Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Yoshlar (U22) o‘rtasida Osiyo chempionati, Ummon

«D» guruhi. 2-tur. 14 yanvar. soat 18:00

IROQ

Marvan (9)
M.Jariy (38)

2 : 1

O‘ZBEKISTON

J.Iskandarov (64)
JAMOALAR TARKIBI
12. Jalol Hassan
2. Ahmad Ibrohim (S)
3. Ali Bahjat
4. Mustafo Jariy
8. Saif Salmon
9. Mahdi Komil
14. Amjid Kalaf
15. Durg‘om Ismoil
16. Muhanad Karrar
18. Marvan Hussayn
23.Volid Salim
  1. Akmal Tursunboyev
3. Sardor Rahmonov
14. Boburbek Yo‘ldoshev
13. Davron Hoshimov
15. Javlon Mirabdullayev
5. Akbar Ismatullayev
6. Abbosbek Maxstaliyev
19. Diyor Turopov
9. Sardor Mirzayev (S)
10. Jamshid Iskanderov
11. Temurxo‘ja Abduholiqov

Matn

'
Bu o‘yin ham "Sport"da ko‘rsatilishi kerak
'
Bugun 21:00da esa Xitoy - Saudiya Arabistoni o‘yini boshlanadi
'
Iroq chorak final masalasini hal qildi. Biz bu masalani keyingi turga qoldirdik. 16 yanvar kuni soat 21:00da Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaymiz.
90+5'
Shu pallada o‘yin tugadi! Iroq - O‘zbekiston - 2:1.
90+4'
Mahdi Komil tezroq chiqib ketmagani uchun ogohlantirildi
90+4'
Iroqda yana o‘zgarish. Mahdi Komil o‘rniga Javod Kozim tushdi
90+4'
Bobur Yo‘ldoshev qanot chizig‘iga yaqin joyda qoida buzdi
90+3'
Darvzabonga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi deb topildi. Posbon yotibdi
90+3'
Iroqda o‘yinchi almashdi. KArrar o‘rniga 23-raqamda Ali tushdi
90+2'
O‘yin so‘ngida burchak to‘pi ishladik! yaxshi imkoniyat!
90+1'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Muhannad Karrarga sariq kartochka! Yo‘ldoshevga tirsagini ishga soldi
89'
Omad tufayli to‘p darvozamizga kirmadi! Muhanad Karrar bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘llay olmadi!
89'
Iroq burchak to‘pi tepadi
87'
Rahmonov to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri autga tepib yubordi. Kerakmi shu bizga?
86'
Obbo! endi Karrar uzala tushib yotibdi
'
To‘pga egalik qilish ko‘rsatkichi 58-42% ko‘rinishiga yetdi
84'
Rashidov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgandi. Ammo uning so‘nggi uzatmasi noaniq bo‘ldi
82'
Jo‘rayev yetkazib bergan to‘pni Mirzayev jarima maydonchasi ichida qabul qilib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Xavfli, ammo noaniq
81'
Kalafga sariq kartochka ko‘rsatildi
81'
Qoida buzgan futbolchi - Kalaf maydonda cho‘zilib yotibdi. vaqt cho‘zishning bizga ma’lum bo‘lgan o‘sha mashhur uslubi
80'
Iroqlik futbolchi Mirabdullayevga nisbatan qoida buzdi. Standart
79'
Sardor Mirzayev chap oyoqda uzoqdan yaxshi zarba berdi. Darvoza ustidan o‘tib ketdi to‘p
77'
Diyor Turopov o‘rniga Igor Sergeev maydonga tushirildi
75'
Iroqning har qanday "standarti" xavfli bo‘lmoqda!
75'
Tursunboyev bizni goldan qutqardi! Akmal juda yaqin masofadan berilgan zarbani qaytardi!
74'
Iroqning bu galgi hujumi burchak to‘pi bilan tugadi
73'
Rashidovning texnikasi burchak to‘pi olib keldi bizga
73'
Marvan Husayn o‘rniga Fayoz tushdi
72'
Eh, Rashidov! To‘pni qulay yetkazganida hisobni tenglashtirish uun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardik!
70'
Mana hozirgi vaziyatdagidek! Rashidovdan to‘p jarima maydonchasi ichida biroz "qochib" ketdi...
69'
Goldan keyin hujum borasida biroz "dam oldik". Endi yana diqqatni jamlab hujumga otlanish kerak!
68'
Iroq burchak to‘pi ishladi. Xavfni bartaraf etdik
66'
Raqibning xavfli hujumini jarima maydonchasi ichida to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldik. Aks holda yomon bo‘lardi...
65'
Rashidov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni orqaga - Iskandarovga yetkazdi. "Jama" esa chap oyog‘ining tashqi tomoni bilan aylanma zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
64'
Gol muallifi - Jamshid Iskandarov!
64'
Goooooool!!!! Nihoyat!
62'
Aksincha, raqiblar hozir osonlik bilan jarima maydonchamizga kirib kelishdi va ... baxtimizga noaniq zarba berishdi
60'
Iroq oson hujum uyushtrishimizga imkoni berayotgani yo‘q
59'
Diyor Turopov olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Jalol Hasan to‘pni egallab oldi
58'
O‘ng qanotda Hoshimov hujumga yaxshi qo‘shilyapti
57'
Maxstaliyev o‘rniga Sardor Rashidov maydonga tushdi.
56'
Dilshod Jo‘rayev jarima maydonchasiga kirgan zahoti zarba berdi! Biroz noaniq
55'
O‘zbekistonning "shturmi"dan Iroq amallab chiqib ketdi
54'
Iroqlik Muhannad Karrar ofsaydd qolib ketdi
53'
Dilshod Jo‘rayev raqib futbolchisini to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirildi
51'
Futbolchilarimizning oddiy vaziyatda to‘p yo‘qotishi darvozamiz oldida xavf bilan yakunlanmoqda
49'
To‘p maydon markazida hozircha...
47'
Maydonda Dilshod Jo‘rayev paydo bo‘ldi. Adashmasak, u Ismatullayev o‘rnini egalladi
47'
Terma jamoamiz tezkor qarshi hujum uyushtirayotgandi. JAmshidning uzatmasi noaniq bo‘ldi
46'
Terma jamoamiz safida Dilshod Jo‘rayev maydonga tushishi kerak edi. Ammo oyoq kiyimi bilan bog‘liq qandaydir muammo tufayli bu ish sal keyinroqqa qoldirildi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishgan, o‘yin boshlanish arafasida.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishgan, o‘yin boshlanish arafasida.
'
Ikkinchi bo‘limda Maqsudov shogirdlari o‘z o‘yinlarini kuchaytirishlariga umid qilamiz
45+3'
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI! TANAFFUS!
45+2'
Afsuski, juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadik! Abduxoliqov bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Sardor Rahmonov esa to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurmadi!
45+2'
BUrchak to‘pi ishladik
45+1'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Sardor Mirzayev Iroqning yarim tarkibini aldab o‘tib, darvoza tomon zarba berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi!
44'
To‘p bilan muomala qilish borasidagi natija - 53/47, O‘zbekiston foydasiga. Hisob borasida esa...
43'
Uyushtirilgan pozison hujumimiz Davron Hoshimovning noaniq zarba bilan yakunlandi
41'
Ikkinchi gol vakillarimizning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Iroq osonlik bilan himoyalanmoqda
39'
Endi qiyin bo‘ladi...
38'
Mustafo Jariy bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, darvozaga kirib ketdi!
38'
Iroq yon chiziqdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi va davrozamizni ishg‘ol qildi! 2:0
36'
Abbos jamoadoshi yordamida "devor" uslubida jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tki burchak ostida darvozabon maydonchasiga yetkazgandi. To‘pni darvoza yo‘llaydigan futbolchi topilmadi!
35'
Tursunboyev to‘pni yon chiziqqa urib yubordi
34'
Iroq burchak to‘pi ishladi
33'
23-raqamdagi Volid Salim uzoqdan noaniq zarba yo‘lladi.
31'
Hujumlarimiz kuchayib bormoqda. Tashabbus biz tomonga o‘tmoqda. Gol yaqin, nasib bo‘lsa
29'
Bilasizmi, Iroq so‘nggi pallada biroz tezroq, biroz chaqqonroq harakat qilmoqda. Natijada hujumimiz endi xavfli ko‘rinish olishi mumkin bo‘lgan vaziyatda uzilib qolmoqda
27'
Eh, Abduxoliqov jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab olib, Jamshidga yetkazgandi. Iskandarovning zarbasi/uzatmasi noaniq bo‘ldi
25'
Iroq maydon markaziga kelishimizni kutib o‘tirmay, tezda kutib olmoqda va aksariyat vaziyatlarda to‘pni egallab olmoqda. Shu tariqa ular o‘yinimizni o‘ldirishga harakat qilishmoqda
24'
"Mesopotamiya sherlari" qandaydir ishonch bilan o‘ynamoqda. Vakillarimizning o‘yini qovushib ketsa esa, hammasi joyiga tushib ketadi.
22'
Iroq funksional jihatdan yaxshi tayyorgarlik ega. Tez yugurishmoqda, tez fikrlashmoqda...
22'
Sardor Mirzayev raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni "obrobotka" qila olmadi
21'
BU safar ham iroqliklar to‘pni qaytarishdi
20'
Burchak to‘pidan so‘ng Abduxoliqov bosh bilan zarba berdi. Yana bitta korner
19'
Vux! Javlon Mirabdullayevning maydon markazida yo‘qotishi bizga qimmatga tushishi mumkin edi! Tezkor qarshi hujum natijasida omad tufayli ikkinchi to‘pni o‘tkazib yubormadik!
18'
Iroq o‘z ustunligini o‘tkazishga harakat qilmoqda
15'
Iroq yana burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Akmal to‘pga ega chiqdi
15'
Birga bir vaziyatda Kalafning zarbasini Tursunboyev qo‘li bilan qaytarib qolgan ekan
12'
Baxtimizga Amjid Kalaf darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatda darvozamizni ishg‘ol qila olmadi! Yana qarshi hujum!
12'
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Biroq Iroq darvozaboni yaxshi o‘ynadi
11'
Yana chap qanotdan uyushtirilgan hujumdan keyin burchak to‘pi ishladik
10'
To‘p maydon markazidan to‘p o‘ng qanotga yetkazib berildi va u yerdan to‘p tezkorlik bilan jarima maydonchamizga uzatildi. 18-raqamli Marvan esa to‘pni yerga tushirmasdan darvoza to‘riga yo‘lladi.
9'
Gool! Iroq hisobni ochdi!
9'
Iroq 3 nafar hujumchi bilan o‘ynamoqda
8'
O‘zbekistonning hujumi ham chakki emas! Chap qanotdan yetkzib berilgan to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi. Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik
7'
Iroqning qarshi hujumi xavfli ekani hozirgi daqiqada sezildi. Rahmonov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
5'
Xavf bartaraf etildi.
5'
Iroq dastlabki burchak to‘piga ega bo‘ldi
4'
To‘p maydon markazidayu, ammo bir joyda to‘xtab turgani yo‘q.
3'
Terma jamoamizning hujumi xavfli bo‘lishi mumkin edi. Biroq iroqliklar jarima maydonchasi ostonasida to‘pni bir amallab qaytarib qolishdi
2'
Terma jamoamiz o‘yin boshidan raqib jarima maydonchasi yonida pressing uyushtirib, himoyachilar shoshirib qo‘yishdi
1'
O‘YIN BOSHLANDI. To‘pni o‘yinga Iskandarov va Abduxoliqov kiritib berishdi
'
Barcha narsa o‘yinga shay. Vakillarimizga omad tilaymiz!
'
O‘Z-BE-KIS-TON deya hayqiriq ostida vakillarimizning kichik davraviy "majlisi" yakuniga yetdi!
'
To‘pni o‘yinga O‘zbekiston kiritib beradigan bo‘ldi
'
Suratga tushish marosimi yakunlandi
'
Bugun O‘zbekiston ko‘k, Iroq esa oq rangli libosda to‘p suradi.
'
Endi esa navbat O‘zbekiston madhiyasiga! Serquyosh, hur o‘lkam...
'
Dastlab Iroq madhiyasi yangraydigan bo‘ldi
'
FIFA madhiyasi sadolari ostida jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishdi!
'
Ularning ortidan zaxira o‘yinchilari, murabbiy shtabi ham asta-sekin chiqib kelib, o‘z o‘rinlarini egallashmoqda
'
Maydonga O‘zbekiston, Iroq va FIFAning "Halol o‘yin" bayrog‘ini olib chiqib kelinmoqda
'
Stadionga iroqlik muxlislar kelishgan...
'
O‘yin boshlanishiga 8 daqiqa qolganida jamoalar maydon chiqib kelishadi. Uyog‘ini bilasiz: madhiyalar, salomlashish, mini-qur’a...
'
Asosiy tarkib futbolchilari kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi. O‘yin boshlanishiga 20 daqiqa vaqt qoldi.
'
O‘zbekiston U-22 Iroqqa qarshi o‘yinni o‘tkazish uchun "Seeb Sports Complex"ga allaqachon yetib kelib, chigalyozdi mashg‘ulotini boshlab yubordi.
'
Iroq sardori esa - 2-raqamli himoyachi Ahmad Ibrohim
'
Darvoqe, yaqindagina "Neftchi"dan "Lokomotiv"ga o‘tgan Sardor Mirzayev O‘zbekiston U22 terma jamoasini bugun Sardor Mirzayev sardor sifatida maydonga boshlab tushadi
'
Hujum ortida Jamshid Iskandarov va yagona nominal hujumchi - Temurxo‘ja Abduxoliqov.
'
O‘ng qanot yarim himoyasida doimgidek Maxstaliyev o‘ynaydi. "Olmaliq" vakili Diyor Turopov esa chap qanot orqali hujumkorlikni oshiradi.
'
Tayanch zonasi Akbar Ismatullayev va Sardor Mirzayevga topshirilgan.
'
O‘ng qanotda "Maykon" - Davron Hoshimov o‘ynasa, chap qanotda Javlon Mirabdullayev harakat qilishi kutilmoqda
'
Demak, bugun markaziy himoyachi vazifasini Bobur Yo‘ldoshev va Sardor Rahmonov bajarishadi.
'
Xitoyga qarshi ilk daqiqalardan maydonga tushgan 11 futbolchidan Iroqqa qarshi o‘yinda faqat 4tasi asosiy tarkibda qolgan. Ular: darvozabon Akmal Tursunboyev, himoyachi Bobur yo‘ldoshev, yarim himoyachilar - Abbos Maxstaliyev, Jamshid Iskanderov
'
Vaholanki, Xitoyga qarshi o‘yinda Maqsudov atigi bitta zaxira imkoniyatidan foydalangandi
'
Bugun Shuhrat Maqsudov butunlay boshqa tarkibni maydonga tushirishga qaror qildi
'
Soat 18:00da malayziyalik hakamning xushtagi yangraydi va Iroq-O‘zbekiston uchrashuvi boshlanadi
'
Navbatdagi onlayn translyasiyamizga xush kelibsiz!
'
ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI VA FIDOYI O‘ZBEK FUTBOLI MUXLISLARI
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.