Angliya Premyer-ligasi
| 12-tur, 22 noyabr, soat 20:00 | ||
CHELSIDiyego Kosta (11), Eden Azar (25)
|
2 : 0 |
VEST BROMVICh |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Kurtua Ivanovich Terri Keyxill Aspilikueta Matich Fabregas Oskar Villian Azar Kosta |
Foster Beyrd Douson Uizdom Leskott Sessenyon Dorrans Gardner Yakob Brant Beraxino |
|
Matn
| ' | "Eybar" - "Real" va "Arsenal" - "MYu" o‘yinlaridan tashkil qilinadigan onlayn translyasiyalarni kuzatib borishga taklif qilamiz | |
| ' | ![]() |
"Chelsi" 10-g‘alabani qo‘lga kiritdi va 32 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etadi |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Drogba burchak to‘pi ishladi |
| 86' | ![]() |
"Chelsi"da uchinchi o‘zgarish: Villian o‘rniga Ramires tushdi |
| 85' | ![]() |
Qanotdan Drogba tomon uzatilgan to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 84' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Didye Drogba tushirildi |
| 79' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Oskar o‘rniga Loik Remi tushirildi |
| 78' | Vest Bromvichni hozirgi hisob qanoatlantiradi. Ular uchun hisob yiriklashib ketmasa bo‘lgani. "Stemford Brij"da bir kishi kam bo‘lib o‘ynash oson emas | |
| 76' | ![]() |
Villian ogohlantirish oldi |
| 75' | ![]() |
Mourinyo shogirdlari yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 74' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 73' | ![]() |
Vuuuh, endi Azar birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! O‘tkir burchak ostida berilgan zarbani Foster qaytardi! |
| 70' | ![]() |
Vuuuuuh! Chiroyli uzatmadan keyin Ivanovich o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. U chap tomonga to‘pni uzatdi, ammo u yerda mezbonlardan hech kim yo‘q edi... |
| 69' | ![]() |
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi. |
| 61' | ![]() |
Ustunlik "Chelsi" tomonida, ammo o‘yin tempi u qadar yuqori emas. O‘yin asosan bitta darvozaga bo‘lmoqda. Mezbonlar yana bitta gol urib olishsa, o‘yin sur’ati yanada tushsa kerak. |
| 57' | ![]() |
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Diyego Kosta himoyachida olib o‘tib ketayotganida himoyachiga urilib yiqildi. Ammo hakam penalti belgilamadi |
| 55' | ![]() |
Juda katta ustunlik "ko‘klar" tomonida. Villian jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi kuchsiz chiqdi |
| 51' | ![]() |
Villian o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, yuqoriga ko‘tarildi va barchadan o‘tib, nariga qanotdan maydonni tark etdi |
| 50' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Terri bosh bilan zarba berdi! Darvozabon to‘pni yon tomonga urib yubordi! |
| 49' | ![]() |
Ivanovich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi yerlatib uzatdi. Burchak to‘pi |
| 48' | ![]() |
Oskar jarima maydonchasining o‘ng burchagidan to‘pni olis ustun tomon aylantirdi. Diyego Kosta to‘pga yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi taym tugadi. Chelsi hozircha 2:0 hisobida oldinda. Buning ustida maydonda bir kishi ko‘pchilik bo‘lib o‘ynashmoqda. |
| 45+1' | ![]() |
Azar mehmonlar darvozabonini alday olmadi. Yana bir qulay vaziyat edi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘liga ikki daqiqa qo‘shib berildi. |
| 44' | ![]() |
O‘z darvozasidan ikkita to‘p o‘tkazgan bo‘lsa ham, ayni damda o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi deb aynan Vest Bromvich darvozabonini ko‘rsatish mumkin. |
| 42' | ![]() |
Ben Fosterdan yana bir qahramonlik. Diyego Kosta birga-bir vaziyatda darvozabonni alday olmadi. Azar esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi, agar Foster chaqqonlik qilmaganida.... |
| 41' | ![]() |
Yana bir vaziyat!!!!!! Chelsi hisobni yiriklashtirishi mumkin edi...So‘nggi vaziyatda mehmonlar himoyachilari bunga yo‘l qo‘yishmadi. |
| 39' | ![]() |
Ayni paytdagi to‘pga egalik qilish foizi - 75%-25% Chelsi foydasiga. |
| 37' | ![]() |
Joze Mourinyo shogirdlari juda hotirjamlik bilan o‘ynashmoqda. |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida darvozaga teskari turgan holda qabul qilgan Oskar tavani bilan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, o‘z tezligini biroz pasaytirdi va darvozabon uni egallab oldi! |
| 31' | ![]() |
Shundoq ham qiyin ahvolda qolgan Vest Bromvich futbolchilariga endi yanada qiyin bo‘ladi. O‘yinning endi 30 daqiqasi ortda qoldi. Hisob 0:2, bir kishi kam..... |
| 29' | ![]() |
Ohhoo....Vest Bromvich futbolchisiga qizil kartochka... Klaudio Yakobga hakam o‘ylab o‘tirmay qizil kartochka ko‘rsatdi..Himoyachi Diyego Kostaga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi deb hisobladi bosh hakam Li Meyson. |
| 27' | ![]() |
Mehmonlar hozircha faqat uzoq masofalardan zarba berishga majbur bo‘lishmoqda. Mezbon himoyachilari darvozaga yaqinlashishga raqibga imkon berishmayapti. Brant hozir deyarli 25 metrlardan zarba berdi. Kurtuaga bu zarba qiyinchilik tug‘dirmadi. |
| 26' | ![]() |
Mehmonlarga endi qiyin bo‘ladi. Chelsi deyarli kuch sarflamay o‘ynamoqda va g‘alaba qozonmoqda. |
| 25' | ![]() |
GOOL! Eden Azar hisobni 2:0ga yetkazdi |
| 21' | ![]() |
Vest Bromvich futbolchilari deyarli hech narsa o‘ylab topa olishmayapti. Hujumda pala-partish harakat qilishmoqda mehmonlar. |
| 20' | ![]() |
Diyego Kostaaaaaa, dubl muallifiga aylanishi mumkin edi. Juda yaqin masofadan ispano-braziliyalik hujumchi darvozani ishg‘ol eta olmadi. |
| 18' | ![]() |
Yana bir havfli vaziyat!! Bu safar Azar o‘ziga hos tarzda qanotda ikki futbolchini aldab o‘tib yaqin masofadan zarba bergan edi, ammo uning zarbasini himoyachi qaytardi. |
| 17' | ![]() |
Mehmonlar darvozaboni Foster qahramonlik ko‘rsatdi. Dastlab Oskarning zarbasini qaytargan darvozabon, keyinchalik undan qaytgan to‘pga qayta zarba bergan Kostaning ham zarbasini qaytara oldi. Ajoyib seyv! |
| 14' | ![]() |
Vest Bromvich futbolchilari mezbonlarning goliga havfli hujum bilan javob berishdi. Kurtuaning biroz tushunarsiz harakatidan so‘ng hisob tenglashishi mumkin edi, ammo mehmonlar ham yakuniy vaziyatda noaniq harakat qilishdi. |
| 11' | ![]() |
Oskardan to‘pni qabul qilib olgan Diyego Kosta hotirjamlik bilan Ben Fosterni ortda qoldirdi va Chelsini hisobda oldinga olib chiqdi. |
| 11' | ![]() |
GOOOLL! Diyego Kosta - 1:0 |
| ' | ||
| 9' | ![]() |
Mehmonlarning ilk hujumi. Sessenyon uzoq masofadan noaniq zarba berdi. |
| 8' | ![]() |
Ben Foster ham Angliya terma jamoasi darvozaboni, ma’lumot uchun. |
| 6' | ![]() |
Terriiiii hozir Chelsini oldinga olib chiqish uchun juda qulay vaziyatni qo‘ldan boy berdi. Burchak to‘pi amalga oshirilgach Terri yaqin masofadan bergan zarbasini Ben Foster qandaydir aql bovar qilmas darajada oyoqlari bilan qaytarib qoldi. |
| 5' | ![]() |
Vest Bromvich hujumchisi Seydu Beraxinoga maydonda yordam ko‘rsatilmoqda. Jon Terri qo‘li bilan hujumchining yuziga tegib ketdi. Beraxino - Angliya terma jamoasi hujumchisi ekanligini ko‘pchiligingiz bilsangiz kerak?! |
| 4' | ![]() |
Jamoalar ehtiyotkorlik bilan o‘yinni boshlashdi. Ilk vaziyatni esa mezbonlar yaratishdi. Aspilikuyeta va Oskar chap qanotdan hujum boshlashdi, ammo yakunda aniq pas bo‘lmadi. |
| 1' | ![]() |
APL peshqadami - Chelsi o‘z maydonida Vest Bromvichga qanday syurpriz tayyorlaganini tomosha qilamiz. Balki, aksincha bo‘lar. |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|