Ispaniya La-ligasi, 8-tur
| 18 oktyabr, soat 19:00 | ||
LEVANTE |
0 : 5 |
REAL MADRIDRonaldu (12 penalti, 60), Xavyer Ernandes (37), Xames (64), Isko (81)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Diyego Marino 5.Ektor Rodas 2.Ivan Lopes 12.Xorxe Xuanfran 19.Pedro Lopes 10.Ruben Garsiya 26.Viktor Kamarasa 23.Pape Diop 11.Xose Morales 14.Xayme Gavilan 18.Viktor Kasadesus |
1.Iker Kasilyas 3.Pepe 12.Marselo 18.Nacho Fernandes 15.Daniel Karvaxal 19.Luka Modrich 8.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 23.Isko 14.Xavyer Ernandes 7.Krishtianu Ronaldu |
|
Matn
| 90' | ![]() |
O‘YIN TUGADI. Real navbatdagi yirik g‘alabasiga erishdi. Keyingi turda esa "Klassiko". O‘tkazib yubormang. E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 2 daqiqa qo‘shib berildi. Yana ikki daqiqadan so‘ng Levante futbolchilari yengi tin olishadi va o‘yin tugaydi.... |
| 88' | ![]() |
Mezbonlar nimadir o‘ylab topishga harakat qilishmoqda.... |
| 84' | ![]() |
Xames (yoki Jeyms) hisobni 6:0ga yetkazishi mumkin edi. Edi.... |
| 81' | ![]() |
GOOL!! Ronoldu, emas..Isko! |
| 78' | ![]() |
O‘yin masalasi hal bo‘ldi. Shunchaki birgina intirga saqlanib turibdi. Qaysi biri tezroq amalga oshadi? Levante mavsumda o‘z maydonidagi ilk golini uradimi, yoki Ronaldu shu o‘yinning o‘zida navbatdagi xet-trikini nishonlashga ulguradimi? |
| 76' | ![]() |
Darvoqe, Alvaro Arbeloaning maydonda paydo bo‘lganini payqamay qolibmiz. Himoyachi Marseloning o‘rnida o‘yinning qolgan daqiqalarida maydonda harakat qiladi. |
| 75' | ![]() |
O‘yinda tub burilish yasash maqsadida Levante tarkibida o‘yinchi almashtirildi. Ruben Garsiya o‘rniga Shumetra maydonga tushdi |
| 70' | ![]() |
Mezbonlar tushkunlikka tushib qolishdi. Levante futbolchilari o‘z muxlislarini ham hafa qilishmoqda. Stadionga tashrif buyurganlar birin-ketin stadionni tark etishmoqda. |
| 67' | ![]() |
Kroos maydonni tark etdi, uning maydonga Ilyaramendi tushdi |
| 66' | ![]() |
Kamarasa o‘rniga Barral maydonga tushdi. |
| 65' | ![]() |
GOL! Xames yoki Jeyms. Hullas Rodriges Realning o‘yindagi 4-golini kiritmoqda! Toni Kroos assistent. |
| 63' | ![]() |
Ronalduga yaxshilab e’tibor bersangiz, uning avzoyidan "Men bugun kamida xet-trik qilmoqchiman", deyayotgandek.... |
| 61' | ![]() |
Ronaldu ikki himoyachini mashg‘ulot paytidagidek osonlik bilan aldab o‘tdi va Marinyoni yana bir marta hafa qildi! O‘zi, umuman, Ispaniyada Ronaldu hafa qilmagan darvozabon qolmadi shekilli.... |
| 60' | ![]() |
GOOOL! Bir, ikki, uch va kim?....Abatta, Ronaldu!! |
| 57' | ![]() |
O‘yin ancha tezlashdi. Levante futbolchilari Realga shunchaki taslim bo‘lishni istashmayapti. Viktor Kaasadesus hozir uzoqdan zarba berdi. Biroq Nacho to‘pni to‘sib qoldi. |
| 52' | ![]() |
Ronalduda yana bir imkoniyat. Kutilmaganda tezkor hujum va Ronaldu tomon yerlatib uzatilgan vertikal to‘p oshirilishi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Marinyo hozir mezbonlarni goldan qutqarib qoldi. |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida Levante futbolchilari jonliroq harakat qilishmoqda. Yana bir jarima to‘pi, bu safar qanotda. |
| 48' | ![]() |
Kutilganidek mezbonlar ikkinchi bo‘lim boshidan oldinga tashlanishdi va Real jarima maydoniga yaqin joyda jarima to‘pi ishlab olishdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshidan Levante safida o‘zgarish. Xayme Gavilan o‘rniga Viktor Peres o‘yinni davom ettiradi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi! |
| 45' | ![]() |
Tanaffus! Real uncha ko‘p kuch sarflamay tanaffusga 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketdi. |
| 44' | ![]() |
Tanaffusga chiqib ketish arafasida Levante futbolchilaridan yana biri Pedro Lopes ogohlantirildi. |
| 42' | ![]() |
Chicharitoda yana bir imkoniyat bo‘lgandi, ammo biroz noaniq. Meksikalik hujumchi bugun astoydil o‘zini ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Har doim ham Benzemening o‘rniga asosiy tarkibda maydonga tushavermaysan. Bunday imkoniyatdan foydalanish kerak. |
| 40' | ![]() |
Darvoqe, Levante ushbu mavsumda o‘z maydonidagi uchrashuvlarda hali bir marotaba ham gol ura olmagan. Noxush an’ana bugun ham davom etadiganga o‘xshaydi bu ketishda.... |
| 39' | ![]() |
Endi Real ancha erkin harakat qilishni boshladi. Levante futbolchilari esa o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgandek. |
| 38' | ![]() |
Gol urilgan vaziyatda Chicharitoga qanotdan ajoyib tarzda to‘pni uzatib bergan Xames Rodrigesga olqishlar! |
| 37' | ![]() |
CHICHARITO!!!! Real ikkinchi golni urdi. |
| 35' | ![]() |
Real havfli hujum uyushtirdi. Modrichning zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni burchakka chiqarib yubordi. |
| 32' | ![]() |
Kasadesus mezbonlar tarkibida ancha ter to‘kmoqda. Qanotdan uzatilgan to‘pga biroz bo‘yi yetmadi. |
| 31' | ![]() |
Ruben Real jarima maydonida Nacho bilan to‘qnashuvdan so‘ng yiqildi. Penalti emas. |
| 30' | ![]() |
Mezbonlar ancha ter to‘kishmoqda. Maydonning har bir qarichida. Asabiylashishmoqda |
| 28' | ![]() |
Xayme Gavilan maydon markazida Modrichni tortib yiqitdi. |
| 26' | ![]() |
Oxoo. Ana vaziyat. Burchakdan oshirilgan to‘pga Levante futbolchilaridan biri bosh bilan zarba berdi. To‘pni esa darvoza chizig‘idan Modrich olib chiqdi. Xorvatiyalik futbolchiga Kasilyas raxmat deyishga ham ulgurmadi. |
| 25' | ![]() |
Ronalduning ikkinchi jarima to‘pi ham noaniq chiqdi va shu zahoti Levante qarshi hujumga o‘tib burchak to‘pi ishlab oldi. |
| 24' | ![]() |
Mezbonlar vakili Viktor Kamarasaga sariq kartochka ko‘rsatildi. |
| 24' | ![]() |
Dastlabki jarima zarbasi noaniq chiqdi. Ammo Ronalduda yana bir imkoniyat. Bu safar jarima to‘pi sal uzoqroqda, 30 metrlar. Yana Ronaldu. |
| 22' | ![]() |
Chamasi 20 metrlardan Levante darvozasi tomon havfli jarima zarbasi. Ronaldu uchun imkoniyat. |
| 20' | ![]() |
Real burchak to‘pini amalga oshirdi, ammo samarasiz. Kroosning zarbasini esa mezbonlar himoyachilari qaytarishdi. |
| 18' | ![]() |
Maydon markazida ikkala jamoa futbolchilari ham ko‘p to‘p yo‘qotishmoqda. Ammo, Real raqibiga qaraganda baribir tezroq harakat qilayotgandek. |
| 16' | ![]() |
Levante jonlandi. To‘p so‘nggi ikki daqiqa Real jarima maydoniga yaqin joyda. |
| 15' | ![]() |
Tezkor gol urib olgan Real bemalol o‘ynamoqda. Mezbonlar nimadir qilishga urinishmoqda. |
| 11' | ![]() |
GOOL! Kim bo‘lardi, albatta Ronaldu! 0:1. Hisob ochildi. Endi gollar yomg‘irini ko‘rsak ham ajab emas. Levantening himoyasi juda yomon taassurot qoldirmoqda. |
| 10' | ![]() |
Chicharitoni yiqitishdi. Penalti!! |
| 08' | ![]() |
Yo‘q, mezbonlar ham futbol o‘ynashni bilishshini havfli hujum bilan ko‘rsatib qo‘yishdi. Viktor Kasadesusning boshi bilan yo‘llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi. |
| 06' | ![]() |
Real o‘yindan-o‘yinga ochilmoqda. Levanteda esa ahvol chatoq. Levante La Liganing 7ta turida bor yo‘g‘i 5 ochko to‘play olgan. Qolaversa, kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq mojaroga aralashib qolgan. O‘yinning 6 daqiqasi ortda qoldi. Realda gol urish uchun 2ta yaxshi imkoniyat bo‘ldi. |
| 03' | ![]() |
Yana hujum, yana zarba va yana Ronaldu...Portugaliyalik mavsum boshini ancha yuqori suratda boshladi. |
| 02' | ![]() |
O‘yinning ilk hafli hujumini Ronaldu gol bilan yakunlashi mumkin edi. Biroz aniqlik yetishmadi. Ronalduni so‘nggi o‘yinlarda to‘xtatishning o‘zi iloji bo‘lmayapti. |
| 01' | ![]() |
Boshladik! |
| ' | ![]() |
Assalomu Alaykum, yana 2 daqiqadan so‘ng La Liga 8-turidan o‘rin olgan Levante va Real o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|