Angliya Premyer-ligasi
| 10-tur, 2 noyabr, soat 18:30 | ||
MANCHESTER SITIAguero (63)
|
1 : 0 |
MANCHESTER YUNAYTED |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Jo Xart 5.Pablo Sabaleta 4.Vensan Kompani 11.Aleksandr Kolarov 26.Martin Demichelis 42.Yaya Ture 15.Xesus Navas 7.Jeyms Milner 6.Fernando 16.Serxio Aguero 35.Stefan Yovetich |
1.David de Xea 17.Deyli Blind 12.Kris Smolling 5.Markos Roxo 3.Lyuk Shou 7.Anxel Di Mariya 25.Antonio Valensiya 11.Adnan Yanuzay 31.Maruan Fellayni 20.Robin van Persi 10.Ueyn Runi |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Martin Demichelis (61)
Fernando (79) |
Deyli Blind (28)
Kris Smolling (31) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Kris Smolling (39)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" - 1:0! |
| 90+5' | So‘nggi 60 soniya boshlandi... | |
| 90+3' | ![]() |
Fellayni ofsaydda |
| 90+2' | ![]() |
Van Gal shogirdlari ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ish zarbagacha yetib bormadi |
| 90+1' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin jarima maydonchasiga uzatma amalga oshirildi. Ture bosh bilan zarba berdi! Biroz noaniq |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Jeko o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo Valensiyani alday olmadi! Natijada xavf yo‘qqa chiqdi |
| 89' | ![]() |
Vuuuuh! Yaya Ture jarima maydonchasi oldida to‘pni egalladi va aylanma zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 88' | ![]() |
"Qizil iblislar" so‘nggi kuchni ishga solib, oldinga o‘tishga harakat qilishmoqda |
| 85' | ![]() |
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Felleyni bsh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 84' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Aguero o‘rniga Fernandinyo tushirildi |
| 81' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Robin van Persi o‘rniga Uilson tushirildi |
| 80' | ![]() |
Jarima zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 79' | ![]() |
Fernando Di Mariyani chalib yiqitdi va ogohlantirish oldi |
| 78' | ![]() |
Fellayni gol urishi mumkin edi. Jarima zarbasidan so‘ng Maruan bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq noaniq! |
| 77' | ![]() |
VUUUUUH, Runiiiii! Ueyn maydon markazidan ketma-ket 3 nafar futbolchini aldab o‘tdi va jarima maydonchasiga kirgan paytda zarba berish o‘rniga ortidan yetib kelgan himoyachini aldashga qaror qildi. To‘p yo‘qotilgandek bo‘lgandi, biroq u Di Mariyaga uzatildi. Anxelning zarbasi Xart yon tomonga qaytardi! |
| 74' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni yo‘qotishmadi va Ture chiroyli pas bilan Navasni o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga boshladi. Xesus o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi! |
| 72' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin "Yunayted"ning hujumi davom etdi. Runi jarima maydonchasi ostonasida turgan Di Mariyaga to‘pni uzatdi. Anxel Ueynning o‘ziga to‘pni yetkazmoqchi bo‘ldi, ammo Runi jarima maydonchasi ichiga kirib kelishda biroz kech qoldi. Xart to‘pni egalladi |
| 71' | ![]() |
VUUUH! Van Persi chap qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirar-kirmas o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi! Jo Xart oyog‘i bilan to‘pni qaytarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 70' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Jeyms Milner o‘rniga Samir Nasri tushirildi |
| 69' | ![]() |
Yaya maydon markazidan boshlab to‘p bilan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi yaqiniga borib, to‘pni o‘ng tomondan ichkariga kirib kelgan Navasga uzatdi. Lyuk Shou podkat orqali to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 68' | ![]() |
Stefan Yovetich darvozaning yuqori burchagi tomon kuchli zarba berdi. De Xea chiroyli seyv bilan to‘pni egallab oldi |
| 67' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Navas bosh bilan unchalik muvaffaqiyatlii zarba bera olmadi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 63' | ![]() |
Yaya Ture chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Klishini to‘p bilan ta’minladi. U so‘nggi chiziq yoniga borib, to‘pni darvozabon maydonchasi yaqinida turgan Agueroga uzatdi. Serxio to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga joyladi! |
| 63' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Serxio Kun Aguero, 1:0! |
| 62' | ![]() |
Di Mariya tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasi hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 61' | ![]() |
Qarshi hujum natijasida Di Mariya o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi. Martin Demichelis Anxelning oyog‘iga tashlanib, uni yiqitdi. Ogohlantirish |
| 60' | ![]() |
Aguero jarima maydonchasi ichida 2-3 nafar futbolchini aldab o‘tdi va Fellaynining oyog‘iga urilib, yiqildi. Hakam yana penalti belgilamadi. "Gol ursang - o‘yindan ur" demoqchi shekilli |
| 56' | ![]() |
"MYu"da majburiy o‘zgarish: Markos Roxo o‘rniga Patrik MakNeyr tushirildi |
| 55' | ![]() |
"Man.Siti" ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 53' | ![]() |
Markos Roxo jiddiy jarohat oldi. Uni zambildan maydondan olib chiqib ketishdi |
| 52' | ![]() |
Yaya Ture jarima maydonchasi ostonasida to‘pni yana o‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan Navasga uzatdi. Uning uzatmasi esa Shouga tegib, maydonni tark etdi |
| 49' | ![]() |
Navbatdagi hujumni Ture o‘ng qanotga ko‘chirdi va qanotdan yetkazilgan to‘pni mezbon futbolchisi darvoza tomon yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! "Siti"ning bosimi oshib bormoqda. Chap qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida to‘p Aguero orqali Navasga kelib tushdi. Xesusning zarbasi Fellayniga tegib qaytdi |
| 46' | ![]() |
"Manchester Siti" ikkinchi bo‘lim boshidanoq katta kuch bilan oldinga o‘ta boshladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+4' | ![]() |
Bu paytda birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3 daqiqa yakuniga yetib bo‘lgandi, hakam tanaffus e’lon qildi! |
| 45+4' | ![]() |
Yaya Ture jarima maydonchasi tashqarisidagi sherigiga to‘pni uzatib, o‘zi ichkariga kirib bordi. To‘p uchun kurashda Roxodan ustun keldi. Markos Tureni ortidan tepib yiqitdi, ammo hakam penalti bermadi! |
| 45+2' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarildi. Takroriy hujum paytida ofsayd qayd etildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Felleynining ta’qibi ostida Aguero jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo‘q |
| 40' | ![]() |
Jarimadan yetkazib berilgan to‘pni Kompani darvozaga yo‘llashi mumkin edi, biroq Vensen to‘pga biroz yeta olmadi |
| 39' | ![]() |
Vuh! "Yunayted" o‘n kishi bo‘lib qolmoqda! Kris Smolling himoyaning o‘ng qanotida o‘zidan o‘tib ketayotgan Milnerning oyog‘iga tagiga xavfli tashlandi va uni yiqitdi. Ushbu harakat haqiqatan ham "sariq"qa tortardi. Bundan bir necha daqiqa avval Smolling yo‘q joydan o‘ziga o‘zi sariq kartochka tilab olgandi va ikkinchi "sariq" "qizil"ga aylandi! |
| 38' | Har ikkala jamoa birinchi planga mustahkam himoyani qo‘ymoqda | |
| 35' | ![]() |
"Man.Siti" chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo Milnerning uzatmasi o‘ta noaniq bo‘ldi |
| 31' | ![]() |
Xart to‘pni qo‘lda ushlagancha, maydon markazi tomon tepmoqchi bo‘lganida Kris Smolling unga xalal berdi va ogohlantirish oldi |
| 30' | ![]() |
Di Mariya yetkazib bergan jarima to‘pi himoyachining oyog‘iga tegib darvozabonga bordi va Xart uni egallab oldi |
| 30' | ![]() |
"MYu" o‘ng chiziqqa yaqin joyda jarima zarbasini tepadi. Van Persiga nisbatan qoida buzildi |
| 29' | ![]() |
Jarima zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 28' | ![]() |
Blind ogohlantirish oldi. U Tureni ortidan tepib yiqitdi |
| 27' | ![]() |
Mezbonlar qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 21' | ![]() |
Vuuuuuh! De Xea o‘z darvozasini ikkita goldan qutqarib qoldi! O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida to‘p jarima maydonchasi chizig‘i oldidan Navasga yetkazildi va Xesus birga bir vaziyatda yaqin masofadan zarba berdi! David de Xea to‘pni qaytardi! Takroriy hujum chap qanotdan tashkil etildi va jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Aguerov posbon bilan birga-bir vaziyatda zarba berdi. To‘p De Xeaning qorniga tegib qaytdi va hujumchi darvozabonga urilib ketdi! |
| 20' | ![]() |
"Siti" futbolchilari o‘z jarima maydonchalari yaqinida to‘pni egallab, uzun to‘p uzatishi orqali Agueroni to‘p bilan ta’minlashdi. Serxio bir himoyachi aldab jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirib bordi va darvozabon maydonchasiga to‘pni uzatdi. De Xea to‘pni egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Jarima to‘pi hech kim tegmay, maydonni tark etdi |
| 18' | ![]() |
Roxo Agueroga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima to‘pi. Darvozagacha 30 metr |
| 17' | ![]() |
To‘p ko‘proq "shaharliklar" tomonida bo‘lmoqda. Ammo hozircha golga tortadigan vaziyatlar yo‘q |
| 14' | ![]() |
Di Mariya olis masofadan yetkazib bergan to‘pga Van Persi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 10' | ![]() |
"MYu"ning javob hujumi. Di Mariya yetkazib bergan to‘pni Van Persi bosh bilan to‘pni Yanuzayga qoldirdi. Adnanning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 8' | ![]() |
"Siti" jarima maydonchasiga kirib keldi. Aguero bir himoyachini aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Posbon to‘pni qaytardi |
| 7' | O‘yin sur’ati mutlaqo teng. Jamoalar mudofaani yorib o‘tish choralarini izlashmoqda. Hozircha besamar | |
| 4' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishga urinib ko‘rdi. To‘p maydonni tark etdi |
| 3' | ![]() |
Endi Van Persi ofsaydda qoldi |
| 2' | ![]() |
Di Mariya yetkazib bergan to‘pga "MYu" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Jo Xartni to‘pni qaytardi, biroq qanot hakami ofsayd qayd etdi |
| 1' | ![]() |
Demichelis Van Persiga nisbatan fol ishlatdi. |
| 1' | ![]() |
O‘yinni "Yunayted" boshlab berdi! |
| ' | ![]() |
"Siti" och ko‘k, "MYu" esa o‘zining qizil rangli formasida harakat qiladi |
| ' | O‘yin boshlanishiga 3 daqiqa qoldi. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | Mazkur derbini kuzatib borishga barchangizni taklif etamiz! | |
| ' | Angliya Premyer-ligasida turning markaziy uchrashuvi: "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted"! | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|