Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi

«F» guruhi, 4-tur. 6 oktyabr, soat 00:45. Bosh hakam: Pedro Proyensa (Portugaliya)

AYAKS

0 : 2

BARSELONA

Messi (36, 76)
JAMOALAR TARKIBI
22.Yasper Sillessen
2.Rikardo van Reyn
3.Joel Veltman
4.Niklas Moysander
5.Nikolay Boylesen
10.Davi Klassen
20.Lasse Shone
25.Tyulani Serero
16.Lukas Andersen
21.Anvar Yel Gazi
9.Kolbeynn Sigtorsson
  1.Mark-Andre ter Shtegen
15.Mark Bartra
18.Xordi Alba
22.Dani Alves
14.Xavyer Maskerano
5.Serxio Buskets
6.Xavi Ernandes
4.Ivan Rakitich
11.Neymar
9.Luis Suares
10.Lionel Messi
ZAHIRA
33.Diderik Bur
26.Nik Virgever
12.Jayro Ridevald
24.Stefano Densvil
32.Niki Zimling
11.Rikardo Kishna
19.Arkadiush Milik
  13.Klaudio Bravo
16.Duglas
3.Jerar Pike
21.Adriano
7.Pedro Rodriges
31.Munir
SARIQ KARTOCHKA
Anvar al-G‘oziy (10)
Joel Veltman (34)
Niklas Moysander (40)
 
Xavyer Maskerano (8)
Jordi Alba (42)
Dani Alves (45)
QIZIL KARTOCHKA
Joyel Veltman (71)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+2'
O‘yin tugadi. "Barselona" YECHLdagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga chiqdi. "Ayaks" esa Yevropa ligasiga chiqish uchun kurashni davom ettiradi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Suares va Messi jarima maydonchasi ichida bir-birlarini tushunib harakat qilishdi. Leo bir himoyachining oyog‘i orasidan o‘tkazib, zarba berdi. So‘nggi pallada to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi
87'
Vuuuuuh, Messi! Xet-trik va rekordni rasmiylashtirishi mumkin edi! U Pedro bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘pni Silessen egallab oldi!
85'
O‘yin birmuncha sokinlashdi
83'
Dani Alves o‘rniga Adriano Korreyya tushirildi
82'
Messi ikki himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo uchinchi futbolchi to‘pni qaytarib yubordi
80'
Rakitich o‘rniga Rafinya tushdi
79'
Messining Pedro tomon uzatmasi o‘tmay qoldi. Leoning o‘zi to‘pni Rakitichga berdi. Xorvatiyalik futbolchining zarbasini Silessen qaytardi. Burchak to‘pi
78'
Suares jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti belgilanishi ham mumkin edi, ammo belgilanmadi
78'
Lionel Messi YECHLdagi gollari sonini 71taga yetkazdi va Raulning rekordini takrorladi!
76'
Leoning o‘zi hujumni boshladi va o‘zi yakunladi. Pedro chap qanotda to‘pni qabul qilib, o‘z vaqtida Messiga to‘pni uzatdi.
76'
GOOOOOOOOL! Messi, 0:2!
75'
"Barsa"da o‘zgarish: Neymar o‘rniga Pedro Rodriges tushirildi
72'
"Ayaks"da ikkinchi o‘zgarish: Andersen o‘rniga Jayro Ridevald tushirildi
71'
Leo Messi ikki himoyachining orasidan o‘tib ketayotgan edi, Veltman uni qo‘li bilan yiqitdi. Tabiiyki, bu "sariq". Uning hisobida bitta ogohlantirish bor edi. Natija u maydonni etdi
67'
Vuuuuuuh! "Barselona"ni darvoza ustuni goldan qutqarmoqda! Serero o‘ng qanotdan chiroyli pas berdi va zaxiradan tushgan Arkadiush bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi
64'
Ehhhh, Suares! Albaning uzatmasidan keyin Luis darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi. U o‘zi oldinga yurib, jarima maydonchasiga kirib, darvozaga zarba berishi mumkin edi, ammo u Messi tomon to‘pni uzatishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Suares uzoq vaqt o‘yin amaliyotisiz qolgani sezilyapti baribir
62'
"Ayaks"da o‘zgarish: Sigtersson o‘rniga Arkadiush Milik tushirildi
61'
Xavi 23 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Yasper to‘pni egallab oldi
59'
Vuuuuuuhh! Messining uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqib bordi! Ammo Luisning zarbasini Silessen oyog‘i bilan qaytardi. Qaytgan to‘pga Messi zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
58'
"Ayaks" ham jarima maydonchasiga kirib borishda qisqa uzatmalardan foydalandi. Bartra to‘pni to‘xtatib qoldi
57'
Xavi bir himoyachining ustidan to‘pni oshirib, Messi tomon uzatmani amalga oshirdi. Boshqa himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
55'
Xavining Messi tomon uzatmasi o‘tmay qoldi...
51'
Rakitch o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
50'
Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. Biroq hakam braziliyalik futbolchi biroz avval himoyachilarga nisbatan qo‘pol o‘ynadi deb topdi
48'
"Barsa" bo‘lim boshidagi mezbonlarning pressingidan chiqib ketib, hozir burchak to‘pi ishladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
'
Messi YECHLdagi 70-golini kiritdi va bu borada Ronalduga yetib oldi. Yana bitta goldan keyin Messi Raul bilan tenglashib oladi...
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Hakam sariq kartochkalarni ko‘paytirib yubordi. Bu safar to‘p uchun kurash olib borgan Alves "sariq" oldi
44'
Neymar katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va so‘nggi himoyachi unga zarba berish imkoniyatini bermadi
42'
Endi Jordi Alba ogohlantirish oldi, kerakmas joyda raqib futbolchisini tortib yiqitdi
40'
Niklas Moysander ogohlantirish oldi. Messining oyog‘iga xavfli tashlangani uchun
36'
Messi jarima zarbasini darvozaning yuqori burchagiga aylantirdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. Hujum davom etdi. Jarima maydonchasiga qaytarilgan to‘p uchun kurashda Bartra Yasper Silessendan ustun keldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Lionel Messi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Silessen qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi
35'
GOOOOOOOL! Messi, 0:1!
34'
"Ayaks" futbolchilaridan biri sariq kartochka oldi, Neymarni jarima maydonchasi ostonasidan yiqitgani uchun!
33'
Mezbonlar burchakka yaqin joyda jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. To‘pni "Barsa" himoyachilar qaytarishdi. To‘p yana jarima maydonchasiga qaytarildi. Bosh bilan berilgan zarbani ter Shtegen egallab oldi
31'
Vuuuuuh! Jordi Alba birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Zarbani Silessen qaytardi!
30'
Burchak to‘pidan keyin Messi chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
29'
Alvesning uzatmasidan keyin Suares to‘pni egalladi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
28'
Mezbonlar to‘p uchun kurashda chaqqonlik ko‘rsatib, kataloniyaliklarni shoshirib qo‘yishmoqda
26'
Vuuuuh! "Ayaks" bir daqiqa ichida 4 marta "Barsa" darvozasi tomon zarba yo‘lladi! Uchta zarbani himoyachilar, so‘nggisini Ter Shtegen qaytardi!
23'
Amsterdamliklar himoyada qolib ketishayotgani yo‘q, imkon bo‘ldi deguncha oldinga intilishmoqda. Lasse Shonening zarbasi aniq chiqmadi
22'
Messining uzatmasidan keyin Neymar ofsaydda qolgandi, aks holda birga-bir vaziyatni kuzatardik
21'
Messi to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘ng qanotda ochilgan Rakitichga to‘pni uzatdi. Ammo to‘pni himoyachi to‘xtatib qoldi
20'
Enrike shogirdlari ayni daqiqalarda "Ayaks" futbolchilarini o‘z jarima maydonchalari ichiga qamab qo‘yishdi
18'
"Ayaks"ning javob zarbasi! Alves qaytargan to‘ani Andersen 20 metrdan darvoza tomon yo‘lladi. Zarba kuchli, ammo biroz noaniq
16'
"Barsa"ning xavfli hujumi! Neymar jarima maydonchasining o‘ng qanotida ochilgan Rakitichni to‘p bilan ta’minladi. Yarim himoyachi Messiga aniq pas bera olmadi
15'
"Ayaks"ning hujumini kataloniyaliklar jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘xtatib qolishdi
13'
Rakitich raqib jarima maydonchasiga chap qanotdan kirgan Messiga to‘pni uzatdi. Leo qarshisidagi futbolchini aldab o‘ta olmadi
13'
"Barselona" to‘p nazoratini o‘z tomoniga olgani hayron qolarli holat emas...
10'
Endi "Ayaks" futbolchisi Anvar al-G‘oziy ogohlantirish oldi. U Busketsga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
8'
Xavyer Maskerano sariq kartochka oldi. U maydon markazida to‘pga tashlandi va raqib oyog‘iga xavfli o‘ynaldi deb topildi
7'
Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib kelishdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
4'
Neymar to‘pni darvozaga yo‘llagandi. Biroq unga to‘pni uzatgan Alba to‘pni qabul qilayotganida ofsaydda qolgan ekan
3'
Shunga o‘xshash pasni Suares Messi tomon uzatdi. Argentinalik hujumchi buni kutmagandi
2'
Xavining uzatmasidan keyin Messi birga bir vaziyatga chiqib ketardi, ammo Leo to‘pni to‘xtata olmadi
1'
O‘yinni kataloniyaliklar boshlab berishdi
'
Bugun "Ayaks" oq-qizil, "Barsa" sariq rangli futbolkalarda harakat qilishadi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Yevropa chempionlar ligasi madhiyasi!
'
Luis Enrike bu safar asosiy tarkibda darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni tushirishga qaror qildi. "Selta" bilan o‘yinda bo‘lgani kabi Pike zaxirada qoldi. Himoya markazi Bartra-Maskerano juftligiga topshirilgan
'
"Amsterdam-Arena" muxlislar bilan to‘lib-toshgan! Stadion "qaynamoqda"! Muhitga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas! Har bir muxlis qo‘lida "Ayaks" logotipi tushirilgan oq bayroqcha!
'
Luis Suares bugun ilk marta "Barselona" safia YECHL bahsida maydonga tushadi
'
"F" guruhida "PSJ jamoasi 7 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. "Barselona" hisobida esa 6 ochko bor. "Ayaks" va APOEL 2 va 1 ochkoga ega bo‘lib turishibdi. Demak, bugun PSJ va "Barsa" g‘alaba qozonishsa, pley-off masalasini muddatidan avval hal qilishadi
'
Barchangizni Gollandiyaning "Ayaks" va Ispaniyaning "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni kuzatib borishga taklif etamiz
'
Evropa chempionlar ligasi, guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari davom etadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.