Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati

«V» guruhi, 2-tur. 12 oktyabr, soat 17:00. Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

BAA

Abdulla G‘anim (25)
Ahmad al-Hashmiy (90+3)

2 : 2

O‘ZBEKISTON

Eldor Shomurodov (44)
Zabihillo O‘rinboyev (53)
JAMOALAR TARKIBI
1.Muhammad Busanda
3.Ahmad Rashid
4.Abdulla G‘anim
5.Ali Salmin
8.Muhammad Abdulbosit
9.Xolid Abdulrahim
10.Xalfan Muborak
11.Ahmad Robiya
18.Abdulla Hassan
19.Said Jassim
23.Marvan Ali Muhammad
  12.Dilshod Hamroyev
3.Ibrohim Abdullayev
6.Akromjon Komilov
8.Javohir Sohibov
9.Eldor Shomurodov
10.Otabek Shukurov
14.Firdavs Abdusalimov
17.Dostonbek Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
20.Dostonbek Tursunov
23.Xurshid G‘iyosov
ZAHIRA
2.Mansur Abdulla
6.Abdulrahmon al-Husaniy
7.Ahmad al-Hashmiy
12.Bilol Yusuf
13.Muhammad al-Akbariy
14.Rashid Ahmad
15.Ahmad Musa
16.Zayid Abdulla
17.Muhammad Hasan
20.Abdulla Mohd Kozim
21.Yusuf Hassan
22.Sulton al-Menzeriy
  1.Sarvar Karimov
2.Rustamjon Ashurmatov
4.Mirjamol Qosimov
7.Jamshid Boltaboyev
11.Asliddin Abdiyev
13.Ilhomjon Abdug‘aniyev
15.Bobur Davlatov
16.Sardorbek Azimov
18.Ravshanbek Xursanov
21.Botirali Ergashev
22.Javohir Siddiqov
SARIQ KARTOCHKA
Abdulla G‘anim (61)
 
Akromjon Komilov (34)

Matn

'
Afsus, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Ushbu g‘alaba bizni chorak finalga olib chiqqan bo‘lardi. Avstraliya bilan o‘yinda bizni durang natija ham qanoatlantiradi. Har qanday durang bizni guruhda 1-o‘rin sohibiga aylantiradi
90+8'
O‘yin yakunlandi. BAA - O‘zbekiston - 2:2.
90+6'
Asliddin Abdiyev sariq kartochka oldi. Simulyasiya uchun
90+5'
O‘zbekiston termasida Asliddin Abdiyev maydonga tushdi
90+5'
Amirlik futbolchisi jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, zarba berdi. Noaniq
90+4'
O‘rinboyev vaziyatdan foydalanganida, shuncha asabbuzarliklar yo‘q edi...
90+3'
To‘p burchakdan yetkazildi va Ahmad al-Hashmiy bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi
90+3'
GOOOL! Ahmad al-Hashmiy, 2:2
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Ehhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhh, Boltaboyevning uzatmasidan keyin O‘rinboyev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.
89'
BAA jarima maydonchasi atrofiga to‘pni yetkazdi. HImoyachimizning boshi orqali borgan to‘pni Hamroyev ushlab oldi
88'
Jamoamiz imkon qadar to‘pni saqlashga va imkon topilgan oldinga o‘tishga harakat qilmoqda. Chap qanotdan yetkazib berilgan to‘p O‘rinboyevgacha o‘tmadi
87'
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Dostonbek Hamdamov o‘rniga Javohir Siddiqov tushirildi
86'
Xurshid G‘iyosov o‘ng qanotda to‘pni egallab, devor uslubida sheriklari bilan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo 14 metrlardan zarba yo‘llashga ulgurmadi
84'
O‘rinboyev jarima maydonchasi ichida himoyachini aldab o‘ta olmadi
82'
Raqib himoyachilari himoyada to‘pni vakillarimizga berib qo‘yishdi. Ammo hujumchilarimizga aniq uzatma yetishmayapti
81'
BAA burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz to‘pni uzoqqa qaytarishdi, ammo raqibimiz takroriy hujum tashkil qilib, 18 metrdan zarba yo‘lladi. Zarba biroz noaniq bo‘ldi
80'
O‘zbekiston birinchi o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Jamshid Boltaboyev tushirildi
78'
To‘p olis masofadan chap qanotdagi Shomurodovga yetkazildi. Eldor himoyachini aldab o‘ta olmadi
77'
Maydon markazida Abdulla G‘anim fol ishlatdi
76'
BAAda o‘zgarish bo‘ldi
76'
Abdusalimov jarohat oldi. Uni zambilda maydondan tashqariga olib chiqib ketishdi
75'
Xurshid G‘iyosov burchak to‘pi tepilayotganida burchakka yaqin joyga bordi va to‘p unga uzatildi. Xurshid bir himoyachini aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lashga qaror qildi va adashdi. U uzatma berganida gol urishimiz haqiqatga yaqinroq bo‘lardi
74'
Burchak to‘pi ishladik
73'
Abdusalimov o‘ng qanotdan to‘pni egallab, bir futbolchini aldadi va darvoza tomon zarba berdi. Biroz noaniq
71'
Eh, O‘rinboyev Shomurodovga to‘pni uzata olmadi. Aks holda Eldor darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi
70'
Shomurodovning 16 metrdan javob zarbasiga aniqlik yetishmadi
70'
BAA futbolchisi 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Dilshod Hamroyev ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
67'
Uhhhhh! Himoyachimiz Doston Tursunov to‘pni BAA futbolchilariga oldirib qo‘ydi va raqiblarimiz to‘pni egallab, darvoza oldida turgan futbolchiga to‘pni uzatishdi. Baxtimizga-baxtimizga, BAA futbolchisining 7-8 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
65'
Ehhhh, Eldor ikki marta darvozaga aniq zarba bera olmadi. Dastlab uning o‘zi chap qanotdan oldinga o‘tib, bir futbolchini aldadi va olis burchak tomon to‘pni tepdi. Noaniq bo‘ldi. Qarshi hujum natijasida gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. O‘ng qanotdan oldinga o‘tgan yarim himoyachimiz to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Shomurodovga to‘p yetkazildi. Eldorning bu galgi zarbasi ham aniq bo‘lmadi
63'
Hammasi yaxshi o‘ynaldi. Komilov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yerlatib yetkazib berdi. Hamdamov darvozaga to‘pni bura olmadi
61'
Abdulla G‘anim ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Sohibovni tortib yiqitdi
59'
Abdulla G‘anim chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, markaz tomon ko‘chayotganida himoyachimiz bilan konktakt natijasida yiqildi. Penalti yo‘q
58'
BUrchak to‘pidan keyin himoyachilar to‘pni qaytarishdi
58'
Qarshi hujum natijasida Shomurodov jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo zarba berishga ulgurmadi, himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
55'
Firdavs Abdusalimovning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Ammo hakam burchak to‘pi belgilamadi
53'
O‘ng qanotdan havolatib uzatilgan to‘pni O‘rinboyev bosh bilan darvozaga joyladi. Hujumchimiz himoyachiga nisbatan baland sakragani e’tiborga molik
53'
GOOOOOOOOL! Zabihillo O‘rinboyev, 2:1!
51'
Amirlik yarim ihmoyachisi o‘ng qanotdan katat tezlikda oldinga o‘tdi va 20 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p hujumchiga tegib, maydonni tark etdi
49'
To‘p o‘ng tomonga dumalatib berildi va Abdulrahmon al-Husaniy zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
48'
Abdullayev hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Jarima to‘pi
47'
Abdusalimov o‘ng qanotdan to‘pni yetkazib berdi. O‘rinboyev 11 metrli nuqta atfofidan zarba yo‘lladi. Noaniq
46'
BAAda o‘zgarish bo‘ldi: Xolid Abdulrahim o‘rniga Abdulrahmon al-Husaniy tushirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Burchakdan to‘pni o‘yinga kiritganimizdan keyin to‘p jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarildi. O‘ng qanotda Hamdamov to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ofsaydda turgan O‘rinboyev egilib qoldi va to‘pni o‘tkazib yubordi. Eldor Shomurodov esa yaqin masofadan to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘lladi.
44'
GOOOOOOOOOL, Eldor Shomurodov, 1:1!
42'
Shomurodov birga-bir vaziyatga chiqarildi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi
40'
Olis masofadan yo‘llangan zarbani BAA darvozaboni egallab oldi
39'
Hujumlarimizda mazmun yo‘qolib qoldi. Goldan keyin arablar ham ishonch bilan o‘ynay boshlashdi
34'
Akromjon Komilov qo‘pol "podkat" uchun ogohlantirish oldi
33'
O‘rinboyev hamon uxlamoqda! Shundoqqina 5 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi!
31'
Agar 3 futbolchmiz bir himoyachiga qarshi chiqib borsa ham vaziyatni eplab golga aylantira olishmaydiya bizning futbolchilar
30'
Yaxshi hujum, ammo so‘nggi uzatma o‘ta no‘noq bo‘ldi
27'
Ehhh, Shomurodov! Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, o‘zi zarba berish o‘rniga sherigiga noaniq pas berib, vaziyatni ko‘kka sovurdi!
25'
BAA terma jamoasi o‘ng qanotda jarima zarbasini ishladi (to‘p Komilovning qo‘lga tegdi). Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Juma G‘anim bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Ilk xavfli hujum va gol!
25'
GOOOOL! Juma G‘anim, 1:0!
24'
Endi BAA to‘p bilan ko‘proq nazorat qilmoqda
21'
Ustunlik terma jamoamiz tomonida
17'
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Bosh bilan darvoza tomon berilgan zarbani himoyachi qaytardi. Takroriy hujum paytida futbolchimiz 17 metrdan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
14'
O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni markaziy himoyachi o‘z oldiga qaytardi. Shomurodov to‘pga bordi va zarba berdi. Zarba o‘sha himoyachining o‘ziga tegib, maydonni tark etdi
13'
Ehhhh, O‘rinboyev! Himoyachilarning qo‘pol xatosidan so‘ng Zabihillo darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi! Ammo 7-8 metrdan to‘pni darvozaga aniq yo‘llashning uddasidan chiqa olmadi
11'
Zabihillo o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Shomurodov uzatmaga yeta olmadi
9'
Akrom Komilov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Tzp himoyachilarga tegib qaytdi
8'
Amirlik futbolchilarining hujumini jarima maydonchasi ostonasida qaytardik
6'
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. To‘p qaytarildi va vakillarimiz yana bir hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasi ichida chap tomondan o‘tkir burchak ostida O‘rinboyev zarba berdi. BUsanda to‘pni egallab oldi
5'
Jarima zarbasidan keyin Otabek Shukurov bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! Ammo Otabek ofsaydda bo‘lgani uchun gol inobatga olinmadi. Hayron qolasan, jarima zarbasi paytida ofsaydda turish o‘ta qo‘pol xatoku!
4'
Dostonbek Hamdamovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. O‘ng qanotda
3'
To‘p terma jamoamizda, bir marta hujum tashkil qildik, to‘p jarima maydonchasi ostonasidan qaytarildi
1'
O‘yin boshlandi!
'
O‘yinni boshlash uchun barcha narsa tayyor
'
Madhiyasi yakunlanishi arafasida darvozabonimiz Dilshod Hamroyev "Ha bolalar" deya futbolchilarni ruhlantirishga harakat qildi
'
Endi esa navbat O‘zbekiston davlat madhiyasiga
'
Dastlab BAA madhiyasi yangramoqda. Bu jamoa bugun rasman mezbon
'
Yaponiyalik hakam ortidan har ikkala jamoa futbolchilari maydonga chiqib kelishmoqda
'
Indoneziyaga qarshi o‘yinga nisbatan Haydarov boshlang‘ich tarkibga ikkita o‘zgarish kiritdi. jarohat olgan Odilbek Hamrobekov va Bobur Davlatov o‘rniga Ibrohim Abdullayev va Akromjon Komilov maydonga tushirildi
'
Ravshan Haydarov shogirdlari g‘alaba qozonishsa, chorak final yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilishadi
'
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun 2-tur o‘yinlari yakuniga yetadi. O‘zbekiston terma jamoasi bugun Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.