Evropa ligasi
| «H» guruhi, 3-tur | ||
KRASNODARAndreas Grankvist (51-pen.)
Vanderson (86) |
2 : 4 |
VOLFSBURGIvisa Olich (37)
Kevin de Bryuyn (46, 80) Luis Gustavo (64) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
31.Andrey Dikan 5.Artur Yendjeychik 6.Andreas Grankvist 17.Vitaliy Kaleshin 27.Ragnar Sigurdsson 7.Pavel Mamayev 8.Yuriy Gazinskiy 10.Odil Ahmedov 21.Rikardo Laborde 33.Maurisio Pereyra 9.Ari |
1.Diyego Benalyo 4.Marsel Shefer 24.Sebastyan Yung 25.Naldo 31.Robin Knoxe 7.Daniel Kalidjiuri 9.Ivan Perishich 14.Kevin de Bryuyn 22.Luis Gustavo 23.Jozua Gilavogi 11.Ivisa Olich |
|
| ZAHIRA | ||
|
88.Andrey Sinisin 4.Aleksandr Martinovich 76.Aleksandr Ageev 98.Sergey Petrov 20.Ruslan Adjindjal 14.Vanderson 19.Nikita Burmistrov |
20.Maks Gryun 5.Timm Kloze 28.Mateush Klix 8.Viyeyrinya 27.Maksimilian Arnold 19.Djunior Malanda 12.Bas Dost |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Sigurdson (56)
|
||
Matn
| ' | "Krasnodar" bugun yo‘qotgan ochkoni javob o‘yinida qoplashga harakat qilb ko‘radi. E’tiboringiz uchun rahmat. | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Krasnodar" guruh bosqichida dastlabki mag‘lubiyatni musobaqa jadvaliga qo‘shib qo‘ydi |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuh! Shuncha zarbadan keyin ham to‘p Benalyo darvozasiga kirmadi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
Odil Ahmedov golga assistentlik qildi. Uning uzatmasidan keyin Vanderson darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni posbonning oyoqlari orasidan o‘tkazib, darvozaga yo‘lladi |
| 86' | ![]() |
GOOOOOOL, Vanderson, 2:4! |
| 83' | ![]() |
Rossiyaliklar yomon o‘ynashmayapti, raqibdan kam o‘yin ko‘rsatishmayapti. Faqat vaziyatlardan foydalanishda ular oqsashdi. Boz ustiga, birinchi bo‘lib o‘tkazib yuborilgan gol ularning rejasini buzib qo‘ygan bo‘lishi mumkin |
| 80' | ![]() |
"Krasnodar" tavakkal qilib, oldinga o‘tib ketdi va qarshi hujumda jazolandi. Kevin de Bryuyn dublni rasmiylashtirmoqda |
| 80' | ![]() |
GOOOOL! Kevin de Bryuyn, 1:4! |
| 79' | ![]() |
Burchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi va |
| 78' | ![]() |
Odil burchak to‘pi ishladi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuh, "Volfsburg" o‘ta xavfli qarshi hujumga o‘tdi! Chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgan futbolchi o‘z zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda o‘ng qanotdagi sherigiga to‘pni uzatdi. Markaziy himoyachi to‘pni bir amallab qaytarib qoldi. Ahmedov ham himoyaga yetib kelgandi |
| 73' | ![]() |
Laborde ogohlantirish oldi |
| 72' | ![]() |
"Krasnodar" jarima maydonchasiga yaqin joydan jarima to‘pini tepadi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuuuh, Ahmedooooov! Odilning 21 metrdan yo‘llagan zarbasini Benalyo qaytarishga ulgurdi |
| 70' | ![]() |
Jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. Shundoqqina darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 69' | ![]() |
Nemislar deyarli jarima maydonchasi chizig‘i ustida jarima zarbasini tepishadi |
| 68' | ![]() |
"Krasnodar"da o‘zgarish: Mamayev o‘rniga Vanderson tushirildi |
| 64' | ![]() |
Krasnodarliklar o‘z jarima maydonchalari atrofida raqibga to‘pni erkin nazorat qilish imkoniyatini berib qo‘yishdi. Luis Gustavo esa 18 metrdan to‘pni darvozaning olis burchagiga joylab qo‘ydi! |
| 64' | ![]() |
GOOOOL! Luis Gustavo, 1:3! |
| 63' | ![]() |
Vuuuuuuh, Odiiiiil! Burchak to‘pidan keyin himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Odil Ahmedov 27 metrdan kuchli zarba yo‘lladi! Tzp himoyachiga tegib qaytdi! |
| 60' | ![]() |
Ehhhhhh, Ahmedoooov! Odil jarima maydonchasi yarim doirasida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi! To‘p sakrab turgani uchun u darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 57' | ![]() |
Naldo jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Dikan mushti bilan to‘pni qaytardi |
| 56' | ![]() |
Sigurdson fol evaziga darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotgan raqib hujumchisini yiqitdi. |
| 53' | ![]() |
Arining zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, Labordening zarbasi kuchli va aniq bo‘ldi. Benalyo to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
"Krasnodar" sardori o‘zidan o‘ng tomonga - darvozaning yuqori burchagiga yo‘lladi, posbon boshqa tomonga tashlandi |
| 51' | ![]() |
GOOOOOL! Andreas Grankvist, 1:2! |
| 50' | ![]() |
"Volfsburg" himoyachisi ogohlantirish oldi |
| 50' | ![]() |
"Volfsburg" darvozasiga penalti belgiladi. Himoyachi jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. |
| 49' | ![]() |
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin krasnodarliklar hali o‘zlariga kelishmoqda. Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 46' | ![]() |
Nemislar ikkinchi bo‘limdagi ilk hujumdayoq gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Kevin de Bryuyn o‘ng qanotdan to‘p bilan oldinga o‘tdi, jarima maydonchasiga kirib keldi, bir himoyachini aldab o‘tdi va chap oyoqda zarba berib, darvozaning yaqin burchagini ishg‘ol qildi |
| 46' | ![]() |
GOOOOOL! Kevin de Bryuyn, 0:2! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishdi | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Krasnodar" - "Volfsburg" - 0:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Ehhhhh! Ahmedovning uzatmasidan keyin Ari darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va bir himoyaini aldab, 16 metrdan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 43' | ![]() |
Yaxshi uzatmadan keyin Kaleshin jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi |
| 37' | ![]() |
"Volfsburg" markazdan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga chap qanotdan yorib kirgan futbolchi to‘p yetkazildi. Uning zarbasi rekoshet holatida darvozabonning yonidan o‘tib ketdi va darvoza chizig‘i yonida turgan Olich to‘pni darvozaga kiritib yubordi |
| 37' | ![]() |
GOOOOL! Ivisa Olich, 0:1! |
| 37' | ![]() |
Tomonlar bir martadan xavfli hujumlar bilan almashishdi. "Volfsburg" futbolchisining jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘lgan bo‘lsa, Labordening 16 metrdan yo‘llagan zarbasini Benalyo egallab oldi |
| 36' | ![]() |
"Volfsburg" qarshi hujumga o‘tdi. O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni mezbon himoyachilari qaytarishdi |
| 33' | ![]() |
Ari o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachiga urilib yiqildi. Penalti yo‘q |
| 30' | ![]() |
Burchak to‘pini Benalyo egallab oldi |
| 29' | ![]() |
Odilning uzatmasidan keyin Laborde chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va burchak to‘pi ishladi |
| 28' | ![]() |
"Volfsburg" chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Ancha noaniq |
| 27' | ![]() |
Ari maydon markazida to‘p uchun kurashda g‘olib chiqdi va oldinga o‘tib, 20 metrdan zarba yo‘lladi. Zarba aniq, ammo Benalyo ham hushyor |
| 24' | ![]() |
"Krasnodar" markazdan hujumga tashkil qildi: to‘p oldinga o‘tgan Ahmedovga uzatildi. Odil to‘pni to‘xtatmasdan Ari tomon tashladi. o‘pni himoyachilar qaytarib yuborishdi |
| 23' | ![]() |
Vuuuuuuhhh! Ari maydonning so‘nggi chizig‘i ustida sakrayotgan to‘pni tavani bilan tepib, himoyachining ustidan o‘tkazib, murakkab vaziyatda zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan yuqoriga sakrab, darvoza chizig‘iga borayotganida darvozabon qo‘li bilan urib yuborishga ulgurdi. Aks holda Odil zarba berishga chog‘lanayotgandi |
| 21' | ![]() |
Ehhhhh, Ahmedov chiroyli pas bilan Arini jarima maydonchasiga boshladi, u to‘pni Labordega uzatdi. Rikardo yaqin masofadan - o‘tkir burchak ostida darvozaga aniq zarba bera olmadi! |
| 20' | ![]() |
"Volfsburg" burchak to‘pini amalga oshirdi. De Bryunning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 18' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ari qaytargan to‘pni Mamayev darvoza tomon tepdi. To‘p himoyachiga tepib yon tomonga chiqib ketdi |
| 15' | ![]() |
"Volfsburg" hujumchisi Luis GUstavo 20 metr zarba yo‘lladi. To‘p Dikan darvozasi yonida o‘tib ketdi |
| 14' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Naldo bosh bilan zarba berdi. Dikan to‘pni egallab oldi |
| 14' | ![]() |
"Volfsburg" burchak to‘pi ishladi |
| 12' | ![]() |
Mezbonlar yana jarima zarbasini amalga oshirishdi. Pavel Mamayev jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Zarba biroz noaniq bo‘ldi |
| 9' | ![]() |
Ariga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Ari bosh bilan Perreyraga qoldirdi. U to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordi va himoyachi ta’qibi ostida zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 6' | ![]() |
Yuqorida yetkazilgan to‘pni Ari jarima maydonchasi tashqarisida ko‘kragi bilan qabul qildi, ammo himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 5' | ![]() |
Maydon egalari raqib jarima maydonchasiga yorib kirishdi, ammo zarba berishga ulgurishmadi |
| 3' | Tengkuchli jamoalar. Tomonlar o‘yinni ehtiyotkorlik bilan olib borishmoqda. Mezbonlar 2 marta huujm tashkil qilishdi. Oqlar ko‘pchilik bo‘lib xavfni bartaraf etishdi | |
| 1' | ![]() |
O‘yinni "Krasnodar" boshlab berdi. Ketdik |
| ' | "Krasnodar" yashil-qora, "Volfsburg" oq rangli futbolkalarda harakat qilishadi | |
| ' | ![]() |
Odil doimgidek "Krasnodar" asosiy tarkibida maydonga tushdi. U 10-raqam ostida o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | Krasnodarliklar dastlabki ikki turda durang bilan kifoyalanishdi. Shu bois, ular bugun g‘alaba qozonishlari shart | |
| ' | Bugun Yevropa ligasining 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan "Krasnodar" ishtirokidagi o‘yinni onlayn translyasiya qilamiz. Oleg Kononov shogirdlari bugun o‘z maydonlarida Germaniyaning "Volfsburg" jamoasini qabul qiladi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|