Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

9-tur. 26 oktyabr, soat 21:00

MANCHESTER YUNAYTED

0 : 1

CHELSI

Drogba (53)
JAMOALAR TARKIBI
1.David de Xea
17.Deyli Blind
2.Rafael
12.Kris Smolling
5.Markos Roxo
3.Lyuk Shou
11.Adnan Yanuzay
31.Maruan Fellayni
8.Xuan Mata
7.Anxel Di Mariya
20.Robin van Persi
  13.Tibo Kurtua
2.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
26.Djon Terri
3.Filipe Luis
21.Nemanya Matich
22.Villian
8.Oskar
10.Eden Azar
4.Sesk Fabregas
11.Didye Drogba
ZAHIRA
13.Anders Lindegor
42.Tayler Blekett
44.Andreas Pereyra
24.Darren Fletcher
21.Ander Errera
16.Maykl Kerrik
49.Jeyms Uilson
  1.Petr Chex
6.Natan Eyk
12.Jon Obi Mikel
14.Andre Shyurrle
5.Kurt Zuma
17.Muhammad Saloh
34.Lyuis Beker
SARIQ KARTOCHKA
Rafael (12)
 
Drogba (22)

Matn

90+5'
O‘yin tugadi, 1:1.
90+4'
Golni nishonlay turib Van Persi futbolkasini yechdi va sariq kartochka oldi.
90+4'
Rfayelning 6 mertlardan boshi bilan bergan zarbasini Kurtua qaytardi, ammo to‘p Van Persiga kelib tushdi va u to‘pni bo‘sh darvozaga yo‘lladi!
90+4'
Goooool. Van Persi! 1:1!
90+3: '
"Chelsi"da yana o‘zgarish: Villian o‘rniga Zuma tushdi.
90'
O‘yinga 4 daqiqa qo‘shildi.
90'
"Chelsi"da o‘zgarish: Eden Azar o‘rniga Andre Shyurrlle tushdi.
88'
Di Mariya jarima maydonchasi ichiga oshirdi, ammo u yerda Yanuzay Ivanovichga qo‘pollik qildi.
88'
Eden Azar qo‘polligi uchun ogohlantirildi.
84'
"Chelsi"ning burchak to‘pini Yanuzay amlga oshirdi. Kurtua to‘pni egallab olib, Roxoning ustiga yiqildi.
82'
Azar sherigi bilan jarima maydonchasi ichida kombinasiya uyushtirmoqchi bo‘ldi, ammo Blind to‘pni olib qo‘ydi.
79'
Yanuzay jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi, ammo noaniq.
79'
Van Presiii! U jarima maydonining chap tarfida himoyachini chalg‘itdi, undan o‘tib ketdi va chap oyog‘ida darvozaga zarba berdi! Kurtua oyoqlari bilan to‘pni qaytarib qoldi!
77'
Yanuzay o‘ng qanotda o‘ynay boshladi,Rafayeldan to‘p qabul qilib oldi va o‘zi uni sheriklariga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi. Aut.
72'
Di Mariya burchak to‘pini oshirdi, to‘p "Chelsi"ga tushdi va qarshi hujmga otlandi Ammo bu ham samarasiz.
72'
Lyuk Shou chap qanotdan jarima maydonchasiga to‘p yetkazmoqchi bo‘ldi, ivanovich to‘pni maydondan chiqarib yubordi. "MYu" burchak to‘o‘pi tepadi.
67'
"MYu"da Xuan Mata o‘rniga Uilson tushdi.
67'
"Chelsi"da o‘zgarish - Oskar o‘rniga Jon Obi Mikel tushdi.
65'
Hakam jarima to‘pi belgiladi, bundan norozi bo‘lgan Ivanovich sariq kartochkali bo‘ldi.
64'
Di Mariya Ivanovichdan o‘tib ketayotgan chog‘ida Branislav uni qo‘lidan ushlab yiqitdi.
53'
Burchakdan oshirilgan to‘pni Drogba darvozaning yaqin burchagiga kiritdi. Van Persi to‘pni qaytara olmadi.
53'
Gooooooool. Drogba!0:1!
49'
Ivanovich jarima maydonchasi ichida to‘p qabul qilib, uni markazga uzatdi, ammo Villianni ham, Oskarni ham himoyachilar yopib qo‘yishgan edi.
47'
"Chelsi" hujum qilishga urinmoqda, ammo "MYu"ga hech qanday xavf sola olgani yo‘q.
45'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2 '
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikki daqiqa ham nihoyasiga yetdi. tanaffus.
45'
Di Mariya jarima to‘pini darvozaga emas, jarima maydonchasi ichida turgan mataga pastlatib uzatdi, Xuanning zarbasi balandlab ketdi.
43'
Yanuzay o‘z jamoasi jarima maydonchasi ichiga kirib boryotganda Ivanovich uni yiqitdi, Adnan penalti ishlash uchun jarima maydonchasi ichchiga yiqildi.
40'
Texnik sabablarga ko‘ra translyasiyamizda uzilish bo‘ldi, buning uchun uzr so‘raymiz, yaxshi, o‘yinda hali gol bo‘lmadi, davom etamiz :)
26'
Di Mariya chap qanotda belgilangan jarima to‘pini amalga oshirdi. Kurtua mushti bilan urib yubordi
24'
Van Gal shogirdlari yana bir xavfli vaziyat! Di Mariya qanotdan yetkazib bergan to‘pni Van Persi bosh bilan darvoza tomon burda. Darvoza to‘sini ostiga kirayotgan to‘pni De Xea egallab oldi!
23'
Vuuuuuuh! Van Persi birga-bir vaziyatda darvozabonga qaramasdan zarba berdi. To‘p Kurtuaga tegib qaytdi!
22'
Drogba ogohlantirildi. Fol chun
21'
Himoyaga yordam kelgan Di Mariya to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. "Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. De Xea to‘pni egallab oldi
18'
Anxelning o‘zi jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Roxo to‘p yo‘nalishini bosh bilan darvozaga bura olmadi
18'
Matich Di Mariyani qo‘pollik bilan yiqitdi. Jarima to‘pi
14'
Burchakdan uzatilgan to‘pga Drogba zarba berdi. Noaniq
14'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni mudofaa vakillari qaytirishdi. To‘p yana jarima maydonchasiga qaytirildi. Bu safar yana burchak to‘pi tepiladi
13'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni De Xea egallab oldi
12'
"MYu" chap qanot himoyachisi Rafael ogohlantirish oldi. Azarni tortib qolgani uchun
9'
"MYu" qarshi hujumni chap qanotdan rivojlantirildi. Qanotdan uzatilgan to‘p himoyachinng boshidan jarima maydonchasiga chiqdi. Di Mariya yana to‘pni to‘xtatmasdan tepishga qaror qildi. Yana noaniq zarba berdi
4'
Vuuuuuh! Manchesterliklar bir hujumning o‘zida ikkita xavfli hujum tashkil qilishdi. Dastlab Van Persining uzatmasidan keyin Felayni yaqin masofadan tavani bilan to‘pni darvoza tomon tepdi. To‘p Kurtuaga tegib qaytdi va himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi. Takroriy hujum paytida yana Van Persi to‘pni o‘ng tomonda ochilgan Di Mariyaga pas berdi. Anxel to‘pni yerga tushirmasdan zarba berishga qaror qildi. Ammo 9-10 metrdan to‘pni aniq darvozaga yo‘llay olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
3'
Burchak to‘pini mezbonlar qaytirishdi
3'
Dastlabki hujumni londonliklar tashkil qilishdi. Felipe Luis chap qanotdan himoyachilar egallab, hujumga o‘tishmoqchi bo‘lishdi, ammo to‘pni yo‘qotishdi. To‘pni egallagan Oskar 18 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib maydonni tark etdi
1'
To‘pni o‘yinga "qizil iblislar" kiritib berishdi. Ketdik!
'
"MYu" qizil, "Chelsi" ko‘k rangli formalarda o‘ynashadi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
'
Hozirgi paytda "Chelsi" turnir jadvalini boshqarmoqda. Van Gal esa "MYu" bilan hali barqarorlikka erishmadi
'
Ustoz va shogird o‘rtasidagi bahs. Mourinyo murabbiylik sohasida Lui van Galdan ko‘p narsani o‘rgangan va o‘z ustozini hurmat qilishini ta’kidlab o‘tdi
'
Bugun "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qiladi
'
"El-klassiko"dan keyin kuchli beshlik chempionatlaridagi yana bir markaziy o‘yinni birgalikda kuzatib boramiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.