O‘zbekiston kubogi
| Final, 12 noyabr, soat 17:45. . Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya) | ||
BUNYODKOR |
0 : 1 |
LOKOMOTIVJasur Hasanov (106)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
45.Akbar To‘rayev 2.Akmal Shorahmedov 4.Xayrulla Karimov (S) 6.Anvar G‘ofurov 9.Minori Sato 13.Ivan Miloshevich 14.Vohid Shodiyev 20.Samir Bekrich 21.Sardor Rashidov 27.Sardor Sobirxo‘jayev 33.Oleg Zoteev |
1.Ignatiy Nesterov 4.Bobur Yo‘ldoshev 7.Sadriddin Abdullayev 17.Salim Mustafoyev 18.Fozil Musayev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 35.Shavkat Mullajonov 50.Aleksandr Geynrix 61.Dilshod Rahmatullayev 70.Alisher Shog‘ulomov 88.Lutfulla To‘rayev |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Pavel Bugalo 5.Dilshod Jo‘rayev 10.Anvar Berdiyev 19.Zabihillo O‘rinboyev 27.Sardor Sobirxo‘jayev 28.Dostonbek Hamdamov 48.Akrom Komilov |
84.Temur Jo‘rayev 22.Viktor Karpenko 24.Ibrohim Rahimov 55.Sahob Jo‘rayev 60.Artyom Filiposyan 75.Marat Bikmayev 77.Jasur O.Hasanov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Anvar G‘ofurov (56)
Javlon Ibrohimov (88) |
Jasur HAsanov (120)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
Katta va halol futbol uchun bor bo‘ling! Stadionda qoling! |
| ' | ![]() |
O‘zbek futbolida esa mavsum yakuniga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat! |
| ' | Kelasi yili OCHLda ishtirok etadigan "Paxtakor", "Lokomotiv", "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalariga omad tilaymiz! | |
| ' | Nihoyat, "Lokomotiv" rahbariyati tomonidan futbolga kiritilayotgan mablag‘lar o‘z foydasini berdi. "Lokomotiv" OCHLni guruh bosqichida boshlaydigan bo‘ldi! | |
| ' | ![]() |
"Loko" futbolchilari Kubokni muxlislar oldiga ko‘tarib borib, g‘alabani nishonlashda davom etishmoqda |
| ' | ![]() |
G‘olib jamoaga 200 million so‘mga chek topshirildi |
| ' | Vadim Abramov ham kubokni qo‘liga oldi. "Loko" futbolchilarni murabbiyni yuqoriga otishmoqda | |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston KUBOGIni Mirabror Zufarovich Usmonov "Lokomotiv" sardori Viktor Karpenkoga topshirdi! |
| ' | O‘FF bosh kotibi hakamlarga esdalik uchun sovg‘alar topshirishdi | |
| ' | Afsus, Olmaliqda g‘oliblarni taqdirlash uchun sahna tashkil qilishmapti | |
| ' | ![]() |
G‘oliblarni taqdirlash marosimi uchun barcha narsa tayyor. O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov, O‘zDATK raisi Ramatov, OTMK rahbari Farmonov futbolchilarni tabriklashmoqda |
| ' | Bugun "Lokomotiv" g‘alabaga haqli o‘yin namoyish qildi. Ko‘proq hujum tashkil qildi, oldinga intildi, himoyada kam xatoga yo‘l qo‘ydi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirishdi va ular o‘yin taqdirini hal qilishdi. Bu ham murabbiyning yutug‘i albatta! | |
| ' | ![]() |
Vadim Abramov esa murabbiy sifatida o‘zining ilk sovrinini qo‘lga kiritganin eslatib o‘tamiz |
| ' | ![]() |
Bugun "Lokomotiv"ga muxlislik qilganlarni g‘alaba bilan muborakbod etamiz! |
| ' | ![]() |
"LOKOMOTIV" — ILK MARTA O‘ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI! |
| 120+3' | ![]() |
Ana shu pallada o‘yin yakunlandi! Hakam burchak to‘pini berib o‘tirmadi, boisi, qo‘shimcha vaqt tugagandi! |
| 120+2' | ![]() |
"Bunyodkor" yana bir jarima zarbasini o‘yinga kiritadi. Hal qiluvchi palla! To‘pni himoyachilar qaytarishdi, to‘pga Rashidov zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. |
| 120+1' | ![]() |
Vuuuuuuh! Jarima to‘pini himoyachilar qaytarishdi. Geynrix Lutfullani oldinga boshladi. To‘rayev darvozabonning ustidan oshirib, maydon markazidan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Zarba biroz kuchsiz chiqdi. Darvozaga bir metr qolganida G‘ofurov to‘pni egallab oldi! |
| 120+1' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 120' | ![]() |
Jasur Hasanov jonli devorni muddatidan avval tark etgani uchun ogohlantirish oldi. Bu uning ikkinchi "sarig‘i" ekan. Birinchisini qachon olganini sezmay qolibmiz, ochig‘i. Natijada, u maydonni tark etdi |
| 120' | ![]() |
Jasur Hasanov Rashidovga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 119' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar" katta kuch bilan oldinga o‘tishmoqda. "Qizillar" bir amallab xavfni qaytarishmoqda |
| 117' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Nesterov mushtlari bilan urib yubordi va Geynrix to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tdi. U to‘pni Hasanov uzatdi. Jasur to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga qaror qildi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 117' | ![]() |
"Bunyodkor" bosimni oshirmoqda. Hozir jarima maydonchasi chizig‘i ustidan berilgan zarba himoyachiga tegib, maydonni tark etdi! |
| 117' | ![]() |
Vuuuuh! Sardor Rashidov 18 metrdan o‘zining chap oyog‘i bilan zarba berdi. Nesterov to‘pni ushlab oldi |
| 116' | ![]() |
Bobur Yo‘ldoshevning tomiri tortishgan ko‘rinadi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 113' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Nesterov egallab oldi |
| 112' | ![]() |
Geynrixning jarimadan uzatmasiga Bikmayev va To‘xtaxo‘jayev bosh bilan zarba berishga urinishdi. Ularga to‘pga tegina olishmadi. To‘rayev to‘pni egallab oldi |
| 111' | ![]() |
Jasur Hasanov maydon markazida to‘pni egalladi va Sato Minorini aldab jarima maydonchasiga kirayotganida yiqitildi. Jarima zarbasi! |
| 110' | ![]() |
Kim Dong Jin tezroq to‘pni o‘yinga kiritishni Ignatiydan so‘radi |
| 109' | ![]() |
Rashidov jarima zarbasini tepdi. Nesterov to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Miloshevich to‘p uchun kurash olib bordi va legionerning oyog‘idan to‘p maydonni tark etdi |
| 108' | ![]() |
"Bunyodkor" jarima maydonchasiga yaqin joyda jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi |
| 106' | ![]() |
Bikmayev chap qanotda bir himoyachini aldab, to‘pni darvozabon maydonchasiga yaqin joyga uzatdi. Himoyachilar ortidan chiqib kelgan Jasur Hasanov yaqin masofadan darvoani ishg‘ol qildi! |
| 106' | ![]() |
GOOOOOOOOOLLL! Jasur Hasanov, 0:1! |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi! |
| 106' | ![]() |
"Lokomotiv"da uchinchi o‘zgarish: Alisher Shog‘ulomov o‘rniga MArat Bikmayev tushirildi |
| 105+1' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim tugadi. KIm Dong Jin burchak to‘pini o‘yinga kiritishga bermadi |
| 105+1' | ![]() |
Islom To‘xtaxo‘jayev jarima zarbasini darvozabon uchun noqulay tarzda yo‘lladi. To‘rayev qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 115' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Geynrix yana jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha 25 metr... |
| 102' | ![]() |
Vuuuuuh! Hasanovning zarbasi jonli devorga tegib, yuqoriga ko‘tarildi. Shog‘ulomov to‘p uchun kurashdi va To‘rayev mushtlari bilan to‘pni urdi. Geynrix yaqin masofadan darvoza tomon zarba berdi. Himoyachilarga teekan to‘p, darvoza to‘riga ustki tomondan kelib tushdi |
| 101' | ![]() |
Ibrohim Rahimov ikki himoyachi orasida o‘tib, jarima maydonchasiga kirayotganida Hamdamov uni yiqitdi. 17 metrdan jarima zarbasi! |
| 100' | ![]() |
"Bunyodkor"da uchinchi o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga Dostonbek Hamdamov tushdi |
| 98' | ![]() |
Geynrix tomonidan berilgan zarbani Akbar To‘rayev darvoza chizig‘i ustida egallab oldi. Kichik rekoshet ham golga olib kelishi mumkin edi |
| 97' | ![]() |
Geynrix burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Uzatma xavfli bo‘ldi. To‘rayev qiyinchilik bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi. "Loko" huujmni davom ettirdi. Shog‘ulomov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazdi. Fozil Musayev to‘pga ulgurmadi. Geynrix o‘ng qanotda jarima zarbasi ishladi |
| 94' | ![]() |
To‘rayev xuddi shunday uslubda bu safar Shog‘ulomovga to‘pni uzatdi. Karimov to‘pni qaytarib qoldi |
| 91' | ![]() |
To‘rayev to‘pning tagidan ilib, yumshoq tarzda jarima maydonchasiga kirib borayotgan Geynrixga uzatdi. Ammo Komilov unga nisbatan faol o‘ynadi. Sasha qoida buzdi |
| 91' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar doira hosil qilib, o‘zaro suhbatlashib olishmoqda | |
| ' | ![]() |
Uchinchi bo‘limni "Lokomotiv" boshlab beradigan bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Futbolchilar 5 daqiqa dam olishadi. Murabbiylar esa ularga tegishli ko‘rsatmalar berishmoqda |
| 90+3' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqti yakuniga yetdi! Hali hisob ochilmadi. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" - 0:0. Qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi |
| 90+2' | ![]() |
Rashidovning zarbasini Nesterov egallab oldi |
| 90+1' | ![]() |
Jasur Hasanov G‘ofurovga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 30 metrlar masofa bor |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Geynrix maydon markazida Ibrohimovdan to‘pni olib qo‘ydi va oldinga o‘tdi. Yo‘l-yo‘lakay Miloshevichdan o‘tdi, ammo Karimovga borib urildi. Natijada kichik jarohat oldi. Aleksandr avvalroq o‘ng qanotda ochilgan Rahimovga to‘pni berishi kerak edi |
| 88' | ![]() |
To‘xtaxo‘jayev maydon markazida Sato Minoriga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Ibrohimov hakamdan sariq kartochka so‘ragani uchun sariq ko‘rsatildi. Uning o‘ziga! |
| 86' | ![]() |
Zoteev to‘pni darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatdi. O‘rinboyev bosh bilan zarba berdi. Ignatiy to‘pni egalladi |
| 85' | ![]() |
To‘p nazorati "qaldirg‘ochlar" tomoniga o‘tdi. Rashidov o‘ng qanotda 2-3 himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirishga urindi va to‘pni yo‘qotdi |
| 83' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan to‘p uchun Hasanov kurashdi. G‘ofurov bosh bilan to‘pni To‘rayevga uzatib berdi |
| 79' | ![]() |
Lushan shogirdlari to‘pni egallagan zahoti hujumda "navbatchilik" qilayotgan Rashidovga to‘pni yetkazishmoqda hamda uning tezligi va individual mahoratiga umid qilishmoqda. Hozir Sardor To‘xtaxo‘jayevdan o‘tib keta olmadi |
| 78' | ![]() |
Hasanov bu safar o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 76' | ![]() |
Hasanov uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. Bugun "Bunyodkor" o‘z darvozasi yaqinidagi standart vaziyatlarda yaxshi himoyalanmoqda |
| 76' | ![]() |
Temiryo‘lchilar ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p jarima maydonchasidan chiqarildi, ammo o‘ng qanotda Ibrohimga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. |
| 75' | ![]() |
Rahimovning o‘ng qanotdan uzatmasi to‘ppa-to‘g‘ri Geynrixga borib tushdi. Sasha jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. HImoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 73' | ![]() |
O‘rinboyev bosh bilan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p uchun Mustafoyev va Rashidov kurash olib borishdi. Salim bosh bilan Nesterovga to‘pni yetkazib berdi |
| 73' | ![]() |
"Bunyodkor"da ham ikkinchi o‘zgarish: Vohid Shodiyev o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev tushdi |
| 73' | ![]() |
Jarohat olgan Mullajonov o‘rniga Ibrohim Rahimov tushirildi |
| 72' | ![]() |
Ehhh, Zoteeeev! Sheriklari uni chiroyli pas bilan jarima maydonchasiga boshlashdi! Oleg deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchakdan zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi! |
| 72' | ![]() |
Jasur Hasanov to‘pni darvoza tomon aylantirdi. To‘pni To‘rayev egallab oldi! |
| 70' | ![]() |
Geynrix o‘ng qanotda jarima zarbasini ishladi |
| 66' | ![]() |
Hasanov jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi va tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Rashidov To‘xtaxo‘jayevdan o‘tib keta olmadi |
| 65' | ![]() |
Bekrich chap qanotda Yo‘ldoshevga nisbatan qoida buzdi |
| 64' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki o‘yindan tashqari holat bo‘lsa kerak. Shodiyev ofsaydda qoldi |
| 62' | ![]() |
Mazkur burchak to‘pi "Bunyodkor" uchun taxlikali bo‘ldi. To‘p qayta-qayta darvoza yaqiniga uzatildi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 61' | ![]() |
Jasur maydon tushgan zahoti burchak to‘pi ishladi |
| 60' | ![]() |
"Bunyodkor"da dastlabki o‘zgarish: Sadriddin Abdullayev o‘rniga Jasur Hasanov tushdi. Xabaringiz bor, Jasur Oliy ligadagi chetlatish uchun Jasur ikkita o‘yindan iborat diskvalifikasiyani o‘tab, maydonga qaytdi |
| 59' | ![]() |
Zoteevdan uzatmani qabul qilib olgan Rashidov jarima maydonchasi chizig‘i oldidan zarba yo‘lladi. Zarba noaniq chiqdi |
| 58' | ![]() |
Chap qanotdan to‘p Shog‘ulomov to‘pni uzatildi. To‘pni Akbar To‘rayev egallab oldi |
| 57' | ![]() |
"Bunyodkor" himoyachilar himoyada to‘pni bir-birlariga uzatishda xatoga yo‘l qo‘yishdi. Sadriddin Abdullayev to‘pni egallab jarima maydonchasiga kirayotganida Karimov to‘pni tepib yuborishga muvaffaq bo‘ldi |
| 56' | ![]() |
Anvar G‘ofurovga sariq kartochka. Kechiktirilgan fol uchun |
| 54' | ![]() |
Rashidovning jarimadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
To‘xtaxo‘jayev o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 25 metrlar masofa bor |
| 53' | ![]() |
Geynrix chap qanotda to‘pni Musayevga uzatib, o‘zi jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Fozilning uzatmasi Sashagacha yetib kelmadi. Himoyachi qaytargan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Geynrix jarima maydonchasi ichida ikki himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida yiqildi. Penalti yo‘q |
| 51' | ![]() |
Geynrix jarima maydonchasi tashqarisidan Shog‘ulomov tomon to‘pni yumalatdi. Ammo Alisher to‘pni egallay olmadi. To‘p Akbarga nasib etdi |
| 50' | ![]() |
Dilshod Rahmatullayev ikki himoyachini chalg‘itib, , jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘rayev to‘pni yon tomonga urib yubordi. Musayev to‘pni egallab Geynrixga berdi. Sashaning darvozabon maydonchasi tomon uzatmasini darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi! |
| 48' | ![]() |
To‘rayev uzatgan to‘pni Bobur Yo‘ldoshev bir himoyachining ustidan o‘tkazib, jarima maydonchasiga kirib keldi, Karimov to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 47' | ![]() |
G‘ofurovga to‘p qattiqroq tekkan shekilli, u o‘ziga kelib olishi uchun "Lokomotiv"chilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Bunyodkor"da o‘zgarish bo‘ldi. Akromjon Komilov maydonga tushdi. Akmal Shorahmedov maydonni tark etdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Kim Dong Jin kompensasiya vaqtini qo‘shmadi |
| 45' | ![]() |
"Loko" raqib jarima maydonchasi atrofida to‘pni bir-birlariga uzatib, hujum tashkil qildi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi. "Bunyodkor" xavfni bartaraf etdi |
| 43' | Bo‘lim so‘ngiga kelib o‘yin tempi tushdi | |
| 41' | ![]() |
G‘ofurov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi, ammo to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi |
| 39' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Bu temiryo‘lchilar uchun xavf tug‘dirmadi |
| 37' | ![]() |
Endi Abramov shogirdlari o‘ng qanotdan qarshi hujumga o‘tishdi. Bobur Yo‘ldoshev to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi, ammo u Shog‘ulomovdan o‘tib ketdi. CHAp qanotdan yordamga kelgan Abdullayev jarima maydonchasiga kirdi, ammo uzatmasini himoyachilar qaytarib qolishdi |
| 35' | ![]() |
"Bunyodkor" maydon markazida to‘pni egallab oldi va tezkor qarshi hujumga o‘tdi. G‘ofurov uzatgan to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilgan Rashidov to‘pni darvozabon maydonchasi tomon oshirdi. Nesterov qaytargan to‘p darvoza to‘siniga tegdi va Ignatiy to‘pni qayta egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Geynrix burchakdan to‘pni To‘rayevga uzatdi. Lutfulla himoyachini chalg‘itib Sashaga to‘pni tavani bilan uzatgandi, ammo Geynrix buni kutmadi va to‘p yo‘qotildi |
| 30' | ![]() |
"Loko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Nominal mezbonlar esa burchak to‘pini egallab tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Sardor Rashidov chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Nesterov to‘pni egalladi |
| 29' | ![]() |
Lutfulla To‘rayev markaziy himoyada o‘ynamoqda va yaxshi o‘ynamoqda |
| 25' | ![]() |
Vuuuuuuh, Geynrix va Shog‘ulomov! Rahmatullayev jarima maydonchasining o‘ng burchagidan to‘pni hujumga uzatdi. Shog‘ulomov to‘pga bosh bilan, Geynrix esa oyoq bilan tashlandi. Alisherning boshiga tekkan to‘p Sashaning oyog‘i oldidan o‘tib ketdi |
| 23' | ![]() |
O‘yin tenglashdi va asosan maydon markazida kechmoqda |
| 20' | ![]() |
Eh, Geynrix! Juda yaxshi vaziyatda — jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 19' | ![]() |
"Loko" yarim himoyachilari — Sadriddin Abdullayev va Dilshod Rahmatullayev yaxshi o‘ynashmoqda |
| 16' | ![]() |
"Bunyodkor"ning hujumlarini "qizillar" bartaraf etishmoqda. |
| 14' | ![]() |
Sashaning o‘zi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘rayev mushtlari bilan to‘pni qaytardi. Dilsho Rahmatullayev 13 metrdan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qila olmadi |
| 14' | ![]() |
Geynrixning zarbasi jonli devordagi futbolchiga tegib, maydonni tark etdi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuh! "Loko" juda qulay nuqtadan jarima to‘pi ishladi. Fozil MUsayevga nisbatan jarima maydonchasining chap qanoti chizig‘i ustida qoida buzildi! |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Akbar To‘rayeeeev! "Lokomotiv" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarilganidan keyin temiryo‘lchilar xavfli hujum tashkil qilishdi. To‘xtaxo‘jevning uzatmasidan keyin Shog‘ulomov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Alisherning zarbasini darvozabon egallab oldi! |
| 8' | ![]() |
"Loko" yaxshi hujum tashkil qildi. Abdullayev-Geynrix-Rahmatullayev kombinasiyasidan keyin Dilshod 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 7' | ![]() |
Dastlabki daqiqalardagi o‘yin kartinasiga ahamiyat beradigan bo‘lsak: "Lokomotiv" to‘pni nazorat qilishga va aniq o‘ylangan hujumlar tashkil etishga harakat qilmoqda. Sergey Lushan esa qarshi hujum taktikasini tanlagan |
| 5' | ![]() |
Geynrix to‘pni darvoza tomon yo‘naltirishga harakat qildi. Darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 4' | ![]() |
Javlon jarima maydonchasi yaqinida Rahmatullayevga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima to‘pi |
| 2' | ![]() |
"Bunyodkor" chap qanotda jarima to‘pni amalga oshirdi. Dastlabki uzatmani Nesterov mushtlari bilan qaytardi. Jarima maydonchasi chizig‘i oldidan berilgan zarbani Ignatiy oyog‘i bilan qaytarib yubordi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! "Bunyodkor" to‘pni o‘yinga kiritdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar esdalik uchun rasmga tushishmoqda. "Lokomotiv" qizil-qora, "Bunyodkor" oq rangli formalarda harakat qilishadi |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Diqqat, Kim Dong Jin ortidan jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Eng muhimi, o‘rtaga OCHL guruh bosqichi yo‘llanmasi qo‘yilgan! Bu hamma narsadan ustun!!! Yutqazgan jamoa esa fevral oyida bo‘ladigan 2ta o‘yindan iborat saralash bosqichidan o‘tishi kerak bo‘ladi |
| ' | "Bunyodkor" esa ushbu mavsumda medalsiz qoldi. Jamoa 4-o‘rinni band etdi. Shu bois, Lushan shogirdlari ham mavsumni sovrin bilan yakunlashni istashadi. Bunga shubha yo‘q | |
| ' | Bu yilgi mavsumda "Lokomotiv" yana bir marta kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Ammo bu natija jamoa rahbariyatini aslo qanoatlantirgani yo‘q. Shu bois, Abramov jamoasi faqat va faqat g‘alaba uchun o‘ynaydi. | |
| ' | Bugun O‘zbekistondagi futbol mavsumi rasman yakunlanadi. Mavsumning eng so‘nggi bahsi - O‘zbekiston kubogi finali. Maydonda "Bunyodkor" va Lokomotiv" jamoalari | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|