Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati
| «V» guruhi, 3-tur. 14 oktyabr, soat 17:00. Bosh hakam: Navof Shukrulloh (Bahrayn) | ||
O‘ZBEKISTON |
1 : 1 |
AVSTRALIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12. Dilshod Hamroyev 3.Ibrohim Abdullayev 6.Akromjon Komilov 7.Jamshid Boltaboyev 8.Javohir Sohibov 9.Eldor Shomurodov 10.Otabek Shukurov 17.Dostonbek Hamdamov 19.Zabihillo O‘rinboyev 20.Dostonbek Tursunov 23.Xurshid G‘iyosov |
1.Jordan Turtell 2.Sheyn D'Kunya 3.Daniyel Alessi 4.Kameron Burgess 5.Skott Gallovey 6.Kristofer Gligor (S) 8.Stefan Ingo Mauk 14.De Silva Daniyel Peter 20.Aver Mabil 21.Joshua Sotirio 22.Petros Skapetis |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Sarvar Karimov 2.Rustamjon Ashurmatov 4.Mirjamol Qosimov 11.Asliddin Abdiyev 13.Ilhomjon Abdug‘aniyev 14.Firdavs Abdusalimov 15.Bobur Davlatov 16.Sardorbek Azimov 18.Ravshanbek Xursanov 21.Botirali Ergashev 22.Javohir Siddiqov |
7.Shennon Bredi 9.Brendon Boryello 10.Kristofer Naumoff 11.Kristofer Ikonomidis 12. Entoni Buozanis 13.Daylan Murneyn 15.Riley Pol Vudkok 16.Braun Jordan Alan 17.Benjamin Endryu Varland 18.Pol David Izzo 19.Mark Klint Odiambo 23.Liam Rouz |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Zabihillo O‘rinboyev (81)
|
Skott Gallovey (29)
|
|
Matn
| ' | O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi "V" guruhida 2-o‘rinni egalladi va chorak finalda Tailand bilan bahs yuritadi | |
| 90+7' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90+6' | ![]() |
Avstraliyaliklarning hujumi samarasiz yakunladi |
| 90+5' | ![]() |
Ehhhh, Asliddin Abdiyev birga-bir vaziyatda shoshib qoldi va noaniq zarba berdi |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuh, qarshi hujumdan keyin Otabek Shukurov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi |
| 90+3' | ![]() |
Biznikilar faqat himoyalanishmoqda va to‘pni egallagan zahoti vaziyatdan uzoqlashtirishmoqda. |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90+1' | ![]() |
Avstraliyaning burchak to‘pi bartaraf etildi |
| 90' | ![]() |
O‘rinboyev o‘rniga Rustam Ashurmatov tushirildi |
| 89' | ![]() |
Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 19:30da boshlanadi. "Sport" kanalimizdan olgan ma’lumotlarimizga qaraganda, o‘yin telekanal orqali jonli efirda translyasiya qilinishi rejalashtirilyapti. |
| 88' | ![]() |
Zabihillo O‘rinboyev zambilda maydondan olib chiqib ketildi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatiladi |
| 86' | ![]() |
Boryello tomonidan 17 metrdan yo‘llangan zarbani Hamroyev egallab oldi |
| 81' | ![]() |
Zabihillo O‘rinboyev!!! Avvalgi o‘yindagi aybini yuvgandek bo‘lyapti. HIsobni ushlab qolish kerak! |
| 81' | ![]() |
Zabihillo O‘rinboyev!!! Avvalgi o‘yindagi aybini yuvgandek bo‘lyapti. HIsobni ushlab qolish kerak! |
| 81' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOLLL! |
| 80' | ![]() |
BAA - Indoneziya - 4:1ga yetdi. Biz esa O‘zbekiston-Avstraliya o‘yinidan yangilik kutyapmiz. Hamon - 0:1 |
| 75' | ![]() |
Yodingizda bo‘lsa, 2 yil avval o‘smirlar o‘rtasidagi OChda Hindiston terma jamoasi Xitoy bilan durang o‘ynab, bizni chorak finalga olib chiqqandi. Bu safar Indoneziya bizga yordam qo‘lini cho‘zarmikin? Qiyinov. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qoldi, Indoneziya 2ta to‘p farqi bilan yutqazmoqda. Undan ko‘ra o‘zimiz bitta gol urganimiz ma’qulroq |
| 73' | Yoshlarimiz o‘tkazib yuborilgan goldan keyin sal-pal faollashgandek ko‘rinishmoqda, ammo bu hali kam. | |
| 70' | ![]() |
Terma jamoamiz bilan Myanmaga yo‘l olgan O‘FF matbuot kotibining Yangondan xabar berishicha, ikkinchi bo‘limda ustunlik avstraliyaliklar tomonida bo‘lmoqda. |
| 67' | ![]() |
O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning ikkinchi bo‘limi o‘rtasiga kelganida terma jamoamiz o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi... |
| 60' | O‘yinning 60 daqiqasi ortda qoldi. Durang natija saqlanib turibdi | |
| 56' | ![]() |
O‘zbekiston - Avstraliya o‘rtasidagi o‘yinning hozircha faqat hisobini bilamiz - 0:0. Manba qidirishda davom etyapmiz |
| 52' | ![]() |
Indoneziya bitta javob to‘pini BAA davrozasiga yo‘llab, hisobni biroz qisqartirdi - 3:1 |
| 50' | ![]() |
BAA yoshlar terma jamoasi Indoneziya darvozasiga uchinchi golni kiritdi. O‘zbekiston - Avstraliya o‘yinida esa hamon 0-0 |
| 46' | ![]() |
O‘zbekiston-Avstraliya o‘yinining ikkinchi bo‘limi boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - Avstraliya - 0:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | "Sport" kanalida uzilgan translyasiya internetda ham ko‘rsatilmayapti. Demak, Yangonning o‘zida qandaydir texnik muammo yuzaga kelgan | |
| 42' | ![]() |
O‘zbekiston va Avstraliya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hamon hisob ochilmadi - 0:0 |
| 39' | ![]() |
Avstraliya posboni to‘pni tepib yuborishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘ni biznikilar egallab olishdi. Ammo vaziyatdan unumli foydalana olmadik |
| 38' | ![]() |
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. |
| 37' | ![]() |
Jamoamiz pressing uyushtirdi va raqib jarima maydonchasining chap burchagida o‘yin qoidasini buzdi |
| 37' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga havoda O‘rinboyevga nisbatan himoyachi epchilroq o‘ynadi |
| 36' | ![]() |
Terma jamoamiz futbolchilari "devor" orqali raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo so‘nggi damda to‘p yo‘qotildi |
| 33' | ![]() |
To‘pga egalik qilish bo‘yicha ko‘rsatkich - 50/50 bo‘lmoqda |
| 30' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan jarima to‘pini raqib futbolchilari qaytarishdi |
| 29' | ![]() |
Avstraliya himoyachisi Skott Gallovey ogohlantirish oldi. U futbolchimizga nisbatan tik oyoq bilan o‘ynadi |
| 28' | ![]() |
O‘rinboyev 18 metrdan darvozaning olis yuqori burchagiga joylamoqchi bo‘ldi. To‘p ustun yonida yarim metr masofadan o‘tib ketdi |
| 27' | ![]() |
Raqib futbolchisi 20 metrdan zarba berishga urindi. To‘p himoyachimizning oyog‘iga tegib, o‘z kuchini pasaytirdi va darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 26' | ![]() |
Avstraliya ham hujumga ko‘pchilik bo‘lib o‘tmayapti |
| 23' | ![]() |
BAA terma jamoasi Indoneziya darvozasiga ikkinchi golni urdi. Imkon bo‘lganida biz ham Avstraliya darvozasiga 1ta gol urib qo‘yishimiz kerak |
| 22' | ![]() |
O‘zbekistonliklar qarshi hujum natijasida Javohir Sohibovni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarishdi. Sardorimiz posbondan to‘pni olib o‘tdi va darvozabonga urilib yiqildi. Shukrulloh esa penalti belgilamadi |
| 21' | ![]() |
Terma jamoamiz futbolchisi 20 metrdan kuchli zarba berdi. Zarba aniq bo‘ldi, ammo Turtell to‘pni egalladi |
| 18' | ![]() |
Futbolchilarimiz chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borgan Shomurodovga to‘pni uzatishdi. Eldor so‘nggi chiziq yonida to‘pni egallab, yana orqaga qaytardi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni Shukurov egalladi, ammo zarba berishga ulgurmadi, to‘pni undan olib qo‘yishdi |
| 16' | ![]() |
Shomurodov chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetazdi. Tertell mushti bilan to‘pni urib yubordi. To‘pni egallaydigan futbolchi topilmadi |
| 15' | ![]() |
Avstraliya xavfli hujum tashkil qilib, jarima maydonchamizga yorib kirdi. Yaxshiyamki, hujumchi o‘zining ofsaydda qolganini bilib, to‘pga teginmadi |
| 14' | ![]() |
Ravshan Haydarov shogirdlari qarshi hujum asosida o‘ynashmoqda. Avstraliya birinchi raqam ostida o‘ynashga qanchalik tayyor, buni bilib olamiz |
| 11' | ![]() |
BAA terma jamoasi Indoneziya darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo u o‘yinni bizga aloqasi yo‘q |
| 11' | ![]() |
Avstraliyaliklar darvozagacha 25 metrdan jarima zarbasi tepishadi |
| 10' | ![]() |
Qarshi hujum paytida oldinga ko‘pchilik bo‘lib o‘tyapmiz, xuddi hozirgi vazyaitda bo‘lganidek. Shukurovning uzatmasini Shomurodov egallay olmadi |
| 9' | ![]() |
Ravshan Haydarov bu o‘yinga ehtiyotkor taktika tanlagandek. Biz to‘pni hujum chizig‘iga kombinasion o‘yin orqali emas, olis masofadan uzatma orqali yetkazyapmiz |
| 7' | ![]() |
Olis masofadan uzatilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilgan Shomurodov, bir himoyachi ta’qibi ostida to‘pga zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga ustki tomondan kelib tushdi |
| 4' | ![]() |
Terma jamoamiz ikkita hujum tashkil qildi. Dastlab chap qanotdan oldinga o‘tgan futbolchimiz jarima maydonchasi ichida to‘pni oldirib qo‘ydi. Chap qanotdan havolatib yetkazib berilgan uzatma esa kengurularga nasib etdi |
| 3' | O‘zbekiston oq, Avstraliya qora formada o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. O‘zbekiston va Avstraliya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|