Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

11-tur. 8 noyabr, soat 20:00

ALMERIYa

1 : 2

BARSELONA

JAMOALAR TARKIBI
Ruben
Ximo Navarro
Anxel Truxilyo
Fran Veles
Sebastyan Dubarbyer
Verza
Ramon Aziz
Tomas
Fernando Soriano
Djonatan Zongo
Bifuma Tyevi

  Klaudio Bravo
Adriano Korreyya
Mark Bartra
Xavyer Maskerano
Xordi Alba
Serxio Buskets
Rafinya
Ivan Rakitich
Pedro Rodriges
Munir El-Xaddadi
Lionel Messi

ZAHIRA
Xulian
Mauro Dos Santos
Michel Masedo
Edgar Mendes
Korona
Vellington Silva
Tommer Xemed
  Mark-Andre ter Shtegen
Daniel Alves
Martin Montoyya
Xerard Pike
Xavi Ernandes
Neymar
Luis Suares

Matn

90+3'
Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" muxlislarini qiyin va irodali g‘alaba bilan tabriklaymiz.
90'
Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
85'
"Almeriya" tarkibida o‘zgarish. Tomas o‘rniga Vellengton o‘yinni yakunlaydi.
82'
Gooooool!! 1:2! Yana burchak zarbasidan so‘ng! Yana Suaresning ishtiroki bilan! Albaning omadli chiqqan zarbasi "Barselona"ni hisobda olinga olib chiqdi.
68'
"Almeriya" tarkibida ilk o‘yinchi almashtirish. Soriano o‘rnini Tomer Xemed egalladi.
66'
"Barselona" tarkibida o‘zgarish: Serxio Buskets o‘rniga Xavi Ernandes maydonga tushdi.
62'
Goool! Neymar! Adriano amalga oshirgan burchak zarbasidan so‘ng, "Barselona" nihoyat hisobni tenglashtirdi!
56'
Messi oldindagi Suaresni to‘p bilan ta’minlagan edi, ammo ofsayd qayd etildi. "Barselona" muxlislari ba’zi vaqtlarda hushtakbozlik qilishmoqda.
55'
Serxio Buskets uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qilishga urinib ko‘rdi. Zarba o‘ta noaniq bo‘ldi.
54'
Mehmonlar amalga oshirgan burchak zarbasi mutlaqo muvaffaqiyatsiz chiqdi. Luis Suares jarima maydonchasiga yugurib kirdi, ammo yiqilib tushdi. Hakam vaziyatga yaqin turgani bois to‘g‘ri qaror qabul qila oldi - penalti yo‘q.
53'
Messi o‘ng qanotdan tezlik bilan oldinga borishga urinib ko‘rdi, ammo Veles uning yo‘liga g‘ov bo‘ldi. Burchak to‘pi.
48'
"Barselona" o‘yinni jiddiy ravishda o‘z nazoratida olib borishga urinmoqda. Ammo hozircha raqib jarima maydoniga yetib borishning imkoni bo‘lmayapti.
46'
Pedro Rodriges va Munir El-Xaddadi o‘z o‘rnini Luis Suares va Neymarga bo‘shatib berdi. Mezbonlar tarkibida o‘zgarish yo‘q.
46'
2-taymga start berildi. "Barselona"da ikkita o‘zgarish:
37'
O‘yinda hisob ochilgan. Messining to‘p yo‘qotishidan so‘ng mezbonlar tezkor qarshi hujum uyushtirishdi. Bravo bilan yakkama-yakka chiqqan Tyevi imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi - 1:0.
'
Uchrashuvning birinchi taymi yakunlandi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
22'
Barselona himoyachilari chap qanotda Tyevini qarovsiz qoldirdilar,to‘ unga kelibtushdi va u darvoza tomonga zarba berdi, Bravo o‘z joyida. Ammo zarba ham biroz kuchsiz bo‘lganini ta’kidlash kerak.
18'
Verza tepgan burchak to‘piga Velez boshi bilan darvoza tomon zarba berdi, ammo noaniq.
17'
Almeriyaning hujumi,mezbonlar burchak to‘pi ishlabolishdi.
9'
Almeriya burchakdan to‘pini amalga oshirgandan so‘ng Bravo to‘pni ilib olib darhol sheriklarini oldinga boshladi. Rainya to‘pni Munirga uzatdi, u esa o‘z navbatida Messiga.Messi raqib jarima maydonchasi ichiga kirib darvoza tomon zarba berdi, Ruben to‘pni to‘sdi ammo ushlay olmadi, to‘p yana Messiga tushdi, ammo Leo to‘pni qizg‘andi, sherigiga oshirmay o‘zi zarba berdi, aamo uing to‘pi darvozaga yetib bormadi.
8'
Soriano chap qanotdan Barsa jarima maydonchasi ichiga to‘p uzatdi, Bravo joyidan qo‘zg‘almadi, Alba to‘pni oshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Mezbonlar burchak to‘pi tepishadi.
4'
Almeriya futbolchilari autdan to‘pni Barsa jarima maydoni ichiga oshirishdi, maydon egalari hujumchilaridan biri yiqilib tushdi, penalti yo‘q. Penalti belgilashga asaos ham yo‘q edi.
2'
Hozircha maydonda qiziq vaziyatlar sodir etilmayapti, Almeriya hujum qilishga urinmoqda.
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Assalomu alaykum, aziz futbol muxlislari. "Almeriya"-"Barselona" uchrashuvidan matnli translyasiyani boshlaymiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.