Yoshlar (U22) o‘rtasida Osiyo chempionati, Ummon
| «D» guruhi. 3-tur. 16 yanvar. soat 21:00 | ||
SAUDIYa ARABISTONIZakariy as-Sudaniy (60)
|
1 : 0 |
O‘ZBEKISTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
21. Muhammad al-Ovays 2. Hamad al-Jayzoniy 3. Muhammad al-Fatil 5. Zakara as-Sudaniy 8. Abdulloh Xolid al-Ammar 12. Abdulfattoh Asiriy 14. Majid al-Najroniy 16. Abdulloh Otayf (S) 17. Abdulloh al-Hafiz 19. Solih ash-Shehriy 23. Abdulloh Madu |
1. Akmal Tursunboyev 13. Davron Hoshimov 2. Yegor Krimes )C= 7. Vladimir Kozak 18.Maksimilian Fomin 4. Dilshod Jo‘rayev 6. Abbos Maxstaliyev 9. Sardor Mirzayev 23. Sardor Rashidov 10. Jamshid Iskanderov 11. Igor Sergeev |
|
Matn
| ' | BArchaga omad! | |
| ' | Darvoqe, O‘FF prezidenti bundan keyin barcha terma jamoalarga konkret vazifa qo‘yishilishini aytgandi! Vazifa esa bajarilmadi! Demak, aybdorlarga chora qo‘llanilishi lozim! | |
| ' | Futbolchilar esa qo‘lidan, oyog‘idan, boshidan kelgan barcha ishni qilishdi. | |
| ' | Nima ham derdik. O‘zingizni ehtiyot qiling aziz futbol muxlislari! Axir futbol - bu sog‘lik. Federasiyaning ham bosh maqsadi yurtdoshlarimizning sog‘lom bo‘lishini ta’minlashdan iborat. | |
| ' | Tolibjonov sal shoshibdi-da! Hamdo‘stlik kubogiga rad javobini bermaganida, Ummondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sankt-Peterburgga uchgan bo‘larmidi) | |
| ' | Har holda hech bir musobaqa beiz ketmasligi lozim! | |
| ' | Balki bu yaxshilikkadir! Balki Mirabror Usmonov shundan foydalanib, o‘ziga yarasha xulosa chiqarar va tegishli "tozalash"larni aamlga oshirar! | |
| ' | Saudiya bitta aniq zarba bilan barcha umidlarimizni chippakka chiqardi! | |
| ' | Bugun durang o‘ynashni ham eplolmadik! | |
| ' | Terma jamoaning tayyorlarligi borasida ancha oldindan boshqa qotirmagan va Shuhrat Maqsudovni "podstava" qilgan O‘FF va Terma jamoalar markaziga esa alangali salomimizni yo‘llab qolamiz! | |
| ' | O‘zbekiston terma jamoasining Ummon ertagi yakunlandi! Ummonni "kechib" o‘tish bizga nasib etmadi! | |
| 90+5' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90+4' | Eng so‘nggi 60 soniya boshlandi... | |
| 90+3' | Sardor Mirzayevning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi! Afsus! | |
| 90+2' | ![]() |
Al-Hafizga sariq |
| 90+2' | ![]() |
Xavfli jarima zarbasini ishladik! Davrozaga 18-20 metr! |
| 90+1' | ![]() |
Hakam ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berdi |
| 90' | ![]() |
Tursunboyev to‘pni egallay olmadi. Burchak to‘pi |
| 89' | So‘nggi daqiqa boshlanmoqda. Oxirigacha kurashish lozim | |
| 88' | Olis masofadan no‘noq zarba ijro etdik. | |
| 87' | Negadir zarba bergan futbolchi darvozaning bo‘sh tomoniga emas, jonli devorga tepdi | |
| 87' | ![]() |
Vux, saudiya juda qulay vaziyatdan gol ura olmadi! 5 metrdan a! |
| 86' | ![]() |
Himoyachilarimizdan biri o‘z darvozamizga zarba berdi! Tursunboyev to‘pni qo‘l bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! Natijada 5 metrdan darvozamizga erkin zarba! |
| 86' | Dovdirashni boshladik! | |
| 85' | So‘nggi kuchlar... Qo‘shimcha kuch topish lozim! | |
| 84' | ![]() |
Maydonga yana bir hujumchi Abdul Aziz Yusupov tushirildi. Dilshod Jo‘rayev o‘rniga |
| 82' | Sergeev yo‘q joydan qoida buzish orqali to‘pni yo‘qotdi. U charchabdi | |
| 81' | ![]() |
Qanot hakami shubhali ravishda Abbosni ofsaydda deb topdi |
| 80' | Dilshod Jo‘rayev raqibning qarshi hujumini juda zo‘r to‘xtatdi | |
| 79' | Qoida buzgan Zakariyoni mashinada olib chiqib ketishdi | |
| 79' | O‘ng qanotda Jamshidga nisbatan qoida buzildi. Jarima to‘pini tepamiz. Gol ursak ajabmas ushbu vaziyatdan so‘ng | |
| 78' | Jamshidning fikrini Abduxoliqov tushunmadi | |
| 77' | Hujum ketidan hujum tashkil etyapmiz. | |
| 76' | O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatma noaniq bo‘ldi | |
| 75' | Tashabbusni qaytarib oldik. Endi gol urish lozim! | |
| 73' | ![]() |
Mana O‘zbekistonning uzoq kutilgan hujumi! Sardor Mirzayev bergan zarbani saudiyalik himoyachi qo‘li bilan qaytarib qoldi! Hakam esa jim! |
| 73' | O‘zbekistonliklar esa o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgandek! | |
| 73' | Sportcha tilda aytganda, Saudiya Arabistoni "kuraj" ushlab oldi va juda zo‘r o‘ynay boshladi | |
| 72' | ![]() |
Saudiyaliklarning yana bir xavfli hujumi! Baxtimizga hujumchining zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 71' | ![]() |
Akmal Tursunboyev birga-bar vaziyatda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi! |
| 70' | Raqib hujum tashkil qilish imkonini bermayapti hozircha | |
| 69' | Saudiya o‘zini ancha erkin his qila boshladi | |
| 67' | ![]() |
Solih mashina olib chiqib ketilmoqda. Uning o‘rniga Ibrohim maydonga tushdi |
| 66' | Saudiyalik 19-raqamli futbolchi maydonda cho‘zilib yotibdi. Shu sababli Hoshimov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Shehriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda | |
| 65' | Davron Hoshimovning kuchli zarbasini darvozabon egallab oldi | |
| 65' | Hujumlarimizga tezlik va tavakkalchilik qo‘shilgandek | |
| 64' | Terma jamoamiz jarima maydonchasiga yorib kirishdi, ammo qanotdan to‘p darvozabon maydonchasiga yetkazilganida himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi | |
| 63' | Endi Saudiya qarshi hujumdan foydalanish payida bo‘ladi. Bundan ham ehtiyot bo‘lish lozim | |
| 61' | O‘yin tugashiga yarim soat vaqt bor. Hisobni tenglashtira olamiz! | |
| 60' | Himoyachilarimiz Zakariy as-Sudaniyga zarba berish imkonini berib qo‘yishdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, bir metr ichkariga tushdiyu, qaytib chiqdi. Hakamlar buni ko‘ra olishdi | |
| 60' | ![]() |
Gol! Afsuski, himoyadagi biroz sustkashlik bilan gol bilan yakunladi |
| 59' | ![]() |
Maqsudov futbolchi almashtirdi. Sardor Rashidov o‘rniga Temurxo‘ja Abduxoliqov maydonga tushirildi |
| 57' | Eh, hozir uzoq masofadan yetkazilgan to‘p Sergeevga o‘tganida bormi! Igor birga-bir vaziyatga chiqib borardi | |
| 56' | ![]() |
Najroniy o‘rniga Madrashiy tushirildi |
| 56' | ![]() |
Sardor Mirzayev maydon markazidagi qo‘pollik uchun ogohlantirish ko‘rsatildi |
| 55' | Qanotdan uzatilgan to‘pni Tursunboyev ishonch bilan egallab oldi | |
| 55' | Saudiya ko‘p xato qilmoqda. Tashabbus asta-sekin biznikilar tomoniga o‘tayotgandek | |
| 54' | Sergeev pressingi ostida saudiyalik posbon to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi | |
| 53' | ![]() |
Shehriy ofsaydd qoldi deb topildi |
| 51' | Hozircha hech bir jamoaning hujumiga oxiriga yetmayapti | |
| 50' | Hoshimov o‘ng qanotdan yaxshi qochdiyu, biroq u to‘pni hujumchilarga aniq yetkaza olmadi. Ko‘paytirib yubordi | |
| 49' | Tashabbus uchun kurash kechmoqda | |
| 48' | Jamoamiz o‘z izniga to‘liq bo‘ysundira olmayapti | |
| 48' | ![]() |
Ikkinchi burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi. To‘pni o‘yinga Tursunboyev o‘yinga kiritadi |
| 47' | ![]() |
Burchak tpo‘pi ham bartaraf etildi. Yana bir burchak to‘pi |
| 47' | Kozak raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi | |
| 46' | Arabistonliklar birinchi hujumdayoq qoida buzishdi. Krimesga nisbatan | |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| ' |
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida |
|
| ' | Tanaffusning yarmi o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishini kutamiz | |
| ' | Himoyada yomon o‘ynamayapmiz, raqibga imkoniyat bermayapmiz | |
| ' | Birinchi bo‘limda kichik tashabbus biz tomonda bo‘ldi. Hujumni keskinlashtirish talab etilmoqda. Shundan keyin imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi | |
| ' | Parallel o‘tgan o‘yin esa Iroq Xitoyni 1:0 hisobida mag‘lub etmoqda. Hakim Shokir shogirdlari 100 foizli ko‘rsatkich qayd etishmoqchi shekilli | |
| ' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI. |
| 45+3' | Yaxshi qarshi hujum uyushtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandik. Ammo ish zarbagacha yetib bormadi | |
| 45+2' | ![]() |
O‘yinga 2 daqiqa qo‘shib beribdi |
| 46' | Bugun hakam ko‘p xushtak chalmoqda | |
| 45' | O‘zbekiston tezkor qarshi uyushtirayotganida Davron Hoshimov to‘pni Rashidovga yetkazishdi no‘noqlik qildi | |
| 42' | To‘p bilan muomala qilish foizi - 51-49, O‘zbekiston foydasiga | |
| 42' | Kozak to‘pni bosh bilan qaytardi. | |
| 41' | Fomin o‘z qanotida raqibga nisbatan qo‘pol o‘yin namoyish qildi | |
| 40' | Saudiyalik himoyachining oyog‘idan to‘p maydonni tark etgandi. Hakam burchak to‘pi bermadi. | |
| 38' | Tomonlar bir martadan hujumni muvaffaqiyatsiz yakunlashdi | |
| 36' | Endi hujumlar seriyasini amalga oshirish navbati bizga keldi shekilli | |
| 35' | ![]() |
Bunisi esa xavfliroq chiqdi. Baxtimizga saudiyaliklarning 19-raqamli futbolchisi yaqin masofada o‘tkir burchakdan noaniq zarba berdi. |
| 34' | 25 metrlardan amalga oshirilgan jarima to‘pi bartaraf etildi, ammo yana orqaroqdan jarima to‘pini ishlab berdik raqibga | |
| 33' | ![]() |
Egor Krimesga ogohlantirish. Raqib hujumchisini qo‘lib bilan to‘xtatib qolgani uchun. standart |
| 32' | Bu safar jamoamiz boshqacharoq kombinasiya uyushtirishdi. To‘p to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima maydonchasiga emas, jonli devor yonidan qochib borgan Rashidovga yetkazildi. Sardor esa to‘pni na darvozaga aniq yo‘lladi va na aniq to‘p uzatishini amalga oshirdi... | |
| 31' | Iskandarov ikki futbolchi orasidan o‘tayotganida uni qo‘pollik bilan to‘xtatishdi. Jarima zarbasi tepamiz | |
| 29' | ![]() |
Endi bizni goldan Tursunboyev qutqardi! Balli, Akmal! Saudiyaliklar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, to‘pni balandlatib jarima maydonchasining narigi qanotiga yetkazishdi. Yugurib kelgan futbolchi esa to‘pni kuchli zarba bilan yo‘lladi. Tursunboyev oyog‘i bilan to‘pni qaytardi! |
| 28' | Akmal Tursunboyev to‘pni egallab olib, hujumimizni boshlab berdi | |
| 27' | Saudiyaning hujumi bartaraf etildi | |
| 25' | ![]() |
Standart vaziyat o‘ta xavfli bo‘ldi! Dilshod Jo‘rayev to‘pni jarima maydonchasiga yetkazidi. Fomin bosh bilan darvoza tomon zarba berdi. Saudiyalik darvozabon to‘pni qaytarib qoldi |
| 24' | Sardor Mirzayevga nisbatan qoida buzildi. Jarima to‘pi tepamiz. 25 metrlar bor | |
| 22' | ![]() |
Terma jamoamiz Maxstaliyevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishgandi. Hakam ofsayd deb topdi |
| 22' | To‘p asosan maydon markazida u yoqdan bu yoqqa o‘tib turibdi | |
| 20' | Chap qanotda Maxstaliyevga nisbatan qoida buzildi | |
| 19' | Vakillarimiz hujumda aniqroqqa o‘ynashga harakat qilishmoqda. Maqsad - to‘pni bexuda yo‘qotmaslik. Ammo hujumda o‘tkirlik ko‘zga tashlanmayapti | |
| 16' | To‘p jarima zarbasi orqali jarima maydonasiga yetkazib berildi. Futbolchilarimiz saudiyalik darvozabonga nisbatan qoida buzishdi | |
| 15' | ![]() |
As-Sudaniy sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 13' | Raqib maydonning o‘zi tomonida to‘pni Sergeevga sovg‘a qilgandi. Biroq u to‘pni Maxstaliyevga to‘g‘ri yetkazib bera olmadi | |
| 11' | O‘zbekiston hujumchilari raqib jarima maydonasi atrofida to‘pni yaxshi nazorat qilishdi, hujum uchun yo‘nalish qidirishdi | |
| 9' | Rashidov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin bo‘lgan vaziyatda himoyachi podkat uslubida to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi | |
| 8' | Saudiyaning hujumi taxlikali bo‘ldi. Himoyachilarimiz havfni bartaraf etishdi | |
| 7' | Iskandarov o‘ng burchak aylanasi oldida raqib futbolchisi ta’qibi ostida to‘pni jarima maydonasiga yetkazib berdi. Ammo u yerda biznikilardan hech kim yo‘q edi | |
| 6' | Raqibga g‘alaba kerak. Shuning uchun ular to‘pni egallagan zahoti tezlik bilan oldinga intilishmoqda | |
| 5' | Burchak to‘pi xaafli bo‘lmadi. Hujum uyushtirish endi bizning navbatimiz | |
| 4' | ![]() |
Raqiblar burchak to‘pi ishlashdi |
| 3' | Saudiyaning ilk hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi | |
| 2' | To‘p bilan o‘zbekistonliklar. Termamiz hozircha to‘pni Saudiyaga bermayapti | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | To‘p oldida Sergeev va Iskanderov | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 60 soniyadan kamroq vaqt qoldi... | |
| ' | O‘Z-BE-KIS-TON! Bu hayqiriq har bir o‘yin oldidan terma jamoamiz tomonidan yangraydi | |
| ' | Singapurlik bosh hakam o‘yinni boshqarib boradi | |
| ' | Mini-qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni boshlab beradigan bo‘ldi | |
| ' | Suratchilar dastlab O‘zbekiston terma jamoasini o‘z apparatlarining xotirasiga joylashdi | |
| ' | Yigitlar madhiyamizni baralla kuylashmoqda | |
| ' | Endi esa navbat jonajon madhiyamizga! | |
| ' | Saudiya Arabistoni davlat madhiyasi yangray boshladi | |
| ' | Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ko‘k, Saudiya esa oq rangli kiyimda o‘ynaydi bugun | |
| ' | FIFA madhiyasi ostida jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! | |
| ' | Bayroqlar maydonga olib chiqildi. 60 minutes! Don't delay! Play! To‘xtama! O‘yna! | |
| ' | O‘zbekiston U-22 "tunnelda". Raqib hali chiqib ulgurgani yo‘q, zaxiradagilar va murabbiylar shtabi esa maydonda. | |
| ' | Jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotlarni yakunlashdi. O‘yin boshlanishiga 20 daqiqa qoldi. | |
| ' | O‘zbekiston U-22 terma jamoasi futbolchilari Seeb Sports stadionida o‘yinoldi mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda. | |
| ' | U-22 OCH-2013ning 7 chorak finalchisi nomi ma’lum: Iordaniya, Janubiy Koreya (A), Suriya, BAA (V), Avstraliya, Yaponiya (S) va Iroq (D). | |
| ' | Soat 21:00da O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi | |
| ' | Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichining 3-turi doirasidagi matnli onlayn translyasiyamizni boshlaymiz! | |
| ' | ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|