Evropa chempionlar ligasi
| «V» guruhi, 3-tur. 22 oktyabr, soat 23:45. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya) | ||
LIVERPUL |
0 : 3 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (23)
Karim Benzema (30, 41) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
22.Simon Minyole 2.Glen Jonson 6.Deyan Lovren 37.Martin Shkrtel 18.Alberto Moreno 31.Raxim Sterling 8.Stiven Jerrard 24.Jo Allen 14.Jordan Xenderson 10.Filippe Koutinyo 45.Mario Balotelli |
1.Iker Kasilyas 2.Rafayel Varan 3.Pepe 12.Marselo 17.Alvaro Arbeloa 8.Toni Kroos 19.Luka Modrich 23.Isko 10.Xames Rodriges 9.Karim Benzema 7.Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Bred Jons 4.Kolo Ture 19.Xavi Mankilyo 23.Emre Jan 20.Adam Lallana 50.Lazar Markovich 9.Riki Lambert |
13.Keylor Navas 15.Daniel Karvaxal 18.Nacho Fernandes 24.Asyer Ilyaramendi 6.Sami Xedira 26.Alvaro Medran 14.Xavyer Ernandes |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Liverpul" - "Real Madrid" - 0:3. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
Emre Jan ancha noaniq zarba yo‘lladi |
| 84' | ![]() |
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Marselo o‘rniga Nacho tushirildi |
| 84' | ![]() |
Vuuuh, o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Sterling yaqin masofadan zarba bera olmadi. Arbeloa to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 83' | ![]() |
Maydon egalarining navbatdagi burchak to‘pi samarasiz yakunlandi |
| 82' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Toni Kroos o‘rniga Ilyarramendi tushdi |
| 81' | ![]() |
Bugungi g‘alabadan keyin "Real" 9 ochko bilan amalda pley-off masalasini hal qilib qo‘yadi. Boz ustiga, "Ludogores" - "Bazel" o‘yinida hisob ochilmadi hozircha |
| 80' | ![]() |
Benzemaning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi himoyachidan o‘tmadi. Qaytgan to‘pga Modrich zarba berdi. Posbon to‘pni egalladi |
| 80' | ![]() |
Asosan "Real" to‘pni nazorat qilib, "el-klassiko" oldina kuch saqlamoqda |
| 75' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Jarohatidan forig‘ bo‘lgan Sami Xedira Ronalduning o‘rniga tushdi |
| 72' | ![]() |
"Liverpul" chap qanotdan ajoyib tarzda jarima maydonchasiga kirib keldi. Sterling to‘pni darvozabon qarshisida turgan sherigiga uzatdi. U ikki himoyachi orasidan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ofsaydda turgan boshqa futbolchi to‘pga tegib qo‘ydi. |
| 70' | ![]() |
"Enfild" egalari "Real" mudofaasini yorib o‘tishga qiynalishmoqda. Hozir Sterling 15 metrdan zarba yo‘llashning uddasidan chiqdi. Kasilyas to‘pni yuqoriga urib yubordi |
| 67' | ![]() |
"Liverpul"da uchinchi o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Lazar Markovich tushirildi |
| 66' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Xenderson o‘rniga Emre Jan tushirildi |
| 65' | ![]() |
Darvozabon mayonchasi oldida turgan Ronalduga to‘p yetkazildi. Himoyachi bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 64' | ![]() |
Ehhhhh, Krishtianu darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda 5 metrdan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. To‘p Minyolening oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi! To‘p Ronalduga Isko va Benzema orqali yetib kelgandi |
| 63' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pidan samara chiqara olmadi |
| 62' | ![]() |
"Liverpul" to‘pni nazorat qildi, ammo maydon markazida to‘pni Ronaldu oldirib qo‘yishdi. Krishtianu Benzemaga to‘pni berib, o‘zi oldinga o‘tayotganida himoyachilar Karimdan to‘pni olib qo‘yishdi. Vaziyatga yetib kelgan "Real" yetakchisi yana o‘zi to‘pni egallab oldi va chap tomondan kuchli zarba berdi. Minyole to‘pni qaytardi |
| 60' | ![]() |
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga ikki himoyachi orasidan o‘tgan holda kirib keldi va to‘pni Krishtianuga uzatdi. To‘p sakrab ketgani bois uni himoyachilar egallab olishdi |
| 55' | ![]() |
Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni Ronaldu uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 55' | ![]() |
Modrichning xatosidan keyin mezbonlar maydon markazida to‘pni egallab olishdi. Rahim Jerrardga to‘pni aniq yetkaza olmadi |
| 53' | ![]() |
Lallana "qizillar" o‘yinini kuchaytirdi. U darvozaga 13 metrdan zarba yo‘lladi. Pepening oyoqlari orasidan o‘tgan to‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 52' | ![]() |
"Liverpul" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yin kiritdi. Baland bo‘yli "Real" himoyachilarri to‘plarni qaytarishmoqda |
| 51' | ![]() |
Isko ijrosidagi javob zarbasi esa himoyachiga tegib o‘z kuchini yo‘qotdi va uni Minyole egallab oldi |
| 50' | ![]() |
Maydon egalarining hujumi xavfli bo‘ldi. Mersisaydlik futbolchining 14 metrdan yo‘llagan zarbasi yo‘liga Ramos g‘ov bo‘ldi |
| 49' | ![]() |
Burchakdan to‘pidan keyin "Real" tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Marselo uzatgan to‘p jarima maydonchasidagi Ronaldugacha yetib keldi |
| 49' | ![]() |
"Liverpul" to‘pni nazorat qildi va burchak to‘pi ishladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 46' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish bo‘ldi: Balotelli o‘rniga Adam Lallana tushdi |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Birozdan keyin ikkinchi bo‘lim boshlanadi | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuuuuh, "Real"ni darvoza ustuni goldan qutqarmoqda! Koutinyo 23 metrlardan zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pga tashlandi, ammo qo‘li yetmadi. Faqatgina darvoza ustuni.... |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuuh, "Liverpul" bitta javob to‘pini kiritish mumkin edi. O‘ng qanotdan Balotelli yetkazgan to‘pga Xenderson zarba berdi. Burchakka kirib ketayotgan to‘pga Kasilyas barmoqlari bilan teginishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Rissoli buni ko‘rmadi va burchak to‘pi bermadi |
| 41' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Pepe ko‘kragi bilan qaytardi, ammo zarba berishga ulgurmadi. To‘p himoyachiga tegib, Benzemaga kelib tushdi. Karim 2 metrdan to‘pni darvozaga burib yubordi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOL, Karim Benzema, 0:3! |
| 40' | ![]() |
Benzemaning uzatmasidan keyin Krishtianu chap qanotdan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo ortdan yetib kelgan himoyachi undan to‘pni olib qo‘yib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 38' | ![]() |
Balotelli jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p Pepega tegib qaytdi |
| 37' | ![]() |
Tomonlar bir martadan hujum tashkil qilishdi, vaziyat zarbagacha yetib bormadi |
| 34' | ![]() |
Jerrard to‘pni egallab olib, olis masofadan Balotelli tomon uzatdi. Mario to‘pga yeta olmadi |
| 30' | ![]() |
Yana bir chiroyli gol! Burchak to‘pini mezbonlar qaytarishdi va "Real" to‘pni egallab olib yana bir hujum tashkil qildi. Kroos uzatib bergan to‘pni Benzama bosh bilan zarba berdi. O‘tkir burchak ostida to‘p darvozabonning ustidan oshib o‘tib, darvozaga tushdi |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Karim Benzema, 0:2! |
| 28' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasining yarim doirasi chizig‘idan zarba yo‘lladi. Biroz noaniq |
| 27' | ![]() |
Balotelli chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘pga yugurayotgan Sterling yiqildi. Penalti yo‘q |
| 23' | ![]() |
Chiroyli gol! Ronaldu Xames Rodriges bilan devor o‘ynadi va jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pga bitta tegishni o‘zida olis burchakni ishg‘ol qildi. |
| 23' | ![]() |
GOOOOOOL, Krishtianu Ronaldu! 0:1! |
| 21' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin to‘p Xames Rodrigesga kelib tushdi. Ammo uning uzatmasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 20' | ![]() |
"Madrid" burchak to‘pi ishladi |
| 18' | ![]() |
So‘nggi 3-4 daqiqa davomida mehmonlar hujum tashkil qilishdi, ammo darvoza tomon zarbalar berilmadi |
| 14' | ![]() |
Xames Rodriges yuzidan jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. U futbolkasini almashtirib, maydonga qaytyapti |
| 13' | ![]() |
KEyingi burchak to‘pidan keyin Kasilyas to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 13' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni Ronaldu bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 12' | ![]() |
Pepening oyog‘idan to‘p maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 12' | ![]() |
Benzema ofsaydda qoldi |
| 11' | ![]() |
Jerrard 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni madridliklar egallashdi |
| 9' | ![]() |
Jarima maydonchasining o‘ng tomonida Balotellidan to‘pni qabul qilgan Sterling bir himoyachini aldadi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Kasilyas to‘pni egalladi |
| 8' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan markaz tomon o‘tdi va aniq zarba berdi. Minyole to‘pni egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda mersisaydliklar ko‘proq bosim uyushtirishmoqda |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasida to‘pni qabul qilgan Rahim Sterling ofsaydda qolgan ekan |
| 5' | ![]() |
Marseloning qanotdan uzatmasi noaniq bo‘ldi |
| 4' | ![]() |
"Liverpul" hujum tashkil qildi. CHAp qanotdan yetkazib berilgan to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Xendersonning qo‘liga tekkani bois o‘yin to‘xtatildi |
| 2' | ![]() |
Mezbonlar maydon markazida to‘pni egallab olishdi, ammo oldinga intilgan Balotelli sheriklariga to‘pni uzatmadi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi |
| 1' | ![]() |
Birinchi fol Ronalduga nisbatan ishlatildi. Maydon markazida |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga "Liverpul" kiritib berdi! Boshladik! |
| ' | ![]() |
Futbolchilar va hakamlar maydonda saf tortishganidan so‘ng odatga ko‘ra Chempionlar ligasi madhiyasi yangraydi |
| ' | O‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | ![]() |
Bugungi onlayn sahifamiz orqali "Liverpul" va "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatib boramiz |
| ' | Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining qoq o‘rtasiga yetib kelyapmiz. 3-tur o‘yinlari davom etadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|