Halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
| 10 oktyabr, 2014 yil | ||
BAHRAYN |
0 : 0 |
O‘ZBEKISTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Favzi Muborak Aysh Muhammad Dijij Muhammad Sayid Dia Said Sami Muhammad al-Husayniy Ismoil Latif Ismoil Mahmud Rahmon Vahob Ali Ashraf Vohid Hussayn Baba Faysal G‘assan Ali Said Karim |
Akbar To‘rayev Akmal Shorahmedov Anzur Ismoilov Islom To‘xtaxo‘jayev Farrux Sayfiyev Sanjar Tursunov Aziz Haydarov Odil Ahmedov Temur Kapadze Server Jeparov Igor Sergeev. |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Muhammad (30)
|
Farrux Sayfiyev (85)
|
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Bahrayn - 0:0. |
| 90+2' | ![]() |
Ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Bahraynlik xavfni bartaraf qilishdi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuuuh, Rashidov o‘ng qanotda himoyachini aldab o‘tib, to‘pni jamoadoshiga uzatdi. Ammo futbolchimiz zarba berishga ulgurmadi, himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 90' | ![]() |
Rashidovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 90' | ![]() |
Jarima zarbasi tepamiz. Darvozagacha 22 metr |
| 90' | ![]() |
Shodiyevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun Muhammad Husayn ogohlantirish oldi |
| 88' | ![]() |
Bahraynda o‘zgarish bo‘lmoqda |
| 86' | ![]() |
Bu Mahmud Abdulrahmonning "nuqta"si edi, ammo uning zarbasi qovushmadi |
| 85' | ![]() |
Farrux Sayfiyev sariq kartochka oldi |
| 85' | ![]() |
Bahrayn futbolchisiga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metr |
| 84' | ![]() |
Sanjar Tursunov chap qanotdan to‘pni uzatdi, ammo darvozabon egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Shorahmedov o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Rashidov to‘pga sakradi, biroq to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pidan esa naf chiqara olmadik |
| 81' | ![]() |
Sardor Rashidov chap qanotda bir futbolchini aldab o‘tib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Raqib to‘pni qaytardi. Fozil Musayev 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Aniqlik borasida u noqislikk yo‘l qo‘ydi |
| 78' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Odil Ahmedov o‘rniga Navruzbek Alimov tushirildi |
| 77' | ![]() |
Bahraynda ikki o‘zgarish bo‘ldi |
| 75' | ![]() |
Rashidov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, zarba berdi. Noaniq |
| 74' | ![]() |
To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 74' | ![]() |
BUrchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Endi qarama-qarshi burchakdan yana bir burchak to‘pi |
| 73' | ![]() |
Odil Ahmedovning zarbasi jonli devordan o‘tdi, ammo Favzi Muborak Aysh to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Juda qulay joydan jarima zarbasi ishladik. |
| 71' | ![]() |
Hayron qolasan kishi. Futbolchi jarima maydonchasi ichida o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni juda noqulay bo‘lgan qanotlarda uzatishadi... |
| 69' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Kapadze darvozaga bura olmadi |
| 68' | ![]() |
Bahrayning hujumi. Muhammad o‘ng qanotdan yetkazib bergan uzatmasini Ismoil Latif darvozaga bura olmadi |
| 65' | ![]() |
Sardor Rashidov hujumda - jarima maydonchasi ichida fol ishlatildi deb topildi |
| 64' | ![]() |
Rashidov chap qanotda bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo uzatmani qaramagan holda uzatdi. To‘p uzatilgan joyda hech kim yo‘q edi |
| 64' | ![]() |
Ismoil Latif ofsaydda qoldi |
| 63' | ![]() |
O‘zbekistonda ikki o‘zgarish: Jeparov va Sergeev maydonni tark etishdi. Sardor Rashidov va Vohid Shodiyev o‘yinni davom ettirishadi |
| 62' | ![]() |
Odil Ahmedov markazda to‘pni yo‘qotdi va to‘pni egallagan bahraynlik futbolchi darvoza tomon darhol zarba berdi. To‘rayev oldinga chiqib ketgandi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 60' | ![]() |
Ismoil Latif ikki himoyachimiz orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi. Anzur ta’qibni davom ettirdi. Hujumchi aniq zarba bera olmadi |
| 58' | ![]() |
Jeparov jarohat oldi. Unga maydonda ham, maydon tashqarisida ham tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 56' | ![]() |
Jeparos olis masofadan o‘ta noaniq zarba yo‘lladi |
| 54' | ![]() |
To‘pni nazorat qilish statistikasi - 55/45, O‘zbekiston foydasiga |
| 53' | ![]() |
Endi Bahrayn futbolchisi o‘ng qanotdan yolg‘iz o‘zi jarima maydonchasiga kirib bordi. U uzatma berayotganida himoyachimiz to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 52' | ![]() |
Darhol hujumga o‘tdik. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Sergeev bosh bilan zarba berdi. Ammo zarba kuchsiz chiqdi. Igorga hech kim xalal bermayotgandi |
| 51' | ![]() |
Akbar To‘rayev unchalik kuchli bo‘lmagan zarbani qo‘lidan chiqarib yubordi va ikkinchi urinishda raqib oyog‘i ostidan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 50' | ![]() |
Anzur Ismoilov burchakka yaqin joyda raqib hujumchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachilarimiz qaytarishdi |
| 49' | ![]() |
Sergeev nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 25 metrdan to‘pni o‘yinga kiritdik. Jonli devor yonidan to‘pni o‘tkazib, jarima maydonchasiga kirib bormoqchi bo‘ldi futbolchilarimiz. Ammo himoyachilar buni sezib qolishdi va to‘pni egallagan futbolchimiz jarima maydonchasi tashqarisida turgan Ahmedovga to‘pni yetkazdi. Odilning zarbasi aniq chiqmadi |
| 48' | ![]() |
Haydarov nisbatan o‘ng qanotda ishlatilgan jarima zarbasini Jeparov jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘pga Kapadze bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 47' | ![]() |
Bahraynliklar o‘z himoyalariga yaqin joyda to‘pni bir-birlariga oshirishda xatoga yo‘l qo‘yishdi. Jeparov to‘pni to‘xtatmasdan Sergeev tomon uzatgandi. To‘p Igorgacha o‘tmadi, aks holda u darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 46' | ![]() |
O‘zbekiston ko‘k, Bahrayn qizil rangli formada o‘ynayotganini eslatib o‘tamiz |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni Bahrayn terma jamoasi boshlab berdi. |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | Har ikkala jamoada gol urish uchun vaziyatlar yuzaga keldi. Hozircha hisob ochilmagan bo‘lsa-da, o‘yin durangga mos bo‘lmoqda deb ayta olamiz | |
| ' | Birinchi bo‘limda o‘yin sur’ati u qadar yuqori bo‘lmadi. Deyarli teng o‘yin bo‘lmoqda. Vakillarimiz hujum tashkil qilishayotganida Bahrayn ko‘pchilik bo‘lib himoyalanmoqda. O‘z navbatida Adnan Hamad shogirdlari ham tez-tez hujumga o‘tib turishibdi. | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - Bahrayn - 0:0. Tanaffus |
| 42' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Kapadze biroz yetib kela olmadi |
| 41' | ![]() |
Jarima maydonchamiz tashqarisidan xavfli zarba yo‘llandi. To‘p himoyachilarmizdan biriga tegib, rekoshet holatida Akbar To‘rayevni qiyin holatga solib qo‘ygandi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 40' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Muhammad bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
Bahrayn burchank to‘pi ishladi |
| 37' | ![]() |
Vuuuuuh! Aziz Haydarov 19 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Igor Sergeev biroz kech qoldi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Server Jeparov 3 nafar futbolchi orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi tashqarisida yiqildi. Hakam qoida buzilganini e’tirof etmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| ' | Sport kanali o‘yinni jonli translyasiya qilayotganini eslatib o‘tamiz | |
| 25' | ![]() |
Bahrayn hisobni ochishiga bir bahya qoldi! Juda yaqin masofadan yo‘llangan zarbani himoyachilarimizdan bir qaytarib qoldi! |
| 23' | ![]() |
Odil Ahmedov olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Bahrayn terma jamoasi 2 marta jarima zarbasini amalga oshirdi. Har ikkala safar to‘p jonli devorga tegib qaytdi. |
| 15' | ![]() |
"Sport" kanali o‘yinni yozib olgan holda namoyish qilishi mumkin |
| 10' | ![]() |
Hozircha hisob ochilmadi. Jamoa raqibga nisbatan faolroq o‘ynamoqda, ammo Bahrayn himoyada xushyor harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv belgilangan muddatdan 10 daqiqa boshlanibdi. Demak, o‘yin 19:50da boshlangan! |
| ' | Bahrayn va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan onlayn translyasiyamizni boshlaymiz! | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|