Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

10-tur, 1 noyabr, soat 23:59. Bosh hakam: Inyaki Vikandi Garrido

BARSELONA

0 : 1

SELTA

Xoakin Larrivey (55)
JAMOALAR TARKIBI
Klaudio Bravo, Xavyer Maskerano, Xordi Alba, Dani Alves, Jeremi Matye, Serxi Buskets, Ivan Rakitich, Rafinya, Luis Suares, Messi (s), Neymar   Serxio Alvares, Ugo Malyo, Xonni, Serxi Gomes, Gustavo Kabral, Pedro Ernandes, Nemanya Radoya, Mikayel Kron-Deli, Faban Orelyana, Nolito, Xoakin Larrivey

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
O‘yin yakunlandi! "Barselona" ketma-ket ikkinchi o‘yinda yutqazmoqda va peshqadamlikni boy berdi!
90+3'
Pedro Rodrigesga sariq! Xavfli o‘yin uchun!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
84'
Suares jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi! Serxio Alvares to‘pni qaytarib qoldi. Superseyv!
82'
Sharlesning zarbasi to‘sin ostiga kirib ketayotgandi, Bravo qaytarib yubordi!
80'
Messssiii! JArima zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuni va to‘sini kesishgan joyga tegdi!
75'
Bu orada Selta futbolchisi Serxi Gomes hakam tomonidan ogohlantirilgani e’tibordan chetda qolibdi.
74'
Hozircha yagona bo‘lib turgan gol muallifi Larrivey o‘rniga Selta tarkibida Sharles maydonga tushmoqda.
72'
Darvoqe, Selta haqida yana bir fakt yoddan ko‘tarilibdi. Ayni daqiqalarda Kamp Nouda chempionat peshqadamiga qarshi mardonavor tarzda kurashayotgani vigoliklar ushbu mavsumda hali safardagi o‘yinda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramaganlar! O‘yindan oldin ushbu fakt Luis Enrikening e’tiboridan chetda qolgan ko‘rinadi. Yana 18 daqiqa vaqt qoldi.
70'
Suares!!!! Yana qanday hujum kerak?! Pedroning havolatib uzatgan to‘pini Suares boshi bilan bir necha metrlardan to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga tashlab berdi. Bunday vaziyatlarni gola aylantira olmasang g‘alabadan umid qilmasang ham bo‘ladi.
68'
Selta safida ham o‘zgarish. Ernandes maydonni tark etdi va uning o‘rniga Borxa Fernandes maydonga tushdi.
67'
Barselona to‘rtta nominal hujumchi bilan o‘yinni davom ettiradi!! Busketsning pozisiyasiga Maskerano o‘tdi.
66'
Yo‘q. Rakitich maydonda qoldi. Serxi Buskets va Rafinyalar maydonni tark etishdi. Xavi va Pedro maydonda.
64'
Rakitichning navbatdagi burchak to‘pini amalga oshirishi hech qanday samara bergani yo‘q. Xavi aynan xorvatiyalik futbolchining o‘rniga maydonga tushishini tahmin qilsa bo‘ladi.
62'
"Kamp Nou"ga yig‘ilgan muxlislar o‘z jamoasi futbolchilarini oldinga boshlamoqda. Bu orada esa Xavi maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
60'
Barsa raqibini jarima maydoniga qamab qo‘ydi. Ketma-ket uchta burchak to‘pi ham hozircha samara keltirmadi.
57'
Goldan ruhlangan mehmonlar yana hujumda. Darvoqe, Selta qatorasiga o‘ninchi uchrashuvda raqib darvozasiga gol urmoqda. Vigoliklar mavsumni ancha yaxshi boshlashgani va bekorga yetakchilar qatorida bormayotganini isbotlashmoqda.
56'
"Sen urmasang senga urishadi" dermidi. Siyqasi chiqib ketgan bo‘lsa ham, ayni o‘yinga juda mos keladigan atama. Selta birgina haqiqiy havfli hujum uyushtirdi va gol urdi. Mezbonlardan esa omad ochiqchasiga yuz o‘girmoqda.
54'
GOOOLL. Larrivey Seltani hisobda oldinga olib chiqmoqda. Mana sizga syurpriz! Ajoyib hujum va mehmonlar hisobda endi oldinda!
53'
Suares hozirgi vaziyatida zarba berish o‘rniga fint ishlatishga kirishib ketdi va natijada to‘pni oldirdi.
52'
O‘yin jonlandi. Barselona futbolchilari hozir to‘liq to‘pni nazoratlariga olishdi va raqib darvozasi oldida bir nima o‘ylab topishga harakat qilishmoqda.
51'
Xeeexeyy...Yana Neymar va yana darvoza to‘sini. Neymar ikkinchi marta bugungi o‘yinda darvoza to‘sinini poylamoqda. Omad kelmadi degani shu bo‘lsa kerak.
48'
Har ikkala jamoa a’zolari ikkinchi bo‘lim boshida bittadan hujum uyushtirishga ulgurishdi. Avvaliga, birinchi bo‘lim qahramonlaridan biri Xonni qanotdan Barsa jarima maydoni ichiga yorib kirmoqchi bo‘lganda Dani Alves uni to‘xtatib qoldi. Shu daqiqaning o‘zida esa Neymar raqib himoyachilarini shoshiltirib qo‘ydi. Uning qanotdan uzatgan to‘pini raqib himoyachisi o‘z darvozasiga kiriti qo‘yay dedi..
46'
IKKINCHI TAYM BOSHLANDI!
45'
Hakam o‘yinning birinchi bo‘limiga bir soniya ham qo‘shmadi. "Kamp Nou"dagi tabloda birinchi bo‘limdan keyin mana bunday hisob - 0:0.
44'
Neymarrrrr! Nima deyish mumkin?! Braziliyalik futbolchi yana raqib darvozaboni bilan yakkama yakka chiqib keldi. Uning yerlatib bergan zarbasini esa Alvares egallab oldi.
42'
Luis Enrikening hozirgi shogirdlari uning avvalgi shogirdlari darvozasiga yo‘l topa olishmayapti. Barsa futbolchilariga so‘nggi daqiqalarda omad ham yetishmayapti. Ketma-ket zarbalardan so‘ng to‘p raqib darvozasiga kirishni istamayotgandek....
38'
Messida yana bir vaziyat. Yana raqib darvozaboni bilan deyarli yakkama-yakka qolgan argentinalik futbolchi yana zarbada biroz adashdi.
35'
Barselona safida Rafinya ismli futbolchi asosiy tarkibda o‘ynayotganini ayni shu daqiqalarga kelib bilib oldik. Uning raqib jarima maydoni ichidagi havfli to‘p uzatishiga mehmonlar tayyor turishdi va havfni bartaraf etishdi.
34'
Mana yana bir vaziyat, yana Messi! Argentinalik hozir darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka qoldi va darvozaga zarba berdi. So‘nggi palladagina mehmonlar himoyachisi Xonni to‘pni maydondan chiqarib yuborishga ulgurdi..
30'
Messiiii. Uning yerlatib burchakka yo‘naltirgan zarbasini Alvares qaytarib qoldi. Ofarin!
28'
Darvoqe, Selta mavsumni ancha yaxshi boshladi va so‘nggi 9 uchrashuvda faqat bir marta mag‘lubiyatga uchradi. Barselona ham so‘nggi 9 uchrashuvda faqat bir marta mag‘lub bo‘lgan. Qaysi uchrashuvda ekanini eslatish shart bo‘lmasa kerak.
25'
Barselona futbolchilari burchak to‘pini amalga oshirishda bir nimalarni o‘ylab topishdi va yakunda to‘pni oldirib qo‘yib sal qolsa qarshi hujumni o‘tkazib yuboray deyishdi. Yakunda yana o‘sha Nolitoning zarbasi o‘xshamadi.
22'
Shu zahoti Selta ham tezkorlik bilan hujum uyushturdi. Mehmonlar safida ancha faol bo‘lgan Nolito hujumni yakuniga yetkaza olmadi.
20'
Alba esa Alvesdan farqli ravishda o‘z qanotidan to‘pni yerlatib oshirdi. Ammo, to‘pga ancha tezlik berib yuborgani uchun Rakitich unga ulgurmadi.
19'
Dani Alves esa doimgidek o‘z qanotidan to‘pni raqib jarima maydoniga havolatib uzatishni boshladi. Noaniq..
17'
Nolito o‘ziga nisbatan qoida buzilgan joydan havfli jarima zarbasini amalga oshirdi. Ammo, uning zarbasi anchaaaaa noaniq..
15'
O‘yindagi ilk sariq kartochka mehmonlar futbolchisi Pedro Ernandesga ko‘rsatildi. Busketsni tirsagi bilan turtib yuborgani uchun.
14'
Barsa ayni daqiqalarga kelib o‘yinda ustunlik qilmoqda. Ammo, mehmonlar jamoaviy pressing evaziga Barsa hujumchilarini o‘z darvozalariga deyarli yaqinlashtirishmayapti
13'
Zarbaaa!! Darvoza to‘sini hozir Seltani goldan qutqarib qoldi Zarbani kim berdi deb o‘ylaysiz? Albatta, Neymar. Braziliyalik futbolchi hozircha mezbonlar safida eng faol o‘yinchi bo‘lib turibdi.
11'
Mehmonlar birinchi marta Barselona jarima maydoniga kirib kelishdi. Nolito zarba beraman degunicha ko‘p o‘ylanib yubordi. Havf bartaraf etildi.
9'
Havli vaziyat!! Yana Neymar. Bu safar Rakitichning uzatgan to‘pini braziliyalik futbolchi boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Selta darvozaboni o‘z o‘rnida..
6'
Suares huddi avvalgi o‘yindagi kabi Neymarni ajoyib pas bilan raqib darvozaboni bilan duelga chiqara oldi. Ammo, braziliyalik futbolchi Serxi Gomesni alday olmadi.
4'
Kataloniyaliklar o‘yin boshidanoq to‘pni o‘z nazoratlariga olishdi. Luis Enrike bugun ham Suaresga asosiy tarkibdan joy berdi. Urugvaylik hujumchining harakatlarini kuzatish ancha qiziqroq bo‘lar edi.
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Barselona safida avvalgi o‘yindan farqli ravishda bir nechta o‘zgarish. Xavi zaxirada qolgan bo‘lsa, Realga qarshi o‘yinda barqaror o‘yin namoyish eta olmagan Pike o‘yin qaydnomasiga umuman kiritilmagan. Rafinya asosiy tarkibda maydonga tushadi. Lionel Messi esa bugun Barselonani sardor sifatida maydonga boshlab tushadi.
'
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng "Kamp Nou"da Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan Barselona va Selta jamolari o‘rtasidagi uchrashuv start oladi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.