Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

11-tur. 8 noyabr, soat 00:23. Bosh hakam: Pedro Peres Montero

REAL MADRID

Garet Beyl (9)
Serxio Ramos (40)
Toni Kroos (56)
Karim Benzema (59)
Krishtianu Ronaldu (83)

5 : 1

RAYO VALYEKANO

Alberto Bueno (44)
JAMOALAR TARKIBI
13.Keylor Navas
3.Pepe
4.Serxio Ramos
12.Marselo
18.Nacho Fernandes
19.Luka Modrich
8.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
11.Garet Beyl
7.Krishtianu Ronaldu
9.Karim Benzema
  13.Kristian Alvares
18.Ze Kashtru
15.Abdulaye Ba
14.Emiliano Insua
2.Tito
6.Muhammad Fatau
10.Roberto Trasorras
22.Lika
23.Alberto Bueno
12.Gael Kakuta
19.Leo Baptistao
ZAHIRA
1.Iker Kasilyas
2.Rafayel Varan
17.Alvaro Arbeloa
26.Alvaro Medran
32.Serxio Aguza
23.Isko
14.Xavyer Ernandes
  1.David Kobenyo
17.Kini
21.Xosabed
8.Raul Bayena
24.Alexandro Pozuelo
16.Xavyer Akuino
9.Manushu
SARIQ KARTOCHKA
 
Tito (56)
Kini (90+2)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+2'
O‘yin tugadi. "Real" navbatdagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi va peshqadamlik qilishda davom etadi!
90+2'
Kini raqib jarima maydonchasi ichida Ramos oyog‘iga xavfli tashlandi va ogohlantirish oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vuuuuuh! Ronalduning uzatmasidan keyin Medran darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va uning zarbasini Alvares oyog‘i bilan qaytarib qoldi!
89'
Mehmonlar raqib jarima maydonchasi ichida tavanlar bilan "devor" o‘ynashmoqda...
87'
Yirik hisobda yutqazayotganiga qaramay, "Valyekano" o‘z o‘yinini namoyish qilishga, to‘pni nazorat qilishga va ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tishga harakat qilmoqda. "Madrid" mudofaa qo‘rg‘oni vakillari yaxshi o‘ynashmoqda
87'
Ronaldu La ligadagi o‘zining gollari sonini 18taga yetkazdi
84'
"Real"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Benzema o‘rniga Alvaro Medran, Beyl o‘rniga Xavyer Ernandes tushirildi
83'
"Real" ijrosida qarshi hujumda kiritilgan gol! Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini chalg‘itdi va darvoza tomon zarba berdi. Alvares shundoqqina qo‘ltig‘ining tagidan to‘pni o‘tkazib yubordi. Posbon uchun alamli gol
83'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 5:1!
81'
Kakuta to‘pni egallab oldi, jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va Manushuni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarmoqchi bo‘ldi. Ramos to‘pni egallab oldi
81'
Kakuta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
80'
Vuuuuuh! Qoyil, Beyl! Qoyil Alvares! Garet sakrab turgan to‘pga chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘pga tashlangan darvozabonning qo‘liga tekkan to‘p, darvoza ustunini silagancha maydonni tark etdi
78'
Abdulaye Ba chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza tomon aniq zarba berdi. To‘pni Navas egalladi
77'
Mehmonlar chap qanotdan qarshi hujumga o‘tishdi. Futbolchi to‘pni o‘ng qanotda ochilayotgan sherigiga uzatdi. Ramos to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi
74'
Vuuuuuh! Keylor Navas to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Yuqoridan uzatilgan to‘pni Abdulaye Ba bosh bilan darvozaga yo‘lladi. To‘p bo‘sh qolgan darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi!
73'
Kakutaning zarbasidan so‘ng to‘p jonli devorga tegib, yuqoriga ko‘tarildi va darvoza to‘riga ustki tomondan kelib tushdi
73'
Baptistao o‘rniga Manushu tushirildi.
72'
Serxio Ramos jarima maydonchasi ostonasida raqibga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 20 metr
69'
Beylning chiroyli uzatmasidan keyin Ronaldu deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p darvozabonning ko‘kragiga tegib, maydonni tark etdi
69'
Mehmonlar hujumga o‘tishdi. Lika chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasga uzatdi. Navas to‘pni egallab oldi
68'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Isko tushirildi
66'
"Rayo Valyekano" futbolchisining jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi aniq bo‘ldi, ammo kuchsiz. Navas to‘pni egalladi
65'
Marselo chap qanotdan uzatgan to‘pga Ronaldu biroz yeta olmadi. Darvozabon to‘pni egalladi
63'
Benzema o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Modrichga uzatdi. Lukaning zarbasini himoyachilar g‘ov bo‘lishdi
62'
"Rayo"da futbolchi almashdi: Trasorras o‘rniga Xosabed tushdi
59'
Pepe maydon markazida to‘pni egallab oldi va oldinga yurib, Ronalduga uzatdi. Krishtianu o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi va Benzema bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. Takroriy lavha ko‘rsatdiki, to‘p uzatilayotgan paytda Karim ofsaydda ekan...
59'
GOOOOOOL! Karim Benzema, 4:1!
56'
Kechiktirilgan fol uchun Titoga ogohlantirish berildi
56'
Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirishda to‘pni yo‘qotgandek bo‘lgandi, biroq bir amallab to‘pni orqaga uzatdi. Toni Kroos 25 metrlardan to‘pni to‘xtatmasdan, yerlatib zarba berdi va darvozaning burchagini ishg‘ol qildi! Chiroyli zarba!
56'
GOOOOOL! Toni Kroos, 3:1!
55'
Vuuuuh!!! "Rayo Valyekano" gol urib hisobni tenglashtirgandi, biroq Bueno ofsaydda deb topilib, gol bekor qilindi!
54'
Ronaldu ofsaydda qoldi
53'
Vuuuuh, Modrich! Beyl jarima maydonchasi o‘ng qanotida ichkariga kirib kelgan Nachga uzatgandi. BIroq to‘p rekoshet holatida Modrichga kelib tushdi. Luka 14 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Noaniq
52'
Burchak to‘pi mezbonlar uchun xavf tug‘dirmadi
52'
"Valyekano" burchak to‘pi ishladi
51'
Pepening boshida leykoplastir bilan yopishtirilgan bint paydo bo‘ldi
47'
Burchak to‘pidan keyin to‘p uchun kurashda "Rayo" futbolchisi Pepe bilan to‘qnashib ketdi. Portugaliyalik himoyachiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
47'
Ikkinchi bo‘limdagi dastlabki hujumni mehmonlar uyushtirishdi. Chapdan yetkazilgan to‘pni Ramos jarima maydonchasiga ichida maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
"Madrid" derbsining ikkinchi bo‘limi boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi
45+1'
"Real" darvozagacha 21 metrlardan jarima to‘pi ishladi. Beyl jonli devor ustidan oshirib to‘pni yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sinidan bir necha santimetr yuqoridan o‘tib ketdi. Darvozabon vaziyatni nazorat qilayotgandi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Xames Rodriges to‘pni Navasga uzatmoqchi bo‘ldi. To‘pni mehmon hujumchilari egallab olishdi va to‘pni bir-birlariga uzatish oqibatida Alberto Bueno bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
44'
GOOOOOL! Alberto Bueno, 2:1!
44'
Vuuuuh! Keylor Navas! Tito tomonidan yaqin masofadan yo‘llangan zarbani posbon qaytardi!
40'
Burchakdan uzatilgan to‘pga bosh bilan yeta olmadi, uning ortida turgan Ramos oyoq bilan darvozani ishg‘ol qildi!
40'
GOOOOOOOOL! Serxio Ramos, 2:0!
40'
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasidagi Benzema tomon to‘pni uzatdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
38'
Burchak to‘pidan keyin Benzema bosh bilan zarba berdi! To‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonni tark etdi
38'
Xames ijrosida kuchli zarba! Alvares chiroyli seyv bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
36'
To‘p bilan muomala qilish bo‘yicha ko‘rsatkich - 50/50%
36'
Marselo chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi. Alvares to‘pni egallab oldi
35'
Beyl chap qanotdan uzatmani aniq amalga oshira olmadi
32'
To‘p uchun kurashda Beyl himoyachi Titodan ustun keldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
31'
Vuuuh! "Rayo" to‘pni nazorat qildi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Baptistao bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
27'
Ronalduning uzatmasidan keyin Beyl ofsaydda qoldi
26'
"Rayo Valyekano"da o‘zgarish bo‘ldi: Emiliano Insua jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Kini tushirildi
23'
Uhhhh, hakam uchun murakkab vaziyat yuzaga keldi. Qarshi hujum natijasida Benzema maydon markazidan Ronaldu birga-bir vaziyatga chiqardi. Muhammad Fatau Krishtianuning ortidan to‘pga oyoq cho‘zdi va hujumchini yiqitdi. Hakam qoida buzilmaganini ko‘rsatdi
22'
Burchak to‘pi "Real"ga xavf tug‘dirmadi
22'
Titoning 23 metrdan yo‘llagna zarbasini Navas egallay olmadi! Uning qo‘lidan chiqib ketgan to‘p, maydonni tark etdi
21'
Vuuuuh, "Rayo" futbolchisining 24 metrlardan zarbasi kuchli va aniq bo‘ldi! Navas to‘pni egallay olmadi, mushtlari bilan qaytardi!
18'
Vuuuuuh, Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, to‘pni qabul qildi va zarba berdi! To‘p oyoqqa o‘tirmadi...
16'
Burchak to‘pidan keyin "Real" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi, Ramos qaltis vaziyatda to‘pni qaytarib yubordi
16'
Marselo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Mehmonlar burchak to‘pi tepadi
14'
Ronalduning chap tomondan chap oyoqda bergan zarbasini Alvares egalladi
13'
Endi chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Navas ushlab oldi
11'
"Valyekano" futbolchisi chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi, Keylor Navas to‘pni osongina egallab oldi
9'
"Rayo Valyekano" o‘ziga o‘zi gol olib keldi. Ular himoyada to‘pni oldirib qo‘yishdi. Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Kroosga to‘pni uzatdi. Toni o‘z navbatida darvozabon maydonchasiga tomon uzatmani amalga oshirdi. Beyl to‘pga oyoq qo‘ydi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi
9'
GOOOOOL! Garet Beyl, 1:0!
9'
Hozircha "Madrid" katta bosim o‘tkazayotgani yo‘q, mehmonlarga ham o‘ynash imkoniyatini bermoqda
7'
Gayel Kakuta olisdan zarba yo‘lladi. Darvoza ustunidan 2 metr naridan o‘tib ketdi
5'
"Rayo Valyekano" yarim himoyachisi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Hujumchi to‘pni to‘xtata olmadi
4'
"Real" oq, "Rayo" qizil formada o‘ynamoqda
3'
Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va zarba berdi. Alvares to‘pni ushlab oldi
2'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar qaytarishdi
1'
"Real" razvedka-mazvedka qilib o‘tirmadi, darhol hujumga o‘tdi. Benzema o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Ronaldu tomon uzatdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Krishtianu yana bir marta muxlislar ko‘z oldida "Oltin butsa"ni qabul qildi va u bilan suratga tushdi. Ronaldu 2013-2014 yilgi mavsumda 31ta gol urgan
'
Krishtianu Ronaldu yaqinda qabul qilib olgan "Oltin butsa" maydon chetidagi maxsus moslama ustiga qo‘yib qo‘yilgan!
'
"Real" va "Rayo Valyekano" jamoalari "Santyago Bernabeu" stadioni maysasisga chiqib kelishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.