Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi, 9-tur.

«El-klassiko», 25 oktyabr, soat 21:00. Bosh hakam: Xesus Xil Mansano

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (34-penalti)
Pepe (51)
Benzema (61)

3 : 1

BARSELONA

Neymar (4)
JAMOALAR TARKIBI
1.Iker Kasilyas
15.Daniel Karvaxal
12.Marselo
3.Pepe
4.Serxio Ramos
23.Isko
19.Luka Modrich
8.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
9.Karim Benzema
7.Krishtianu Ronaldu
  13.Klaudio Bravo
3.Jerar Pike
24.Jeremi Matye
22.Dani Alves
8.Andres Inyesta
5.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
6.Xavi Ernandes
9.Luis Suares
10.Lionel Messi
11.Neymar
SARIQ KARTOCHKA
 
Messi (9)
Neymar (14)
Pike (34)
Inyesta (38)

Matn

90'
"Real"ning uchinchi golidan keyin "Barselona" ruhan sindi va bu jamoaning o‘yin boshidagi shashtidan asar ham qolmadi
89'
Ming afsuski, eng kerakli paytda bizga xizmat ko‘rsatayotgan server ishonchimizni oqlay olmadi.
61'
GOOOOOOOL! Karim Benzama! "Barselona" maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi va buni mezbonlar kechirib o‘tirishmadi! Benzema deyarli birga bir vaziyatda darvozaning olis burchagiga to‘pni yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, to‘rga borib tushdi.
56'
Vuuuuuh! Kasilya jamoasini muqarrar goldan qutqardi! Neymarning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirib kelib, to‘pni orqaroqqa - Messining o‘ziga uzatdi. Messi to‘pga biroz kech qoldi — himoyachi to‘pni qaytardi. To‘pni egallab olgan Jeremi Matyo chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. Darvozaning yuqori burchagiga kirib ketayotgan to‘pni Iker qaytarib yubordi!
53'
Benzemaning uzatmasi biroz tezroq chiqdi. Ronaldu to‘pni egallay olmadi, aks holda birga bir vaziyatga chiqib ketardi
52'
Ikkinchi bo‘lim boshida "Real" tezkor gol urib oldi. Endi "Barsa" hisobda tenglashtirishga harakat qiladi
51'
Burchakdan yetkazib berilgan to‘pga Pepe bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi!
51'
GOOOOOOOL! Pepe, 2:1!
50'
Endi "Madrid"ning hujumi! Benzama to‘pni Ronalduga qoldirdi. Krishtianuning zarbasi yo‘liga Pike o‘zini tashladi va to‘p maydonni tark etdi. BUrchak to‘pi
48'
"Barsa" qarshi hujumga o‘tdi. Suares o‘ng qanotda ochilgan Neymarga to‘pni uzatdi. Braziliyalik futbolchi to‘pni havolatib darvoza yaqiniga yetkazdi. Madridliklar xavfni bartaraf etishdi
47'
Messi tomonidan ijro etilgan jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
47'
"Barselona" jarima maydonchasiga yaqin joyda jarima to‘pini tepadi. Modrich Suaresni chalib yiqitdi
46'
Xames Rodriges 17 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p kataloniyaliklardan biriga tegib, yuqoriga ko‘tarildi va uni Bravo egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati — 39-61%; Zarbalar — 10-7, Aniq zarbalar — 3-4, Burchak to‘plari — 2-5, Ofsayd — 0-1, Follar — 5-7, Sariq kartochkalar — 0-4.
'
Birinchi bo‘limdagi gollarni jamoalarning eng yaxshi to‘purarlari kiritishdi. Ushbu goldan keyin Ronalduning gollari 16taga, Neymarniki esa 9taga yetdi
'
Birinchi bo‘lim haqida nima deyish mumkin. Har ikkala jamoa yuqori saviyada o‘yin namoyish qilishmoqda. Ochiq o‘yin bo‘lmoqda, ikkala jamoa imkon bo‘ldi deguncha hujumga o‘tishmoqda. Urilgan gollardan tashqari yana bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi futbolchilar. Birinchi bo‘lim natijasi o‘yinga mos bo‘ldi deb ayta olamiz. Ikkinchi bo‘limda esa imkoniyatdan foydalangan jamoa g‘alaba qozonadi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam bo‘limga vaqt qo‘shmadi
44'
Marselo chap qanotdan yetkazib bergan to‘pga Xames bosh bilan zarba berdi. Ammo zarbaga aniqlik yetishmadi. Rodriges himoyachidan to‘pning o‘tishini kutmagandi shekilli
43'
Har ikkala jamoa to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda
41'
Bugun burchakdan havolatib yetkazilayotgan to‘plarni qaytarishda "Real" himoyachilari muammoga duch kelishmayapti
40'
"Barsa" ketma-ket ikkinchi marta to‘pni o‘yinga kiritadi
37'
"Barsa" darvozasi ushbu mavsumda ilk marta ishg‘ol qilindi. Ronaldu penaltidan Bravo darvozasiga mavsumdagi dastlabki golni kiritdi
35'
Ronaldu o‘zidan o‘ng tomonga to‘pni yo‘lladi. Bravo esa qarama-qarshi burchakka to‘pni yo‘lladi. 1:1!
34'
GOOOOOL! Krishtianuuuuuu Ronalduuuuu, 1:1!
34'
Endi esa penalti bor! Belgilandi. Pike jarima maydonchasi ichida yotgan holda to‘pni qaytardi
33'
Ronaldu burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga Krishtianu bosh bilan zarba berdi. To‘p Pikega tegib qaytdi. Ronaldu to‘p Pikening qo‘liga tegdi deya hakam murojaat qildi. Ammo penalti yo‘q
32'
"Real" o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni oldirib qo‘ydi. Neymarning uzatmasidan keyin Messi ofsaydda qolgandi
31'
Burchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasi tashqarisiga chiqdi va Alves kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni egallab oldi
30'
Messining uzatmasidan keyin jarima maydonchasiga kirib borgan Matyo burchak to‘pi ishladi
29'
"Barselona" qarshi hujumga o‘tdi va Messi to‘pni jarima maydonchasi yaqinida ochilgan Neymarga uzatdi. Braziliyalik futbolchini to‘pni Messining o‘ziga qaytarayotgandi, to‘pni yo‘qotdi
28'
Messi faol, ancha faol. Uni to‘xtatish Anchelotti shogirdlariga oson bo‘lmayapti. U hozir o‘ng qanotda Marchelodan o‘tib ketib, darvozaga yaqin joyda turgan Neymarga to‘pni uzatdi. Neymarning zarbasi Ramos qaytarib qoldi va xavfni bartaraf etdi
26'
Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va himoyachidan to‘pni o‘tkazib, o‘zi ortdan yetib kelgan Busketsga urilib yiqildi. Vaziyatga yaqin turgan 30 yoshli hakam o‘yinni to‘xtatmadi
23'
Vuuuuuuuh, Messi "Real"ni kechirmoqda, aniqrog‘i Kasilyas muqarrar goldan jamoasini qutqardi! Suares o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Messi 4 metrdan darvozaga zarba berdi. To‘p Ikerga tegib, maydonni tark etdi!
22'
Vuuuuh, "Madrid" Messi imkoniyat berib qo‘yishmoqda! Leo jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qilib, zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Kasilyas to‘pni egallab oldi!
21'
Mezbonlar bosimni oshirishmoqda. Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi
17'
Suares burchak to‘pi ishladi. Mezbonlar burchak to‘pini bartaraf etishdi
16'
Kroosning zarbasini Bravo egallab oldi
16'
Undan avval esa madridliklar 2 marta qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
11'
Texnik kamchiliklar uchun uzr so‘raymiz. Katta bosimni server ko‘tara olmayapti... Hozir Karim Benzema ikki marta "Barselona" darvozasi to‘sini va ustunini nishonga oldi. Dastlab Ronalduning uzatmasidan keyin Karim bosh bilan zarba berdi, to‘p to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘p uchun kurashda hujumchining o‘zi himoyachidan ustun keldi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni va keskishgan joyiga tegib, maydonni tark etdi! Omad kataloniyaliklar tomonida bo‘ldi.
4'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni jarima maydonchas chizig‘i ustida qabul qilgan Neymar bir himoyachini aldadi va aniq zarba bilan Kasilyas darvozasining burchagini nishonga oldi!
4'
GOOOOOOOOL! Neymaaaaaar! 0:1!
1'
O‘yin boshlandi!
'
O‘yinni birgalikda kuzatib boramiz.
'
"Barselona" bosh murabbiyi 4 oy rasmiy o‘yinlarda ishtirok etmagan Luis Suaresni boshlang‘ich tarkibga kiritdi
'
El-klassiko boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Yana 15 daqiqadan keyin "Real Madrid" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.