Ispaniya La ligasi
| 10-tur, 1 noyabr, soat 20:00 | ||
GRANADA |
0 : 4 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (2)
Xames Rodriges (31, 86) Karim Benzema (54) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Roberto Murilyo Baben FulkYE Nyom Sissoko Iturra Eddi Xuan Karlos Kordoba Saksess |
Kasilyas Ramos Karvaxal Pepe Marselo Isko Xames Kroos Modrich Benzema Ronaldu |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Eddi Silvestr (41)
|
Luka Modrich (43)
|
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
"Real" tezkor hujumni amalga oshirdi. Benzema to‘pni egallab, Arbeloaga uzatdi. Alvaro to‘pni Ronalduga berdi, ammo Krishtianu muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. To‘p olis ustun yonida turgan Xamesga kelib tushdi. Rodriges himoyachi bilan to‘p uchun kurash olib bordi va to‘pni darvozaga yo‘lladi. |
| 86' | ![]() |
GOOOOOL, Xames Rodriges, 0:4! |
| 86' | ![]() |
El-Arabiy darvoza tomon kuchli zarba berdi. Ikera Kasilyas Yusufning zarbasini qaytardi. |
| 85' | ![]() |
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Isko o‘rniga Asyer Ilyaramendi tushdi |
| 83' | ![]() |
"Real"ning javob hujumi! Arbeloa jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va Benzema bilan "devor" o‘ynab, yaqin masofadan darvoza tomon zarba berdi! Posbon to‘pni qaytardi! |
| 81' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Granada" bitta javob to‘pini kiritishi mumkin edi! Sissoko Kasilyas bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, uni aldab o‘tdi va darvoza tomon zarba berdi. Serxio Ramos darvoza chizig‘i ustida to‘pni qaytarib qoldi! |
| 79' | ![]() |
Marselo jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. To‘p yana darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 76' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Xedira tushirildi |
| 73' | ![]() |
Xavyer Ernandes maydon chetida qizib olish mashg‘ulotlarini boshladi. Maydonda paydo bo‘lib qolsa kerak |
| 72' | ![]() |
"Real" to‘pni mehmonlarga berib qo‘ydi. El-Arabiy bo‘sh hudud bo‘ylab oldinga o‘tdi va zarba berdi. Zarba ancha noaniq |
| 68' | ![]() |
"Granada"da xavfli vaziyat! To‘pni egallab olgan Rochina jarima maydonchasi ichida Ramosni aldab o‘tdi va zarba berishni negadir kechiktirdi. Natijada Serxioning o‘zi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi. |
| 67' | ![]() |
Mezbonlarda uchinchi o‘zgarish: Jon Kordoba o‘rniga Ruben Rochina tushdi |
| 65' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pini Xames o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 63' | ![]() |
Mezbonlar "Real" tomonidan amalga oshirilgan burchak to‘pini bartaraf etishdi |
| 59' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! Ronaldu yana tavani bilan uzatma berdi va Isko jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo zarba berishga muvaffaq bo‘la olmadi. To‘p Marseloga kelib tushdi, braziliyalik himoyachining navbatdagi zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 57' | ![]() |
Mehmonlarda yana bir golli vaziyat. Marselo jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi! |
| 54' | ![]() |
To‘p qanotdan Xamesga yetkazildi. U o‘z navbatida to‘pni jarima maydonchasidagi Ronalduga uzatdi. Krishtianu tavani bilan to‘pni Benzemaga uzatdi va Karim deyarli birga bir vaziyatga chiqib borib, vaziyatni golga aylantirdi! |
| 54' | ![]() |
GOOOOOOL, Karim Benzema, 0:3! |
| 50' | ![]() |
Mezbonlarda yana bir o‘zgarish: Isaak o‘rniga Yusuf El-Arabiy tushirildi |
| 48' | ![]() |
Jon Kordoba zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni egallab oldi |
| 47' | ![]() |
"Granada"da o‘zgarish. Eddi Silvestr o‘rniga Xavi Markes tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘limdan keyin o‘yin statistikasi: to‘p nazorati — 27-73%, zarbalar — 3-7, darvoza tomon zarbalar — 1-3, jarima zarbalari — 7-10, burchak to‘plari — 1-1, ofsaydlar — 0-2, seyvlar — 1-1, ogohlantirishlar — 1-1. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+2' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasini tepishdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
"Granada" hujumga o‘tdi. Qanotdan uzatilgan to‘p "Real" jarima maydonchasidan kesib o‘tib ketdi, hech kimga nasib qilmadi |
| 43' | ![]() |
Endi esa Eddini chalib yiqitgan Luka Modrich ogohlanlantirish oldi |
| 41' | ![]() |
To‘psiz harakat qilayotgan Toni Kroosga nisbatan fol ishlatgani uchun Eddi Silvestr sariq kartochka oldi. |
| 40' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qoldi |
| 38' | ![]() |
Anchelotti majburiy o‘zgarishga qo‘l urdi. Hozirgina Karvaxal jarohat oldi. Uning o‘rniga Arbeloa tushirildi |
| 37' | ![]() |
Marselo jarima maydonchasidagi Benzema tomon to‘pni yetkazdi. Himoyachilar Karimga nisbatan chaqqonroq harakat qilishdi |
| 36' | ![]() |
"Granada" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Madridliklar xavfni bartaraf etishdi |
| 36' | ![]() |
Ramos maydonga qaytdi va o‘yinni davom ettiradi |
| 34' | ![]() |
Serxio Ramos va Pepe to‘qnashib ketishdi. Ispaniyalik futbolchi maydonda yotibdi. Pepe butsasining tishlari bilan Ramosning qorniga tepib yubordi |
| 31' | ![]() |
Xames Rodriges ajoyib gol muallifiga aylandi. Benzema tomonidan uzatilgan to‘pga Xames to‘xtatmasdan zarba berdi va darvozaning olis burchagini nishonga oldi! |
| 31' | ![]() |
GOOOOOOL! Xames Rodriges, 0:2! |
| 27' | ![]() |
"Granada" jarima maydonchasi ichida mehmonlar to‘pni bir-birlariga uzatishdi. Xames to‘pni Ronalduga uzatdi, Krishtianu esa tavani bilan Karvaxalga pas berdi. Danielning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 26' | ![]() |
Shu paytga qadar madridliklar birorta ham o‘yin qoidasini buzishmadi. Bu borada statistika - 7:0. |
| 25' | ![]() |
To‘la ustunlik Anchelotti shogirdlari tomonida. |
| 23' | ![]() |
Xavfli zarba! Benzama jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va biroz o‘z pozisiyasini o‘zgartirib, darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi. |
| 22' | ![]() |
Isaak Sakes oldinga o‘tdi, ammo Pepeni aldab o‘ta olmadi. Isaakka tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 21' | ![]() |
Benzemaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Xames uzatgan jarima to‘pini Roberto egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Xames yana bir marta zarba yo‘lladi. Bu safar darvoza tomon aniq bordi, darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 18' | ![]() |
Ronalduning uzatmasidan keyin Xames Rodriges jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 17' | ![]() |
"Granada" ham imkon bo‘lganda qo‘rqmasdan oldinga o‘tmoqda, biroq hozir ish zarbagacha yetib bormayapti |
| 15' | ![]() |
Marselo chap qanotda faol o‘ynamoqda. U hozir to‘pni krishtianuga yetkazdi. Ronaldu ofsaydda qolgandi |
| 10' | ![]() |
To‘p nazorati asosan mehmonlar tomonida. "Madrid" bitta gol bilan cheklanib qolmaydi albatta |
| 2' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotda to‘p uchun kurash olib bordi va jarima maydonchasi ichidagi Benzemaga pas berdi. Karim to‘pni Ronaldu yetkazdi va Krishtianu darvozaning pastki burchagini nishonga oldi! O‘ta tezkor gol! |
| 2' | ![]() |
GOOOOOL, Krishtianu Ronaldu, 0:1! |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. "Granada" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|