Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati
| Chorak final, 17 oktyabr, soat 17:30. Bosh hakam: Abdulrahmon Abdu (Qatar) | ||
TAILANDChenrop Sampxaodi (47)
|
1 : 2 |
O‘ZBEKISTONZabihillo O‘rinboyev (5, 20)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
18.Rattani Songsangchan 2.Chenrop Sampxaodi (S) 3.Sittichok Kannu 4.Chaovat Virachat 6.Attavit Sukchuay 7.Noppxon Pxonkam 10.Prasid Jantum 15.Santipxarp Changom 16.Shinvapxat Liach 17.Suporn Pinagatrpxo 20.Voravut Namyech |
12.Dilshod Hamroyev 3.Ibrohim Abdullayev 6.Akromjon Komilov 7.Jamshid Boltaboyev 8.Javohir Sohibov 9.Eldor Shomurodov 10.Otabek Shukurov 11.Asliddin Abdiyev 19.Zabihillo O‘rinboyev 20.Dostonbek Tursunov 23.Xurshid G‘iyosov |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Anusit Termmi 5.Sansern Limvattana 8.Patipan Pinbermsutsri 9.Pitavat Sukjitnammakul 12.Kiattisak Tupxuntu 13.Kulachat Jintanorm 14.Netipong Sammaxung 19.Supravi Mipratang 21.Piyapong Xomxajon 22.Pirapong Ruyemnin 23.Jenpxop Pxoxi |
1.Sarvar Karimov 2.Rustamjon Ashurmatov 4.Mirjamol Qosimov 5.Odilbek Hamrobekov 13.Ilhomjon Abdug‘aniyev 14.Firdavs Abdusalimov 15.Bobur Davlatov 16.Sardorbek Azimov 17.Dostonbek Hamdamov 18.Ravshanbek Xursanov 21.Botirali Ergashev 22.Javohir Siddiqov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Shinvapxat Liach (78)
|
Ibrohim Abdullayev (17)
Akrom Komilov (45+2) Otabek Shukurov (83) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Shinvapxat Liach (90+3)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
Futbolchilarimiz maydonda JCh yo‘llanmasini bayram qilishmoqda. Bu bilan futbolchilarni, murabbiylarni, muxlislarni muborakbod etamiz! |
| ' | ![]() |
O‘ZBEKISTON YOSHLAR TERMA JAMOASI JAHON CHEMPIONATIGA BORADI! Mundial esa kelasi yili Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadi! |
| 90+6' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI!!! |
| 90+6' | ![]() |
Jarima maydonchamizga yaqin joyda raqiblar fol ishlatishdi |
| 90+5' | ![]() |
Shukurov 20 metrdan kuchli zarba yo‘lladi, noaniq chiqdi |
| 90+4' | ![]() |
Jamshidni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi. Uning tezroq maydonga qaytishini istardik |
| 90+3' | ![]() |
Shinvapxat Liach ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi! u Boltaboyevni ortidan tepib yiqitdi |
| 90+2' | ![]() |
Shomurodov ofsaydda qoldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Aynan Qosimov burchak to‘pini aniq yetkazib bera olmadi. To‘p darvoza ustidan maydonni tark etdi |
| 90' | ![]() |
O‘zbekistonda navbatdagi o‘zgarish: Zabihillo O‘rinboyev o‘rniga Mirjamol Qosimov tushirildi |
| 89' | ![]() |
Ehhhh, Eldor! Shomurodov texnikasi evaziga ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va 16 metrdan darvoza tomon zarba berdi! To‘p darvozabonning qo‘liga tegib maydonni tark etdi |
| 88' | ![]() |
BUrchak to‘pini tay futbolchilari qaytarishdi va oldinga o‘tishdi. Qanotdan yetkazilgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 88' | ![]() |
Vuuuuuh! Tailandlik darvozabon jamoasini muqarrar goldan qutqardi! Shukurov 11 metrlardan zarba bergandi! |
| 86' | ![]() |
Yigitlar 2-3 daqiqa davomida to‘pni o‘zlarida ushlab turishdi. Keyin birdan keskin hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni egallagan futbolchi na aniq zarba berdi, na sherigini o‘z vaqtida to‘p bilan ta’minladi |
| 83' | ![]() |
Jarima to‘pini bo‘ydor futbolchilarimiz qaytarishdi |
| 83' | ![]() |
Shukurov hujumga o‘tayotgan futbolchini chalib yiqitdi va ogohlantirish oldi. Jarima to‘pi. Darvozagacha 30 metrlar bor |
| 81' | ![]() |
Sal qoldi. Raqibimiz chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatishdi. Yaxshiyamki, markaziy himoyachimiz "shpagat" ochib bo‘lsa-da, to‘pni qaytarib qoldi. Aks holda tailandlik hujumchi darvozani ishg‘ol qilardi |
| 79' | ![]() |
Futbolchimiz zambilda maydonni tark etdi |
| 78' | ![]() |
Terma jamoamiz qarshi hujumga o‘tayotganida Shinvapxat Liach Sohibovni tepib yiqitdi va sariq kartochka oldi |
| 74' | ![]() |
Maydon markazida belgilangan jarima to‘pni Sohibov o‘ng qanotdagi Hamdamovga uzatdi. Doston to‘pga yeta olmadi |
| 74' | ![]() |
Tailandda uchinchi o‘zgarish bo‘ldi |
| 70' | ![]() |
Vuuuuuh! Nihoyat so‘nggi uzatma aniq chiqdi. O‘rinboyevning uzatmasidan keyin Shomurodov o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni posbonning yonidan o‘tkazdi. Ammo himoyachi deyarli darvoza chizig‘i ustida to‘pni tepib yubordi. O‘sha joyda Hamdamov ham bor edi, u biroz chaqqonroq to‘pga oyoq cho‘zganida darvozani ishg‘ol qilardi! |
| 68' | ![]() |
Haydarv shogirdlari yaxshi hujumga o‘tishmoqda. Ammo so‘nggi uzatma aniq bo‘lmayapti |
| 67' | ![]() |
Shukurov tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni hujumchilarimiz egallay olishmadi. Yo uzatma noaniq bo‘ldi, yo bunday uzatmani hech kim kutmagandi |
| 64' | ![]() |
Maydon markazidan uzatma orqali ikki nafar futbolchimiz qulay vaziyatga chiqarildi. Ular bir-birlariga to‘pni uzatishdi, ammo uzatmalar ko‘payib ketdi, so‘nggi uzatmadan keyin ofsayd qayd etildi |
| 63' | ![]() |
O‘zbekistonda birinchi o‘zgarish: Asliddin Abdiyev o‘rniga Dostonbek Hamdamov tushirildi |
| 61' | ![]() |
O‘rinboyev maydon markazida uzatma orqali Boltaboyevni yakkama-yakka vaziyatga chiqargandi, ammo Jamshid ofsaydda ekanini laynsmen kechroq qayd etdi |
| 59' | ![]() |
Ehhhhh, Asliddiiiin! Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda ortdan yetib kelgan himoyachini aldab o‘tishga qaror qildi va to‘pni yo‘qotdi |
| 58' | ![]() |
Tay qanot yarim himoyachisining uzatmasi noaniq bo‘ldi |
| 56' | ![]() |
Tailandliklarda yana bir o‘zgarish amalga oshirildi |
| 56' | ![]() |
Jarima to‘pi jarima maydonchasi uzatildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi, futbolimizning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 55' | ![]() |
Shomurodovga nisbatan o‘ng qanotda qoida buzildi |
| 54' | ![]() |
Olis masofadan uzatilgan to‘pni O‘rinboyev jarima maydonchasi chizig‘i ustida qaytarishga harakat qildi, ammo to‘p darvozabon tomon ketib qoldi va posbon uni egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Yaxshi hujum tashkil qilayotgandik. Shukurovning uzatmasi Shomurodovgacha o‘tmadi. AKs holda Eldor birga bir vaziyatga qochib ketardi |
| 52' | ![]() |
Yarim himoyachimiz jarima maydonchasiga yaqin joyda to‘pni egallab olib oldinga o‘tdi va uni O‘rinboyevga uzatdi. Uzatma birozgina noaniq chiqdi va himoyachi xavfni bartaraf qildi |
| 50' | Bu gol bizga ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Ehtiyot bo‘lib o‘ynashimiz lozim. Konsentrasiya muhim biz uchun | |
| 47' | ![]() |
Tailandliklar chap qanotda chaqqonlik bilan o‘ynashdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatishdi. Tailandliklar sardori Chenrop Sampxaodi to‘pga oyoq qo‘ydi va darvozani ishg‘ol qildi |
| 47' | ![]() |
GOOOL! Chenrop Sampxaodi, 1:2. |
| 47' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarilgan to‘pga Sohibov zarba berdi. Noaniq |
| 46' | ![]() |
Ilk hujumdayoq gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldiik. To‘p uzatilayotgan paytda O‘rinboyev biroz pozisiyani berib qo‘ydi va jarima maydonchasi ichida zarba berishga ulgurmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
Tailandda bitta o‘zgarish bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Hozircha Tailand - O‘zbekiston - 0:2. Tanaffus. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Akromjon Komilov biroz qaltis harakat qildi va sariq kartochka oldi. Jarima maydonchasi ichida - burchagida to‘p chap qanot himoyachimizga kelib tushdi. U to‘pni tepib yuborayotganida ortdan yetib kelgan tay futbolchisini to‘p aralash tepib yubordi. Natijada raqib o‘yinchisi jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib yiqildi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi, baxtimizga penalti emas, faqat jarima zarbasi belgilandi. |
| 45+1' | ![]() |
Haydarov yaxshi hujum tashkil qilishdi, to‘p jarima maydonchasiga kirib borayotgan futbolchiga uzatildi. Ammo u to‘pga biroz yeta olmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Tailandlik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 44' | ![]() |
Burchak to‘pini darvozabon musht bilan urib yubordi, to‘pni egallab olgan yarim himoyachimiz o‘ng qanotdan havolatib to‘pni jarima maydonchasiga qaytardi. Ibrohim Abdullayev bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 43' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pidan keyin to‘pni egallab olib, qarshi hujumga o‘tdik, burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz |
| 42' | ![]() |
Burchak to‘pi yaqin burchakka aylantirildi. Himoyachimiz Dostonbek Tursunov to‘pga sakradi, ammo uning ortidan sakragan Hamroyevga urildi va Tursunov darvoza ustuniga urilib ketdi |
| 41' | ![]() |
Jarima to‘pidan keyin raqib burchak to‘pi ishladi |
| 40' | ![]() |
To‘p yon chiziqdan o‘yinga kiritilganidan so‘ng futbolchimizning qo‘liga tegdi, keying vaziyatda esa futbolchimiz jarohat oldi |
| 36' | ![]() |
Tailandliklar ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ikkinchi vaziyat biroz taxlikali bo‘ldi. Hammasi biz uchun xayrli yakun topdi |
| 35' | ![]() |
Uhhhhh! Tailandliklar gol urishuchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. To‘p chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatildi, markaziy himoyachilarimiz hujumchini ko‘zdan qochirishdi. Baxtimizga Hamroyev zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 32' | ![]() |
Boltaboyev 22 metrlardan kuchli zarba berdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi |
| 31' | ![]() |
Yana bir chiroyli hujum! Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. To‘pni posbon egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuuh, terma jamoamiz birtepar uslubda Abdiyevni birga-bir vaziyatga chiqarishdi. Asliddin himoyachidan biroz tezroq yugurdi, ammo kuchli zarba berishga himoyachi xalaqit qildi. To‘p darvozabonga tegdi va keyin uni posbon egallab oldi |
| 29' | ![]() |
Tailandliklar chap qanotdan yarim himoyachini jarima maydonchasiga boshlashdi, ammo uning uzatmasi unchalik aniq bo‘lmadi va Shukurov to‘pni egallab, uni Shomurodovga uzatdi |
| 28' | ![]() |
Tailand burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, vakillarimizning kuchli pressingi natijasida to‘pni maydon markaziga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi |
| 27' | ![]() |
Ehhh, O‘rinboyevga biroz omad yetishganida u musobaqadagi o‘z gollari sonini 6taga yetkazib olgan bo‘lardi |
| 25' | ![]() |
VUuuuuuuuuh! O‘Yin taqdirini hal qilib qo‘yishimiz mumkin edi! Shukurov o‘ng qanotdan to‘pni darvozaga yaqin joyda turgan Zabihilloga uzatib berdi. "Bunyodkor" hujumchisi to‘pga oyoq qo‘ydi, ammo to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi! |
| 23' | ![]() |
To‘p burchakdan o‘yinga kiritildi va to‘p darvozaning olis ustuniga yetkazildi. Abdiyev to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Posbon uni egallab olib, jamoasining hujumini boshlab berdi |
| 22' | ![]() |
Darvozagacha 27 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirdik. Otabek Shukurovning zarbasi darvoza burchagiga yo‘l olayotgandi, darvozabon to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 20' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Shomurodov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi va O‘rinboyev bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Tailandlik darvozabon to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOLLLLL! Zabihillo O‘rinboyev, 0:2!!! |
| 20' | ![]() |
O‘ng tomondan "devor" orqali jarima maydonchasiga kirib borishga harakat qildik va burchak to‘pi ishladik |
| 19' | ![]() |
Vuuuh! Asliddin Abdiyev 22 metrlardan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pga yeta olmadi, to‘p esa darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 17' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi |
| 17' | ![]() |
Ibrohim Abdullayev sariq kartochka oldi. JArima maydonchasi burchagida o‘zidan o‘tib ketayotgan raqib futbolchisini chalib yiqitdi. |
| 16' | ![]() |
Eldor Shomurodov markazdan yorib kirayotganida yarim himoyachimiz unga to‘pni uzatdi, biroq Eldorga nisbatan markaziy himoyachi tezroq harakat qildi va to‘pni qaytardi |
| 14' | ![]() |
Noppxon olis masofadan zarba yo‘lladi. Hamroyev to‘pni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujum natijasida to‘p jarima maydonchasiga kirib borayotgan O‘rinboyevga uzatildi, ammo tay himoyachisi to‘pni qaytarib qoldi |
| 12' | ![]() |
Uhhhhh, tailandlik futbolchi jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab olib, qulay vaziyatga yaqinlashib kelayotgan sherigiga uzatayotganida markaziy himoyachimiz to‘pni qaytardi va uni posbonimiz egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Tailand futbolchisi Santipxarp chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Hamroyev to‘pga ega chiqdi |
| 5' | ![]() |
Eldor Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va ikkinchi urinishda to‘pni darvozabon maydonchasida turgan O‘rinboyevga uzatdi. Zabihillo qiyinchiliksiz darvozani ishg‘ol qildi! Tezkor gol urib oldik! |
| 5' | ![]() |
GOOOOOOOOOL, Zabihillo O‘rinboyev, 0:1! |
| 3' | ![]() |
Xurshid G‘iyosov maydon markazida to‘pni oldirib qo‘yib, so‘ngra ortga qaytib, raqibdan to‘pni olib qo‘ydi |
| 1' | ![]() |
Ilk hujumning o‘zidayoq Shomurodov jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvozabonga tegib, maydonni tark etdi. Avval to‘p Eldorga borishidan avval futbolchilarimizdan birining qo‘liga tekkan ekan |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! Ketdik! |
| ' | ![]() |
O‘yinni O‘zbekiston terma jamoasi boshlab beradigan bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Endi esa O‘zbekiston davlat madhiyasini tinglaymiz, kuylaymiz |
| ' | Tailand davlat madhiyasi yangramoqda | |
| ' | ![]() |
Tailand ko‘k, O‘zbekiston oq rangli futbolkalarda o‘ynaydi |
| ' | Tailand va O‘zbekiston terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, chorak final | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|