ikki o‘zgarish bo‘ldi. Farrux Sayfiyev va Navruz Alimov tushirildi
69'
Nesterov to‘rtinchi golni o‘z darvozasidan olib chiqishi mumkin edi. To‘p rekoshet tufayli maydonni tark etdi
69'
Fozil Musayev ham maydonga tushirilgan. Adashmasak, u Kozak o‘rnida harakat qilmoqda
67'
Muhammad Musa o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi va zaxiradan endi maydonga tushgan Mash’al Abdulloh darvozani ishg‘ol qildi. Bobur Yo‘ldoshev raqibga qarshilik qila olmadi
67'
GOOOOOOL, Mash’al Abdulloh, 3:0!
65'
Bobur Yo‘ldoshev sariq kartochka oldi. U maydon markazida raqib futbolchisini yiqitdi va tezkor qarshi hujumning oldini oldi.
64'
Jamshid jarima zarbasini yerlatib uzatdi va qatarliklarga sovg‘a qildi. Iskandarov uzatgan joyda biznikiladrdan hech kim yo‘q edi
64'
Sardor Rashidovga nisbatan chap qanotdan qoida buzildi. JArima zarbasi tepamiz. Standart
63'
Futbolchilarimiz bundoq qanotdan yaxshi uzatmani ham amalga oshira olishmayapti. Salimov to‘pni to‘g‘ri darvozabonga sovg‘a qildi
61'
yoki ofsaydda qolib ketyapti hujumchilarimiz, Shodiyevga o‘xshab
60'
Hujumda hech narsa qila olmayapmiz. To‘pni u qanotdan bu qanotga yumalatayapmiz, jarima maydonchasiga yaqinlashayotganimizda to‘pni yo‘qotyapmiz
57'
Qatar hujumchisiga nisbatan Ignatiy biroz chaqqonroq harakat qildi va to‘pni egallab oldi
56'
Yaxshiyam Sardor Rashidov kuchli zarbaga ega. U imkon topib hozir 25 metrlardan darvoza tomon tepdi. Burxon to‘pni egallab oldi
55'
Hujum tashkil qilishga urinayotgan paytimizda to‘pni o‘zimizda ushlab turibmiz, ammo hech narsa qila olmayapmiz. JAmoamizda aniq g‘oya va kombinasiyalar yo‘q
51'
Qatar xavfli hujum tashkil qildi. Futbochlilar bir nechta uzatmalar bilan jarima maydonchamizga kirib keldi. Hasan al-Haydosning so‘nggi uzatmasi himoyachimizning oyog‘iga tegib, Nesterovga borib tushdi
50'
Iskandarovning uzatmasi darvozabonning o‘zigacha ketib qoldi va Burxon mushtlari bilanto‘pni yon tomonga urib yubordi
49'
Mustafoyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Chap qanotdan jarima zarbasi
47'
Sergeev ofsaydda qoldi
46'
Mezbonlar o‘ng qanotdan hujumga o‘tishdi. Muhammad Musa balandlatib yetkazib bergan to‘pga sakrashda Kuintana himoyachimizga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
O‘zbekistonda o‘zgarish bo‘ldi: Shuhrat Muhammadiyev o‘rniga Akmal Shorahmedov tushdi
'
Xullas, birinchi bo‘limdan so‘ng ikkita to‘p farqi bilan yutqazyapmiz
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus
45+2'
Faqatgina omad tufayli to‘p darvozamizdan o‘rin olmadi! 3-raqamli futbolchi chap qanotdan hujumga o‘tib, avval Yo‘ldoshevdan o‘tib ketdi va qulay vaziyatda turgan sherigiga to‘pni uzatdi. U ham bir himoyachimizni aldab 6 metrdan darvozaga zarba berdi. Nesterov oyog‘i bilan to‘pni qaytardi!
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Qatar yana tezkor va xavfli qarshi hujum uyushtirdi. Kuintana o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Ignat to‘pni egallab oldi
44'
Hasan al-Haydos 20 metrdan kuchli zarba yo‘llab, to‘pni darvozaga "mixlab" qo‘ydi! Nesterov to‘pga tashladi, ammo qo‘li yetmadi
44'
GOOOOOOL, Hasan al-Haydos, 2:0!
43'
O‘yin tempi biroz tushdi. Hujumlarimiz qovushmay qoldi
39'
Vladimir Kozakka tibbiy yordam ko‘rsatildi
37'
Jarima maydonchamiz ostonasida Muhammadiyev raqib futbolchisini o‘tkazib yubordi va u futbolchi kuchli zarba berdi. Nesterov mushti bilan to‘pni qaytardi
36'
Jamoamiz yaxshi hujum tashkil qilib, jarima maydonchasida ochilgan Sergeevni to‘p bilan ta’minlashdi. Igor o‘zi zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni o‘ngroqqa uzatdi. Ammo Shodiyev buni kutmagandi va kerakli joyda ochilmagandi
34'
Jamshid o‘ng qanotda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketdi. Ammo Shodiyev jarima maydonchasi ichida jamoadoshini qo‘llab-quvvatlay olmadi
34'
Xalfan Ibrohim maydonni tark etdi. Uning o‘rniga 2-raqamda Muhammad Musa tushdi.
32'
Muhammadiyev o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni orqaroqqa uzatdi. Rashidov bosh bilan zarba berdi va Burxon to‘pni egallab oldi
30'
Xalfan Ibrohim yugurib ketayotganida jarohat oldi.
29'
Yuqoridagi kombinasiya haqida to‘xtaladigan bo‘lsak. Jamshid o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan Kozakka uzatdi. Vladimirning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pga Rashidov zarba berdi. Sardorning zarbasini yana posbon qaytardi. Rashidov zarba berayotganida Shodiyev ofsaydda edi haqiqatan ham!
29'
Vohid Shodiyev darvozani ishg‘ol qildi! Ammo u ofsaydda qolgani uchun gol inobatga olinmadi
21'
Vuuuuuh, Vohid Shodiyev 23 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozaning yaqin yuqori burchagiga yo‘llangan zarbani Qosim BUrxon egallab oldi
20'
Kechiktirilgan fol uchun Salim Mustafoyev ogohlantirildi
20'
Burchak to‘pidan naf chiqmadi, aksincha, mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi va Xalfan Ibrohim olis masofadan zarba yo‘lladi! Biroz noaniq
19'
Ehhhh, Shodiyeeeev! Birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Himoyachi to‘p yo‘liga tashlanib, darvozabonga yordam berdi!
18'
Qatarlik futbolchi o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib, qarama-qarshi qanotdagi Kuintanaga yetkaza oldi. Sebastyan osonlik bilan davrozani ishg‘ol qildi!
18'
GOOOOOOL! Sebastyan Soriya Kuintana, 1:0!
16'
Qatarliklarning ikkita hujumini vakillarimiz qaytarishdi
13'
Salim Mustafoyevning qoidabuzarligi tufayli Qatar jarima zarbasiga ega bo‘ldi. Chap qanotdan to‘p to‘g‘ri darvozabon tomon aylantirildi. To‘p darvoza oldida turgan 3-raqamli qatarlik futbolchiga tegib ortga qaytdi. Vaholanki, u to‘pni darvozaga burib yuborishi ham mumkin edi. Uni darvozabon ham, himoyachilarimiz ham ochiq qoldirishgandi!
11'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mezbonlar qaytarishdi. Iskandarov to‘pni egallab olib, to‘pni chap qanotdagi Sardorga uzatdi. Uning jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pini qatarliklar yana qaytarishdi
10'
Rashidov yana burchak to‘pi ishladi. U faol o‘ynamoqda
9'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Qosim BUrxon mushtlari bilan urib yubordi
8'
Terma jamoamiz burchak to‘pi ishladi. Jamshid uzatib bergan to‘pga Rashidov biroz yetib kela olmadi
5'
Vuuuuuh, Qator hisobni ochishiga sal qoldi! Chap qanotdan to‘p darvozabon maydonchasiga yetkazib berildi. Salim Mustafoyev zarba berishga xalal berib qoldi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.