Evropa chempionlar ligasi
| «V» guruhi, 4-tur. 5 oktyabr, soat 00:45. Bosh hakam: Viktor Kashshai (Viktor) | ||
REAL MADRIDKarim Benzema (27)
|
1 : 0 |
LIVERPUL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Iker Kasilyas 2.Rafayel Varan 4.Serxio Ramos 12.Marselo 17.Alvaro Arbeloa 8.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 19.Luka Modrich 23.Isko 9.Karim Benzema 7.Krishtianu Ronaldu |
22.Simon Minyole 37.Martin Shkrtel 4.Kolo Ture 21.Lukas Leyva 18.Alberto Moreno 23.Emre Jan 19.Xavi Mankilyo 24.Jo Allen 20.Adam Lallana 50.Lazar Markovich 29.Fabio Borini |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas 3.Pepe 18.Nacho Fernandes 11.Garet Beyl 26.Alvaro Medran 14.Xavyer Ernandes |
1.Bred Jons 2.Glen Jonson 14.Jordan Xenderson 31.Raxim Sterling 8.Stiven Jerrard 10.Filippe Koutinyo 45.Mario Balotelli |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Xames Rodriges (53)
Serxio Ramos (60) Marselo (76) |
Shkrtel (47)
Alberto Moreno (85) |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. | |
| ' | ![]() |
"Real" YECHL guruh bosqichida to‘rtinchi g‘alabaga erishdi va pley-off masalasini muddatidan avval hal qildi |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Liverpul" - 1:0. |
| 90+2' | ![]() |
Beyl to‘pni darvozaga yo‘lladi, ammo undan avval laynsmenning bayroqchasi ko‘tarilgandi, ofsayd |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Sterling tomon uzatilgan pasdan keyin Rahim birga-bir vaziyatga chiqib ketardi, agar to‘p o‘tganida... |
| 87' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi: Benzema o‘rniga Xavyer Ernandes tushdi |
| 86' | ![]() |
Beyl tomonidan ijro etilgan jarima zarbasini Minyole qaytardi. Yaxshi seyv |
| 85' | ![]() |
Alberto Moreno sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi chizig‘i ustida Beylni chalib yiqitdi. Garet ichkariga kirib yiqildi. Hakam penalti berishi ham mumkin edi |
| 84' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Arbeloa o‘rniga Nacho tushirildi |
| 78' | ![]() |
Ronalduning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pni Isko egalladi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Marseloning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 76' | ![]() |
Marselo sariq kartochka oldi. U Sterlingning ortidan tepib yiqitdi. |
| 75' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Emre Jan o‘rniga Koutinyo tushirildi |
| 74' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Kroos olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq |
| 74' | ![]() |
"Madrid" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 72' | ![]() |
Krishtianuning jarimadan yo‘llagan zarbasini Minyole mushtlari bilan urib yubordi |
| 71' | ![]() |
Marseloning uzatmasidan keyin Beyl darvozagacha 8-9 metr masofadan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Ronaldu egallab, chiziq ustida zarba berishga chog‘lanayotganida himoyachi uni yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 70' | ![]() |
"Liverpul" sardori Stiven Jerrard va Rahim Sterling maydonda paydo bo‘lishdi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuuh, birinchi golning kopiyasi yuzaga kelishi mumkin edi. Yana Marselo xuddi shunaqa pas berdi. Benzemaning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 68' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasidagi Krishtianuni to‘p bilan ta’minladi. Ronaldu bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. Boshqa himoyachi to‘p yo‘liga to‘siq bo‘ldi |
| 66' | ![]() |
Mehmon futbolchisidan olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 64' | ![]() |
Bugun "Liverpul" futbolchilari Ronalduni osonlik bilan zararsizlantirishmoqda |
| 63' | ![]() |
Olis masofadan to‘p uzatishidan keyin Borini yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotgandi, biroq ofsayd |
| 62' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Garet Beyl tushdi |
| 61' | ![]() |
Jarima zarbasi jonli devordagi Modrichning beliga tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 60' | ![]() |
Serxio Ramosga sariq kartochka. Himoyasi Fabio Boriniga nisbatan juda xavfli o‘ynadi. Darvozagacha 25 metrdan jarima zarbasi tepiladi |
| 58' | ![]() |
Vuuuuh, Lallana! Adam o‘ziga uzatilgan to‘pni qabul qilish jarayonidayoq jarima maydonchasiga olib kirdi va darhol zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 53' | ![]() |
Xames Rodriges sariq kartochka oldi. U yaxshi pozisiyaga chiqib borayotgan Markovichni yiqitdi |
| 49' | ![]() |
Benzama tomonidan uzatilgan to‘pni Ronaldu 20 metrdan darvoza tomon yo‘lladi. Minyole ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasini amalga oshirdi. Yerlatib tepilgan to‘pni himoyachi qaytardi |
| 47' | ![]() |
Shkrtel ogohlantirish oldi. Ronalduga nisbatan ishlatilgan fol uchun |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishmoqda | |
| ' | Tanaffus | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Vengriyalik hakam dastlabki taymga vaqt qo‘shmadi |
| 44' | ![]() |
Marselo qanotdan uzatgan to‘pni Ronaldu to‘xtata olmadi. Iskoning zarbasi esa ancha noaniq bo‘ldi |
| 41' | ![]() |
"Liverpul" qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni egallagan mehmon futbolchisiga sheriklariga to‘pni aniq yetkaza olmadi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuh, maydon markazidan chiroyli uzatmadan so‘ng Ronaldu posbon qarshisida yolg‘iz qoldi, ammo to‘pga zarba bera olmay qoldi. Minyole to‘pni egallab oldi! |
| 36' | ![]() |
Vuuuh, Varan maydon markazidan turib jarima maydonchasiga kirib borayotgan Benzemani to‘p bilan aniq ta’minladi. Karim to‘pni ko‘kragi bilan qayta ishladi, ammo zarba berishga ulgurmadi: himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 35' | ![]() |
Ronalduning zarbasi xavfli bo‘ldi. Minyole bir amallab to‘pni qaytardi |
| 34' | ![]() |
Iskoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi tepiladi. 25 metr |
| 32' | ![]() |
"Real" futbolchilari raqib jarima maydonchasi ichida yaxshi o‘ynashdi. Xames bir futbolchini aldab o‘tdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Arbeloa esa o‘z vaqtida zarba berish uchun qulay pozisiya tanlamadi |
| 31' | ![]() |
Chap qanotda Lallanaga nisbatan fol ishlatildi |
| 28' | ![]() |
Fransiyalik hujumchi YECHLdagi o‘zining beshinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Karim "Real"ning YECHLdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi |
| 27' | ![]() |
Marselo chap qanotdan to‘pni chiroyli tarzda yetkazib berdi. Benzema darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi! |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOL! Benzema, 1:0! |
| 24' | ![]() |
"Liverpul" tavakkal hujum tashkil qilishdan ko‘ra, to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda. Bu orqali madridliklarni to‘psiz yugurishga majbur bo‘lmoqda |
| 23' | ![]() |
Krishtianu darvoza ro‘parasidan, 20 metrdan zarba yo‘llagandi, to‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 18' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘tkir burchak ostida ikki himoyachi ta’qibi ostida zarba yo‘lladi. Simon to‘pni egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Rodjers shogirdlari qarshi hujumga o‘tishdi, ammo Markovich tezlik borasida Varandan o‘tib keta olmadi |
| 15' | ![]() |
Ronaldu burchak to‘pi ishladi. Liverpulliklar uzatmani qaytarishdi |
| 13' | ![]() |
Benzemaning 17 metrdan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 13' | ![]() |
Yana Varan mehmonlarning hujumini to‘xtatib qoldi. To‘p undan o‘tganida hujumchi Kasilyas qarshisida yolg‘iz qolgan bo‘lardi |
| 11' | ![]() |
Marselo bir futbolchidan o‘tib ketib, qanotdan uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 10' | ![]() |
Mersisaydliklarning markaziy himoyachisi to‘pni raqibga sovg‘a qildi. Mezbonlarning bu safargi zarbasini ham Minyole bartaraf etdi |
| 9' | "Real" tempni oshirayotgani yo‘q. Hozircha ular mehmonlarga o‘ynash imkoniyatini berishmoqda | |
| 6' | ![]() |
"Liverpul" yarim himoyachisi bosh bilan to‘pni uzatib, hujumchini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarayotgandi, Varan to‘pni qaytarib qoldi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuuh! Minyole! "Real"ning xavfli hujumini Isko boshlab berdi. Benzema undan to‘pni qabul qilib, Rodrigesga uzatdi. Xamesning 15 metrlardan yo‘llagan zarbasini darvozabon maydon tashqarisiga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 3' | Tomonlar navbatma-navbat to‘pni nazorat qilishmoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni "qizillar" o‘yinga kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | "Real" esa ushbu bahsda g‘alaba qozonib, guruhdan chiqish masalasini muddatidan avval hal qilib qo‘ymoqchi | |
| ' | "Liverpul" bosh murabbiyi asosiy tarkibni zaxirada qoldirdi. Nazarimizda, Brendan Rodjers o‘z jamoasi "Chelsi"ga qarshi kechadigan APL bahsiga asrashga qaror qilgan | |
| ' | ![]() |
"Real" - "Liverpul" bahsidan uyushtirilayotgan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|