Evro-2016 saralash
| «V» guruhi, 4-tur. 16 noyabr, soat 22:00 | ||
BELGIYa |
0 : 0 |
UELS |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Tibo Kurtua Yan Vertongen Entoni Vanden Borre Nikolas Lomberts Tobi Alderveyreld Kevin de Bryuyn Maruan Fellayni Aksel Vitsel Eden Azar Naser Shadli Divok Oriji |
Ueyn Xenessi Eshli Uilyams Kris Ganter Nil Teylor Jeyms Chester Aaron Remzi Garet Beyl Jo Ledli Xal Robson-Kanu Jo Allen Devid Kotterill |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Jo Leydli (33)
Jo Allen (73) Ueyn Xyonessi (90+4) |
||
Matn
| 90+7' | ![]() |
Kompensasiya vaqti 7 minut davom etdi. O‘yin yakunlandi |
| 90+6' | ![]() |
VUUuuh! Burchak to‘pidan keyin belgiyaliklar darvoza tomon bir necha marta zarba berishdi. Uels futbolchilalari deyarli darvoza chizig‘i ustidan zarbalarni qaytarishdi |
| 90+6' | ![]() |
Yanuzay burchak to‘pi ishladi |
| 90+5' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish: Xal Robson-Kanu o‘rniga Xuvs tushirildi |
| 90+4' | ![]() |
Uels darvozabni Ueyn Xyonessi to‘pni o‘yinga kiritishda vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirish oldi. |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuh! Belgiyalik futbolchi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va kuchli tarzda to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachini to‘pni qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Mertensga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin u zambilda maydondan olib chiqib ketildi. Uning o‘rniga Adnan Yanuzay tushirildi |
| 85' | ![]() |
Ehhhhh, Mertens va Uelsning 23-raqamli futbolchisi havodagi to‘p uchun kurashda bosh bilan to‘qnashib ketdi. Mertensning ahvoli yaxshi emas. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 84' | ![]() |
Vuuuuuh! Aaron Remzi 18 metrdan kuchli zarba yo‘lladi! Kurtua zarbani qaytardi! |
| 83' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisidan uzatmadan keyin Benteke darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda bosh bilan zarba berdi. To‘pni Xyonessi qaytardi. Ammo hujumchi ofsaydda qolgan ekan |
| 82' | ![]() |
Vertongen chap qanotdan to‘pni havolatib jarima maydonchasiga uzatdi. Fellayni bosh bilan bergan zarba aniq chiqmadi |
| 81' | ![]() |
Belgiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Benteke bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 79' | ![]() |
Qanotdan uloqtirib berilgan to‘pni mehmon himoyachilari qaytarishdi. Mertens 15 metrdan to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq bo‘ldi zarba |
| 78' | ![]() |
Belgiya bosimni oshirmoqda. Uels endi durang uchun o‘ynay boshladi |
| 76' | ![]() |
Mertens o‘ng qanotda himoyachini chalg‘itib, to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Xyonessi to‘pni egallab oldi |
| 74' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Uelsliklar to‘pni qaytarishdi, ammo bu bilan ular uchun xavf bartaraf etilib qolgani yo‘q. Keyingi hujumlarni bartaraf etish uchun kurashishlariga to‘g‘ri keldi |
| 74' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish: Divok Oriji o‘rniga Dris Mertens tushdi |
| 73' | ![]() |
Jo Allen ogohlantirish oldi. |
| 73' | ![]() |
Mehmon futbolchisining kuchsiz zarbasi Kurtua uchun muammo tug‘dirmadi |
| 72' | ![]() |
Endi belgiyaliklar tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilishmoqda. O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi yaqinidagi Fellayni tomon to‘p uzatildi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 67' | ![]() |
Jo Allenning burni qonamoqda. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 65' | ![]() |
Uelslik futbolchi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 62' | ![]() |
Belgiyada o‘zgarish: Nosir Shodli o‘rniga Benteke tushirildi |
| 61' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasining o‘ng burchagidan jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga aylantirdi. Kurtua ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 58' | ![]() |
Uelsliklar o‘ng qanotdan hujumga o‘tib, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatishdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 56' | ![]() |
VUUUUH! Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 54' | Ikkinchi bo‘limda o‘yin mutlaqo teng. Uels ham gol urib olishga harakat qilmoqda | |
| 51' | ![]() |
Belgiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vertongen bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 50' | ![]() |
Imkon bo‘lganda mehmonlar ham hujumlar tashkil qilishga urinishmoqda |
| 47' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni egallab olishdi. Azar 16 metrdan zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
De Bryuyne jarima to‘pini darvoza to‘sini ostiga yo‘lladi. Ueyn Xyonessi to‘pni ushlab oldi |
| 44' | ![]() |
Uels darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Darvozagacha 25 metr |
| 42' | ![]() |
Bir holatga ko‘zga tashlanyapti. Standart paytida qo‘llari uzun bo‘lgan Kurtua to‘pni egallagan zahoti darhol uni hujum chizig‘i vakillariga uzatishga harakat qilmoqda! Hozir ham burchak to‘pidan so‘ng shunday bo‘ldi |
| 41' | ![]() |
Uels burchak zarbasi ishladi |
| 40' | ![]() |
Olis masofadan jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Uels posboni osonlik bilan egallab oldi |
| 34' | ![]() |
De Bryuyne yetkazib bergan to‘pni Fellayni bosh bilan zarba berishga urindi. Noaniq |
| 34' | ![]() |
Azar jarima zarbasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon yo‘llashga urindi. To‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 33' | ![]() |
Uels futbolchisi Jo Leydli ogohlantirish oldi |
| 30' | ![]() |
Azar jarima maydonchasining o‘ng qanotida ikki himoyachini chalg‘itib, to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. HImoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 26' | ![]() |
VUUUUUH! Burchak to‘pidan keyin Lomberts jarima maydonchasi ichida zarba berib, darvoza ustunini nishonga oldi! |
| 25' | ![]() |
Mezbonlarning o‘ng qanotdan tashkil etgan hujumini Beyl jamoadoshlari bartaraf etishdi |
| 23' | ![]() |
VUUUUH! Belgiya hisobni ochishi shart edi! De Bryuynening uzatmasidan keyin Oriji tavani bilan Shodlini darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Nosirning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachi jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi! |
| 22' | ![]() |
Belgiyada yomg‘ir yoqmoqda |
| 18' | ![]() |
O‘Yin tempi oshib bormoqda. Ayniqsa, belgiyaliklar hujumda rang-baranglikni oshirishmoqda. Uels esa asosan qarshi hujumga tayanmoqda |
| 15' | ![]() |
Burchak to‘pini Kurtua egallab olib, jamoasining hujumiga asos soldi. Uelslik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 14' | ![]() |
Garetning zarbasi ancha xavfli bo‘ldi! Kurtua mahorat bilan to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 13' | ![]() |
Aaron Remziga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metrdan jarima zarbasi. To‘p oldida Beyl |
| 11' | ![]() |
Belgiyaliklar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatishdi. Felleyni to‘pga biroz yeta olmadi |
| 8' | ![]() |
Uelsliklar hujum tashkil qilishga harakat qilishdi. Hozircha xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 6' | ![]() |
Azar 3 futbolchi orasidan o‘tib, jarima maydonchasidagi Orijiga to‘pni uzatdi. Hujum o‘ng qanotga ko‘chirildi, ammo qanotdan uzatma ancha noaniq bo‘ldi |
| 4' | Maydonda tengkurash. Hozircha hech bir jamoa rejalarini oshkor qilganicha yo‘q, ammo har ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynashi aniq | |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Belgiya qizil, Uels sariq rangli futbolkalarda o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, madhiyalar yangradi |
| ' | Evro-2016 saralash bosqichi doirasida bugun bo‘lib o‘tadigan markaziy o‘yin - Belgiya - Uels uchrashuvidan matnli onlayn translyasiyani e’tiboringizga havola qilamiz | |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|