Ispaniya La ligasi
| 12-tur, 22 noyabr, soat 22:00 | ||
EYBAR |
0 : 4 |
REAL MADRIDXames Rodriges (23)
Krishtianu Ronaldu (43, 83-pen.) Karim Benzema (69) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Xabi Iruretagoina 2.Eneko Boveda 6.Raul Albentosa 7.Ander Kapa 5.Borxa Ekiza 24.Abram Minero 14.Dani Garsiya 8.Jon Yerrasti 20.Manu del Moral 10.Mikel Arruabarrena 21.Saul Beryon |
1.Iker Kasilyas 4.Serxio Ramos 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 3.Pepe 10.Xames Rodriges 11.Garet Beyl 23.Isko 8.Toni Kroos 9.Karim Benzema 7.Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Xayme Ximenes 11.Dani Niyeto 23.Xavyer Lara 4.Txema Anibarro 18.Derek Boateng 15.Deyan Lekich 9.Anxel Rodriges |
13.Keylor Navas 5.Fabiu Kuentrau 18.Nacho Fernandes 17.Alvaro Arbeloa 2.Rafayel Varan 6.Sami Xedira 14.Xavyer Ernandes |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Irureta (32)
Erresti (81) |
||
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Real" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. |
| 90+2' | ![]() |
Anxel Rodriges xuddi o‘sha joydan chalqancha uslubda zarba berdi. Ammo uning oyog‘i to‘pga tegmay qoldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
vuuuuh! Kapaning chap qanotdan uzatmasini Deyan Likich qaysi uslubida (6 metrdan) darvoza tomon yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 86' | ![]() |
Hakam mezbonlarga rahm qildi hozir! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni qabul qilishda posbon yana xato qildi va to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. To‘pni Benzema egalladi va darvozabonni aldab o‘tayotganida, posboni uni yiqitdi. Bu yaqqol penalti edi! |
| 85' | ![]() |
Ronalduning La ligadagi gollari soni 20taga yetdi |
| 84' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Ronaldu o‘rniga Arbeloa tushdi |
| 83' | ![]() |
Darvozabon to‘p yo‘nalishini topdi, amm zarba kuchli bo‘lgani bois, to‘p darvoza burchagiga borib tushdi |
| 83' | ![]() |
GOOOOL! Ronaldu, 0:4! |
| 82' | ![]() |
Penalti! Ronaldu jarima tepgan to‘piga jonli devordagi futbolchi qo‘li bilan chiqdi va to‘p qo‘lga tegdi. Penalti |
| 81' | ![]() |
Jon Yerresti ogohlantirish oldi. Marseloning oyog‘iga tepgani uchun |
| 80' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 78' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Koentrau tushdi |
| 75' | ![]() |
To‘p jarima maydonchasi ichidagi Iskoning qo‘liga tegdi. Penalti yo‘q |
| 73' | ![]() |
Beyl ofsaydda qoldi |
| 69' | ![]() |
"Eybar" himoyachilar qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Marselo Ronaldu bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo himoyachi gavdasi bilan to‘p yo‘lini to‘sib, maydonni tark etishini ta’minlamoqchi bo‘ldi. Marselo oxirigacha kurashdi va to‘ni chizich ustida to‘xtatib, darvozabon maydonchasiga uzatmoqchi bo‘ldi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etayotganida o‘sha joyda paydo bo‘lgan Xames Rodriges to‘pni qaytardi. Benzema muammosiz darvozani ishg‘ol qildi! Takroriy lavhada Xames qaytargan to‘p maydon kesib o‘tgandek taassurot uyg‘otdi |
| 69' | ![]() |
GOOOOOL! Benzema, 0:3! |
| 67' | ![]() |
Vuuuh! "Real" himoyasining xatosidan keyin mezbonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Chap qanotda Pepedan o‘tib ketgan futbolchi to‘pni darvozaga yaqin masofada turgan sherigiga uzatdi. Uning zarbasi esa Ramosga tegib qoldi |
| 65' | ![]() |
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Qaymoqranglilar" xavfni bartaraf etishdi |
| 65' | ![]() |
VUuuuh! Iskooo! Benzema-Ronaldu-Isko kombinasiyasidan keyin Isko 15 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi tomon uzatmoqchi bo‘ldi, to‘p himoyachiga tegdi, jarima maydonchasi tashqarisida turgan futbolchi tomon Krishtianuning uzatmasini boshqa futbolchi egallab oldi |
| 56' | ![]() |
Serxio Ramos katta kuch bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubormoqchi bo‘lgandi, to‘p tribunaning ustidan oshib, shahar tomon ketib qoldi:) |
| 54' | ![]() |
Vuuuh! Xamesning uzatmasidan keyin Ramos bosh bilan 6 metrdan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga noaniq zarba bergan Benzema ofsaydda qolib ketibdi |
| 53' | ![]() |
Xamesga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Krishtianu uchun imkoniyat |
| 52' | ![]() |
Saul Beryon chap qanotdan jarima maydonchasi yaqinlashib keldi, ammo to‘pni yo‘qotdi |
| 50' | ![]() |
Mezbonlar maydon markazida belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchasi tomon uzatishdi. Hujumchilardan biri to‘pni ko‘kragi bilan sheriga uzatdi, ammo jamoadoshi zarba berishga ulgurmadi. Yaqindagina o‘rta maktabni yakunlagan Serxio Ramos to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi |
| 47' | ![]() |
"Eybar" hujumchisi Arruabarrena olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. hozircha "Eybar" - "Real" - 0:2 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 dqaiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Isko o‘ng qanotda Karvaxal bilan "devor" o‘ynadi va jarima maydonchasiga kirib kelib, to‘p biroz orqaroqda turgan Ronalduga uzatdi. Krishtianuning zarbasi kuchli emas, ammo darvozabon uchun noqulay bo‘lib chiqdi. Irureta yaqin yuqori burchakka yo‘llangan zarbani o‘tkazib yubordi |
| 43' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:2! |
| 43' | ![]() |
Burchakka yaqin joydan jarima to‘pi amalga oshirildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 42' | ![]() |
To‘p Xames Rodrigesning qo‘liga tegdi. HAkam unga ogohlantirish berdi. |
| 41' | ![]() |
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz chiqdi urinish |
| 38' | ![]() |
Vuuuuh! Ronalduning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasi chizig‘i ustida chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 37' | ![]() |
Qiziq vaziyat yuzaga keldi. Maydonning markaziy chizig‘i qarshisiga - eng yuqoriga o‘rnatilgan kameraga to‘p kelib tegdi! Aynan o‘sha kamera tasvirlari ko‘rsatilayotgan edi! Qiziq bo‘larkan:) |
| 37' | ![]() |
VUUUUUH! Mana hozir Irureta qahramonlik ko‘rsatdi! "Real"ning ketma-ket ikkinchi burchak to‘pidan keyin to‘p takroriy ravishda "Eybar" darvozabon maydonchasiga uzatildi. Pepe bosh bilan Ramosga to‘pni uzatdi. Serxioning yaqin masofadan bergan zarbasini posboni ikkinchi uriishda egallab oldi! |
| 36' | ![]() |
"Eybar" darvozaboni u qadar ishonnchli o‘ynay olmayapti. U hozir yuqoridan uzatilgan to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 35' | ![]() |
"Eybar" aslo himoyada o‘ynayotgani yo‘q. Hozircha mezbonlar ikkita yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 32' | ![]() |
"Eybar" posboni Irureta ogohlantirish oldi. |
| 31' | ![]() |
VUUUuh! Kasilyas "Real"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Arruaberrana jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan birga bir vaziyatda to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. Kasilyas oyog‘i bilan zarbani qaytardi! |
| 30' | ![]() |
To‘p nazorati Anchelotti shogirdlarida |
| 27' | ![]() |
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Madridliklar to‘pni egallab, oldinga o‘tishdi |
| 23' | ![]() |
Ushbu vaziyatda mezbon himoyachilari hakamning xushtagini kutib, 2 marta aldanishdi. Isko to‘pni o‘ng qanotda ochilgan Ronalduga uzatdi. Krishtianu to‘pni darvoza oldida turgan Benzama uzatdi. Ushbu vaziyatda Karim ofsaydda turganga o‘xshadi. O‘yin to‘xtatilmadi, Benzema to‘pni darvozaga emas, yana o‘sha Ronaldu tomonga tepib yubordi. Krishtianu deyarli chiziq ustida to‘pni qaytardi (bu yerda himoyachilar yana chalg‘ishdi). Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pga Rodriges bosh bilan zarba berib, hisobni ochdi! |
| 23' | ![]() |
GOOOOL! Xames Rodriges, 0:1! |
| 21' | ![]() |
To‘p olis masofadan mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazildi. Irureta birinchi urinishda to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi. Benzama vaziyatga yaqin edi. Ikkinchi urinishda darvozabon to‘pga ega chiqdi |
| 18' | ![]() |
Chap qanotdan to‘p yuqorilatib jarima maydonchasiga yetkazildi. To‘pga Benzema, Beyl va "Eybar" himoyachisi sakradilar. Natijada himoyachi jarohat oldi. Uning yuzida qon ko‘rindi |
| 16' | ![]() |
VUHHH! 25 metrdan belgilangan jarima to‘pini Beyl amalga oshirdi. To‘p traektoriyasi darvozabon uchun juda noqulay bo‘ldi. Darvozabon qiyinchilik bilan zarbani qaytardi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib, to‘singa urilib qaytdi. Ramos to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi |
| 15' | ![]() |
Mezbonlar o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi. Yarim himoyachi raqib futbolchisini aldab o‘tib, jarima maydochnasining chap qanotida ochilgan sherigiga to‘pni uzatdi. To‘p Pepedan o‘tmadi |
| 14' | ![]() |
"Real" ustunlikni o‘z qo‘liga olmoqda |
| 11' | ![]() |
O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pga Ronaldu sakradi, ammo to‘pga yeta olmadi |
| 10' | ![]() |
Maydonda tengkurash kechmoqda. Madridliklar hali xavfli vaziyat yarata olishmadi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuh! Formasi "Barselona"nikiga o‘xshab ketadigan "Eybar" qisqa paslar asosida "REal" jarima maydonchasiga kirib keldi, Ramos to‘pniq qaytardi. Qaytgan to‘pga 7-raqamli futbolchi zarba berdi. To‘p Pepening oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuuh! O‘ng qanot chizig‘idan to‘pn uloqtirib berildi va futbochlilardan biri boshi bilan to‘pni ortga uzatdi. "Eybar" hujumchisi Del Moral darvozagacha 6-7 metrdan qaychi uslubida zarba berdi! To‘p oyoqqa o‘tirmadi! To‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 3' | "Real" oq, "Eybar" ko‘k-qizil rangli futbolkalarda o‘ynamoqda | |
| 2' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotda 2-3 futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pga qoqilib yiqildi |
| 1' | ![]() |
O‘Yin boshlandi! |
| ' | "Eybar"ning kichkinagina stadioni bugun mashhur "Real"ni qabul qilmoqda. 8-9 ming nafar muxlis bor stadionda | |
| ' | "Eybar" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif qilamiz | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|