Ispaniya La-ligasi, 8-tur
| 18 oktyabr, soat 23:00. Bosh hakam: Xose Antonio Teysheyra Vityenes | ||
BARSELONAXavi Ernandes (60)
Neymar (72) Messi (74) |
3 : 0 |
EYBAR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 24.Jeremi MatYE 14.Xavyer Maskerano 06.Xavi Ernandes 20.Serxi Roberto 10.Lionel Messi 11.Neymar 07.Pedro Rodriges |
01.Xabi Iruretagoina 16.Lilyo 07.Ander Kapa 02.Eneko Boveda 06.Raul Albentosa 05.Borxa Ekiza 24.Abram Minero 14.Dani Garsiya 08.Jon Yerrasti 23.Xavyer Lara 21.Saul Beryon |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen 21.Adriano 15.Mark Bartra 12.Rafinya 08.Andres Inyesta 29.Sandro Ramirez 31.Munir |
25.Xayme Ximenes 22.Raul Navas 17.Didak Vilya 11.Dani Niyeto 18.Derek Boateng 15.Deyan Lekich 19.Federiko Piovakkari |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Neymar (40)
Inyesta (83) |
Lilyo (45)
Xavyer Lara (53) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" - "Eybar" - 3:0. |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Messi darvozagacha 5 metr masofadan bosh bilan zarba berdi. Posbon to‘p yo‘nalishini topdi va uni qaytardi! |
| 90+1' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Federiko Piovakkari bosh bilan bergan zarba darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuuh, Messining o‘zi jarima maydonchasiga kirib keldi va kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Sandro 17 metrdan to‘pni olis burchakka aylantirdi. "Eybar" darvozaboni to‘pni egallab oldi |
| 85' | ![]() |
To‘pni nazorat qilish - 75/25% |
| 83' | ![]() |
Inyesta ogohlantirish oldi. Raqib futbolchisining qo‘lidan tortgani uchun |
| 82' | ![]() |
Munir jarima maydonchasi yaqinida to‘pni qabul qildi va bir himoyachini aldab zarba berishga urindi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 79' | ![]() |
Sandro chap qanotda Albadan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o‘tib, darvoza tomon zarba berdi. Boshqa bir himoyachi to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 77' | ![]() |
"Eybar"da o‘zgarish: Saul Beryon o‘rniga Dani Niyeto tushdi |
| 77' | ![]() |
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Neymar o‘rniga Munir al-Haddodiy tushirildi |
| 74' | ![]() |
Hujumni Messining o‘zi boshladi. U to‘pni Neymarga uzatib, jarima maydonchasi ostonasida qabul qildi va chap tomondan ichkariga kirib, darvozaga zarba berdi. To‘p olis ustunga tegdi va to‘rga borib tushdi |
| 74' | ![]() |
GOOOOOOOL! Messi, 3:0! |
| 72' | ![]() |
Alvesning uzatmasi nihoyat darvozabonga muammo tug‘dirdi. Neymar to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘lladi. "Eybar" darvozaboni to‘pni o‘tkazib yubordi |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOOL! Neymar, 2:0! |
| 71' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Sandro Ramires tushirildi |
| 70' | ![]() |
Xordi Alba jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va bir himoyachidan o‘tib, o‘ng oyoqda zarba berdi. Iruretagoina to‘pni egalladi |
| 69' | ![]() |
Yana olis masofadan yetkazilgan uzatmadan keyin "Eybar" hujumchisi to‘pni egallab oldi va Pike ta’qibi ostida 16 metrdan darvoza tomon zarba berdi. Bravo to‘pni egallab oldi |
| 67' | ![]() |
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Messi Xavi bilan "devor" o‘ynadi va ikki himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, o‘tkir burchakdan kuchli zarba berdi. Darvozabonga tekkan to‘p maydonni tark etdi |
| 64' | ![]() |
Endi esa Neymarga nisbatan fol ishlatildi. Jarima to‘pi tepiladi |
| 63' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi ichida turgan Neymarga to‘pni uzatib, o‘zi yugurib borayotganida himoyachiga urilib yiqildi. Vaziyatga yaqin turgan hakam qoida buzilishini qayd etmadi |
| 62' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Messi bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi. Posbon egallab oldi |
| 60' | ![]() |
Xavyer to‘pni Messi uzatdi va o‘zi jarima maydonchasiga kirib bordi. Leo to‘pni o‘z vaqtida yarim himoyachiga tashlab berdi. Xavi birga-bir vaziyatni havoga sovurmadi! |
| 60' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Xavi Ernandes, 1:0! |
| 58' | ![]() |
Xavi yuqoridan uzatgan to‘piga Neymar bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 57' | ![]() |
"Eybar"da o‘zgarish: Xavyer Lara o‘rniga Federiko Piovakkari tushdi |
| 56' | ![]() |
Maskeranoga nisbatan jarima maydonchasi tashqarisida qoida buzildi |
| 55' | ![]() |
Serxi Roberto o‘rniga Andres Inyesta tushdi |
| 53' | ![]() |
Serxi Roberto va Lilyo to‘qnashib ketishi oqibatida har ikkala futbolchi jarohat olishdi |
| 53' | ![]() |
Xavyer Laraga sariq kartochka. Neymarni qo‘li bilan tortib yiqitgani uchun |
| 52' | ![]() |
Burchak to‘pidan Pike to‘pni darvozaga aniq yo‘naltira olmadi |
| 50' | ![]() |
Xavi o‘ng qanotda ochilgan Alvesga to‘pni uzatdi. Daniyel havolatib yetkazgan to‘pni Neymar va Messi baravar bosh bilan zarba berishga harakat qilishdi. Zarba kuchsiz chiqdi, boz ustiga, Neymar himoyachiga nisbatan qoida buzgan deb topildi |
| 48' | ![]() |
O‘ng qanotdan burchakka yaqin joyda Alvesga nisbatan fol ishlatildi. Jarimadan yetkazilgan to‘pga Pike bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 47' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qaytarilgan to‘pga Pedro zarba berdi. To‘p himoyachilardan maydonni tark etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Ikkinchi bo‘lim boshlanadi | |
| ' | Ushbu mavsumning to‘rtinchi o‘yinida "Barselona" birinchi bo‘limda hisobni ocha olmadi | |
| ' | Hozircha "Barselona" - "Eybar" - 0:0. Mehmonlar ikki marta juda qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. "Barsa"da esa yaqqol golga tortadigan vaziyat Messida bo‘ldi - 1 marta | |
| 45+1' | ![]() |
Hakamning xushtagi yangradi. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin mezbonlar hujumga o‘tishayotganida Lilyo "Barsa" futbolchisiga nisbatan qoida buzdi va ogohlantirish oldi |
| 44' | ![]() |
Vuuuuuh, Bravo jamoasini yana bir marta muqarrar goldan qutqarib, mavsum boshidan buyon "quruq" seriyaning saqlanib qolishiga sababchi bo‘ldi. Yana olis masofadan yetkazilgan uzatmadan keyin Saul Beryon darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va zarba berdi. Klaudio qorni bilan zarbani qaytardi. |
| 44' | ![]() |
Pedro o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi havolatib yetkazib berdi. Messi 11 metrli nuqta ustida bosh bilan kuchli zarba berdi. To‘p darvozabonning o‘ziga bordi |
| 42' | ![]() |
Xavi tomonidan 16 metrdan yo‘llangan zarbani "Eybar" posboni maydon tashqarisiga urib yubordi. Burchak to‘pini esa uning o‘zi egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuuuh, Ander Kapa bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi! Chap qanot yarim himoyachisi maydonni tark etayotgan to‘pni bir amallab oldinga tepib yuborishi oqibatida "Eybar" hujumchisi Kapa darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi. U Bravoni aldab o‘tdi, ammo o‘tkir burchak ostida bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘llay olmadi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan tegdi |
| 40' | ![]() |
Neymarga sariq kartochka ko‘rsatildi. Maydon markazidagi fol uchun. |
| 36' | ![]() |
Messi jarima maydonchasining o‘ng burchagidan to‘pni havolatib Xavi tomon uzatdi. Ammo jamoa sardori bosh bilan to‘pga biroz yeta olmay qoldi |
| 33' | ![]() |
"Barsa" go‘yoki kuchini asrab o‘ynayotgandek... |
| 28' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Pedrodan ko‘ra darvozabon tezroq yetib oldi |
| 27' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pini tepishadi mezbonlar |
| 25' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisida turgan raqib himoyachisi bilan "devor" o‘ynadi (himoyachi o‘zi bilmagan holda unga to‘pni berib qo‘ydi) va Leo darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 23' | ![]() |
Alvesning uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 20' | ![]() |
Vuuuuuh, Messi! Leo to‘pni Xaviga uzatib, o‘zi qayta qabul qilib oldi va o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo uning zarbasini posbon oyog‘i bilan qaytardi |
| 19' | ![]() |
Neymar yana chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan Messiga uzatdi. Leo 4-5 nafar himoyachi orasidan zarba berishga ulgurmadi |
| 18' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan uzatgan to‘pni Serxi Roberto 11 metrli nufta atrofida ko‘kragi bilan qaytardi va sakrayotgan to‘pga aniq zarba bera olmadi |
| 15' | ![]() |
Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Biroq Pike o‘z joyini o‘zgartirgani uchun to‘p maydonni tark etdi |
| 14' | ![]() |
"Eybar" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Jarima maydonchasi ichidagi futbolchilardan biri ofsaydda qolgan ekan |
| 11' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi ichidagi Alba bilan "devor" o‘ynadi va to‘pni darvozabon maydonchasidagi Pedroga uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 9' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Matyo bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 8' | ![]() |
Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi va himoyachilar orasidan to‘pni Messiga uzatdi. Leo darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘ni himoyachi tepib yubordi. Burchak to‘pi |
| 4' | ![]() |
"Eybar" futbolchisi Lara maydon markazidan to‘pni jarima maydonchasining o‘ng tomoniga yetkazdi. Futbolchi to‘pni darvozabon maydonchasiga burdi. Bravo muammosiz uni egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Serxi Roberto jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p himoyachidan ortga qaytdi |
| 3' | ![]() |
Kataloniyaliklar maydon markazida to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. Bahsni "Kamp Nou" sohiblari boshlab berishdi |
| ' | La liga. "Barselona" o‘z maydonida "Eybar"ni qabul qilmoqda. Ushbu o‘yinni birgalikda kuzatib boramiz | |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|