Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati
| «V» guruhi, 1-tur. 10 oktyabr, soat 14:00. Bosh hakam: Abdulloh al-Hiloliy (Ummon) | ||
O‘ZBEKISTONDostonbek Hamdamov (18)
Zabihillo O‘rinboyev (22-pen.) |
2 : 0 |
INDONEZIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Dilshod Hamroyev 5.Odiljon Hamrobekov 8.Javohir Sohibov 9.Eldor Shomurodov 10.Otabek Shukurov 14.Firdavs Abdusalimov 15.Bobur Davlatov 17.Dostonbek Hamdamov 19.Zabihillo O‘rinboyev 20.Dostonbek Tursunov 23.Xurshid G‘iyosov |
22. Rulli Desrian 2. Putu Gede Juni Antara 5. Muhammad Fathu Roshan 6.Evan Dimas Darmono (S) 8.Muhammad Hargianto 9.Dinan Yahdian Javiyer 13.Muhammad Sahrul Kurniavan 15.Maldini 16.Hansamu Yama Pranata 19.Zulfiandi 20.Ilham Udin Armaiyn |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Sarvar Karimov 2.Rustamjon Ashurmatov 3.Ibrohim Abdullayev 4.Mirjamol Qosimov 6.Akromjon Komilov 7.Jamshid Boltaboyev 11.Asliddin Abdiyev 13.Ilhomjon Abdug‘aniyev 16.Sardorbek Azimov 18.Ravshanbek Xursanov 21.Botirali Ergashev 22.Javohir Siddiqov |
1.Ravi Murdianto 12.Diku 3.Febli Gushendra 4.Mahdi Fahri Albaar 7.Muhammad Dimas Drajad 10.Muxlis Hadi Ning Sayfulloh 11.Hendra Sandi Gunavan 14.Rikki Fajrin Saputra 17.Paulo Oktavianus Sitangggang 18.Rudolfo Yanto Basna |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Firdavs Abdusalimov (13)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Indoneziya taslim etildi. Ammo o‘yin oson bo‘lmadi. Dastlabki g‘alaba muborak bo‘lsin |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. |
| 90+3' | ![]() |
Dostonbek Hamdamovga nisbatan fol ishlatildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Indoneziya ikkita hujum tashkil qildi. Bitta zarbaga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ikkinchi hujum paytida Hamroyev to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Maydonga Mirjamol Qosimov tushirildi. U Javohir Sohibovning o‘rniga tushgan bo‘lishi kerak |
| 86' | ![]() |
Shomurodovdan to‘pni qabul qilib olgan Otabek Shukurov 20 metrdan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 86' | ![]() |
GOOOOOOL! Otabek Shukurov, 3:1 |
| 85' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Putu Antara bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 85' | ![]() |
Indoneziyalik Ilhom burchak to‘pi ishladi. |
| 83' | ![]() |
Futbolchilarimiz ikkita hujum tashkil qilishdi. Hamdamov markazdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan Shomurodovga uzatgandi, himoyachi to‘pni qaytarib qoldi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pga esa Eldorga nisbatan raqib posboni chaqqonlik qildi |
| 82' | ![]() |
Indoneziyada uchinchi o‘zgarish bo‘ldi |
| 81' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Shukurov bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 80' | ![]() |
Jamoamiz yaxshi hujum tashkil qildi. Shukurov-Shomurodov-O‘rinboyev kombinasiyasi Zabihilloning 16 metrdan bosh bilan bergan zarbasi bilan tugadi. Noaniq |
| 78' | ![]() |
Jarima zarbasi xavfli bo‘ldi! Shomurodov bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Darvozabon to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 78' | ![]() |
Siddiqovga nisbatan o‘ng chiziqqa yaqin joyda fol ishlatildi. JArima zarbasi |
| 75' | ![]() |
Raqibning tezkor hujumi. Ilhom Armayin chap qanotdan jarima maydonchamizga kirib keldi va to‘pni yuqoridan darvozabon maydonchasi oldiga uzatdi. Indoneziyalik bir futbolchi zarba berish uchun tayyor turgandi, biroq undan ham o‘tdi va himoyachimiz to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 74' | ![]() |
Jarima maydonchasining o‘ng qanotidan to‘pni Shomurodov qabul qilib oldi va o‘z oldidagi himoyachini aldab o‘tdi. Ammo unga urilib, o‘zi yiqildi. Penalti yo‘q, bor-yo‘g‘i burchak to‘pi |
| 69' | ![]() |
Indoneziyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Qisqa paslar orqali kombinasiya tashkil qilindi va so‘nggi zarba aniq chiqmadi |
| 67' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Bobur Davlatov o‘rniga Javohir Siddiqov tushdi |
| 64' | ![]() |
Vakillarimiz hujumda to‘pni egallab olishdi va to‘pni jarima maydonchasi ichida turga Shomurodovga yetkazishdi. U to‘pni bosh bilan orqaroqqa tashladi va adashmasak, Bobur Davlarovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 63' | ![]() |
Indoneziya dadil o‘ynamoqda |
| 60' | ![]() |
Terma jamoamiz deyarli maydon markazidan jarima zarbasni jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. O‘rinboyev bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. Ammo zarba berilayotgida Zabihillo o‘yin qoidasini buzgani e’tirof etildi |
| 59' | ![]() |
Oho! Raqiblarimiz hujumda xavfli o‘ynashmoqda. O‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan to‘pni hujumchi himoyachimizdan olib o‘tmoqchi bo‘ldi. To‘pni darvozabonimiz egallab oldi |
| 57' | ![]() |
Qoyil, Paulo Oktavianus kamida 30 metrdan to‘pni darvozamizga mixlab qo‘ydi! |
| 57' | ![]() |
GOOOOOOOOL, Paulo Oktavianus, 2:1 |
| 55' | ![]() |
Hamdamov to‘pni darvozabon ustidan oshirib, gol urmoqchi bo‘ldi. Zarba biroz noaniq bo‘ldi |
| 54' | ![]() |
Terma jamoamiz maydon markazidan to‘pni egallab olib, tezkor hujum uyushtirdi. To‘p o‘ng qanotdagi Hamdamovga uzatildi. Dostoning to‘pni jarima maydonchasiga uzatishidan keyin futbolchilarimiz to‘pga biroz yeta olishmadi |
| 52' | ![]() |
Futbolchimiz jarima zarbasni jonli devorning ostidan yo‘llamoqchi bo‘ldi. Ammo jonli devordagilar sakrashmadi |
| 51' | ![]() |
Hamdamovga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 24 metr |
| 49' | ![]() |
Evan Dimas ogohlantirish oldi. U jarima maydonchamiz ichida penalti ishlash maqsadida yiqildi. Al-Hiloliy esa simulyasiya unga sariq kartochka ko‘rsatdi |
| 47' | ![]() |
Indoneziyada o‘zgarish bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
Indoneziyaliklar bo‘limni keskin hujum bilan boshlashdi. O‘ng qanotda to‘p autdan otib berildi va futbolchi qochib ketib, jarima maydonchamizga kirib keldi va to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Zarba berishga kelayotgan futbolchi to‘pni o‘tkazib yubordi. To‘pga yeta olmadi. JArima maydonchasi tashqarisidan berilgan zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi, o‘yin boshlanish arafasida | |
| ' | Birinchi bo‘lim so‘ngiga kelib, futbolchilarimiz o‘yin tempini pasaytirib, asosan himoyada o‘ynashdi. Indoneziya esa faol o‘yin ko‘rsatdi. | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+1' | ![]() |
Raqiblarimiz yana bir zarba yo‘llashdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Indoneziya terma jamoasi aniq zarba yo‘lladi. Hamroyev to‘pni egallab oldi |
| 40' | ![]() |
Firdavs Abdusalimov to‘qnashuvda jarohat olgandek yotgandi, hozir o‘rnidan turdi |
| 40' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq qizil kiyimdagilar bo‘lishmoqda |
| 37' | ![]() |
Raqibimizning standarti xavfli bo‘ldi. Dinan 5 metrdan bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 36' | ![]() |
Indoneziya burchak zarbasi ishladi |
| 35' | ![]() |
Eldor Shomurodov 13-14 metrlardan bosh bilan darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 34' | ![]() |
Ehhh, O‘rinboyev 16 metrdan darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi! Unga hech kim xalal bermayotgandi! |
| 33' | ![]() |
Raqiblarimiz chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Hamroyev egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Dostonbek Tursunovga jarohat yetkazildi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 30' | ![]() |
Darvozamiz tomon 23 metrlardan aniq zarba yo‘llandi. Hamroyev to‘pga sakradi va ikkinchi urinishdi uni egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Vuuuuuh, Shomurodov! O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pga Eldor birinchi bo‘lib zarba berdi. Darvozabon to‘pga chiqishda xato qildi. Ammo to‘p darvozaga aniq bormadi |
| 26' | ![]() |
Terma jamoamizda o‘zgarish: Odilbek Hamrobekov maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Ibrohim Abdullayev tushirildi |
| 26' | ![]() |
Indoneziya xavfli hujum uyushtirdi. Futbolchi o‘ng qanotdan jarima maydonchamizga yolg‘iz kirib bordi va to‘pni orqadan yetib kelgan sherigiga uzatdi. U to‘pni himoyachimizdan olib o‘tdi va yiqildi. To‘p maydonni tark etdi, penalti ham yo‘q |
| 25' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz |
| 22' | ![]() |
Indoneziya darvozaboni o‘zidan chap tomonga tepilgan zarba yo‘nalishini topdi, ammo zarba aniq va kuchli bo‘lgani uchun to‘pni qaytara olmadi |
| 22' | ![]() |
GOOOOL! Zabihillo O‘riinboyev, 2:0! |
| 21' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Xurshid G‘iyosovni himoyachi chalib yiqitdi! |
| 21' | ![]() |
Penalti ishladik! |
| 18' | ![]() |
Chap qanotdan to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. To‘p Shomurodovga kelib tushdi va u darhol o‘z ortidagi himoyachidan o‘tkazib, Hamdamovni to‘p bilan ta’minladi. "Bunyodkor" futbolchisi darvozani ishg‘ol qildi! |
| 18' | ![]() |
GOOOOOOOOL, Dostonbek Hamdamov, 1:0! |
| 17' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma noaniq bo‘ldi. To‘p maydonni tark etdi |
| 15' | ![]() |
Etkazib berilgan jarima to‘pini himoyachilar qaytarishdi va Indoneziya tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Darvozabonimiz to‘pni egallab oldi |
| 14' | ![]() |
O‘rinboyevga nisbatan fol ishlatildi. Chap qanotdan jarima zarbasi |
| 13' | ![]() |
Firdavs Abdusalimov ogohlantirish oldi. |
| 12' | ![]() |
"Sport" kanali O‘zbekiston-Indoneziya o‘yinini translyasiya qila boshladi |
| 11' | ![]() |
Terma jamoamiz chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Markaziy himoyachi to‘pni bosh bilan qaytarib qoldi. To‘p undan o‘tganda 3 nafar futbolchimiz zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqqandi |
| 10' | ![]() |
O‘yinning 10 daqiqasi ortda qoldi, hisob ochilganicha yo‘q |
| 1' | ![]() |
Ayni daqiqada o‘yin boshlandi. Internet orqali video translyasiya topishimiz bilan, batafsil ma’lumot bera boshlaymiz |
| ' | ![]() |
Biz o‘yinni internet orqali tomosha qilib, matnli translyasiyani olib borishga harakat qilamiz |
| ' | "Sport" kanali negadir Iroq-Ummon o‘yinini jonli efirda namoyish qila boshladi. Tushunarsiz. Bu o‘yinni Ravshan Ermatov boshqarar ekan | |
| ' | Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining guruhdagi dastlabki o‘yinini boshlaydi. Raqibimiz - Indoneziya | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|