Evropa ligasi
| «N» guruhi, 4-tur. 7 oktyabr, soat 01:05 | ||
VOLSBURGAaron Xant (47, 56)
Jozua Gilavogi (73) Niklas Bendtner (89-pen., 90+1) |
5 : 1 |
KRASNODARVanderson (72)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Diyego Benalyo 25.Naldo 31.Robin Knoxe 4.Marsel Shefer 23.Jozua Gilavogi 9.Ivan Perishich 14.Kevin de Bryuyn 15.Kristian Tresh 8.Viyeyrinya 22.Luis Gustavo 12.Bas Dost |
31.Andrey Dikan 6.Andreas Grankvist 17.Vitaliy Kaleshin 27.Ragnar Sigurdsson 5.Artur Yenjeychik 21.Rikardo Laborde 33.Maurisio Pereyra 8.Yuriy Gazinskiy 10.Odil Ahmedov 9.Ari 14.Vanderson |
|
| ZAHIRA | ||
|
20.Maks Gryun 5.Timm Kloze 27.Maksimilian Arnold 10.Aaron Xant 19.Djunior Malanda 11.Ivisa Olich 3.Niklas Bendtner |
88.Andrey Sinisin 4.Aleksandr Martinovich 98.Sergey Petrov 7.Pavel Mamayev 11.Marat Izmaylov 20.Ruslan Ajinjal |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Laborde (38)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
"Krasnodar" amalda pley-off bosqichi yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Volfsburg" - "Krasnodar" - 5:1. |
| 90+1' | ![]() |
Niklas Bendtner jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘irlib, zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOL! Niklas Bendtner, 5:1! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
GOOOL! Bendtner, 4:1! |
| 88' | ![]() |
Penalti! "Krasnodar" darvozasiga! |
| 85' | ![]() |
Sigurdsson ogohlantirildi. Xavfli podkat uchun |
| 83' | ![]() |
Perreyra jarima zarbasini darvozaning yuqori burchagiga aylantirishga harakat qildi. Benalyo to‘pni egallab oldi |
| 81' | ![]() |
"Krasnodar" burchak to‘pidan keyin darvozaga zarba berishning imkonini topa olmadi |
| 80' | ![]() |
"Krasnodar"da o‘zgarish: Vanderson o‘rniga Pavel Mamayev tushirildi |
| 79' | ![]() |
Rossiyaliklar o‘yinga intrigani qaytarishgandi, mezbonlar tezda farqni yana 2taga oshirib qo‘yishdi |
| 75' | ![]() |
Bas Dost o‘rniga Bendtner tushirildi |
| 74' | ![]() |
Dikan!!! Bas Dostning kuchli zarbasini qaytardi! |
| 73' | ![]() |
De Bryuyne o‘ng qanotda Petrovdan qochib ketdi va to‘pni darvozabon maydnchasiga uzatdi. Jozua Gilavogi bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. |
| 73' | ![]() |
GOOOOOL! Jozua Gilavogi, 3:1! |
| 72' | ![]() |
Odil Ahmedov golga assistentlik qildi. U maydonning "Krasnodar" tomonida to‘pni egallagan zahoti chap oyoqda to‘pni Vanderson tomon uzatdi. Qolganini hujumchining o‘zi bajardi. U himoyachini aldab o‘tib, to‘pni darvozaga yo‘lladi! |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOOL! Vanderson, 2:1! |
| 71' | ![]() |
"Krasnodar"da o‘zgarish: Ari o‘rniga Marat Izmaylov tushirildi |
| 69' | ![]() |
Arining Vanderson tomon uzatmasi himoyachidan o‘tmay qoldi. AKs holda birga-bir... |
| 67' | ![]() |
Vuuuuh, Bas Dost bir himoyachini aldab o‘tib, 10 metrdan zarba yo‘lladi! Dikan jamoani qutqardi! |
| 65' | ![]() |
Ahmedov to‘p uchun kurashda faol ishtirok etdi va jamoasining hujumini boshlab berdi. Ari to‘pni Labordega uzatdi. Rikardoning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 63' | ![]() |
Odil to‘p bilan jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va Perreyra tomon to‘pni uzatdi. Mourisio to‘pni egallay olmadi |
| 61' | ![]() |
Vuuuuh! Bugun "Krasnodar" g‘alaba qozona olmasa, bugun bosh "aybdor" Benalyo bo‘ladi! U Arining murakkab zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 60' | ![]() |
Laborde o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib ketdi, ammo so‘nggi uzatmani aniq bera olmadi |
| 56' | ![]() |
Nemislar klassik hujum tashkil qilishdi. To‘p o‘ng qanotdan to‘pni hujum chizig‘iga uzatdi va Aaron Xant himoyachilar orasidan chiqib keldi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 55' | ![]() |
GOOOOL, Aaron Xant, 2:0! |
| 53' | ![]() |
"Volfsburg" futbolchisi Bas Dost darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Ammo to‘pni o‘zida biroz qochirdi va vaziyatni yo‘qotdi |
| 51' | ![]() |
Vuuuuuuh, mezbonlar muqarrar goldan yana Benalyo qutqardi! Laborde 10 metrdan zarba yo‘lladi, posbon qaytardi! |
| 50' | ![]() |
Hozirgi hujum paytida Odil Ahmedov ancha faol harakat qildi. U maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, hujumni boshlab berdi, jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni sherigiga aniq uzatdi, to‘p uchun kurashdi... |
| 47' | ![]() |
Kristian Tryosh o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga ko‘tarib berdi, zaxiradan tushgan Aaron Xant bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Dikan to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 47' | ![]() |
GOOOOOOL! Aaron Xant, 1:0! |
| 46' | ![]() |
Ari darvoza tomon zarba yo‘lladi, jarima maydonchasi tashqarisidan |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Volfsburg"da o‘zgarish: Perishich o‘rniga Aaron Gustavo tushdi |
| ' | Bundan tashqari, Odilning uzatmalarida bugun ko‘p xatolar ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu xatodan keyin mezbonlar 3 marta xavfli hujumga o‘tishdi. Bu yomon albatta | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida kechdi. Har ikkala jamoada darvoza ishg‘ol qilish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Odil Ahmedovning birga-bir vaziyatdagi kuchli zarbasi darvozabonning o‘ziga to‘g‘ri keldi va Benalyo to‘pni egallab oldi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Volfsburg" - "Krasnodar" - 0:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Odil jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash olib bordi va bosh bilan Vandersonga to‘pni uzatdi. Hujumchi buni kutmagandi. To‘p maydonni tark etdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Ivan Perishich o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni chap oyog‘iga moslab, darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 44' | ![]() |
Mehmonlarning hozirgi hujumi paytida Ahmedov ikki marta kombinasiyaga aralashdi va har safar uning uzatmasi aniq chiqdi |
| 41' | ![]() |
"Krasnodar" maydon markazida to‘pni egallab oldinga o‘tdi, Vanderson 20 metrdan sakrab turgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi |
| 39' | ![]() |
"Volfsburg"da ham o‘zgarish bo‘ldi. Marsel Shefer o‘rniga Timm Kloze tushirildi |
| 38' | ![]() |
Laborde sariq kartochka oldi. Jarima maydonchasi ichidagi simulyasiya uchun! |
| 37' | ![]() |
Mezbonlar navbatdagi hujum paytida ikkita vaziyat yaratishdi. Chap qanotdan uzatilgan to‘p hech kim tegmay o‘ng qanotga o‘tib ketdi. U yoqdan to‘p yetkazilganidan keyin Dikan qo‘lining uchi bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Hujumchi to‘pga zarba bera olmay qoldi |
| 35' | ![]() |
Odilning noaniq uzatmasidan keyin "Volsfburg" qarshi hujumga o‘tdi va Luis Gustavo o‘tkir burchak ostida jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 33' | ![]() |
Jarima zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 33' | ![]() |
Artur Yenjeychik jarima maydonchasining chap qanotida fol ishlatdi |
| 30' | ![]() |
"Krasnodar"da o‘zgarish bo‘ldi. Kaleshin o‘rniga Sergey Petrov tushdi |
| 28' | ![]() |
Vuuuuuuh, "Krasnodar" ijrosida yana bir golli vaziyat! Yarim himoyachi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni Vandersonga uzatdi. Hujumchi qaychi uslubida yaqin masofadan zarba berdi. Benalyo to‘pni qaytardi. Odil o‘sha joyga yugurib borgandi, biroq to‘p uning yonidan o‘tib ketdi va himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 27' | ![]() |
Perishich chap qanotdan amalga oshirgan uzatmani Dikan egallab oldi |
| 26' | ![]() |
Ari tomon uzun pasni Benalyo egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Ehhhhhh, Ahmedoooooov! Perreyraning uzatmasidan keyin Odil darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi! Benalyo to‘pni egallab oldi! Hamyurtimiz zarbani olis burchak tomoni berishi kerak edi... |
| 22' | ![]() |
Vanderson jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Qaytgan to‘pni Laborde darvoza tomon yo‘lladi. O‘ta noaniq |
| 21' | ![]() |
Rossiyaliklar ketma-ket yana 3ta burchak to‘pini qaytarishlariga to‘g‘ri keldi va to‘pni egallab tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Ammo Ari uzatmani qoyillatmadi - raqibning oyog‘iga tutqazdi |
| 19' | ![]() |
Gazinskiy to‘pni Ahmedovga uzatgandi. Odilning ortidan kelgan mezbon futbolchisi to‘pni egallab oldi va qarshi hujumga asos soldi. "Volfsburg" burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 16' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq krasnodarliklar bo‘lishmoqda. Mezbonlar asosan qarshi hujumga tayanishmoqda |
| 12' | ![]() |
Vuuuuh! Ahmedov yaxshiyam to‘pga tegmadi, aks holda avtogol muallifiga aylanishi mumkin edi! "Volfsburg" qarshi hujum uyushtirdi va De Bryuyne chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. To‘p hech kimga tegmay, olis ustun yonidan o‘tib ketdi. O‘sha joyda Ahmedov ham turgandi va to‘pga oyoq cho‘zmoqchi bo‘ldi |
| 11' | ![]() |
"Buqalar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Grakvist bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
Mehmonlar ikki marta zarba yo‘llashdi. Perreyra va Vanderson zarbalari noaniq chiqdi |
| 8' | ![]() |
Ahmedov chap qanotda bir futbolchidan o‘tib ketdi va keyin to‘xtab to‘pni jarima maydonchasi yaqinida turgan jamoadoshiga uzatgandi. Germaniyalik futbolchi to‘pni egallab oldi |
| 7' | ![]() |
"Bo‘rilar" ketma-ket uchinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Krasnodar" himoyalanishga majbur |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘p qaytarildi va hujum o‘ng qanotga ko‘chirildi. De Bryuynening zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 5' | ![]() |
Hozircha o‘yin asosan maydon markazida kechmoqda |
| 3' | ![]() |
"Volfsburg" yashil, "Krasnodar" oq rangli futbolkada harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | Barchangizni "Volfsburg" va "Krasnodar" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil qilinayotgan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
Bugun Yevropa ligasi guruh bosqichida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|