Evro-2016 saralash
| «G» guruhi, 4-tur. 15 noyabr, soat 22:00 | ||
AVSTRIYaRubin Okoti (73)
|
1 : 0 |
ROSSIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Robert Almer Martin Xinteregger Kristian Fuks Florian Klyayn Aleksandr Dragovich Yulian Baumgartlinger Kristof Lyaytgeb Zlatko Yunuzovich Marko Arnautovich Martin Xarnik Mark Yanko |
Igor Akinfeev Sergey Parshivlyuk Sergey Ignashevich Vasiliy Berezuskiy Roman Shirokov Denis Glushakov Oleg Shatov Viktor Fayzulin Dmitriy Kombarov Aleksandr Kokorin Denis Cherishev |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Martin Xinteregger (65)
|
Denis Glushakov (11)
Sergey Parshivlyuk (71) |
|
Matn
| ' | ![]() |
Rossiya ketma-ket 2ta durangdan keyin guruhda dastlabki mag‘lubiyatini qayd etdi. Kapello shogirdlari guruhda 5 ochko bilan qolishdi. Avstriya esa 10 ochko bilan o‘z peshqadamligini mustahkamladi. Bugun bo‘lib o‘tadigan Chernogoriya-Shvesiya o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi 2-o‘ringa ko‘tarilib oladi |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. Avstriya-Rossiya - 1:0. |
| 90+4' | ![]() |
Glushakovning kuchli zarbasi jonli devorga tegdi |
| 90+4' | ![]() |
Sebastyan Predl Dzyubani chalib yiqitdi. Darvozagacha 25 metr |
| 90+3' | ![]() |
Dzyuba 11 metrli nuqta atrofida o‘z ustidan oshirib zarba yo‘llashga urindi, ammo himoyachilar undan avvalroq to‘pni qaytarishdi |
| 90+2' | ![]() |
Avstriyada uchinchi o‘zgarish: Marko Arnautovich o‘rnida Marsel Zabitser paydo bo‘ldi |
| 90+1' | ![]() |
Qo‘shib berilgan daqiqalarda Avstriya burchak to‘pi ishladi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Kapello shogirdlari raqib himoyasini yorib o‘tishga qiynalishmoqda |
| 87' | ![]() |
Jarohat olgan Aleksandr Dragovich o‘rniga Sebastyan Predl tushirildi |
| 85' | ![]() |
Avstriya o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ishonchli himoyalanmoqda |
| 82' | ![]() |
Kombarovning jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, Glushakovning zarbasini esa himoyachilar qaytarishdi |
| 81' | ![]() |
Kapello yana bir o‘zgarishga qo‘l urdi: Oleg Shatov o‘rniga Alan Dzagoyev tushirildi |
| 80' | ![]() |
Dzyubaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 78' | ![]() |
Mezbonlar hujum qilishda davom etishmoqda. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Xinteregger darvoza tomon yo‘lladi. Biroz noaniq |
| 76' | ![]() |
Rossiyada o‘zgarish: Viktor Fayzulin o‘rniga Artyom Dzyuba tushdi |
| 75' | ![]() |
Rossiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 73' | ![]() |
Ushbu standartdan so‘ng Igor Akinfeev mahorat ko‘rsatib, to‘pni qaytardi. Rossiya terma jamoasi xavfni deyarli bartaraf etgandi. To‘p hattoki Avstriya darvozaboni Almergacha yetib bordi. Posbon to‘pni olis masofaga tepdi. Xarnik o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va olis burchak tomon to‘pni kuchli tarzda yetkazdi. Bo‘sh qolgan Okoti darvozani ishg‘ol qildi! |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOL! Rubin Okoti, 1:0! |
| 71' | ![]() |
Sergey Parshivlyuk ogohlantirish oldi. U Arnautovichga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 69' | ![]() |
Ionov oldinga o‘tdi, ammo uning uzatmasini darvozabon egallab oldi |
| 66' | ![]() |
Kombarov jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Berezuskiy havodagi to‘p uchun kurashda g‘olib chiqdi va to‘p uning boshidan olis ustun tomon ketdi. Shirokov esa zarba berishga ulgurmadi |
| 65' | ![]() |
Martin Xinteregger sariq kartochka oldi. Kokorin oyog‘iga tepgani uchun |
| 64' | ![]() |
Zlatko Yunuzovich to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga zarba berishga qaror qildi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 63' | ![]() |
Parshivlyuk o‘yin qoidasini buzdi. Avstriya jarima zarbasini tepida. Xavfli bo‘lishi mumkin |
| 60' | ![]() |
Avstriyada o‘zgarish: Marko Yanko o‘rniga Rubin Okoti tushirildi |
| 59' | ![]() |
Avstriyaning javob hujumi. Marko Arnautovich chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Parshivlyuk bosh bilan maydondan tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi |
| 58' | ![]() |
Dmitriy Kombarov to‘pni yumshoq tarzda 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Kerjakov bosh bilan zarba berdi. Birozgina noaniq. |
| 55' | ![]() |
Rossiyada o‘zgarish: Denisa Cherishev o‘rniga Aleksey Ionov tushirildi |
| 52' | ![]() |
Zlatko Yunuzovich chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni Marko Arnautovichga uzatdi. Avstriya terma jamoasi futbolchisining yaqin burchak tomon yo‘llagan kuchli zarbasini Akinfeev egallab oldi! |
| 49' | ![]() |
Denis Cherishevning biroz omadi kelmadi. Kokorin chiroyli uzatma bilan sherigini to‘p bilan ta’minladi. Ammo Denis jarima maydonchasi kirish chog‘ida to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Shunga qaramay, Cherishev darvozabonni aldab o‘tdi, ammo uning yonida paydo bo‘lgan himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 47' | ![]() |
Cherishev hujumga qo‘shilgan Kombarovga to‘pni uzatdi. Himoyachi jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 47' | ![]() |
Bo‘limni rossiyaliklar faol boshlashdi. Ular hujum tashkil qilish payida bo‘lishmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati: 48-52%, Zarbalar: 3-4, Aniq zarbalar: 2-1, Burchak to‘plari: 4-2, Ofsaydlar: 3-0, Follar: 7-6, Ogohlantirishlar: 0-1. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Rossiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sergey Ignashevich bosh bilan darvozaga aniq zarba berdi! Almer to‘pni qaytarishga ulgurdi! |
| 42' | ![]() |
Lyaytgeb to‘pni 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Yanko to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, o‘z ustidan oshirib yo‘llashga harakat qildi. Ammo u Beruziskiyga urilib yiqildi. Hech narsa bo‘lgani yo‘q |
| 40' | ![]() |
Vuuuuh! Avstriya hisobni ochishiga bir bahya qoldi! Fuks chap qanotdan to‘pni olis ustun yaqinida turgan Xarnikka uzatdi. U esa bosh bilan Yankoga uzatdi. Akinfeev to‘p chiqishga va to‘pni mushtlari bilan urib yuborishga harakat qildi, ammo Yankoga urilib, bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi. Darvozabon yonida turgan Berezuskiy to‘pni tepib yubordi |
| 38' | ![]() |
Mezbonlar Kokorindan to‘pni olib qo‘yishdi va o‘ng qanotdan tezkor hujumga o‘tishdi. Xarnik uzatib bergan to‘pni Kombarov qaytarishga ulgurdi |
| 34' | ![]() |
Parshivlyuk chiroyli tarzda Arnautovichdan to‘pni olib qo‘ydi va qarshi hujumni boshladi. Kombarov qanotdan yetkazgan to‘pni Cherishev bosh bilan darvozaga burishga urindi. Zarba aniq chiqmadi |
| 33' | O‘yin tempi tushdi. Hakam ham ko‘p xushtak chalib, o‘yinni sovitib qo‘ymoqda | |
| 28' | ![]() |
Fayzullin o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p himoyachining oyog‘i tegib, Shirokovga kelib tushdi. Ammo Roman buni kutmagandi, himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 27' | ![]() |
Burchak to‘pini Kapello shogirdlari qaytarishdi |
| 26' | ![]() |
Avstriya tezkor hujumga o‘tdi. Martin Xarnik o‘ng qanotda to‘pni egalladi va jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. Akinfeev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 24' | ![]() |
Dragovich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoni chizig‘i ustiga yetkazdi. Yanko bosh bilan zarba berdi. Akinfeev to‘pni egallab oldi |
| 21' | ![]() |
Cherishevning qanoti faol ishlamoqda. BUrchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Ignashevichning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 20' | ![]() |
Avstriya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Rossiyalik himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 19' | ![]() |
Kokorinning bu galgi uzatmasi chap qanotdagi Cherishevga o‘tdi. Denis bir himoyachini aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 17' | ![]() |
Kokorinning jarima maydonchasi tomon uzatmasi Cherishevgacha yetib bormadi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 16' | ![]() |
Vuh! Kokorin 27 metrdan aylanma zarba berishga qaror qildi! To‘p darvoza ustunini silab, maydonni tark etdi |
| 15' | ![]() |
Burchak to‘pini Akinfeev egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Shirokov o‘yin qoidasini buzgani uchun Avstriya o‘ng qanotdan jarima zarbasini tepdi. Vasiliy Berezuskiy bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqariyu yubordi |
| 11' | ![]() |
Denis Glushakov to‘p uchun kurashda Xintereggerga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka oldi |
| 10' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Yanko bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘p darvozaga aniq bormadi! |
| 9' | ![]() |
Martin Xarnik markazda to‘pni egallab, oldinga yugurdi va zarba berdi. To‘p Berezuskiyga tegib, maydonni tark etdi |
| 8' | ![]() |
Asta-sekin ruslar ham hujumga o‘tishga muvaffaq bo‘lishmoqda |
| 4' | ![]() |
O‘yin boshida temp u qadar yuqori emas. To‘p bilan mezbonlar biroz ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda |
| 3' | ![]() |
Arnautovich chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Akinfeev to‘pni egallab oldi |
| 2' | ![]() |
Avstriya qizil, Rossiya esa oq rangli futbolkalarda harakat qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | EVRO-2016 saralash bahslari davom etmoqda. E’tiboringizga "G" guruhida 1 va 2-o‘rinni egallab turgan Avstriya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi 4-tur bahsidan matnli onlayn translyasiyani havola etamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|