Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionati
| Yarim final, 20 oktyabr, soat 14:00. Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA) | ||
O‘ZBEKISTON |
0 : 5 |
KXDRChjo Kvang Myong (5, 39, 63)
Kim Yu Song (70) So Chjong Xyok (73) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Dilshod Hamroyev 3.Ibrohim Abdullayev 7.Jamshid Boltaboyev 8.Javohir Sohibov (C) 9.Eldor Shomurodov 10.Otabek Shukurov 11.Asliddin Abdiyev 14.Firdavs Abdusalimov 19.Zabihillo O‘rinboyev 20.Dostonbek Tursunov 23.Xurshid G‘iyosov |
1.Cha Chjong Xun 2.Chjang Kum Nam 3.Min Xyo Song 4.Chjong Kum Dong 7.Kang Nam Kvon 8.Ri Un Chol 9.Kim Yu Song 11.Chjo Sol Song 13.Chjo Kvang Myong 14.Chjin Il Sok 15.Kim Kuk Chol |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Sarvar Karimov 2.Rustamjon Ashurmatov 4.Mirjamol Qosimov 5.Odiljon Hamrobekov 13.Ilhomjon Abdug‘aniyev 15.Bobur Davlatov 16.Sardorbek Azimov 17.Dostonbek Hamdamov 18.Ravshanbek Xursanov 21.Botirali Ergashev 22.Javohir Siddiqov |
5.Choye Chju Song 6.Ro Myong Song 10.Kim Chol Min 12.Kim Kvang Chjin 16.Kim Song Sun 17.Ri Kyong Chjin 18.Ri In Xak 19.Choye Song Il 20.So Chjong Xyok 21.Son Chol Ryong |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Firdavs Abdusalimov (43)
Xurshid G‘iyosov (44) |
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
KXDR terma jamoasi qit’a chempionatining finaliga chiqdi. Biz juda katta hisobda yutqazdik. Og‘riqli hisob |
| 90+3' | ![]() |
Qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoalar futbol o‘ynashni istashmadi, bir amallab vaqtni o‘tkazishdi. O‘yin yakunlandi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
O‘zbekistonning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari beshtadan gol o‘tkazib yuborib, bizni yo jinni, yo faylasuf qilib qo‘yadi:) |
| 86' | ![]() |
Heh :). Bugun gol urish O‘zbekiston terma jamoasiga nasib qilmagan ekan! Sardor Azimov birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. Unga hech kim xalal bermayotgandi. |
| 84' | O‘yin tempi tushdi... | |
| 81' | ![]() |
Terma jamoamiz jarima maydonchaga kirib kelishda muammoga duch kelishmayapti. Ammo so‘nggi uzatma va zarba noaniq bo‘lmoqda yoki darvozabon va himoyachilar juda zo‘r o‘ynashmoqda |
| 79' | ![]() |
O‘ng qanotdan Hamdamov havolatib to‘pni uzatdi. Shomurodov bosh bilan zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 76' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Xurshid G‘iyosov o‘rniga Odiljon Hamrobekov tushirildi |
| 75' | ![]() |
Qoyil-qoyil! 5:0 hisobida yutqazayotgani koreyaliklar zarracha bo‘shashayotgani yo‘q! Hozir jarima maydonchasi ichida 3 marta zarba yo‘lladik. Uchala zarbani KXDR darvozaboni qaytardi! |
| 73' | ![]() |
Himoyasiz futbol deyishadi buning nomini... |
| 73' | ![]() |
GOOL! So Chjong Xyok, 0:5.... |
| 72' | ![]() |
Jarima zarbasidan so‘ng to‘p himoyachining boshiga tegib yuqoriga ko‘tarildi va to‘sin ostiga kirayotgan to‘pni darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 70' | ![]() |
Futbolchilarimiz himoyaga qaytmay qo‘yishdi. To‘rt nafar himoyachimiz raqibning 4 nafar futbolchisi qarshisida yutqazishdi |
| 70' | ![]() |
GOOOOL, Kim Yu Song, 0:4. Umuman o‘yinga mos bo‘lmagan hisob |
| 66' | ![]() |
Ehhhhh! Gol kirmasa kirmas ekanda! Hamdamovning uzatmasidan keyin Shomurodov bosh bilan yaxshi zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. To‘p O‘rinboyevga kelib tushdi. Zabihillo esa bo‘sh qolgan darvozani darvozaga yo‘llay olmadi.... |
| 65' | ![]() |
Bugun mutlaqo gol ura olmayapmiz, vaziyatlarni ko‘kka sovuryapmiz! Yaxshi kombinasiyadan Shomurodov zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, Boltaboyevga kelib tushdi. Jamshidning dastlab zarbasini darvozabon qaytardi va keyin Boltaboyevning o‘zi yiqildi. Ammo penalti yo‘q edi |
| 63' | ![]() |
Nazarimizda, ushbu gol avvaldan tayyorlangan kombinasiya mahsuli bo‘ldi. Jarima to‘pidan yetkazilgan to‘pni futbolchi ko‘kragi bilan Chjo Kvang Myongga qoldirdi va u kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 63' | ![]() |
GOOOOO, Chjo Kvang Myong, 0:3. Xet-trik! |
| 62' | ![]() |
KXDRda yana o‘zgarish: Chjin Il Sok o‘rniga Kim Chol Min tushirildi |
| 61' | ![]() |
Terma jamoamizda yaxshi hujum yuzaga keldi. Hamdamov jarima maydonchasiga kirib kelishda so‘nggi uzatmani aniq uzata olmadi. Chap tomonda Shukurov ochiqroq edi |
| 59' | ![]() |
KXDRda o‘zgarish: Chjo Sol song o‘rniga So Chjong Xyok tushirildi |
| 59' | ![]() |
Shukurov olis masofadan jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirib kelgan Hamdamov to‘pni uzatdi. Doston bosh bilan Zabihillo to‘pni uzatdi va to‘p yo‘qotildi |
| 55' | ![]() |
Shomurodovning faolligi evaziga O‘rinboyev zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi. Ammo 14 metrdan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Afsus |
| 55' | ![]() |
Futbolchilarimiz ketma-ket "devor" orqali jarima maydonchagacha yaqinlashib kelishdi, ammo uchinchi uzatma noaniq bo‘ldi |
| 53' | ![]() |
Uhhhhhh! KXDR burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qanotdan yetkazilgan to‘pga Chjo Sol Song bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozabon ustidan o‘tib, darvoza to‘riga ustki tomondan kelib tushdi |
| 51' | ![]() |
KXDR yana gol urishiga sal qoldi. Chjin Il Sok himoyachilarimiz orasida to‘pni uzati, Chjo Sol Songni birga-bir vaziyatga chiqardi. To‘p Hamroyevga tegib, maydonni tark etdi |
| 49' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni futbolichimizdan biri bosh bilan boshqa sherigiga uzatdi. Raqiblarimiz to‘pni egallab olishdi |
| 49' | ![]() |
Boltaboyev chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p Hamdamovga kelib tushdi. Uning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 47' | ![]() |
KXDR qarshi hujumga o‘tdi. O‘ng qanotdan futbolchi oldinga o‘tdi va jarima maydonchasidagi sherigiga to‘pni uzatdi. Vakillarimiz to‘pni egallab olishdi |
| 46' | ![]() |
Futbolchilarimiz bo‘limni shiddat bilan boshlashdi. Boltaboyev jarima maydonchasi ichida himoyachini aldab o‘tdi va unga urilib yiqildi. Ammo BAAlik hakam penalti bermadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish yuz berdi. Kutilganidek, Asliddin Abdiyev o‘rniga Dostonbek Hamdamov tushirildi |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘limdan so‘ng 0:2 hisobida yutqazyapmiz. Shimoliy Koreya o‘z imkoniyatlaridan juda ustalik bilan foydalanyapti. Biz esa undan ham kulay imkoniyatlarni ko‘kka sovuryapmiz |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Maydon markazida belgilangan jarima to‘piga O‘rinboyev bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 45+1' | ![]() |
Asliddin Abdiyev bugun vaziyatlarni qurbon qilish uchun maydonga chiqqan ekan. Almashtirish uchun birinchi nomzod |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Xurshid G‘iyozov sariq kartochka oldi |
| 43' | ![]() |
Firdavs Abdusalimov ogohlantirildi. |
| 42' | ![]() |
O‘yin, xavfli vaziyatlar bo‘yicha kuchlar teng, ammo, tan olish kerak, ruhiy jihatdan KXDR o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan ekan. Biznikilar yo haddan tashqari o‘zlariga ko‘p ishonib yuborishdi, yoki JCh yo‘llanmasi hal bo‘lganidan keyin biroz bo‘shashishdi |
| 39' | ![]() |
Koreyslar chap qanotdan oldinga o‘tishdi va to‘p jarima maydonchasiga uzatildi. Ikkita bosh bilan to‘p uzatishidan keyin Chjo Kvang Myongga kelib tushdi. U to‘pni yerga tushirmasdan darvoza burchagiga yo‘lladi. Hamroyev zarbani qaytara olmadi. Myong esa dublga erishmoqda |
| 39' | ![]() |
GOOOL! Chjo Kvang Myong, 0:2! |
| 37' | ![]() |
Burchak to‘pini raqib futbolchilari qaytarishdi |
| 36' | ![]() |
Boltaboyev yetkazib bergan jarima to‘pini KXDR himoyachisi bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda O‘rinboyev bosh bilan zarba berishga chog‘lanayotgandi |
| 35' | ![]() |
Abdusalimovga nisbatan chap qanotdagi chiziq yonida fol ishlatildi |
| 34' | ![]() |
Kang Nam Kvon jarima zarbasini to‘pni olis burchak tomon aylantirdi. Hamroyev mushtlari bilan to‘pni urib yubordi |
| 33' | ![]() |
To‘qnashuvda Ibrohimning o‘zi ham jarohat oldi shekilli, uni maydon tashqarisiga olib chiqib ketishdi |
| 32' | ![]() |
Himoyachilarimiz chap qanotdan oldingi o‘tib, Kim Yu Songdan to‘pni olib qo‘yib, maydon markazi tomon to‘pni tepishgandi. Koreyalikliklar to‘pni jarima maydonchasi atrofiga qaytarishdi. Ibrohim Abdullayev esa hujumchining ortidan turib, fol ishlatdi |
| 30' | ![]() |
Javohir Sohibovga raqibga fol ishlatdi. Darvozagacha 30 metr |
| 28' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Boltaboyev bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq |
| 28' | ![]() |
Vuuuuuuh! Pressing oqibatida Shomurodov to‘pni egallab oldi, jarima maydonchasiga kirib keldi, bir himoyachini aldadi va zarba berdi. To‘p darvozabonning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi |
| 27' | ![]() |
Maydon markazida to‘pni egallab tezkorlik bilan oldinga o‘tayotgandik, Abdiyev olis masofadan g‘alati zarba yo‘llab, hammasi yo‘qqa chiqardi |
| 25' | ![]() |
KXDR tashabbusni qo‘lga oldi. Ular yana qisqa to‘p uzatishlari orqali jarima maydonchamizga kirib kelishdi va o‘ng qanotdan kuchli zarba yo‘llandi. Hamroyev to‘pni egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Chjin Il Sok sherigi bilan "devor" orqali jarima maydonchasiga kirib bordi. To‘pni biroz uzoqlashtirib yuborgani uchun darvozabonimiz xavfni bartaraf etdi |
| 21' | ![]() |
Boltaboyev o‘ng qanotda himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va yana ikki nafar himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi hamda to‘pni sherigiga uzatdi. Shomurodov erkin zarba bera olmadi. Unga xalal berib qolishdi |
| 20' | ![]() |
Shomurodov chap qanotdan bir himoyachini aldab, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Zabihillo bosh bilan zarba berishga ulgurmadi. |
| 19' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Bosh bilan berilgan zarba muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 18' | ![]() |
KXDR utbolchisi Chjin Il Sok o‘ng qanotda himoyachimizdan o‘tib ketdi va to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. To‘p koreyaliklardan o‘tib, himoyachimizga kelib tushdi |
| 17' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni KXDR markaziy himoyachisi bosh bilan qaytardi |
| 16' | ![]() |
Ikki-uch daqiqa davomida shimoliy koreyaliklar hujumda bo‘lishdi. Dastlab o‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Abdullayev o‘z darvozasiga kiritib qo‘yishiga sal oldi. Burchak to‘pidan keyin Kim Yu Song olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 13' | ![]() |
Eh, Abdiyev! Burchak to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazildi. Yarim himoyachimizning kuchsiz zarbasi Asliddin tomon uzatma bo‘lib chiqdi. Ammo Abdiyev 5 metr masofadan darvozaga teskari turgan holatda darvozaga zarba bera olmadi. To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi. Ushbu musobaqada Abdiyevda ko‘p imkoniyatlar yuzaga kelmoqda, ammo u foydalana olmayapti hozircha |
| 13' | ![]() |
Vuuuuuh! Shomurodov o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatayotganida to‘p himoyachiga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va yaqin burchakka kirib ketayotganida darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga urib yuborishga ulgurdi! |
| 11' | ![]() |
Otabek Shukurov to‘g‘ridan to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 11' | ![]() |
Jamshid Boltaboyevga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha ancha olis. 30 metrlar bor |
| 10' | ![]() |
O‘zi o‘yin boshida kuchli bosim uyushtirish barcha KXDR terma jamoalariga xos narsa. Hecham tushkunlikka tushmasdan o‘z o‘yinimizni o‘ynashda davom etishimiz kerak. Bizda imkoniyatlar bo‘ladi hali |
| 8' | ![]() |
KXDR tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Kang Nam Kvon 17 metrdan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 5' | ![]() |
KXDR tezkor gol urishga muvafffaq bo‘ldi. 13-raqamli Chjo Kvang Myong chap qanotdan jarima maydonchamizga yorib kirdi va Xurshid G‘iyosov va Ibrohim Abdullayevni aldab o‘tib, darvozaning yaqin burchagiga to‘pni yo‘lladi. To‘p ustunga tegdi va to‘pga tashlangan Dilshod Hamroyevning beliga tegib, darvozaga kirdi |
| 5' | ![]() |
GOOOL! Chjo Kvang Myong, 0:1! |
| 4' | ![]() |
Terma jamoamiz yaxshi kombinasiya tashkil qildi. Shomurodov jarima maydonchasi ostonasida turgan O‘rinboyevga uzatdi. Zaibihillo o‘z oldida turgan Abdiyevga to‘pni qoldirdi. Asliddinning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
O‘zbekistonliklar 3 himoyachi bilan o‘yinni boshlashdi. Qanotlardagi yarim himoyachilar himoyaga ham yordam berib turishadi |
| 1' | O‘yinni oqlar - O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari boshlab berishdi | |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston va KXDR mamlakatlari madhiyasi yangradi |
| ' | Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati. Yarim final o‘yinlariga yetib keldik. O‘zbekiston terma jamoasi KXDR bilan final yo‘lanmasi uchun kurash olib boradi | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|