Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
| 14 oktyabr, soat 19:30. Bosh hakam: Ibrohim Nuriddin (Misr) | ||
Birlashgan arab amirliklari |
0 : 4 |
O‘ZBEKISTONTemur Kapadze (30)
Muhammad G‘arib (45+2-avtogol) Server Jeparov (68) Navruz Alimov (90+3) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Muhammad Holid Solih Habush Ali Ahmad Ismoil Hamdam Favzi Muhammad Hamis Mahmud Ahmad Halil Salim Ismoil Ahmad Muhammad Amir Abdurahmon Ismoil Zayid |
Eldorbek Suyunov Shavkat Mullajonov Shuhrat Muhammadiyev Anzur Ismoilov Farrux Sayfiyev Sanjar Tursunov Aziz Haydarov Odil Ahmedov Temur Kapadze Server Jeparov Vohid Shodiyev |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Muhammad G‘arib (56)
|
Server Jeparov (58)
|
|
Matn
| ' | Shuning bilan matnli translyasiyamizni yakunlaymiz, g‘alabalarimiz davomli bo‘lishini tilab, siz aziz muxlislar bilan xayrlashamiz. Sog‘ bo‘ling! | |
| 90+6' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi! BAA-O‘zbekiston 0:4! G‘alaba muborak! |
| ' | Jeaprovdan to‘pni qabul qilib olgan Navro‘z Olimov 22 metrdan darvozani nishonga oldi. Supergol! | |
| 90+4' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOL! Olimov! 4:0! |
| 90+2' | ![]() |
BAA futbolchilari hech bo‘lmasa hisobni qisqaritirish uchun harakat qilishmoqda |
| 90+1' | ![]() |
Sardor Rashidovning 20 metrdan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. |
| ' | ||
| 90' | ![]() |
Uchrashuvga 6 daqiqa qo‘shi berildi. |
| 89' | ![]() |
Navro‘z Olimov sheriklarini ko‘rmadi yo to‘p qizg‘andi. Uning zarbasi noaniq bo‘ldi, ikki qulay vaziyatda turgan sheriklariga oshirganda hisob yana yiriklashgan bo‘lar edi. |
| 85' | ![]() |
Vohid Shodiyevning zarbasi o‘xshamadi. |
| 84' | ![]() |
Shuhrat Muhammadiyev, Farrux Sayfiyev va Odil Ahmedov o‘rniga Akmal Shorahmedov, Salim Mustafoyev va Sardor Rashidov maydonga tushishdi |
| 78' | ![]() |
Tursunov, Kapadze va Ismoilov o‘rniga Sergeev, Alimov va Krimes tushirildi |
| 77' | ![]() |
Uchinchi golimiz quyidagi kombinasiya natijasida kiritilgandi: Odil chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan Shodiyevga uzatdi. Vohid oldidagi bir himoyachini aldab o‘tdi va darvoza yaqiniga borib, to‘pni orqaroqqa uzatdi. Tursunovning zarbasini himoyachi darvoza chizig‘i ustidan qaytardi. Qaytgan to‘pni Jeparov darvozaga yo‘lladi. Chiroyli kombinasiya, gap yo‘q! |
| 75' | ![]() |
Ismoil Salim gol urishi mumkin edi, ammo uning zarbasi o‘xshamadi. |
| 68' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOL! Jeparov! 3:0!Shodiyev jarima maydonchasi ichida ajoyib harakatlar bilan krib bordiva to‘pni Tursunovga oshirdi, Sanjar darvozaga tepdi, darvozabondan qaytgan to‘pni Jeparov xotirjam darvozaga joyladi. |
| 65' | ![]() |
Ahmad Halil 25 metrdan darvozamizni nishonga olmoqchi bo‘ldi, ammo noaniq. To‘p yuqorilab ketdi. |
| 62' | ![]() |
Eh, Jeparov hisobni yiriklashtirishi mumkin edi. Odil Ahmedov unga ajoyib to‘p oshirdi, Server ikki himoyachi qurshovida 15 metrdan qulay vaziyatdan darvozaga zarba berdi. Muhammad Holid jamoasini goldan saqlab qoldi. |
| 58' | ![]() |
Jeparovning jarima zarbasini Muhammad Holid qaytardi. |
| 58' | ![]() |
Jarima to‘pi tepishni paysalga solgani uchun hakam Jeparovga sariq kartochka ko‘rsatdi. |
| 58' | ![]() |
Jarima to‘pi tepyapmiz. 20 metr. |
| 53' | ![]() |
Odil Ahmedovdan yana bir "reyd". U maydon markazida to‘pni egallab olib ancha masofada raqib o‘yinchilarini ergashtirib yurdi, jarima maydonchasiga yaqinlashganda sherigiga to‘pni noaniq oshirdi. |
| 52' | ![]() |
Ismoil Hamis to‘satdan uzoqdan kuchli zarba berrdi.Xavfli. |
| 50' | Vakillarimiz maydon makazida to‘pni xotirjam bir-birlariga oshirishmoqda. Sokinlik. Bo‘ron oldidan sokinlik deb hisoblaymiz. | |
| ' | Avtogol muallifi Salim Ismoil ekanligini aniqladik. | |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshidan mezbonlarning shashti baland. Xavfli hujumni bartaraf etdik. |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Eslatib o‘tamiz, 2:0 hisobida oldinda boryapmiz :-) |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi.Tanaffus. |
| ' | Raqibning xavfli hujumidan so‘ng vakillarimiz qarshi hujumga otlandi, Odil Ahmedov o‘ng qanotga Tursunovga to‘p oshirdi, Sanjar jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgan Vohid Shodiyevga uzatdt. Ammo to‘p Shodiyevga yetib kelmadi, BAA himoyachilaridan biri uni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi! 2:0 oldindamiz. Bu yaxshi. | |
| 45+2' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:0! |
| 45' | ![]() |
1-bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
Halil jarima zarbasini tepdi, to‘p Suyunovning qo‘liga tegar-tegmas maydonni tark etdi. Burchak to‘pi ham bartaraf etildi. |
| 41' | ![]() |
BAA jarima zarbasi tepmoqda. To‘p oldida Ahmad Halil! |
| 39' | ![]() |
Himoyachilarimiz uzoq vaqt bir-birlariga to‘p oshirishib turishdi va natijada xatoga yo‘l qo‘yishdi. To‘pni egallab olgan mezbonlar xavfli hujum uyushtirdi. Yaxshiyamki, eng so‘nggi pallada Amir Abdurahmon to‘pga ulgurmali! |
| 37' | ![]() |
Bu safargi jarimadan tepilgan to‘pni himoyachilarimiz qaytarishdi. |
| 37' | ![]() |
BAA biroz faollashgandek. Aziz Haydaro o‘ng qanotda raqibiga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Jarima to‘pi belgilandi. |
| 36' | ![]() |
Jarima to‘pi xavfli bo‘ldi, ammo noaniq. Hammasi joyida. |
| 35' | ![]() |
Hakam Ismoilov qoidabuzdi deb topdi. Mezbonlar chap qanotda jarima to‘pi tepishadi. |
| 33' | ![]() |
Mezbonlarning hujumi bartaraf etildi. |
| 30' | Mullajonov markazdan o‘ng qanotga Jeparovga to‘p uzatdi, Server o‘z navbatida jarima maydonchasiga oshirdi, bu yerda hozir bo‘lgan Temur Kopadze boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi" 1:0. Oldindamiz! | |
| 30' | ![]() |
Gooooooooooooooool! Kopadzeeee! |
| 27' | ![]() |
Jeparov Shodiyevni to‘p bilan ta’minladi, ammo raqib himoyachilari Vohidga imkoniyat yerishmadi. |
| 26' | ![]() |
O‘ng qanotda Server Jeparov jarima to‘pi tepdi. To‘p balandlab kelib, raqib darvozabonning qo‘llarini topdi. |
| 25' | ![]() |
Termamiz xavfli desa bo‘ladigan hujum uyushtirdi, Odil Ahmedov jarima maydonchasiga kirib bora1tgan Sayfiyevga to‘p oshirdi, ammo Farrux to‘pga ulgurmadi, to‘p oshirish ham biroz qattiqroq bo‘lgan edi. |
| 19' | ![]() |
Odil Ahmedov o‘ng qanotda zarba berib ko‘rdi, ammo juda noaniq. U ham sheiklaridan uzr so‘ramoqda. |
| 19' | ![]() |
Salim Ismoil offsaydda qoldi. |
| 18' | ![]() |
Odil Ahmedovdan yaxshi "reyd"! U raqiblarni ortda qoldirib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Jeaprovga to‘p uzatdi, ammo Serverning to‘p oshirishi o‘xshamadi. |
| 17' | ![]() |
BAning hujumi qaytarildi, qarshi hujumga otlandik, ammo mzbonlar hujumimizni to‘xtatishga erishdilar. |
| 15' | ![]() |
O‘z navbatida BAA futbolchilari ham Suyunovning hushyorligini sinab ko‘rdilar. |
| 14' | ![]() |
Odil Ahmedov ham uzoqdan kuchli zrba berdi ! Uning arbasi Sanjarnikidan biroz pastroq va xavfliroq chiqdi. |
| 13' | ![]() |
Sanjar Tursunovning kuchli zarbasi darvozadan ancha balanddan o‘tib ketdi. Yaxshi hujum bo‘ldi. |
| 12' | ![]() |
Ikkala jamoa ham ustunlikni qo‘lga olish uchun harakat qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi biroz faolroq ko‘rinmmoqda. |
| 11' | ![]() |
Aziz Haydarov maydon markazidan raqibiga qarshi qo‘pol o‘ynadi. |
| 9' | ![]() |
Futbolchilarimizning hujumi Farrux Sayfiyevning uzoq masofadan kuchsiz zarbasi bilan tugadi. U sheriklaridan uzr so‘ramoqda. |
| 5' | ![]() |
Endi mezbonlar jarima to‘pini tepishdi, jarima maydonchamiz ichiga oshirilgan to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi. |
| 3' | ![]() |
Server Jeparov jarima to‘pini amalga oshirdi, to‘p BAA futbolchilari tomonidan qaytarildi. |
| 2' | ![]() |
Sanjar Tursunovga qarshi qo‘polligi uchun Hamis Mahmud sariq kartochka bilan siylandi. |
| 1' | ![]() |
To‘pni hamyurtlarimiz o‘yinga kiritishdi. |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqib kelishgan. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Terma jamoamizning BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan matnli translyasiyani boshlaymizyu |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|