Angliya Premyer-ligasi
| 11-tur. 8 noyabr, soat 17:45 | ||
LIVERPULEmre Jan (9)
|
1 : 2 |
CHELSIGari Keyxil (14), Diyego Kosta (67)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
22.Simon Minyole 37.Martin Shkrtel 06.Deyan Lovren 02.Glen Jonson 23.Emre Jan 14.Jordan Xenderson 10.Filippe Koutinyo 18.Alberto Moreno 31.Rahim Sterling 08.Stiven Jerrard 45.Mario Balotelli |
13.Tibo Kurtua 24.Geri Kexill 26.Jon Terri 28.Sesar Aspilikueta 02.Branislav Ivanovich 07.Ramires 08.Oskar 10.Eden Azar 21.Nemanya Matich 04.Sesk Fabregas 19.Diyego Kosta |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Bred Jons 04.Kolo Ture 21.Lukas Leyva 24.Jo Allen 20.Adam Lallana 29.Fabio Borini 09.Riki Lambert |
1.Petr Chex 3.Filipe Luis 5.Kurt Zuma Obi Mikel Villian Loik Remi Didye Drogba. |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘YIN TUGADI. Chelsi safarda Liverpul ustidan muhim g‘alabaga erishdi va o‘z peshqadamligini mustahkamladi. Liverpulga esa endi qiyin bo‘ladi. |
| 90+6' | ![]() |
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 6-daqiqa ham boshlandi. Drogba o‘yinni cho‘zmoqda. |
| 90+5' | ![]() |
Mourinyo ayyor. O‘yinning so‘nggi soniyalarida yana bir futbolchini almashtirmoqda. Eden Azar o‘rniga Felipe Luis. |
| 90+4' | ![]() |
Tibo Kurtua ham vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirildi. |
| 90+2' | ![]() |
Eden Azar maydon markazida ancha aqlli harakat qildi va jamoasi uchun jarima to‘pi ishlab oldi. |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi. Liverpulga imkoniyat. |
| 90' | ![]() |
Mezbonlar esa butun jamoa bo‘lim hujumga o‘tishdi. |
| 89' | ![]() |
Diyego Kosta maydonni tark etdi. Didye Drogba o‘yinning so‘nggi daqiqalarida maydonda harakat qiladi. |
| 87' | ![]() |
Djerrardning zarbasidan so‘ng to‘p Keyxilning qo‘liga tegdi(mi?). Hakam jim. O‘yin davom etadi. |
| 86' | ![]() |
Yana bir ogohlantirish. Bu safar Diyego Kosta |
| 85' | ![]() |
Chelsi himoyalanmoqda. |
| 83' | ![]() |
Oskar ogohlantirildi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari biroz asabiy kechadiganga o‘xshaydi. |
| 81' | ![]() |
Balotelli bugun ham maydonni golsiz tark etadi. Uning o‘rniga Rikki Lambert maydonga tushmoqda. |
| 76' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi. Havolatib uzatilayotgan to‘plar foyda bermagach, Djerrard bu safar to‘pni yerlatib oshirishga urindi. Ammo, u ham samarasiz. |
| 75' | ![]() |
Liverpulning navbatdagi burchak to‘pi ham foyda keltirmadi. |
| 74' | ![]() |
Zarbaaaa!! Xendersonning chamasi 10 metrlardan bergan zarbasi Aspilikuyetaga tegib darvozaga kirib ketishi mumkin edi. Omad mezbonlardan yuz o‘girmoqda. |
| 72' | ![]() |
Balotelli yana bir bor offsaydda. |
| 70' | ![]() |
Muxlislar o‘z jamoasini oldinga boshlashmoqda. Enfild jonlandi. |
| 68' | ![]() |
Brendar Rodjers bir emas, ikkita yangi futbolchini maydonga tushirmoqda. Djo Allen va Fabio Borini maydonda. Emre Jan va Koutinyolarning o‘rniga. |
| 68' | ![]() |
Gol kiritilgan vaziyatga Aspilikuyeta chap qanotdan jarima maydoniga kirib darvoza tomon to‘pni oshirdi, uni qaytarishga uringan Minyole to‘pni to‘g‘ri Kostaning oyoqlariga tashlab berdi. Brazilo-ispaniyalik hujumchi esa bunday sovg‘alarni yo‘q qiladiganlardan emas.. |
| 67' | ![]() |
GOOOL!! Diyego Kosta!! Chelsini hisobda oldinga olib chiqmoqda! |
| 66' | ![]() |
Balotelliga sariq kartochka. Fabregasni turtib yuborgani uchun. |
| 65' | ![]() |
Huddi shu daqiqaning o‘zida Chelsi chamasi 20 metrlardan havfli jarima zarbasini tepmoqda. |
| 65' | ![]() |
Kichik tanaffus yuzaga keldi. Ivanovich havodagi kurashda yerga noqulay tarzda yiqildi. |
| 62' | ![]() |
Gol muallifi Emre Jan ham hozir raqib hujumini qaytarishda o‘z jarima maydonida ancha foydali o‘yin ko‘rsatdi. |
| 59' | ![]() |
Djonson raqib jarima maydonidagi kurashda Aspilikuyetadan usun keldi. Ammo, himoyachilarga yordamga yetib kelgan Azar hujumni to‘xtatdi. |
| 58' | ![]() |
Diyego Kosta Villianni zarba berish uchun qulay pozisiyaga chiqardi. Ammo, braziliyalik futbolchining zarbasini himoyachilar to‘sishdi. |
| 56' | ![]() |
Maydonga endigina tushgan Villian ancha dadillik bilan raqib jarima maydoniga kirishga harakat qildi. Moreno unga imkon bermadi va to‘pni jarima maydoni tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 55' | ![]() |
Mourinyo hujumni kuchaytirmoqda. Ramires o‘rniga Villian maydonga tushdi. |
| 54' | ![]() |
Mana vaziyat!! Sterling yaqin burchakka yerlatib zarba berdi. Kurtua to‘pni qiyinchilik bilan olib chiqdi! |
| 52' | ![]() |
Sterling raqib jarima maydoniga tezlik bilan yaqinlashdi, ammo uning uzatgan to‘piga Balotelli yetib kela olmadi. Yanayam aniqrog‘i, to‘p Balotelliga yetib bormadi. |
| 49' | ![]() |
Raxim Sterlingni ochiqchasiga to‘xtatib qolgani uchun Branislav Ivanovich ogohlantirildi. |
| 48' | ![]() |
Fabregasning yaqin burchak tomon uzatgan to‘pini londonliklardan hech kim egallay olmadi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarian Chelsi futbolchilari oldinga tashlanishdi. |
| 46' | ![]() |
Hakam hushtagi chalindi va ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi taym tugadi. O‘yinning ilk daqiqalarida kiritilgan gollardan so‘ng hisob 1:1 bo‘lib turibdi. |
| 43' | ![]() |
O‘yindagi ilk sariq kartochka Rahim Sterlingga ko‘rsatildi! |
| 42' | ![]() |
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari Chelsi ustunligida o‘tmoqda deyish mumkin. Aynan ularning hujumlari biroz havfli ko‘rinmoqda. |
| 39' | ![]() |
Chelsi futbolchilari ajoyib pressing evaziga mezbon futbolchilariga erkin harakat qilishga imkon qoldirishmayapti. Diyego Kosta esa unchalik kuchli bo‘lmagan zarbasi bilan Minyoleni sinovdan o‘tkazdi. |
| 35' | ![]() |
Chelsining tezkor va chiroyli qarshi hujumi Azarning zarbasi bilan yakunlandi. Ammo, uning zarbasi darvozaga havf tug‘dirmadi. |
| 33' | ![]() |
Chelsining har bir standart vaziyatdan to‘pni o‘yinga kiritishi, Liverpul muxlislarini havotirga solib qo‘ymoqda. |
| 31' | ![]() |
To‘pga egalik qilish foizi bo‘yicha Liverpul 62% bilan ustunlik qilayotgan bo‘lsa ham, Chelsining kam sonli hujumlari ancha havfli tus olmoqda. |
| 27' | ![]() |
Koutinyoning havfli zarbasini Kurtua qaytardi. |
| 24' | ![]() |
Diyego Kosta o‘ziga hos bo‘lgan uslubda harakat qilishni boshladi. To‘pga yeta olmagan vaziyatda Shkrtelni turtib yubordi. Har ikkala futbolchi bir-birini "shirin" so‘zlar bilan siylashga ulgurdi. Hakam jim. |
| 22' | ![]() |
Djerrard ijrosidagi navbatdagi burchak to‘pi ham hech qanday foyda keltirmadi. Havodagi kurashlarda Chelsi himoyachilari raqibga imkon qoldirishmayapti. |
| 20' | ![]() |
Mana vaziyat!! Sterling hisobni yana Liverpul foydasiga oshirishi mumkin edi. Uning zarabasini Keyxil to‘sib qoldi. |
| 17' | ![]() |
Balotelli gol urdi. Faqat offsayddan. Liverpul bosimni oshirmoqda. |
| 15' | ![]() |
Burchak to‘pi amalga oshirilgan bir nechta zarbani qaytargan Minyole Keyxilning so‘nggi zarbasiga yeta olmadi. Albatta bir qarashda golni aniqlash qiyin bo‘ldi! |
| 14' | ![]() |
GOOOOL! Tezkor golga tezkor javob! Gari Keyxil! |
| 12' | ![]() |
Diyego Kosta chap qanotdan tezlik bilan jarima maydoniga kirib keldi va zarba berdi. Uning zarbasiga Shkrtel to‘sqinlik qildi. |
| 10' | ![]() |
Liverpul o‘yinni ancha yaxshi boshladi. O‘yin boshidan ancha dadil o‘ynagan Rodjers shogirdlari tezkor gol urishdi. O‘yin bugun juda qiziq kechadiganga o‘xshaydi. |
| 9' | ![]() |
GOOOLL! Emre Jan Liverpulni hisobda oldinga olib chiqmoqda!! |
| 6' | ![]() |
Morenoning raqib jarima maydoniga oshirgan to‘pini Balotelli egallab oldi. Ammo, italiyalik hujumchi ortiqcha harakatlar qilib yubordi va to‘pni oldirdi. |
| 4' | Endi esa Chelsining havfli qarshi hujumi. Fabregas markazda ikki futbolchini chiroyli tarzda ortda qoldirdi Diyego Kostani qulay vaziyatga chiqarmoqchi bo‘ldi. Mezbonlar uning pasini qaytarishdi. | |
| 2' | ![]() |
Liverpulning ilk hujumiyoq juda havfli ko‘rinish oldi. Emre Jan 25 metrlardan zarba berdi. Biroz noaniq.... |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda! Yana bir necha soniyalardan keyin o‘yin boshlanadi. |
| ' | ![]() |
Liverpul uchun bu bahs katta ahamiyatga ega ekanini qo‘shimcha qilish lozim. Brendan Rodjers shogirdlari chempionatni ko‘ngildagidek boshlay olishmadi. Qolaversa Djerrard boshchiligidagi liverpulliklarning Chelsi bilan o‘ziga hos hisob-kitobi bor. O‘tgan mavsum Liverpul aynan Chelsiga mag‘lub bo‘lib, chempionlikni boy bergan edilar. Ko‘ramiz, Liverpul bugun Mourinyo shogirdlariga qarshi qanday o‘yin namoyish etishadi.. |
| ' | ![]() |
Yana bir necha daqilardan so‘ng "Enfild"da Liverpul va Chelsi jamoalari APL 11-tur bahsida o‘zaro hisob-kitob qilish maydonga tushib kelishadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|